Referat I bajardi : Xushnudova Sh Tekshirdi : Igamova a mavzu: Xujayra biotexnologiyasi
Xloroplast yashil pigmentli xlorofill
Download 87.92 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Leykoplastlarda
Xloroplast yashil pigmentli xlorofill, qo`ng`ir rangli karotin va sariq rayagli ksantofillarni o`zida tutadi. Xloroplastning asosiy vazifasi aynan xlorofill bilan bog`liq. U fotosintez jarayonida qatnashib, anorganik moddalardan organik moddalar hosil qiladi. Shu sababli xloroplastlar o`simlikning faqat yer usti, quyosh nurini qabul qiladigan qismida uchrab, uning hisobiga o`simlik yashil rangda bo`ladi.Yuksak o`simliklarda xloroplastlar, ko`pincha linza shaklida bo`ladi, ularning diametri 4-6 mkm, qalinligi 1-3 mkm. Ularning soni hujayrada 1-50 tagacha bo`ladi va, odatda sitoplazmaning devor qavatida joylashadi. Yorug`lik kam tushganda ular quyoshga yassi tomoni, ko`p gushganida esa qabariq tomoni bilan o`girilib turadi.Xloroplastlar ichida bir xil tarknbga ega bo`lgan moddalar – stromalar bor. Ular yassi xaltachalar ko`rinishida bo`lib, parallel joylashgan membranalar tuzilishidan ibrrat va tilakoid yoki lamellalar deyiladi. Stromada DNK molekulalari, ribosomalar, lipid, kraxmal donalari va boshqalar joylashgan.Xloroplastda kraxmal fotosintez jarayoni natijasida hosil bo`ladi. Fermentlar yordamida bu kraxmal shakarga aylanadi va glyukoza ko`rinishida bargdan boshka organoidlarga harakatlanadi.
Leykoplastlarda fermentlar bo`lmaydi. Ularning o`lchami xloroplastlardan ancha kichik va turg`un shaklga ega emas. Leykoplastlar, ko`pincha to`qima va organlarning quyosh nuri tushmaydigan yer ostki qismida , ya`ni ildiz, guganak va urug`ida bo`ladi.Leykoplastlarning ichki membrana tizimi xloroplastlardagiga nisbagan kam taraqqiy etgan. Ularning stromalarida ham DNK molekulalari va ribosomalar bor.Leykoplastlarning asosiy vazifasi – zapas oziq moddalar, birinchi navbatda kraxmal, ba`zan oqsil va kam hollarda yog`larni sintez qilishdan iborat.Xromoplastlar o`zida karotinoidlar guruhiga mansub qizil, qo`ng`ir va sariq pigmentlar tutadi. O`lchamiga ko`ra ular xloroplastlardan ancha kichik va turli-tuman shakllarda bo`ladi. Xromoplastlar, odatda ayrim o`simliklarning gul o`ramida, pishgan mevalarn va kuzgi barglarida bo`ladi. Ularning modda almashinuvi jarayonidagi vazifasi haligacha aniqlanmagan. Ularning bilvosita vazifasi esa gullarning changlanishi va urug`larning tarqalishi jarayonida hasharot va qushlarni jalb qilishdan iborat. Evolusiya jarayonida plastidalardan dastlab xloroplast, ulardan esa o`simlik tanasining qismlarga ajralishi bilan leykoplast va xromoplastlar paydo bo`lgan. Ontogenez jarayonida esa plastidalarning barcha turlari bir-biriga aylanib turadi. Ko`pchilik hollarda leykoplast xloroplastga (masalan, urug`langan tuxum hujayrasidan urug`murtak hosil bo`lishida) va xloroplast — xromoplastga (masalan, barglarning kuzda sarg`ayishi) aylanadi. Faqat xromoplast tabiiy sharoitda, odatda, boshqa plastidalarga aylanmaydi. Download 87.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling