Корзина belgisini yana joyiga qaytaring;
Корзина belgisining ustiga sichqonchani olib boring va yordamchi tugmasini bosing. Natijada kontekst menyu ochiladi;
Kontekst menyudan Открыть bandini tanlang;
Ish stolining o’rtasida Корзина dasturining oynasi va masalalar panelida Корзина tugmasi paydo bo’ldi;
Klaviaturadan bir vaqtning o’zida Alt va F4 (Alt+F4) tugmalarini yoki oynaning yuqori o’ng qismidagi tugmani bosing. Dasturning ishi tugatildi;
Корзина belgisining ustiga sichqonchani olib kelib, asosiy tugmasini ikki marta ketma – ket tez bosing. Natijada yana Корзина dasturi ishga tushdi;
Masalalar panelidagi Корзина tugmasining ustiga sichqonchani olib keling va yordamchi tugmasini bosing;
Ochilgan menyudan Закрыть bandini tanlang. Корзина dasturining ishi tugadi va ish stolidan dastur oynasi hamda masalalar panelidan Корзина tugmalari yo’qoladi.
Kompyuterni o’chirishdan avval, Windows 7 dasturi ishini tugatish kerak. Buning uchun sichqonchani Пуск tugmasining ustida bosiladi (sichqonchani bosish deyilganda, sichqonchaning asosiy tugmasini boshish tushiniladi) va bosh menyudan Выключение bandi tanlanadi. Ochilgan muloqat oynasidan (1.2 – rasm) Выключение tugmasi bosiladi. Shu oynaning Ждущий режим tugmasi bosilganda kompyuter kutish holatiga o’tadi, Перезагрузка tugmasi bosilganda kompyuter o’chib, qaytadan ishga tushadi, Отмена tugmasi bosilganda esa bu oyna yopilib, Windows 7ning ishi davom etadi. [A-1.XXXII,5-7 pages]
Do'stlaringiz bilan baham: |