Referat fan nomi: O'zbekistonning eng yangi tarixi Mustaqil ish Jizzax 2023 Iqtisodiy
Download 1.04 Mb.
|
O\'zbekistonning eng yangi tarixi 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bozor infratuzilmasi
Bozor infratuzilmasi — bu bozor aloqalarini oʻrnatish va ularning bir maromda amal qilishga xizmat koʻrsatuvchi muassasalar tizimidir. Unga ombor xoʻjaligi, transport, aloqa xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalar, tovar va xizmatlar muomalasiga (birjalar, auktsionlar, savdo uylari, savdo – sotiq idoralari va agеntliklari kabilar) moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar (bank turidagi muassasalar, kreditlash idoralari, sugʻurta va moliya kompaniyalari,
soliq idoralari) va ijtimoiy sohaga xizmat koʻrsatuvchi muassasalar (uy-joy va kommunal xizmat idoralari, aholini ishga joylashtirish firmalari) kiradi. Axborot xizmati idoralari ham bozor infratuzilmasining alohida boʻgʻinini tashkil qilib, ularga maʼlumotlarni toʻplash, umumlashtirish va sotish bilan shugʻullanuvchi kompaniya va firmalar kiradi. Bozor infratuzilmasi — bozorda tovarlar va xizmatlarning erkin harakatini taʼminlaydigan muassasalar, tashkilotlar majmui. Bozor infratuzilmasining asosiy unsurlari quyidagilar: birjalar (tovar, xom ashyo, fond, valyuta) va ularning tashkiliy rasmiylashtirilgan vositachiligi; kimoshdi savdolari, yarmarkalar va birjadan tashqari tashkiliy vositachilik shakllari; kredit tizimi va tijorat banklari, emissiya tizimi va emissiya banklari; aholi bandligini boshqarish tizimi, davlat va nodavlat bandlikka yordam koʻrsatish markazlari (mehnat birjalari); axborot texnologiyasi va ishbilarmonlik aloqalari vositalari; soliq tizimi va soliq inspeksiyalari; tijorat xoʻjalik xatari sugʻurtasi tizimi va sugʻurta kompaniyalari; maxsus reklama agentliklari, axborot markazlari va ommaviy axborot vositalari agentliklari; savdo palatalari, ishbilarmon doiralarning ixtiyoriy, davlat, jamoat birlashma (uyushma)lari; bojxona tizimi; oʻrta va oliy iqtisodiy taʼlim tizimi, auditorlik kompaniyalari; konsalting (maslahat) kompaniyalari; ishbilarmonlik faoliyatini ragʻbatlantirishga xizmat qiladigan davlat va jamoat fondlari; maxsus erkin tadbirkorlik zonalari va boshqalar. Bozor infratuzilmasi ishlab chiqaruvchilar bilan isteʼmolchilar, yaʼni haridor va sotuvchilarni bir-birlariga uchrashtirish, bozor ishtirokchilari oʻrtasidagi oldi-sotdi operatsiyalarini oʻtkazish, ularning oʻzaro hisob-kitoblari, shuningdek barcha bozordagi doimiy hamkorlik va mijozlik aloqalarini oʻrnatish, ish kuchi topish va boshqalarda yordam beradi. Bozor infratuzilmasi davlatning iqtisodiyotni tartibga soluvchi tadbirlarini amalga oshiradi. Bozor infratuzilmasining bu barcha unsurlari ishlab chiqaruvchilarning savdo-sotiq, moliya-kredit ishlariga, sherik topishiga, ish kuchini yollashiga koʻmaklashadi, davlatning iqtisodiyotni tartibga soluvchi tadbirlarini amalga oshiradi, ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida aloqa oʻrnatishga yordam beradi. Ularning bir qismi davlat mulkchiligida faoliyat koʻrsatsa, boshqalari mustaqil muassasa va uyushmalardan iborat boʻlib, koʻrsatgan xizmatlari uchun haq oladi. Yurtimiz mustaqillikka erishgandan so‗ng dastlabki qadam bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiѐtga o‗tish, ya‘ni xo‗jalik yuritishning barcha shakllari uchun teng iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish, xususiy mulkchilikni shakllantirish va rivojlantirish hamda mulkdorlar mustaqil faoliyat yuritishi uchun zarur tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy asoslarni va institusional tuzilmalarni barpo etish ishlari boshlangan va hozirgi damda o‗z rivojini topmoqda. Agrar sohada bosqichma-bosqich olib borilgan islohotlar, xususan, ana shu amalga oshirilgan ishlar natijasida xususiy mulkchilikka asoslangan turli toifadagi xo‗jaliklar tashkil etildi va faoliyat yurita boshladi. Ta‘kidlash joizki, oxirgi yillarda qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishida fermer xo‗jaliklarining o‗rni tobora oshib bormoqda va ularni rivojlantirish uctuvor vazifaga aylandi. Shu nuqtai nazaridan respublikamizda fermer xo‗jaliklarini har tomonlama rivojlantirish bo‗yicha keng ko‗lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Buni davriy statistik ma‘lumotlar, fermer xo‗jaliklariga yer maydonlarini maqbullashtirish, ular faoliyatini rag‗batlantirish va uyg‗unlashtirish, ularga xizmat ko‗rsatuvchi infratuzilma muassasalarini tashkil etish bo‗yicha qabul qilingan me‘yoriy-huquqiy hujjatlar dalil sifatida xizmat qilishi mumkin. Respublikamiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston mustaqilligining 20 yilligiga bag‗ishlangan O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‗shma majlisidagi ma‘ruzasida ta‘kidlaganidek: ―... mamlakatimiz mustaqil taraqqiyotining dastlabki bosqichida, ya‘ni 1991 yildan 2000 yilgacha bo‗lgan davrda ulkan o‗zgarishlarni amalga oshirishda asosiy e‘tiborimiz markazlashtirilgan ma‘muriy-buyruqbozlik tizimiga barham berish va bozor iqtisodiyotining yangi mexanizmlarini joriy etishdan iborat‖. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling