Referat fan: O'zbekistonning eng yangi tarixi
Download 78.68 Kb.
|
Referat mavzu 1989-yil o\'rtalarida republika ijtimoiy-siyosiy h
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1989-YIL ORTALARIDA REPUBLIKA IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOTIDAGI OZGARISHLAR. Bajardi
- Foydalanilgan adabiyotlar royxati
OZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TALIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI O'ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI O'ZBEK FILOLOGIYA FAKULTETI REFERAT Fan: O'zbekistonning eng yangi tarixi Mavzu: 1989-YIL O'RTALARIDA REPUBLIKA IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOTIDAGI O'ZGARISHLAR. Bajardi: 116-guruh talabasi Babayeva Surayyo Tekshirdi: Toshkent-2023 1989-YIL O'RTALARIDA REPUBLIKA IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOTIDAGI O'ZGARISHLAR. 1. Mustaqillik arafasida O‘zbekistondagi siyosiy vaziyat. 2. XX asrning 80-yillarida O‘zbekiston jamiyatidagi milliy harakatlar. 3. Islom Karimovning O‘zbekiston SSR Kompartiyasi Markaziy qo‘mitasi birinchi kotibi etib saylanishi va respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar. 4. 1989-yil o'rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o'zgarishlar. 1. Mustaqillik arafasida O‘zbekistondagi siyosiy vaziyat Kommunistik partiyaning “butun xalq manfaatlarini ifodalash”ga urinishi, “xalq partiyasi” niqobi ostida siyosiy hokimiyatni monopollashtirishi og‘ir oqibatlarga olib keldi. 1980-yillar o‘rtalariga kelib siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy sohada yillar davomida to‘planib kelgan muammolar yuzaga chiqib, ortga qaytarib bo‘lmaydigan mantiqiy ketma-ketlikdagi voqea-hodisalarni boshlab berdi va Sovet Ittifoqi nomli ulkan imperiyaning parchalanishiga xizmat qildi. Jumladan, KPSSning milliy masalada yo‘l qo‘ygan qo‘pol xatolari orasida eng mudhishi Stalinning bevosita rahbarligi ostida 1930-yillar o‘rtalaridan 1950-yillarning boshlarigacha davom etgan xalqlarni deportatsiya qilish (majburiy ko‘chirish) siyosatidir. Uning amalga oshirilishi natijasida mamlakat miqyosida 58 ta millat va elatga mansub taxminan 3,5 mln. kishi o‘z yerlaridan olislarga majburan ko‘chirib yuborildi. Binobarin, keyingi davrda baynalmilal madaniyat hamda yangi tarixiy birlik.– “sovet xalqi” ni yaratish borasidagi tajribaning oqibatlari ham fojiali kechdi. 80-yillar o‘rtalaridan millatlararo munosabatlar milliy nizolarga aylanib, sovet Ittifoqini larzaga soldi. Ozarbayjonda – Qorabog‘, Gruziyada – Abxaziya, Moldovada – Pridnestrove, Qirg‘izistonda – O‘sh, O‘zbekistonda – Farg‘ona voqealari nihoyatda mudhish oqibatlarga, minglab begunoh insonlarning qurbon bo‘lishlariga olib keldi. Umuman olganda, bu tuzum o‘z xalqining tarixini, uning ruhi va urf-odatlarini, o‘z avlod-ajdodlarini bilmaydigan manqurtlarga tayanar edi. Shuning uchun ham eski sovet tuzumining bayroqlarida va shiorlarida bayon qilingan g‘oyalar amaldagi ishlardan nihoyatda uzoq edi. Xuddi shu bois bu davlatning ijtimoiy tizimi bilan xalq ehtiyojlari o‘rtasida jarlik paydo bo‘ldi. Ya’ni inson, uning moddiy, ma’naviy, shu jumladan, milliy qadriyatlari bu tizimda orqa o‘rinda turar edi. 1990-yilga kelib barcha asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha O‘zbekiston mamlakatda oxirgi o‘rinlardan biriga tushib qoldi. Jumladan, respublika aholi jon boshiga yalpi ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha mamlakatda 12-o‘rinda, milliy daromad ishlab chiqarish bo‘yicha esa ittifoqdagi o‘rtacha darajadan ikki hissa past ko‘rsatkichga ega edi. Shuni ta’kidlash zarurki, Kommunistik partiyaning bir necha o‘n yillar davomida yangi jamiyat qurish borasidagi tajribalari muvaffaqiyatsizlikka uchrashida iqtisodiy omil muhim rol o‘ynadi. Natijada, iqtisodiy inqirozning kuchayib borishi 80-yillar o‘rtalaridan siyosiy inqirozning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Mustaqillik arafasida O‘zbekiston siyosiy hayoti bir qator ittifoq respublikalari qatori ziddiyatli kechdi. Sovet ittifoqida boshlangan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy islohotlar bevosita 1985-yil KPSS MKning Aprelplenumi voqealari bilan bog‘liq. KPSS yetakchisi va SSSR rahbari Konstantin Ustinovich Chernenko vafoti(1985-yil 10-mart)dan so‘ng KPSS Markaziy Komiteti Bosh kotibi lavozimiga saylangan Mixail Sergeyevich Gorbachyov oradan 40 kun o‘tgach, o‘zining g‘oyaviy prinsiplari va yangi yo‘lini ilk marta 1985-yil 23-aprelda Moskvada bo‘lgan KPSS MKning Aprel plenumida keng jamoaatchilikka e’lon qildi. Bu keng jamoatchilikda “Qayta qurish” siyosati nomi bilan mashhur bo‘lib, uning asosiy tarkibiy qismlari ijtimoiy hayotni demokratlashtirish va tub iqtisodiy islohot o‘tkazishdan iborat edi. “Qayta qurish” ikki davrni o‘z ichiga olgan. Birinchi bosqichi (1985-1986-yillar) – ma’muriy-tashkiliy tadbirlarning an’anaviy usullarda olib borilishi. Unda ilmiy-texnikaviy taraqqiyoti yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish asosida jamiyatda tub iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish va uning asosida inson omilini faollashtirish mo‘ljallangan edi. Ikkinchi bosqichi (1987-1989-yillar) – jamiyatning barcha jabhalarini kompleks tarzda isloh qilishni kun tartibiga qo‘ydi. 1987-yil 27-28-yanvarda bo‘lib o‘tgan KPSSMKning Plenumida ushbu bosqichning asosiy maqsadi oshkoralik va kadrlar siyosatini to‘g‘ri yuritish asosida sovet jamiyatini to‘liq demokratlashtirishga e’tibor qaratildi. Biroq, ushbu islohotlar Moskva tomonidan boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘yildi. Oqibatda, 1989-yili nafaqat qayta qurishning ikkinchi bosqichi, balki SSSR aholisi, shu bilan birga, butun taraqqiyparvar insoniyat umid ko‘zi bilan qarayotgan qayta qurish siyosatining o‘zi ham butunlay mag‘lubiyatga uchradi. Bu holat SSSR inqirozini teshlashtirdi va uning parchalanishiga olib keldi. Ana shunday islohotlar, oshkoraviylik va demokratik harakatlar avj olgan bir sharoitda O‘zbekistonning o‘sha paytdagi siyosiy rahbariyati Markaz oldida o‘zining uquvsizligini ko‘rsatdi. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti rahbariyati Markazdan qochish va uni inkor etish siyosati o‘rniga ko‘proq unga yaqinlashish va mustahkam birlashish yo‘lini tanladi. Bu paytda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining ideologiya masalalari bo‘yicha sekretari bo‘lib turgan Ra’no Abdullaeva hamda 1985-yili O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetiga kelgan Rafiq Nishonov Markaz topshiriqlarining asosiy ijrochilaridan bo‘lgan. Rafiq Nishonovich Nishonov 1986-1988-yillarda O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumining raisi, 1988-yil 12-yanvardan O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti birinchi sekretari kabi mas’ul lavozimlarda faoliyat ko‘rsatdi. Bu yillarda ishlab chiqarish sohasida ham pasayishni ko‘rish mumkin. 1986-yili O‘zbekistondagi 321 ta korxona va tashkilotlar davlat rejasida ko‘rsatilgan vazifalarni bajara olmaganligi aholi ijtimoiy turmush tarzi farovonligiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Binobarin, qayta qurishni amalga oshirishdagi qarama-qarshilik va noizchilliklar natijasida XX asrning 80-yillari oxiridan boshlab mamlakat hayotining barcha sohalarida buhronlar kuchayib ketdi. Qayta qurish SSSrda to‘planib qolgan muammolarni to‘la hal etishga xizmat qilmadi. Mustaqillik, demokratiya va erkinlik g‘oyalariga to‘g‘ri kelmaganligi tufayli ham amaliy samara bermadi. Natijada, u KPSSning halokati va SSSRning tugashiga muayyan turtki berdi. Ana shunday vaziyatda, ya’ni tarixda “paxta ishi”, “o‘zbek ishi” deb nom olgan siyosiy kampaniyalar turli zug‘um va qatag‘onlar avj olgan o‘sha qaltis zamonda O‘zbekistonda iqtisodiy, demografik muammolar ham mavjud edi. Xususan, O‘zbekistonda aholining turmush darajasi sobiq Ittifoqdagi respublikalar ichida eng past holatga kelib qoldi. Mustaqillik arafasida O‘zbekistonda “paxta ishi”, keyinchalik “o‘zbeklar ishi”deb nomlangan siyosiy kompaniya natijasida Gdlyan guruhi tomonidan hammasi bo‘lib 800 dan ko‘proq jinoiy ish tergov qilingan. Shu ishlarga ko‘ra 5000 dan ortiq kishi sudlangan. Mustaqillik arafasida O‘zbekiston aholisining turmush-tarzi va yashash sharoiti ham ayanchli ekanligining guvohi bo‘lamiz. Sho‘ro davrida shaxsiy chorva ham “xususiy mulkchilik” sifatida davlat tomonidan shafqatsizlarcha talon-taroj qilingan. Millionlab shahar, ayniqsa qishloq aholisi uy-joysiz va tomorqasiz qiynalib yashadi. Ko‘pgina muammolarning negizi aynan shu masalaga borib taqalar edi. O‘sha vaqtda qishloqlarda 240 ming oilaning yeri, 1 million 800 mingdan ko‘proq hovli esa uy-joy qurilishiga muhtoj bo‘lib turgan. Bunday vaziyatda, ya’ni 1989-yil 23-iyun kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Kompartiyasi MKning XIV Plenumida R.Nishonov o‘rniga Islom Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston Kompartiyasi MKning birinchi kotibi etib saylanishi inson huquqlari poymol etilishining oldini olish va O‘zbekistonning mustaqillik sari yo‘l tutishi davrini boshlab berdi. Dastlab, 1989-yil 17-avgustda Islom Karimov boshchiligida Respublika hukumatining Toshkentda bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan yig‘ilishida, aholiga tomorqa va shaxsiy uchastkalar ajratish muhokama qilindi. "Qishloqda yashovchilar bir oilani tomorqa bilan ta’minlash, ularga yakka tartibda uy-joy qurish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berish” haqida qaror qabul qilindi. Ushbu tarixiy hujjatda qishloqda yashovchi har bir kishiga o‘rtacha 25 sotixdan yerajratib berish va tomorqa maydonlarini asta-sekin ko‘paytirib borish nazarda tutilgan edi. Buboradagi amaliy ishlar natijasida 1989-1990-yillarda 1,5 milliondan ko‘proq oilaga qo‘shimcha yer ajratildi, 700 mingga yaqin oilaga yangi tomorqa yerlari berildi. O‘zbekistonda “paxta ishi” bilan bog‘liq bo‘lgan qonunbuzarliklarni fosh etish, begunoh kishilarni oqlashda mamlakatning yangi rahbari Islom Karimov boshchiligida keng ko‘lamli ishlar boshlandi. Bu ishlar Markazdan hech qanday ruxsat so‘ramasdan, mustaqil tarzda olib borildi. Shunday murakab sharoitda ittifoqdosh respublikalar ichida birinchi bo‘lib, Respublika Bosh prokurori Islom Karimov tavsiyasiga ko‘ra tayinlandi. O‘zbekistonning birinchi rahbari Bosh Prokuror oldiga respublikamiz manfaatlarini himoya qilish, birinchi navbatda, “Paxta ishi” bo‘yicha nohaq qamalgan fuqarolarning haq-huquqini tiklash masalasini qo‘ydi. O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi 1989-yil 12-sentabrda “Paxtachilikda qo‘shib yozishda yo‘l qo‘ygani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan kishilarni avf etish maqsadida hujjatlar tayyorlaydigan komissiya tashkil etdi. Bu komissiya tergov hujjatlarini O‘zbekistonga qaytarib, minglab ishlarni qayta o‘rgandi. Uzoq davom etgan mashaqqatli kurash natijasida 2940 kishining haq-huquqi qayta tiklandi, 1015 kishi asossiz sudlanganligi aniqlandi. Noqonuniy ravishda hibsga olingan vatandoshlarimiz ozodlikka chiqarildi. 1988–1990-yillarda mamlakatda yangi partiyalar va harakatlar, yangi ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar shakllanishi intensiv jarayoni boshlandi. Siyosatshunos mutaxassislar turliy o‘nalishdagi ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar faoliyati va ularning yetakchilari chiqishlari, dasturlari asosida yigirmaga yaqin mafkuraviy oqimlar guruhi va o‘z navbatida ijtimoiy harakatlarga ajratishadi. KPSSdan tashqari eng taniqlilari ijtimoiy-demokratik va islohotchi partiyalar va birlashmalar hisoblanadi; milliy vatanparvarlik va milliy fundamentalistik ruhidagi tiklanish uchun harakatlar (“Vatan”, “Vatanparvarlar” va boshqalar); qayta qurishni qo‘llab-quvvatlovchi millatlararo frontlar; xristian-demoktratik tashkilotlar; antisotsialistik xarakterdagi liberal-demokratik, neoburjuaz oqimlar (liberal demokratik partiya, demokratik ittifoq); ortodoksal kommunistik guruhlar (OFT, proletariat diktaturasi partiyasi); anarxo-kommunistik va anarxo sindikal harakatlar; yashillar va boshqalar. Ayirmachi va millatchilik shiori ostida qator hududlarda chiqayotgan xalq frontlari va boshqa birlashmalar (asosan Boltiqbo‘yi, Kavkazorti, Ukrainada) mustahkam kuchga aylandi. O‘zbekistonda siyosiy yo‘nalishdagi guruh va oqimlar asosan 1988-yilning ikkinchi yarmidan shakllana boshladi. Ular keyinchalik turli shiorlar ostida o‘z harakat va birlashmalarini shakllantira bordilar hamda yillar davomida yig‘ilib kelgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni “bayroq” qilib, siyosiy jarayonga kirib keldilar. 1980–1990-yillar bo‘sag‘asida ko‘zga tashlangan ijtimoiy-siyosiy birlashmalardan quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: “Birlik”, O‘zbekiston demokratik harakati, “Intersoyuz”, “Erk”, “To‘maris”, O‘zbekiston ozod yoshlari kabi siyosiy tashkilotlari, Ijodkor ziyolilarning “Sayqal” demokratik harakati, Suveren Qoraqalpog‘iston harakati, “Oftobi So‘g‘diyona”, “Surqash”, “FAN” kabi mahalliy yo‘nalishidagi harakatlar va boshqalar. Ma’lumki, bir partiyali tizim butun jamiyat manfaatlariga javob bermaydi, aholining ba’zi qatlamlari huquqlarini poymol etadi. Bu tizim xalqning, turli aholi qatlamlarining manfaatlarini emas, balki davlat hokimiyatini saqlab qolishga intilishi bilan ajralib turadi. Professor A.A.Azizxo‘jayevning fikricha, bir partiyaviylik tizimda «partiya» tushunchasi o‘z ma’nosini yo‘qotadi. Chunki u yagona va hukmron siyosiy tashkilot bo‘lib qoladi. Qayta qurish siyosati mamlakatda demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, fuqarolarning haq-huquqlari va erkinliklarini kengaytirish borasida ma’lum ijobiy siljishlarga olib keldi. Turli-tuman ijtimoiy guruhlarning manfaatlarini ifoda etuvchi jamoat birlashmalari, jumladan, partiya va harakatlar tuzila boshlandi. Butun sobiq Ittifoq bo‘yicha ijtimoiy-siyosiy birlashmalar, tashkilotlarning soni keskin ko‘paya bordi va1990-yil oxiriga kelib 300 dan ortib ketdi. R.Jumayevning fikricha, Sobiq KPSS inqirozi paytidai jtimoiy-siyosiy diagrammadagi tig‘iz faollik partiyalar va harakatlar sonining ko‘payishiga olib keldi. Birinchidan, jamiyat yoki hech bo‘lmaganda aholining katta sotsial guruhi manfaatlarini himoya qilish ularning diqqat markaziga tushishiga sabab bo‘ldi. Ikkinchidan, mazkur partiya va harakatlar, ularning alohida rahbarlari o‘z strategik yo‘nalishi va taktikasiga ega bo‘lishga intildi. O‘zbekiston ham bu jarayonlardan chetda qolmadi hamda respublikada ko‘ppartiyaviylik tizimi shakllanishining yangi tarixiy bosqichi boshlanishiga sabab bo‘ldi. 1988–1990-yillar jamiyatda O‘zbekiston kompartiyasining imtiyozli monopollashgan o‘rnini yengib o‘tish uchun yangi siyosiy partiyalarning tug‘ilishiga ob’ektiv sharoitlarning yuzaga kelishi; iqtisodiy tanglik, hayot darajasining keskin tushib ketishi, sovet totalitar tuzumining inqirozini ommaviy anglash sharoitida jamiyatda ijtimoiy faollikning oshishi natijasida norasmiy siyosiy jamoat tashkilotlarining paydo bo‘lishi O‘zbekiston suverenitetini tasdiqlash yo‘lida hal qiluvchi qadamlar tashlashga turtki bo‘lishi; hokimiyatga intilayotgan ekstremistlar tomonidan muxolifona chiqishlar shaklida millatchilik diniy oqimlarining kuchayishi, “Erk” demokratik partiyasining shakllanishi bilan xarakterlanadi. Ayniqsa, 1989–1990-yillarda respublika jamoatchiligi faollashib bordi. Aynan shu yillarda O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy voqelik, xalq milliy ongining keskin ravishda o‘sishi jamiyat a’zolarining ijtimoiy faolligini oshirib yubordi. O‘zbek ziyolilari (olimlar, shoirlar, yozuvchilar, san’atkorlar, jurnalistlar) va talabalari mustaqillik uchun kurashning oldingi saflarida bo‘lishdi. Mazkur davr, ayni paytda jamiyat a’zolarining ruhiy biqiqlikdan milliy va an’anaviy asoslarga qaytish davri sifatida ham izohlanadi. O‘zbekistonda siyosiy yo‘nalishdagi guruh va oqimlar asosan 1988-yilning ikkinchi yarmidan shakllana boshladi. Ular keyinchalik turli shiorlar ostida o‘ zharakat va birlashmalarini shakllantira bordilar hamda yillar davomida yig‘ilib kelgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni «bayroq» qilib, siyosiy jarayonga kirib keldilar. 1988–1990-yillar bo‘sag‘asida ko‘zga tashlangan ijtimoiy-siyosiy birlashmalardan quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: «Birlik», O‘zbekiston demokratik harakati, «Intersoyuz», «Erk», «To‘maris», O‘zbekiston ozod yoshlari kabi siyosiyt ashkilotlari, Ijodkor ziyolilarning «Sayqal» demokratik harakati, Suveren Qoraqalpog‘iston harakati, “Oftobi So‘g‘diyona”, “Surqash”, “FAN” kabi mahalliy yo‘nalishdagi harakatlar va boshqalar. 80-yillarning oxirlarida O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotida jiddiy o‘zgarishlar, ayniqsa jamoat tashkilotlarining faollashuvi, siyosiy jarayonlardagi keskin ko‘tarilishlarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi muxolafat harakatining markazi bo‘ldi. O‘sha vaqtda bu erda asosan ekologiya masalalari – Orol fojiasi, qishloq xo‘jaligida paxta yakkahokimligining ta’siri, tarixiy-madaniy yodgorliklarni asrash, o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish, o‘zbek xalqi tarixini keng o‘rganishni targ‘ib qilish va shunga o‘xshash boshqa mavzular muhokama qilindi. O‘qtin-o‘qtin siyosiy muammolar ham ko‘tarilar edi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolarining chiqishlari O‘zbekistonda va uning tashqarisida shov-shuv qo‘zg‘adi. Qayta qurish boshlarida ularning maqolalari Moskva nashrlarida birin-ketin bosilib turdi. O‘zbekistonda bu maqolalarni bosishdan qo‘rqardilar, chunki ular Moskva bilan Toshkent o‘rtasidagi munosabatlarga bevosita daxldor edi. 2. XX asrning 80-yillarida O‘zbekiston jamiyatidagi milliy harakatlar. XX asrning 80-yillari va 90-yillar boshida O‘zbekiston jamiyatida so‘nggi 70 yil mobaynida birinchi marta ko‘ppartiyaviylik holatining vujudga kelishi noyob voqea bo‘ldi. 1988-yilning 11 noyabrida “Birlik” xalq harakatiga asos solindi.1989-yil 28-mayda “Birlik” xalq harakatining ta’sis qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Mart oyida «Erkin so‘z» gazetasining dastlabki nusxasi paydo bo‘ldi. O‘zbekistonning o‘sha paytdagi siyosiy rahbariyati 1989-yil may oyida “Birlik” xalq harakatining dasturiy hujjatlarini ma’qullad ihamda u “Yosh leninchi” (hozirgi “Turkiston”) gazetasida e’lon qilindi. 1990-yil iyun oyida harakat asosida “Birlik” partiyasi tashkil qilindi. Unga olim Abdurahim boshchilik qildi. Harakatning 3-qurultoyida yangi rahbariyat saylandi – B.Tashmuxamedov, A.Po‘latov, Sh.Ismatullayevlar ham rais (sopredsedatel) bo‘lishdi. Ushbu harakat “El netib topgay menikim, men o‘zimni topmasam” shiori ostida O‘zbekiston “Birlik” xalq harakati xabarnomasini chop eta boshladi. “Birlik” xalq harakatining bosh maqsadi – O‘zbekistonda yashovchi o‘zbeklarni va boshqa xalqlarning vakillarini ijtimoiy-siyosiy ongni tarbiyalash orqali ijtimoiy uyqudan uyg‘otish va O‘zbekistonning tabiati, ma’naviy va moddiy qadriyatlarini himoya qilishga aholini keng jalb qilish va oxir-oqibat sovet jamiyatini qayta qurish edi. Milliy harakat o‘ziga xos xususiyatlarni qabul qila boshladi: 1989-yilda u o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishini talab qilib, minglab namoyishlar o‘tkazdi; 1990-yil boshida Sovet yoshlari armiyasida O‘zbekistonlik yoshlarga nisbatan o‘zboshimchalikka qarshi kampaniya boshlandi va hokazo. Milliy qadr-qimmat, o‘zlikni anglash va milliy psixologiyaning jadal tiklanishi va rivojlanishi harakatga kuchli turtki va kuch bag‘ishladi. Harakatning dasturiy qoidalari va shiorlari ko‘pchilikni emas, balki respublikaning ko‘plab aholisini hayratda qoldirdi, chunki ular huquqiy davlat yaratishga chaqirdilar. «Birlik» xalq harakati ilk jamoat tashkilotlaridan biri bo‘lganligi sababli ham ko‘plab xato va kamchiliklardan xoli bo‘lmadi. Harakat ko‘p holatlarda jamoat tashkiloti sifatida tashkil etilgan va davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lsa-da, u o‘zida siyosiy partiyaga xos faoliyat boshladi. Harakatning dasturi ham uning a’zolarini siyosiy jarayonlarda ishtirok etishga kengroq jalb qilishga qaratilgan edi. Harakat faollari sobiq ittifoqning parchalanishi, qizil imperiyaning kuni bitayotgan siyosiy-ijtimoiy jarayonlar ta’sirida junbishga kelgan, o‘zida murakkab siyosiy hayot va o‘yinlar girdobida ko‘proq olomonlik alomatlarini namoyish qilayotgan, eski tuzumning aniq halokatga yuz tutayotganligini anglab, go‘yoki, o‘zlarini bu halokat jarayonining faol ishtirokchilari sifatida ko‘rsatib, xalq o‘rtasida soxta obro‘, shuningdek, yangi tuzumdan imtiyoz va mansablar olishga ishtiyoq bilan intilayotgan qatlamlarga tayanib ish olib bordilar. “Birlik” harakati faollari ko‘proq miting, namoyishlar o‘tkazish, mahalliy rahbarlarga tazyiq qilish, qanday qilib bo‘lmasin, hukumat va uning mahalliy organlari faoliyatidan xato va kamchiliklar topish, turg‘unlik davrida nochor holga tushib qolgan kishilar ehtiroslarini avj oldirish kabi usullari bilan faoliyat ko‘rsatar edilar. Ularning sobiq sotsialistik tuzumdan keyin qanday tuzum yoki jamiyatga o‘tish haqida hech qanday nazariy va mafkuraviy maqsadlari ham yo‘q edi. 1989-yil oktyabrida «Birlik» harakatida bo‘linish sodir bo‘ldi. Uning O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi kotibi Muhammad Solih tevaragiga birlashgan bir qismi «Erk» partiyasini ta’sis etdi. L.Levitin o‘z asarida «O‘zbekistonning darhol va to‘la mustaqilligiga erishish partiyaning dasturiy maqsadi edi», deb ta’kidlaydi. 1990-yil 30-aprelda «Erk» demokratik partiyasining ta’sis qurultoyida uning dasturi va nizomi qabul qilindi. 1991-yil 3-sentabrida mitingbozlik taktikasidan voz kechgan «Erk» partiyasi hech bir muammosiz Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tdi. Partiya rahbariyati o‘z gazetasini chiqarish to‘g‘risida hokimiyat ma’murlari bilan kelishib oldi va bu bilan kifoyalanmay, bu gazetani O‘z KP MK bosmaxonasida bostirish imkoniyatiga ham ega bo‘ldi (60 ming nusxa). Partiyaning o‘sha paytda 54 ming a’zosi bor edi, shuningdek ularga Toshkent markazida durustgina bino, zarur oqava transport vositalari berildi. 1990-yillarning oxiridan mustaqil haftada bir marta chiqadigan jurnal “Munosabat” (“Отношение”) nashr etila boshlandi. Mazkur partiyaning ham hujjatlari, nazariy kontseptsiyalari, tashkiliy tuzilishi va ish faoliyati eski tuzum va usullardan xoli bo‘la olmadi. «Erk» partiyasining dasturi asosan Ittifoq parchalanganidan keyingi siyosiy-ijtimoiy muhitda inqilobiy o‘zgarishlar qilishga qaratilgan bo‘lib, unda eski jamiyatda yashagan o‘zbek xalqining ruhiyati, mentaliteti, ijtimoiy-siyosiy qarashlarining asta-sekinlik bilan o‘zgarib borishi hisobga olinmagan edi. 1989-yil davomida “Birlik” rahnamoligida qator harakat va birlashmalar tashkil etila boshlandi. Jumladan, “To‘maris” ayollar harakati adiba G.Nurillayeva rahbarligida jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida o‘z o‘rnini topa boshlagan edi. Talabalar ishtirokida (asosan ToshPI va ToshDU) tashkil etilgan O‘zbekiston ozod yoshlari mustaqil birlashmasining rahbari S.Bekjonov va A.Djurayevlar edi. Yuqorida nomlari keltirilgan ikkala birlashma a’zolari vaqti-vaqti bilan birlashma yetakchilarining nuqtai nazarlari bayon etilgan murojaatnoma va varaqalar chop etib tarqatishgan. Respublikada 1989-yilda deyarli faqat “yevropalik” aholi vakillaridan iborat bo‘lgan ikkita yangi siyosiy tashkilot – O‘zbekiston demokratik harakati va O‘zbekiston SSSR xalqlarining baynalmilal ittifoqi (Интерсоюз) tashkil etildi. O‘zbekiston demokratik harakati bir necha o‘nlab faol a’zolariga ega bo‘lgan tashkilot – klub bo‘lib, sotsial-demokratik yo‘nalishdagi harakat sifatida o‘zini ko‘rsata boshladi. O‘zbekiston demokratik harakati V.Sradjev, M.Xadjimuxammedovlar tomonidan tuzilgan bo‘lib, harakat hujjatlarida ushbu birlashmaning asosiy maqsadi insonlarga munosib turmush darajasini ta’minlovchi va ijtimoiy adolatni kafolatlovchi demokratik huquqiy davlat qurish, jamiyatni bosqichma-bosqich iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy isloh qilish etib belgilangan. Ushbu harakat “Erkinlik va teng huquqlilik, ularning qadr-qimmati va huquqlari uchun” degan shior ostida faoliyat ko‘rsatgan hamda o‘zining matbuot organi“Fuqaro” (Гражданин) gazetasini nashr qilgan. Intersoyuz ham o‘zining dasturiy qoidalari bo‘yicha sobiq SSSRning boshqa respublikalaridagi Interfrontlarga o‘xshash edi, ya’ni milliy mansubligidan qat’i nazar, inson huquqlarini himoya qilish uning asosiy maqsadi etib e’lon qilindi. Uning g‘oyalarini asosan rus tilida so‘zlashuvchi aholi ishlaydigan yirik korxonalar rahbarlari qo‘llab-quvvatladi. “Intersoyuz” harakati asosan mamlakatning rus tilida so‘zlashuvchi aholisi manfaatlarini ko‘zlar edi. Ushbu harakat O‘zbekiston axolisining demokratik hoxish-istaklarini qo‘llab, turli ko‘rinishdagi millatchilik va eksterimizmga, byurokratiyaga, shuningdek inson huquqlari va qonunlarining poymol qilinishiga qarshi kurashgan. 1989-yilning ikkinchi yarmida Samarqand viloyati jamoat-madaniy birlashmasi tuzildi. Birlashmaning asosiy maqsadi hududdagi umumdemokratik jarayonga o‘z hissasini qo‘shish, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish, tojiklar va tojik tilli xalqlar milliy-madaniy hayotini rivojlantirish. Ushbu birlashmani Buxoro, Surxondaryo va boshqa viloyatlar aholisi keng qo‘llab-quvvatlagan. Respublikadagi bu va boshqa ijtimoiy-siyosiy tuzilmalar o‘zini asosan radikal demokratiya, oshkoralik, shuningdek siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy hayotni o‘ta markazlashtirishga qarshi keskin chora-tadbirlar ko‘rish tarafdorlari sifatida namoyon eta boshladilar. Ayni vaqtda ularning faoliyatida, ayniqsa yetakchilarining shiorlarida millatchilikka berilish hollari kuzatilgan. Bu harakat va partiyalarning ko‘pchiligi oshkoralikni kengaytirish, siyosiyva ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni faollashtirish, o‘zbek xalqi milliy qadriyatlari, xususan, an’analar va marosimlarni qayta tiklash, shuningdek, respublika hayotida Markaz hukmronligiga barham berish hamda O‘zbekistonning tom ma’noda siyosiy va iqtisodiy mustaqilligiga erishish talablari bilan chiqdi. Shu bilan birga, bu davrda SSSRning yagona partiyasi hisoblangan va davlat boshqaruvini mutlaq qo‘lida tutib turgan KPSSning ichida ham ziddiyatlar, o‘zaro kelishmovchiliklar kuchaya bordi. Masalan, 1990-yil davomida KPSSning 1,8 mln. a’zosi partiya safidan o‘z ixtiyori bilan chiqib ketdi. Ulardan ushbu partiyaning yuqori lavozimlarida ishlagan Yu.I.Afanasyev, B.I.Lisenko, V.I.Shastokovskiy, I.I.Travkin, B.I.Yeltsin, T.X.Popov, A.A.Sobchak, M.I.Snegur kabilarni alohida ko‘rsatib o‘tish mumkin. Vaqt o‘tishi bilan sobiq kommunistlar keyinchalik hukumatga qarshi muxolafat kuchlarini boshqarganligini ham alohida qayd etish joiz. Bu holatlar bir necha o‘n yillar mobaynida shakllangan va o‘z mavqeini boy bermay kelgan, ma’muriy bo‘yruqbozlikka asoslangan siyosiy tizimga kuchli zarba berdi. KPSSning ko‘pchilik yirik tashkilotlarida rahbarlik faoliyatidan noroziliklar kuchaygan va uning tarkibida turli siyosiy platformalar, muxolif guruhlar paydo bo‘lgan, partiya amalda parchalanib ketayotgan bir vaziyatda, ayrim respublikalardan farqli ravishda, O‘zbekistonda Kompartiyani taqiqlash yo‘lidan emas, balki dastlab O‘zkompartiya Markaziy Komiteti qator plenumlarida Kompartiyani chuqur isloh qilish, so‘ngra uni mustaqil siyosiy tashkilotga aylantirib, respublika xalqi manfaatlariga xizmat qildirish masalalari qo‘yildi. O‘zkompartiyaning shu yo‘nalishdagi harakatlari oxir-oqibatda, uning amalda KPSSdan ajralib chiqishiga olib keldi. Respublika partiya tashkilotining XXII syezdida u o‘z Ustavi va «O‘zbekistonning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligi, ma’naviy yangilanish va aholining munosib turmush sharoiti uchun» Harakat dasturini qabul qildi. Ustavda uning KPSS bilan bog‘liqligi to‘la inkor etilmasa-da, O‘zbekiston kompartiyasining mustaqil siyosiy tashkilot ekanligi e’lon qilindi. 1991-yil 28-avgust kuni O‘zbekiston Kompartiyasi MQ va Markaziy nazorat komissiyasining qo‘shma plenumi bo‘lib o‘tdi. Plenumda Prezident I.Karimovning SSSRda 19–21-avgust kunlari sodir bo‘lgan fojiali voqealar va respublika partiya tashkilotlarining vazifalari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi va muhokama qilindi. Plenum Respublika Kompartiyasining KPSS MQ bilan har qanday aloqalarni to‘xtatishga, KPSSning barcha tuzilmalaridan chiqishga, uning markaziy organlaridagi o‘z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi. 1991-yil Rossiya Federatsiyasining Prezidenti B.N.Yeltsin farmoni bilan KPSS faoliyati Rossiya hududida to‘xtatildi va partiyaning tashkiliy tuzilmalari tarqatib yuborildi. O‘zbekistonda ham KPSSning sho‘basi tugatilib, bir partiyali tizimning hukmronligiga barham berildi. 1980–90-yillar bo‘sag‘asidagi siyosiy jarayonlar ta’sirida yuzaga kelgan ayrim ijtimoiy-siyosiy harakatlar, jamoat birlashmalari va tashkilotlar mavjud muammolardan foydalanib, respublikada siyosiy boshboshdoqlik va beqarorlikning kelib chiqishiga ma’lum hissa qo‘shdilar. Jamiyatda demokratik an’analar yetarli rivojlanmagani va demokratiya sharoitiga mos siyosiy madaniyatning shakllanmagani sobiq Ittifoqning boshqa hududlari kabi O‘zbekistonda ham mitingbozlikka berilishlarga olib keldi. Natijada bu va boshqa obyektiv hamda subyektiv omillar ta’sirida tashkil topgan ayrim siyosiy harakat va partiyalar jamiyatda o‘z o‘rnini topa olmadilar. Yuqoridagilardan ham ko‘rinib turibdiki, SSSR tarkibiga kirgan boshqa respublikalar singari O‘zbekistonda ham Markaz, uning ustuni hisoblangan kompartiya siyosatiga nisbatan ishonchsizlik, norozilik kuchaya boshladi. Budavrda Ittifoqdagi vaziyat respublikalarda vujudga kelayotgan ijtimoiy hayot muammolarini Markazdan turib, o‘z vaqtida va to‘g‘ri halqilish mumkin emasligini ochiq-oydin ko‘rsatib qo‘ydi. O‘z navbatida, SSSRda chuqurlashib borgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy inqiroz tazyiqi ostida ittifoq markazi bilan respublikalar o‘rtasidagi munosabatlarni yangilashga qaratilgan muzokara jarayoni ham boshlangan davlat yemirilishining oldini ololmadi. Boltiqbo‘yi respublikalarining birin-ketin mustaqil davlat maqomiga ega bo‘lishi uchun intilishi kuchaya bordi. Yuqoridagi holatlar O‘rta Osiyo mintaqasidagi ittifoqdosh respublikalar siyosiy mustaqillikni qo‘lga kiritishlari uchun muhim turtki bo‘ldi. 3. Islom Karimovning O‘zbekiston SSR Kompartiyasi Markaziy qo‘mitasi birinchi kotibi etib saylanishi va respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar Milliy tariximizning eng keskin va tahlikali davrida, turli ziddiyatlar avj olgan, mamlakatimizda millatlar va fuqarolar o‘rtasida urush xavfi yuzaga kelib, iqtisodiyot og‘ir ahvolga tushib qolgan ana shunday o‘ta murakkab sharoitda Islom Karimov respublikamizdagi qaltis va tahlikali vaziyatni o‘nglash, ijtimoiy adolatni tiklash, odamlar ko‘nglida kelajakka ishonch uyg‘otish maqsadida misli ko‘rilmagan g‘ayrat-shijoat bilan oqilona siyosat olib bordi. Va tom ma’nodagi bu tarixiy islohotlar O‘zbekistonning, o‘zbek xalqining keyingi taqdiri va taraqqiyotida, hech shubhasiz, hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘zbekiston SSR iqtisodiyoti uzoq yillar davomida SSSR xalq xo‘jaligining tarkibiy qismi sifatida uning manfaatlariga to‘la bo‘ysundirib kelindi. O‘zbekiston SSRning qishloq xo‘jaligi Ittifoqda yetishtiriladigan paxtaning 60 % ni, pillaning 50 % ni, kanopning 90 % ni, qorako‘lning 30 % ni, sholining 25% ni berib keldi. Ittifoq xo‘jalik tizimining mustabidchilik, mustamlakachilik xususiyatiga ega bo‘lganligi O‘zbekistonda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarning og‘ir ahvolga tushib qolishiga sabab bo‘ldi. Respublika aholi jon boshiga ishlab chiqarishda milliy daromadning miqdori bo‘yicha Ittifoqdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 3 barobar ortda edi. Past milliy daromad mehnatkashlarning maoshi kam bo‘lishiga, ayniqsa, qishloqda yashaydigan aholi ahvolining yomonlashuviga olib keldi. Qishloqlarning ijtimoiy jihatdan sust rivojlanganligi, og‘ir jismoniy mehnat xotin-qizlar va bolalar sog‘lig‘ining muayyan darajada yomonlashuviga olib keldi. Noto‘g‘ri shakllantirilgan iqtisodiyot va ijtimoiy siyosat ishlab chiqarishning yildan-yilga orqaga ketishiga olib keldi. Shuni ta’kidlash zarurki, kommunistik partiyaning bir necha o‘n yillar davomida yangi jamiyat qurish borasidagi tajribalari muvaffaqiyatsizlikka uchrashida iqtisodiy omil muhim rol o‘ynadi. Natijada, iqtisodiy inqirozning kuchayib borishi 80-yillar o‘rtalaridan siyosiy inqirozning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Bu davrda SSSRda tanglik holati keskin kuchaydi, u mamlakat hayotining barcha sohalarini qamrab oldi. Mustabid tuzum sharoitida davlat mulki monopoliyasi va boshqaruvda ma’muriy-taqsimlash tizimi hukmronligi tobora kuchayib bordi, natijada ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari, yalpi mahsulot hajmi, mehnat unumdorligi shiddat bilan pasayib ketdi, ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalaridan, mehnat samaralari va shu kabilardan begonalashuvi yanada ortib bordi. Mustabid tuzum ishlab chiqarish samaradorligi, mahsulot sifati, fan-texnika taraqqiyoti bo‘yicha birin-ketin mavqeni qo‘ldan boy bera boshladi, jahonning ancha rivojlangan mamlakatlariga nisbatan oradagi farq xavfli ravishda ortib bordi. Sovet iqtisodiyoti jahonda bu borada yuz berayotgan yangiliklarga butunlay e’tibor bermaydigan bo‘lib qoldi. Xo‘jalik organizmiga mustabid tuzum davrida o‘rnashib qolgan illatlar O‘zbekiston iqtisodiyotiga yana ham ko‘proq darajada zarar yetkazardi. Yo‘lqo‘yilgan qo‘pol xatolar, nuqsonlar, madaniy xo‘jalik yuritish prinsiplarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri buzilishi natijasida iqtisodiyot olg‘a tomon siljishida eng muhim bo‘lgan yo‘nalishlar barbod bo‘la boshladi. 80-yillarning o‘rtalarida asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha respublika ittifoqda oxirgi o‘rinlardan birini egallar edi. Aholi jon boshiga milliy daromad hosil qilish O‘zbekistonda o‘rtacha ittifoq darajasiga qaraganda ikki baravar kam edi. O‘zbekiston aholisining mamlakatdagi boshqa mintaqalarga nisbatan moddiy va ijtimoiy ne’matlar bilan ta’minlanish darajasidagi farq jiddiy ravishda ortib ketgan edi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishning yangi mustamlakachilik rejasiga ko‘ra respublika iqtisodiyoti uchun bir tomonlama, faqat “xomashyo” yo‘nalishida bo‘lish oldindan belgilab qo‘yilgan edi. Natijada, respublikada sanoatning xomashyoga birlamchi ishlov berish bilan bog‘liq tarmoqlari ko‘proq rivoj topdi. Sanoatdagi tayyor mahsulotning salmog‘i umumiy mahsulotlarning faqat 25 % ni, xalq iste’mol mollarini ishlab chiqarish esa o‘rtacha ittifoq darajasining faqat 40 % ini tashkil qilardi. Iqtisodiyot tizimidagi va ishlab chiqarishning ixtisoslashuvidagi xatoliklar O‘zbekiston resurs imkoniyatlari va ekologik illatlarining ortishiga, moddiy va moliyaviy ahvolning yomonlashuviga olib keldi. O‘zbekiston sanoat ishlab chiqarishining ko‘payishi, asosan paxtatozalash, yoqilg‘i sanoati, resurs sohalari, qora va rangli metallurgiya tarmoqlari hisobiga ta’min etildi. Qora va rangli metallurgiya tarmoqlarining ulushi 60–65 % ga yetdi. Holbuki, mashinasozlik va metallga ishlov berish salmog‘i ko‘pi bilan 2 band yuqori ko‘tarilib 16 % dan ko‘proqni tashkil etgan edi. Islom Karimovning mustaqillikkacha bo‘lgan davrdagi faoliyati, aytish mumkinki, nafaqat Moskva, Siyosiy byuro, uning rahbari M.Gorbachyov bilan, balki respublika ichidagi muxoliflar, turli buzg‘unchi kuchlar bilan ham kurashish davri bo‘ldi. O‘zbekiston ana shunday kurashlar jarayonida Ittifoq tarkibidan birinchilardan bo‘lib chiqib ketishga intildi. Respublika xalq xo‘jaligining bir tomonlama (paxtachilikka) ixtisoslashganligi, inson sog‘ligi uchun zararli bo‘lgan kimyo va boshqa ishlab chiqarish korxonalarining o‘ylamasdan aholi zich yashaydigan joylarda qurilishi, qishloq xo‘jaligida, ayniqsa paxtachilikda kimyoviy moddalardan, zaharli pestitsidlardan keng foydalanishi atrof-muhit, atmosfera, millionlab kishilarning yashab turgan joylarining ekologik ahvolini murakkablashtirib yubordi. Orol dengizining shiddat bilan qurib borishi ahvolni yanada qiyinlashtirdi, bu hol butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ekologik muhitni halokat yoqasiga olib keldi. O‘zbekistondagi iqtisodiy va ekologik keskinlikni yumshatish, milliy o‘zlikni anglash, Markaz tomonidan o‘tkazilayotgan tazyiqni bo‘shashtirishga bo‘lgan urinishlarni, respublikaga eng maqbul va xos bo‘lgan yo‘llarni belgilashga intilishning har qanday ko‘rinishi “mahalliychilik”, “millatchilik” deb qaraldi va qattiqqo‘llik bilan barham toptirildi (hatto markazlashgan holda ajratiladigan mablag‘lar va resurslarni cheklashgacha borib yetildi). 4. 1989-yil o'rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o'zgarishlar. 80-yillarning oxirlariga kelib shu narsa yaqqol ko‘zga tashlandiki, “iqtisodiy islohotlar” mustabid siyosiy tuzumning eskilik tarafdori ekanligini, partiyaning diktatorligi endi qo‘l kelmayotganligini ko‘rsatdi. Islohotlarni chuqurlashtirish maqsadida 1989-yildan boshlab iqtisodiyotda, ijtimoiy va madaniy sohalarda tarkibiy o‘zgarishlar qilish uchun ayrim huquqiy shart-sharoitlar yaratila boshlandi. Ana shu maqsadda bir qator muhim hujjatlar tasdiqlandi. Bu jarayon I.A.Karimov O‘zbekiston Kompartiyasi MKning birinchi kotibi bo‘lib saylanganidan so‘ng (1989-yil iyun) sezilarli miqyosda faollashdi. Uning tashabbusi bilan xo‘jalik yuritishning iqtisodiy usullarini o‘zgartirish borasidagi ishlar jiddiy tus oldi, iqtisodiyotdagi ma’muriyatchilik va salbiy hodisalarga qarshi kurash kengayib bordi. Ijara haqidagi, mulkchilik va yer to‘g‘risidagi qonunlar o‘sha yillarda o‘ta murakkab bo‘lgan O‘zbekiston hayotida muhim ahamiyat kasb etdi. Shu bilan birga, “qayta qurish”ning “yakunlovchi” bosqichida mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllari sohasida qo‘ldan boy berilgan fikr erkinligining tiklanishi e’tiborga loyiq hodisa bo‘ldi. XX asrning 20-yillardagi yangi iqtisodiy siyosatdan keyin birinchi marta davlat va kolxoz-kooperativ mulkidan tashqari mulkchilikning jamoa, hissadorlik, shaxsiy shakllari ham qonuniy maqomga ega bo‘la boshladi. Markaziy rahbariyatdan farqli o‘laroq mulkchilik muammosiga O‘zbekistonda ancha jiddiyroq yondashildi, bu yerda yuqorida sanab o‘tilgan mulkchilik shakllaribilan bir qatorda xususiy mulkchilik ham joriy etila boshlandi. 1989-yilning 25-iyunida – respublika rahbari etib saylanganining uchinchi kuni Islom Karimov janjal-to‘polonlar alangasi ichida qolib ketgan Farg‘onaga yo‘l olib, voqea sabablarini qidirdi, masalaning mohiyatini ochiq-oydin ko‘rsatib berdi. Gruziyaning tarixiy Mesxet-Javaxeti viloyatida (Gruziyaning janubi-g‘arbiy hududi) yashagan mesxeti turk millatiga mansub bo‘lgan fuqarolar I.V.Stalinning deportatsiya siyosati natijasida 1944-yil 14-noyabrda o‘z turar joylaridan O‘rta Osiyoga ko‘chirilishi haqida farmon chiqarilib, ularning eng ko‘p qismi O‘zbekistonning Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlariga joylashtirilgan edi. 1989-yilning may oyida Farg‘ona viloyatida buzg‘unchi kuchlar tomonidan tashkil etilgan ommaviy tartibsizliklar iyunning oxiriga kelib nihoyatda avj olib ketdi. O‘sha paytlarda Farg‘ona voqealari haqida shov-shuv ko‘targanlar, shunday qonli fojia hisobidan obro‘ topish, o‘zining g‘arazli manfaatlariga erishishga, xalqimizni badnom qilishga uringan kimsalar ko‘p bo‘ldi. Islom Karimov qonli voqealar haqidagi haqqoniy so‘zlari bilan xalqimiz sha’niga otilgan malomat toshlari butunlay bo‘hton ekanligini isbotlaydi. Ayni paytda vahshiylik qilgan, odam o‘ldirgan, tartibsizliklarni keltirib chiqargan, uylarga o‘t qo‘ygan, transport vositalarni yoqib yuborgan kimsalar o‘zbek millatiga mansub emasligini, ularning hammasi ataylab tashkil etilganini markazdagi minbarlardan turib jasurlik bilan aytadi. Jumladan, I.Karimovning quyidagi fikrlari e’tiborga molikdir: “O‘zbek xalqining vijdoni pok. Farg‘ona voqealari o‘zbek xalqining irodasi bilan sodir bo‘lmadi. Bu voqealarga tuturuqsiz va g‘arazli maqsadlarni ko‘zlab, kim qanday bo‘yoq bermasin, tarix, albatta, o‘zining adolatli hukmini chiqaradi. Baynalmilalchilik, mehmondo‘stlik, yaxshilik, qalb saxovati hamisha o‘zbek xalqiga xos fazilat bo‘lib keldi. Xalqimiz hech qachon boshqa xalqlarga nisbatan dushmanlik kayfiyatida bo‘lmagan. Bu qadimiy va hozirgi tariximizdan olingan misollar bilan isbotqilingan”. Farg‘ona voqealarining tub sabablari quyidagi masalalar bilan bog‘liqligini I.Karimov asoslab bergan edi: Farg‘ona vodiysida yashayotgan aholining og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli; odamlarning ta’minoti, daromadi, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli haddan tashqari pastligi tufayli bunday holat O‘zbekistonning boshqa joylarida ham sodir bo‘lishi mumkinligi; ishsizlik, ish o‘rinlarining kamligi, ya’ni ortiqcha ishchi kuchining ko‘payib borishi; yoshlar va ularni ishga joylashtirish masalasi jiddiy o‘ylab ko‘rilmagani kabi sabablar. Tadqiqotchi O.Bozorovning fikricha, ushbu fojia aslida Markaz tomonidan O‘zbekistonda, xususan, Farg‘ona vodiysidagi iqtisodiy, ijtimoiy sohalarda vujudga kelgan og‘ir vaziyatdan foydalanib, mukammal tarzda tashkil etilgan edi. Bu rejaga asosan: birinchidan, Markaz tomonidan fojiani tashkil qilish maqsadida jinoyatchilar yuborilgan; ikkinchidan, fojia arafasida va qonli voqealar davomida laboratoriyalarda qalbaki fotosuratlar tayyorlanib tarqatilgan; uchinchidan, Markaz vakillari va respublika huquqni himoya qilish organlari markaziy matbuot organlari orqali fojia haqida soxta bayonotlar berib, vaziyatni keskinlashtirishga harakat qilingan; to‘rtinchidan, Farg‘ona fojiasining Quvasoy shahridan boshlanishi markazning yovuz niyatlarini amalga oshirish uchun uning atrofida yashovchi mahalliy aholi va qo‘shni respublikalardagi xalqlarni bu jarayonga tortish va keskinlikni oshirish imkonini berar edi; beshinchidan, fojiani tashkil etishga ham qulay vaqt tanlandi. 1989-yilning may oyining oxirlarida Moskvada xalq deputatlarining birinchi sezdi ochilgan bo‘lib, rahbarlarning ko‘pchiligi ana shu sezdda edilar; oltinchidan, Markazdan yuborilgan jinoyatchilar asosiy rolni o‘ynashlar, ya’ni ular mesxeti turk yoki o‘zbek qiyofasiga kirib kishilarni shafqatsizlarcha qatl etishlari kerak edi va shunday bo‘ldi ham. Shunday qilib, tarixga “Farg‘ona fojiasi” nomi bilan kirgan qonli voqealar aslida Markazdagi qora kuchlarning Sovet hokimiyatini saqlab qolish, o‘zbek xalqini butun dunyoga yovuz qilib ko‘rsatish, uning asrlar davomida topgan obro‘-e’tiborini yo‘qotishga qaratilgan edi. Respublikaga og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyatda rahbar etib tayinlangan I.Karimov davridan boshlab ushbu voqealarning oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan jadal chora-tadbirlar amalga oshirila boshlandi. Islom Karimovning millatlararo nizolarni bartaraf etish borasida Bo‘ka tumanidagi jasorati ham tahsinga sazovordir. 1990-yil 17-fevral kuni Bo‘ka tumanida millatlararo nizo chiqib, vaziyat soat sayin og‘irlashadi. Ana shunday xavfli va o‘ta qaltis bir sharoitda tumanga yetib kelgan Islom Abdug‘aniyevich minglab norozi odamlar ichiga kirib borgan. Dastlab bosiq ovozda olomonni tinchlantirishga harakat qilgan, lekin hech kim bir-birini eshitmas, hamisha shovqin-suron solar edi. Shu payt Islom Abdug‘aniyevich chetroqda turgan oq ot jilovidan tutib, chaqqonlik bilan otga mindi-yu, jilovini mahkam tutdi. Baland oq otda odamlar orasidan yorib o‘tib, jazavaga tushgano lomonning qoq o‘rtasiga keldilar. Qo‘lida radiokarnay tutib, savol berdilar: “Qani aytinglar, qaysi yaxshi rahbar o‘z xalqiga qarshi qurol ishlatadi? Shundoq ham “o‘zbeklar ishi”, “paxta ishi”, “rashidovchilik” kabi bo‘htonlar bilan dunyoga sharmanda bo‘ldik. Bilaman, mamlakat jaryoqasida turibti, ishoninglar, bunday og‘ir ahvoldan mana bunday ur-yiqit bilan chiqib ketib bo‘ladimi?..” degan. So‘ng keskin o‘girilib, shu yerda turgan Ichki ishlar vazirligi rahbarlariga qarab qat’iy ko‘rsatma bergan? “Nega oddiy xalq qarshisiga qurol ko‘tarib chiqdilaring, men birinchi rahbar ekanman, Bunday kaltabinlikka hech qachon yo‘l qo‘ymayman. Bu yerdan harbiylarni darhol olib chiqib ketinglar. Muammonini odamlar bilan bamaslahat hal qilamiz”. Katta falokatning oldi olindi. 1989-yil17-аvgustda I.Karimov boshchiligida respublika hukumatining Toshkentda bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan yig‘ilishida aholiga tomorqa va shaxsiy uchastkalar ajratish masalasi muhokama qilindi hamda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti, O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi va O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Kolxozchilar, sovxozlarning ishchilari. Grajdanlarning shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarini va yakka tartibda uy-joy qurilishini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarori matbuotda e’lon qilindi. Bu tarixiy hujjatda qishloqda yashovchi har bir xonadonga o‘rtacha 25 sotixdan yer ajratib berish va tomorqa maydonlarini qariyb 4,5 barobar kengaytirish ko‘zda tutilgan edi. 1989–1990-yillarda olib borilgan amaliy ishlar natijasida 1,5 mln xonadonga qo‘shimcha tomorqa ajratildi, 700 ming xonadon esa yangi tomorqa yerlarini olishdi. Buning natijasida bozorlarda qishloq xo‘jalik mahsulotlari ko‘payib, narx-navo arzonlashdi, eng muhimi respublikadagi ijtimoiy keskinlik yumshatilishiga erishildi. Xulosa qilib aytganda, mustaqillik arafasida O‘zbekistonda siyosiy inqirozning kundan-kunga chuqurlashib borishi, ijtimoiy-iqtisodiy inqirozni ham keltirib chiqardi, aholi turmush-tarzi 2 va yashash sharoiti pasayib ketganligi, qishloq xo‘jaligida ko‘plab zaharli kimyoviy o‘g‘itlarning sepilishi natijasida turli xil kasalliklarni keltirib chiqardi. Mamlakat 1986-1989-yillarda tang ahvolda bo‘lib oldida turgan maqsad bu xalqlarni talofatsiz mustaqillika olib chiqish edi. Mana shunday tahlikali vaziyatlarni xolisona o‘rganishda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobi muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Islom Karimovning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobi 2011-yil avgust oyida mamlakatimiz mustaqilligining 20 yillik bayrami arafasida nashr etilgan bo‘lib, ushbu kitobdan Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 1989-yilning 24-iyunidan 1992-yilning 4-yanvariga qadar, ya’ni uning respublikamiz rahbari sifatidagi faoliyatining ilk kunidan to mamlakatimiz istiqlolga erishganidan so‘ng umumxalq saylovi asosida mustaqil O‘zbekiston Prezidenti etib saylanishi va o‘z vazifasini bajarishga kirishish sanasigacha bo‘lgan davrda so‘zlagan nutqlari, ma’ruzalari, maqola va intervyulari, I.Karimov tomonidan imzolangan farmon va qonunlar o‘rin olgan. Sovet davlati hali o‘zining hukmronlik kuchini yo‘qotmagan, uning repressiv siyosati davom etayotgan, “paxta ishi” degan tuhmat, sun’iy ravishda o‘ylab topilgan siyosiy kampaniya paytida qanchadan-qancha odamlar nohaq qamalgan, tazyiq va ta’qiblarga uchragan, xalqimiz o‘rtasida tushkunlik, ertangi kunga ishonchsizlik kayfiyati, qo‘rquv va vahima keng tarqalgan bir paytda – ana shunday o‘ta og‘ir, umumiy inqiroz hayotning hamma sohalarini to‘liq qamrab olgan tahlikali sharoitda O‘zbekiston rahbari sifatida ish boshlagan Islom Karimovning mustaqillikka erishish masalasini kun tartibiga qat’iy qilib qo‘yganini aniq tarixiy hujjatlar orqali ko‘rsatish, bu yo‘lda qanday ulkan tarixiyi shlar amalga oshirilganligi haqidagi ma’lumotlarni kitobxonlarga yetkazishdan iborat edi. Darhaqiqat, Islom Karimov butun umrini jonajon O‘zbekiston uchun, uning ozodligi va buyuk kelajagi uchun bag‘ishladi.... Tariximizning eng murakkab va og‘ir davrida – millatlararo ziddiyatlar avj olgan, iqtisodiyot chuqur inqirozga uchrab, respublikamiz jar yoqasiga kelib qolgan keskin va tahlikali bir sharoitda mamlakatga rahbarlik qilish mas’uliyatini o‘z zimmasiga oldilar. Demak, “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobi yaqin tariximizning eng murakkab va tahlikali davri bo‘lgan istiqlol arafasida yurtimizda hukm surgan o‘ta og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni haqqoniy tasvirlab beradigan eng ishonchli manbadir. Foydalanilgan adabiyotlar royxati 1. Karimov I.A. Ozbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. T. Ozbekiston 2012 yil. 2. Karimov I. A. Ozbekistonning oz istiqlol va taraqqiyot yoli. T. Ozbekiston 1992 yil. 3.O'zbekistonning mustaqillikka erishish tarixi: 1980-1990-yillardagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy omillar. Ilmiy to'plam. – Toshkent: “TURON-IQBOL”. 4. Rasulova N.S. O‘zbekistonning eng yangi tarixi. 1-qism. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2021. Download 78.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling