Referat I bajardi : Xushnudova Sh Tekshirdi : Igamova A
Download 1.09 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yorug`likka bo`lgan talabiga ko`ra o`simliklarni 3 ta guruhga bulish mumkin
Abiotik omillar
Abiotik omillarga iqlim, geologik, edafik, yorug`lik, issiqlik, namlik va havo oqimi kiradi. Yorug`lik. Quyoshdan taralayotgan yorug`lik nuri barcha tirik organizmlar uchun u yoki bu darajada ta`sir ko`rsatadi. Shuning uchun ham yorug`lik eng muhim hayotiy omillardan biri hisoblanadi. Quyosh nuri, ya`ni yorug`lik omili o`simliklarda bo`ladigan fotosintez jarayonida, o`simliklarning o`sishi va rivojlanishi uchun zarur organik moddalar hosil bo`lishida qatnashadi. Fotosintez jarayoni natijasida yutilgan yorug`lik energiyasi bog`langan ximiyaviy energiyaga aylanadi. Yorug`lik boshqa omillarga (suv, issiqlik) nisbatan yer yuziga bir xil taqsimlangan. Buni esa yer sharining yorug`lik tanqisligi tufayli mutlaqo o`simlik o`smaydigan joy yo`qligidan ham bilish mumkin. Tun uzoq bo`ladigan qutb viloyatlarida o`simliklarning sekin va kam o`sishiga yorug`lik emas, balki harorat sharoitining noqulayligi sabab bo`ladi. Ma`lumki, o`simlik yorug`likni tabiiy holda faqat quyoshdan oladi. O`simlik faqat tik tushgan yorug`likni emas, tarqoq holda tushgan yorug`likdan ham foydalanadi. Tik tushgan yorug`lik o`simlikning xlorofil donachalari va tsitoplazmasini o`ldirib, o`simlikka salbiy ta`sir qiladi. Tarqoq tushgan yorug`lik foydali bo`lib, o`simlik bu yorug`likni to`liq o`zlashtiradi. Sababi tarqoq tushgan yorug`lik sariq-qizil nurlardan iborat bo`ladi. Yer sharining har bir zonasida yorug`lik sharoiti o`ziga xos bo`ladi. Cho`l, dasht, baland tog` mintaqalari yorug`lik bilan kuchli ta`minlangan bo`lsa, aksincha g`or va havzalar yorug`lik bilan kam ta`minlanadi. Shuning uchun ham har bir joyning yorug`likka nisbatan moslashgan o`simlik turlari mavjud bo`ladi. Yorug`likka bo`lgan talabiga ko`ra o`simliklarni 3 ta guruhga bulish mumkin: a) yorug` sevar o`simliklar — geliofitlar. Bular yorug`lik yetarli bo`lganda normal o`sib rivojlanadi. Bunday o`simliklar cho`l, dasht, o`tloq o`simliklari — ajriq (Cunodon dactulon (L) Pers), mastak (Lolium multiflosum Lam), yaltirbosh (Bromis tectorum L.) hamda birinchi pog`onadagi baland bo`yli daraxtlardir. Bular soya sharoitda ancha yomon o`sadi va rivojlanadi; b) soya sevar o`simliklar guruhi — ssiofitlar. Bu guruhga mansub o`simliklar yorug`lik bilan kam ta`minlangan muhit o`simliklaridir. Bular yorug`likni ko`p hoxlamaydigan bo`lib, o`simlik qoplamining pastki pog`onalarida yaxshi o`sadi. Bularga xona va oranjereya o`simliklari, moxlar, poporotniklar, yong`oqzorlarda o`suvchi xina, tog` binafsha (Viola isopetala) kabi turlar kiradi. Soyada o`sadigan o`simliklar yorug`likda o`sadigan o`simliklardan morfologik, anatomik va fiziologik xususiyatlari bilan keskin farq qiladi; d) oraliq o`simliklar — soyaga chidamli o`simliklar. Ular yuqoridagi ikki guruppa oralig`ida uchraydigan o`simliklar bo`lib, ham yorug`likka, ham soyaga ancha bardoshlidir. Bular, odatda, quyosh nuri bevosita tushadigan yerlarda yoki shunga yaqin joylashgan yerlarda ham yaxshi o`sib rivojlanadi. Shu bilan birga quyosh kam tushadigan yerlarga ham tez moslashadi. Bularga o`rtacha iqlim zonasidagi o`rmon va o`tloqlarda o`sadigan qo`ngirbosh (Roa bulbosa L), oqco`xta (Dactules glomerata L), arvugon (Cercis siliguastrum L), qoraqarag`ay (Risea schrenkiana F. Et M.), shumurt, madaniy o`simliklardan qulutnay (Fragaria ananassa Duch) kabi o`simlik turlari kiradi. Yer sharining har xil geografik zonalarida kunning uzunligi turlicha bo`ladi. Shimolda yorug`lik intensivligi kuchsiz bo`ladi. Yoritilish muddati uzoq bo`ladi. Janubda esa kun ancha qisqa bo`ladi. (Ekvatorda esa 12 soatga teng). Ammo yorug`lik intensivligi yuqori bo`ladi. Shimolda yorug`lik intensivligi kam bo`lib, uzoq muddat yorug`likning davom etishi u yerdagi o`simliklarning o`sib rivojlanishiga yordam beradi va bularni uzun kunli o`simliklar deb atashga mos keladi. Bug`doy (Triticum aestivon L), javdar (Secale cereale L.) kabi boshoqli o`simliklar, cebapra (Trifolium pratense L), sachratqi (Cichorium intybus L), sapsargul (Iris L.) kabilar misol bo`ladi. O`simliklarga uzun kun va tun almashinishi, yorug`lik va qoropg`ulikning ko`rsatgan ta`sirini amerikalik olimlar Garner va Allard tajribada o`rganib buni fotoperiodizm yoki aktinoritmizm deb atagan. Ularning fikricha, kun uzunligi yoki yorug`lik 12 soatdan kam bo`lsa uzun kun o`simliklar gullamaydi, gullagan taqdirda ham ancha kech gullaydi. Qisqa kunli o`simliklarning (kun uzunligi 12 soatdan kam bo`lgan sharoitdagi o`simliklar) rivojlanishi qisqa kun uzunligida yaxshi o`tadi. Qisqa kunli o`simliklar ham uzun kunda (yorug`lik 12 soatdan ko`p bo`lganda) gullamaydi, ba`zan juda kech gullaydi. G`o`za (Gossypium herbaceum L.), tariq (Panicum miliaceum L), bodring (Cucumis sativus L), makkajo`xori (Zea mays L.), qovun (Melo orientalis (S.Kudr) Nab), kungaboqar (Helianthus annuus L), mavrak (Salvia sclarea L. yoki S. deserta) qisqa kunli o`simliklardir. Qisqa kunli o`simliklar uzoq kunli sharoitda kuchli morfologik o`zgarishlarga uchrashi mumkin. Masalan, gigantizm — bo`yning haddan tashqari o`sib ketishi ro`y beradi. Issiqlik. O`simliklar uchun quyosh energiyasi faqat yorug`lik manbai bo`lib qolmasdan, balki issiqlik manbai hamdir. Shuning uchun ham ularda kechadigan barcha fiziologik jarayonlar issiqlik bilan bog`likdir. Birgina urug`ning unib chiqishi uchun issikdik ikki xil ta`sir ko`rsatadi: a) foydali bo`lgan past issiqlik urug`larni tinim holatidan chiqaradi; b) urug`ning unib chiqish darajasi va tezligini ham issiqlik belgilaydi. Issiqlik o`simliklarda kechadigan fotosintezga teskari jarayon — nafas olishda ham katta ahamiyatga ega. Ma`lumki nafas olish sutka davomida amalga oshadigan jarayondir. Issiqlikning kecha va kunduzda almashinib turishi o`simlik uchun qatga ahamiyatga ega. Issiqlikning har kuni bir xilda ritmik almashinib turishiga o`simliklarning moslashuvi — termoperiodizm deb ataladi. Yer yuzida barcha o`snmliklarpi issiqlik omiliga bo`lgan munosabatiga ko`ra ikki xil ekologik gruppaga bo`lish mumkin: a) issiqsevar — termofil o`simliklar; b) sovuqsevar — psixrofil o`simliklar. Har ikkala band xususida to`xtalib o`tamiz: a) Yer sharining janubiy kengliklarida o`sadigan go`za (Cossypium herbaceum L.), mandarin (Citrus reticulata. blanco), apelsin (Citrus sinensis. Osl), limon (Citrus limon Burm) kabi o`simliklar issiqsevar o`simliklar bo`lib, yuqori darajali issiqlikda yaxshi o`sib rivojlanadi. O`zbekiston cho`llarida o`suvchi kovul (Capparis spinosa L), yantoq (Alhagi sparsifolia Shap), saksovul kabi o`simliklar ham jazirama issiqda bemalol o`sib rivojlanadi. Yuqori issiqqa ega bo`lgan sharoitda o`suvchi o`simlik turlari evolyutsiya jarayonida hujayrasi issiqlikka chidamli bo`lib borish bilan birga boshqa bir qancha moslanish xususiyatlariga ham ega bo`lib borgan. Xususan, vegetativ organlari, bargining yuzasi qisqargan, poya va barglar qalin tuklar bilan qoplangan, o`zidan efir moylari ajratib chiqaradigan bez va tuklarga ega bo`lgan tinim davriga o`tishga moslashgandir. Shunday bo`lsada, o`ta kuchli issiqlik o`simlikning nobud bo`lishiga olib keladi. Bunday hol issiqlik haddan tashqari uzoq muddat davom etganda yoki yuqori harorat qisqa muddat bo`lib o`tganda kuzatiladi.O`simliklarning yuqori issiqlikka chidamliligi o`suvchi kurtaklarning hazon qatlami va tuproq bilan muhofaza qilinganligi katta samara beradi. O`simliklarning bunday xususiyatlaridan Raunkier hayotiy shakllarning sistemasini tuzishda foydalangan. b) Sovuqsevar o`simliklar eng past haroratda o`sishga moslashgan yoki o`sish imkoniyatiga ega bo`lgan o`simliklardir. Yer sharining shimoliy kengliklarida o`suvchi qarag`ay (Pinus silvestris L), tilog`och (Larix sibirica. Lab.), qoraqaragay (Pisea schrenkiana F. et V.) kabi daraxtlar sovuqqa chidamli turlardir. Issiqlik minimum darajadan pastga tushganda o`simlik tinim holatiga kiradi. Harorat minimumdan pastga tushib ketganda o`simlik hujayrasining tsitoplazmasida katta o`zgarishlar bo`lishi, ya`ni o`simlikni sovuq urib ketishi mumkin. O`simliklarni sovuqqa chidamli deganda uzoq muddat +1 dan +10 °S gacha bo`lgan sharoitda yashashiga, o`ta chidamli deganda minus haroratda ham yashashiga tushuniladi. Tropik va sub tropik o`lkalarda o`suvchi o`simliklar harorat 0 °S ga tushganda halok bo`ladi. Ba`zi sovuq iqlimli rayonlarda o`sadigan o`simliklardan tilogoch -62 °S da ham halok bo`lmaydi. Sovuq haroratda o`simliklarning turli organlari har xil darajada shikastlanadi. Dastlab gul va barg, keyinchalik poya va novda, so`ng ildiz zararlanadi. Ba`zi bir bakteriyalar va suv o`tlari juda past haroratda (-30 °S dan -35 °S gacha) ham yashab qoladi. Suv: Barcha tirik organizmlar uchun, jumladan o`simliklar uchun ham suvning ahamiyati juda katta. O`simlik tanasining 50-90 % suvdan iborat bo`ladi. Tsitoplazma tarkibida suv miqdori 85-90% ni tashkil etadi. O`simliklarning sersuv mevalarida, yumshoq barglarida va ildizlarida suv miqdori ko`p bo`ladi. Hatto o`simliklarning quruq holdagi spora va urug`larida ham suv bor. Ammo moyli ekinlar urug`ida suv nisbatan kam bo`ladi. Suv tabiatda bug`, suyuq va qattiq kristall shaklida mavjud. Suv barcha moddalarni o`zida eritgan holda o`simliklarda transport vositasi sifatida xizmat qiladi. Har qanday o`simliklar qoplamiga suvning yetishmasligi unda tub o`zgarishlar sodir bo`lishiga olib keladi. O`simliklar suvni, asosan, tuproqdan oladi. Bundan tashqari, atmosfera yog`inlari (qor, yomg`ir, do`l, qirov, shudring, tuman) hamda yer osti sizot suvlari hisobiga ham hayot kechiradi. Ko`pgina cho`llarda o`suvchi efemer turlar suvni bahorgi yog`inlardan oladi. Yantoq esa yerning pastki qatlamidagi grunt suvlari hisobiga hayot kechiradi. Chunki yantoq ildizi yerga chuqur kirib ketadi. Uzoq evolyutsion taraqqiyot natijasida turli xil yashash sharoitiga moslashgan har xil xususiyatga ega bo`lgan o`simliklar guruhi kelib chiqqan. Shuning natijasida ba`zi turlar suvli sharoitda, ba`zilari esa cho`llarda yashashga moslashgan. XIX asrning oxirlarida A. Shimper va Ye. Verming o`simliklarning suv rejimiga bo`lgan munosabitlariga qarab 3 ta ekologik gruppaga bo`lgan: gigrofitlar, mezofitlar va kserofitlar. Ba`zi adabiyotlarda esa 5 ta ekologik gruppaga ajratib berilgan bo`lib, ular gidatofitlar, gigrofitlar, gidrofitlar, mezofitlar, kserofitlar. A. P. Shennikov (1950) Shimper va Vermingdan keyin o`simliklarning suvga bo`lgan munosabatiga ko`ra quyidagi gruppalarga bo`ladi: a) gigrofitlar — soya va yorug`da o`sadigan turlar; b) kserofitlar, bular o`z navbatida sukkulentlarga, ya`ni to`qimalarida suv zahiralarini saqlaydigan seret o`simliklar va sklerofitlarga — quruq, ingichka, qattiq o`simliklarga bo`linadi. d) psixrofitlar — shimoliy yoki baland tog` mintaqasida nam va sovuq yerlarda o`sadigan o`simliklar; e) kriofitlar — shimolda yoki baland tog` mintaqasida quruq va sovuq yerlarda o`sadigan o`simliklar; f) mezofitlar — o`rtacha namgarchilik sharoitida o`sadigan gigrofit va kserofitlar orasidagi o`simliklar. 1.Tuzlar konsentratsiyasining yuqori bo’lishi eritma osmotik bosimini oshiradi va tabiiyki, o’simliklarga suv hamda oziq moddalar yutilishini qiyinlashtiradi. Qishloq xo’jalik ekinlari rivojlanishining ilk davrlarida eritma konsentratsiyasining yuqori bo’lishini talab qiladi. 2.Keltirilgan ma’lumotlardan eritma konsentratsiyasi 25,9 mmol/g bo’lganda bodringdan yuqori hosil olinishi kuzatiladi. Konsentratsiyaning yanada oshirilishi barg chekkalarining qurishi, tomirlarining qo’ng’ir tus olishi va hosilning kamayishi bilan yakunlanadi.
4.Oziq elementlarni ildizga yutilishi ko’p jihatdan gidratlangan ionlar diametriga bog’liq bo’lib, diametri kichik elementlar ko’proq yutiladi. Ayrim elementlar bundan mustasno: masalan, diametri katta bolsada, K+ ioni rubidiy va seziyga, Cl─ esa boshqa galogenlarga nisbatan tezroq yutiladi. 5.O’simlik tanasi faoliyatining me’yorida bo’lishi bevosita tashqi muhitdagi kation va anionlarning o’zaro nisbatiga bog’liq. 6.Tajribalar asosida azot bilan yaxshi ta’minlangan o’sitnliklar K, Ca, Mg, Cu, Fe, Mn va Zn kabi elementlarning yaxshi o’zlashtirishi, fosforning ortiqcha miqdori Cu, Fe va Mn elementlari yutilishini cheklashi aniqlangan. Kaliy ta’sirida o’simlik tanasiga Ca, Mg va yana bir qator elementlar kamroq yutiladi. 7.Oziqlanish niuhitidagi bironta elementning boshqa elementlarning yutilishiga yordam berishi ionlar sinergizmi iboralari bilan yuritiladi. Agar tuzlar aralashmasining ta’siri alohida olingan komponentlar ta’siriga teng bo’lsa, ionlar adidtivligi deyiladi. 8.Azot, fosfor va kaliy yetarli bo’lgan sharoitlarda o’simliklarning mikroelementlarga talabchanligi ortadi. Masalan, tuproqda Fe, Mn va Zn taqchil b o’lsa, o’simliklarga azotning yutilishi kamayadi. Cu, Zn, Mo kabi mikroelementlar fosforning yutilishiga ijobiy, kaliyning o’zlashtirilishiga salbiy ta’sir qiladi. 9.O’simliklarning ildiz tiziini oziqa moddalarni tanlab, ma’lum miqdor va nisbatlarda yutish qobiliyatiga ega. Barcha fiziologik va ximiyaviy protsesslar ma’lum bir temperatura chegarasida boradi. SHunga ko’ra, issiqlik omili o’simliklarning geografik jihatdan tarqalishida ham katta rolь o’ynaydi. Ma’lumki, issiqlik kinetik energiya shakllaridan biri bo’lib, boshqa turdagi energiyaga aylanishi va nisbatan issiq bo’lgan jismdan sovuqroq jismga o’tishi mumkin. Is-siqlikning bunday o’zgarishi yoki uzatilishining uchta usuli: radiatsiya, issiqlik almashinuvi va konvektsiya usuli mavjud. Radiatsiya deganda, quyoshdan yoki quyosh nuridan isigan jismdan har xil uzunlikdagi (nurlar) to’lqinlar tarqalishi tushuniladi. Atmosfera quyosh radiatsiyasinikg yoki iksolyatsiyaning ma’lum bir qismini tutib qoladi, qolgan qismi zsa yergacha yetib kelib, uni isitadi. Yer isigandan keyin, o’z navbatida, olgan energiyaning bir qismini atmosferaga qaytaradi. Lekin atmosfera xuddi ekran singari vazifani bajaradi, ya’ni o’ziga tushgan energiyani tutib qolib, bir qismini qaytaradi. Tuproq yuzasidagi Quyoshdan isigan molekulalarning .o’zgaruvchan aktivligi havoning tuproqqa yaqin qatlam-lariga o’tadi va ana shunday issiqlik o’tkazuvchanlik natijasida issiqlik almashinuvi, issiqlik uzatish sodir bo’ladi.O’simliklarga issiqlikning ta’siri. Atmosferannng pastki qatlamlari isiganda zichligi pasayadi va isigan havo yuqoriga ko’tariladi, ular o’rnini esa ancha sovuq havo massasi egallaydi. Bundan tashqari, issiqlik energiyasi havo oqimi orqali va gorizontal yo’nalishda nisbatan issiq joydan nisban sovuq joyga tomon harakat qiladi. Gazlar ara- lashmalari orqali bu xildagi issiqlik almashinuvi konvektsiya deb ataladi. O’simliklarning issiqlik rejimi uchun mazkur sathga tushayotgan issiqlik energiyasini undan qaytarilayotgan issiqlik energiyasiga nisbatini aniqlash juda muhimdir. Bu nisbatning protsent hisobidagi miqdorn «albedo» deb ataladi (bu termin yorug’lik energiyasiga nisbatan ham ishlatiladi). Issiqlik energiyasining o’lchov birligi Joulь (J) bilan ifodalanadi. Bir kaloriya 4,186 J ga teng. Boshqacha aytganda, 1000 kaloriya kilokaloriyani (kkal), ya’ni 4,186-103 J ni tashkil qiladi. Minutiga har 1 sm2 hisobiga 1 kaloriyani tashkil etuvchi radiatsiya 6,98-102 Vt- m~2 ga, ya’ni 698 J m-2.s-1 ga teng keladi. Temperatura termini (jismning isiganlik darajasi) jismning molekulyar aktivligi darajasini ifodalash uchun ishlatiladi. SHunga ko’ra, issiqlikni «temperatura»dan farq qila bilish kerak. Boshqacha aytganda, «temperatura» sifat ko’rsatkichi (molekulyar aktivlik darajasi), «issiqlik» esa miqdor ko’rsatkichi hisoblanadi. Buni biron-bir narsaning ikki xil massasini bir xil temperaturagacha isitish uchun kichigiga kattasiga nisbatan kam energiya sarflanishdan ham bilish mumkin. O’simlikning temperaturasi bilan agrof-muhit temperaturasi qanday va qaysi darajada mos keladi yoki bog’liq bo’ladi, degan savolga javob berishda o’simlik tomonidan ajratiladigan issiqlkk miqdorini nazarda tutmaslik kerak, chunki u juda kam miqdorni tashkil etadi. Ildizning temperaturasi tuproqning temperaturasiga juda yaqin bo’ladi, chunki ildiz tuproq bilan bevosita bog’liq holda joylashgan bo’ladi. O’simliklarning yer ustki organlari masalasi juda murakkabdir. Hamma vaqt, kechasi yoki kunduzi, qishda yoki yozda o’simlikning butun hayoti davomida, xususan, uning yer ustki organlari issiqlik radiatsiyasi ,ta’sirida bo’ladi. Odatdagi temperaturada o’simlik barglari ko’p miqdordagi uzun to’lqinli radiatsiyani o’zlashtiradi va tarqatadi. Barglarga radiatsiya bevosita yoki boshqa narsalardan aks etib tarqoq holda tushishi mumkin. Barg o’ziga tushayotgan energiya oqiminpng bir qismini o’zlashtiradi va isiydi. Ular o’zlashtirgan energiyaning juda oz qismi fotosintez uchun, ko’p qismi transpiratsiyaga sarflanadi. 8-20% yashili va 45% gacha infra-qizil nurlar qaytariladi. Nihoyat, insolyatsiyaning ma’lum qismi (yana asosan yashil va infraqizil nurlar) barglar. orqali o’tadi. Shunday qilib, atrof-muhitdan tushayotgan energiya oqimi barglarga, shuningdek, butun o’simlikka ta’sir ko’rsatadi va unda boradigan fiziologik protsesslar normal o’tishi uchun sarflanadi. Modomiki, barg tushayotgan va qaytayotgan energiyani o’zlashtirar ekan, ko’p narsa o’simlikka yaqin yuzadagi alьbedoga bog’liq bo’ladi. Masalan, quruq qum uyumlari tushayotgan energiya- ning 30-60% gacha qismini qaytaradi, shuniig uchun bunday qum uyumlari ustida o’sayotgan o’simliklar bargi quyoshdan tushayotgan energiyani 20% ko’p o’zlashtiradi. Bu protsesslar natijasida, odatda, kunduz kunlari barglar temperaturasi ko’tarilib ketishi kuzatiladi. Buni ayniqsa insolyatsiya kuchli, transpiratsiya sust bo’lganda va issiqlik almashinuvini kamaytiruv-chi shamol bo’lmaganda yaqqol ko’rish mumkin. Barglar temperaturasi ko’p jihatdan qalinligiga va konsistentsiyasiga bog’liq. Bu temperatura bevosita tushgan nurlardan oshadi va havo temperaturasidan ham ustun bo’lishi mumkin; tarqoq tushgan yorug’likda barglar temperaturasi, odatda, havo temperaturasiga qaraganda past bo’ladi. Issiqlik sig’imi uncha katta bo’lmagan yupqa kozik barglar qalin barglarga qaraganda inoolyatsiyaning o’zgarishiga nisbatan ta’sirchan bo’ladi, chunki qalin barglarning sathi uncha katta bo’lmaganligi uchun issiqlikalmashinish intensivligi past va transpiratsiya sust bo’ladi. V. I. Voznesenskiy va R. M. Reynus (1977) Janubi-G’arbiy Qoraqumda o’sadigan o’simliklar assimilyatsiya qiluvchi organlarining temperaturasi kun davomida sezilarli darajada o’zgarib turishini ko’rsatdilar. CHunonchi, bahorda va yozda 8-14 dan 35-39° gacha o’zgarib turadi; kuzda esa 4-30° atrofida bo’ladi. Yozning eng issiq paytlarida o’simlikning assimilyatsiya qiluvchi organlari temperaturasi 40—43° ga yetadi. Urta Osiyo cho’llarida tarqalgan, issiq vaqtda barglariii to’kib yuboradigan buta va chala butalarning, shuningdek, bargli ko’p yillik o’t o’simliklarning assimilyatsiya qiluvchi organlari temperaturasi hamma vaqt havo temperaturasiga qaraganda past bo’ladi. Masalan, rovochda maksimal darajadagi farq (8,G) kuzatilgan. Haroratning keskin pasayishi keyingi hosilni yo'q qilishga imkon beradi, chunki bu vaqtga tayyorgarlik ko'rish va ekishdan dondan qanday himoyalanish kerakligini oldindan bilish muhimdir. Bahor ayozlarining xavfi yozning boshlarida sodir bo'lganlarnikiga o'xshamaydi. Mart-aprel oylarida o'simliklarning yosh barglari qirg'oq bo'ylab muzlatishi mumkin, ammo vaqt o'tishi bilan ular tiklanadi. Agar iyun oyining boshida sovuq urishi bo'lsa, nafaqat mevali daraxtlar, balki mevali daraxtlar ham zarar ko'radi. Issiqlikka chanqoq sabzavotlar - pomidor, qalampir, baqlajon - sovuqqa bardosh bera olmaydilar. Cho'chqalar qurib qoladi, o'simliklarning o'limiga olib keladigan hujayra membranalarini yirtib tashlaydi. Ko'chatlar qattiqlashtirilmasa va yomon ildiz bo'lsa, u -2 ° S haroratda o'sishni to'xtatadi va meva berish davri 2 hafta davomida kechiktiriladi. Ba'zi madaniyatlarda qaytib sovuqni yaxshi qabul qiladi va havo haroratining keskin pasayishiga dosh bera oladi. Masalan, petrushka va sabzi, piyoz va ismaloq jim bo'lib -5-7 ° C darajasida o'sadi, selderey -3-5 ° S gacha bo'lgan haroratga chiday oladi. Ammo sovuqqina so'ng o'simliklarning asosiy qismi rivojlanishda sekinlashadi va ularning hosillari sezilarli darajada pasayadi. Meva daraxtlarining kurtaklari 4 darajagacha pasayadi. Gilos, shaftoli, olma va noklar gullash davrida ayniqsa zaifdir. Ular uchun, hatto harorati -2 ° S ga tushirish zararli hisoblanadi. Gullarda gullash yilliklari va erga yoyilgan issiqlik bilan qovun o'simliklar ko'chatlari, hatto -1 ° S.da ham zararlanishi mumkin. So'nggi 10 yil ichida qish sovuqqina bo'ldi, lekin bahorgi sovuqlarning ehtimolligi oshdi. Hozirgi ob-havo prognozlari yanada aniq bo'lishiga yo'l qo'ying, sovuq havoning boshlanishi oldindan taxmin qilish qiyin: juda ko'p erga bog'liq. Agar kun quyoshli va ochiq bo'lsa, lekin kechqurun sovuqlashib, harorat +1 ... + 2C gacha tushib qolsa, shamol susayadi yoki to'xtaydi, yer yaqinidagi havo qalin bo'ladi va osmon bulutsizdir - bu ertalab sovuq bo'lishi mumkin. Aksincha, agar yomg'ir yog'sa, kuchli shamol ko'tarilib, ob-havo bulutli bo'ladi - sovuq ehtimoli past. Bu yerning xususiyatlarini inobatga olish kerak. Pasttekislikdagi yotoqxona har doim sovuqqa ko'proq ta'sir ko'rsatadi va kichik daryoning yonida joylashgan bog'lar va bog'lar, shuningdek, yam-yashil va tepalikdagi joylar sovuqdan aziyat chekadi. Ba'zan yordam va xalq belgilaridir. Misol uchun, erta bahorda qor erishi va iliqlashishi oldindan ma'lum bo'lsa, takrorlab kelayotgan sovuqlarning ehtimoli ko'proq. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling