Referat I Topshirdi: Qabul qildi: Toshkent-2023


Tashish tannarxiga ta’sir etuvchi omillarni shartli ravishda 3ta guruhga ajratish mumkin


Download 34.28 Kb.
bet5/10
Sana22.03.2023
Hajmi34.28 Kb.
#1286716
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Amaliy buxgalteriya 2023

Tashish tannarxiga ta’sir etuvchi omillarni shartli ravishda 3ta guruhga ajratish mumkin
Davlat darajasida ta’sir qiluvchi omillar temir yo‘l transporti xodimlarining say-harakatiga bog‘liq emas, balki mamlakatning iqtisodiy holati va aholining turmush farovonligiga bog‘liq.
Bu omillar tashish hajmining miqdori va tuzilmasiga, ularning notekisligiga, yuk va yo‘lovchilar tashish masofasiga, xarajat elementlari bo‘yicha xarajatlar tuzilmasiga ta’sir ko‘rsatadi. Umuman bu omillar guruhi temir yo‘llarning moddiy texnik bazasini rivojlanishtirishga, qaratilgan investitsiyalar miqdoriga, asosiy fondlarning yangilanishiga ahamiyatli tarzda ta’sir o‘tkazadi.
Tarmoq darajasida (tarmoq ichida) ta’sir etuvchi omillar temir yo‘llar ishining xarakteri, shart-sharoitlari, tashkil etilishi va sifatiga bog‘liq, ularga temir yo‘l transporti bevosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Tashish tannarxiga ta’sir etuvchi omillar
Tarmoq ichidagi omillarni 4 ta guruhga bo‘lish mumkin.
1. Tashish hajmi va xarakterinini aniqlovchi omillar:
Tashish zichligi (1 km ekspluatatsion uzunlikka to‘g‘ri keluvchi keltirilgan yuk aylanmasi). Temir yo‘l yo‘nalishlarining o‘tkazish qobiliyatini optimal to‘ldirish doirasida tashish zichligining o‘sishi shartli-doimiy xarajatlar qismida tashish tannarxini kamayishiga olib kelishi shuni hisobiga bo‘ladiki, ularning miqdori zichlikning o‘zgarishida o‘zgarmaydi yoki juda kam o‘zgaradi. Tashish zichligining o‘sishi optimal darajadan yuqori bo‘lsa, ishdagi to‘xtalishlar sonini oshishiga, temir yo‘l transporti ishining sifat ko‘rsatkichlarini yomonlashuviga olib keladi va tashish tannarxini o‘sishiga imkon beradi.
Temir yo‘llarda yuklar va yo‘lovchilar tashish nisbati. Yo‘lovchi tashish tannarxi yuk tashish tannarxidan 3 marotaba yuqori bo‘lgani uchun yo‘lovchi tashish ulushining oshishi 10 keltirilgan tonna-kilometr tannarxining o‘sishiga olib keladi.
Yuk tashish tannarxi quyidagi omillarga bog‘liq:
yuk turlari bo‘yicha tashish tuzilmasi, chunki turli xil ko‘rinishdagi yuklarni tashish uchun texnik yuklash me’yorlari har xil bo‘lgan turli xil vagonlardan foydalaniladi, bir qator holatlarda maxsus harakatlanuvchi tarkib ishlatiladi, va maxsus operatsiyalar, masalan sisternalarni ortishga uzatishdan oldin ularni yuvish va bug‘lash ishlari bajariladi;
vagonlarning bo‘sh holatda bosib o‘tgan masofasi, ularning ortishi xarajatlarning o‘sishiga olib keladi va samarasiz hisoblanadi;
lokomotivlarni yordamchi holatda bosib o‘tgan masofasi, bu ko‘rsatkich ham unumsiz hisoblanadi va xarajatlarning o‘sishiga olib keladi;
tashish turlari bo‘yicha yuk tashish tuzilmasi. Mahalliy yo‘nalishda yuklar tashish tannarxi tranzit tashishlar tannarxidan boshlang‘ich-tugatish operatsiyalari, manyovr ishlari bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlar hisobiga, shuningdek mahalliy yo‘nalishda vagon va lokomotivlarning ish unumdorligini pasayishi hisobiga ancha yuqori;
poyezd kategoriyalari bo‘yicha yuklar tashish tuzilmasi. Terma, peredatochniy va vivoznoy poyezdlarda yuklar tashish tannarxi to‘g‘ri poyezdlarda tashish tannarxidan harakatlanuvchi tarkibdan foydalanish sifat ko‘rsatkichlarining yomonlashuvi, poyezdlarni tuzish, qayta tuzish va tarqatishni amalga oshiruvchi stansiyalar soni sababli ancha yuqori, chunki bu manyovr ishi hajmiga va uni bajarish bo‘yicha xarajatlarga ta’sir ko‘rsatadi;
temir yo‘llar bo‘yicha tashish masofasi, tashish xarajatlari tuzilmasida boshlang‘ich-tugatish va harakat operatsiyalari bo‘yicha xarajatlarning nisbatiga va tashish tannarxi darajasiga ta’sir ko‘rsatadi.

Download 34.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling