Referat I bajardi : Xushnudova Sh Tekshirdi : Igamova a mavzu: Xujayra biotexnologiyasi


Download 87.92 Kb.
bet5/9
Sana14.11.2023
Hajmi87.92 Kb.
#1772933
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
YADRO VA UNING TUZILISHI. Yadro bu irsiy belgilarni saqlaydngan va oqsil snntezini boshqaradigan markazdir. Hujayra yadrosiz yashay olmaydi, agarda uni hujayradan ajratib olinsa darhol nobud bo`ladi. Odatda hujayrada bitta, ayrim suv o`tlari va zamburug`lar ko`p yadroli hujayralar bo`ladi. Bakteriya va ko`k-yashil suv o`tlarida shakllangan yadro bo`lmasdan, uning tarkibiga kiruvchi moddalar sitoplazmada, ya`ni ularning yadrosi sochma yoki diffuziya holatida bo`ladi. Yadroning shakli turli-tuman, odatda hujayra shakliga mos bo`ladi. Parenxima hujayralarida sharsimon, prozenxima hujayralarida linza yoki ipsimon shaklda bo`ladi. YAdroning o`lchami ham turlicha: yopiq urug`li o`simliklar vegetativ organlari hujayrasi yadrosining diametri 10-25 mkm ga teng bo`lgani hodda ayrim zamburug`larniki 1-2 mkm, xaralar turkumidagi suv o`tlariniki 2,5 mkm.Yadro quyidagi qismlar: yadro po`sti, nukleoplazma, xromosoma va yadrochadan iborat.Yadro po`sti yadroni sitoplazmadan ajratib turadi. U ikki qavat membranadan tuzilgan. Tuzilishi va tarkibiga ko`ra yadro po`sti endoplazmatik to`rga yaqin. Yadro po`stida maxsus teshikchalar – poralar bo`ladi. U juda murakkab tuzilishga ega bo`lib, diametri 80-90 mkm ga teng. Poralar orqali makromolekulalar nukleoplazmadan gialoplazmaga va teskari tomonga o`tib turadi. Yadro po`sti yadro va sitoplazma orasidagi modda almashinuvini boshqarib turadi, shuningdek oqsil va lipidlar sintezlash qobiliyatiga ega.
NUKLEOPLAZMA bu kolloid qorishma bo`lib, unda xromosoma va yadrocha joylashgan. Nukleoplazma tarkibiga turli xil fermentlar, nuklein kislotasi kiradi.Xromosomalar ikki xil holatda bo`lishi mumkin. Ishchi holatida ingichka ipga o`xshash bo`lib, modda almashinuvi jarayonida faol qatnashadi. Ularni faqat elektron mikroskop yordamida ko`rish mumkin. YAdroning bo`linish davrida ular maksimal darajada yig`ilib qisqa va yo`g`on bo`ladi va yorug`lnk mikroskopida ham ko`rish mumkin bo`ladi. Ular genetik axborotlarni bo`lishtirish va tashish vazifasini bajaradilar va modda almashinuvi jarayonida qatnashmaydilar. Ximiyaviy tarkibi esa DNK va oqsildan iborat nukleoproteiddan tarkib topgan. DNK molekulalarining tarkibiy qismi – nukleotidlardir. Nukleotidlar 3 komponentdan: fosfat kislotasi, dizoksiriboza shakari va 4 ta azot birikmalari: adenin, guanin, timin, sitozinning biridan iborat.Nukleotidlar uzun zanjirli xiralangan tartibda birikadilar. DNK molekulasining hujayraning maxsus oqsilini sintezlovchi qismiga gen deyiladi. Har bir organizm uchun o`ziga xos bo`lgan DNK molekulasidagi nukleotidlar ketma-ketligi irsiy kod deyiladi. DNK tarkibini 1953 yilda ingliz olimlari Dj. Uotsoi va F. Kriklar aniqlashgan va bu juda yirik kashfiyot hisoblanadi. Bu kashfiyot irsiyatning molekulyar mexanizmini tushuntirib berdi.Hujayrada DNK miqdori doimiy, lekin hujayra har gal bo`linganda yangi DNK molekulalari hosil bo`lib, ular ona hujayradan qiz hujayraga o`tadi. Xozirgi tasavvurlarga ko`ra DNK molekulasida hujayraning, binobarin, undan paydo bo`ladigan organizmning ham barcha irsiy axboroti “kodlangan” bo`ladi.Yadro ichidagi yadrocha, odatda sfera shaklida bo`lib, ancha quyuqligi bilan ajralib turadi. Ularda RNK bor va ularning o`lchami 6eqapop. YAdrochalar hujayrada muhim vazifani bajaradi, ularda keyinroq sitoplazmaga o`tadigan ribosomalar hosil bo`ladi va u RNK kislotalari sintezida hamda yadroning bo`linish prosessida ishtirok etadi. SHunday qilib, yadro hujayraning muhim qismi hisoblanadi. Hujayrani ikkiga bo`lib bir qismi yadrosiz qoldirilsa shu qismi tezda o`ladi. U hujayra qobig`ining hosil bo`lishida ham ishtirok etadi. Hujayra bo`linayotganida dastlab yadro bo`linadi.

Download 87.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling