Referat iboralarning uslubiy xususiyatlari


Download 14.53 Kb.
Sana19.01.2023
Hajmi14.53 Kb.
#1100387
TuriReferat
Bog'liq
Iboralarning uslubiy xususiyatlari


REFERAT


Iboralarning uslubiy xususiyatlari.

Sobitjanova F.X
PS - 104

Reja:

1. Kirish.

2. Frazeologik iboralarning struktura va ma’no xususiyatiga ko’ra turlari.

O'zbek tilining frazeologik boyligini o'rganishga bag'ishlangan mukammal tadqiqotlarga egamiz. Adabiy til lug'at tarkibining taraqqiyoti va boyishi xalq shevalari bilan uzviy va chambarchas bo'g'liqdir. Adabiy til normalarini belgilashda xalq shevalarining leksik, fonetik va grammatik xususiyatlariga suyanadi va ma'lum o'ziga xos qonuniyatlar bilan rivojlanadi. Shunday ekan milliy tilning xalq shevalaridagi ko'chma ma'noli iboralarni o'rganish ham hozirgi o'zbek adabiy tili taraqqiyotining, uning boyib borish yo'llarini belgilovchi omillardan biri bo'ladi.Frazeologiyaning tilshunoslikning o'ziga xos sohasi sifatida rivojlanishi mashaqqatli yo'llarni boshdan kechirdi. Hatto atoqli ingliz tilshunosi Smirnitskiy ham frazeologiyaning alohida tilshunoslik sohasi ekanligi tarafdori bo'lgan. — Frazeologik birikmalar nazariyasi bilan leksikologiyaning bir bo'limi bo'lgan frazeologiya o'rganishiga qaramasdan, u tilning sintaktik qismida o'rganilishi zarur. Agar biz frazeologiyani alohida soha deb tan olmaydigan bo'lsak, uni alohida fan deb aytolmaymiz degan edi Smirnitskiy

Frazeologik iboralarning struktura va ma’no xususiyatiga ko’ra turlari.

Frazeologik iboralar tuzilishi va ma’no xususiyatiga ko’ra uch guruhga bo’linadi:

Frazeologik qo’shimchalar. Frazeologik qo’shimchalarning ma’nosi uning tarkibidagi so’zlarning o’z va ko’chma ma’nolaridan kelib chiqadi. Masalan, gap tashlamoq, gap otmoq (gap – o’z ma’nosida, tashlamoq, otmoq-ko’chma ma’noda), mehri tushdi (mehr-o’z ma’nosida, tushdi – ko’chma ma’noda), oyog’i tortmadi (oyoq o’z ma’nosida, tortmadi- ko’chma ma’noda).

Frazeologik qo’shilma tarkibidagi so’zlar grammatik birikish usuli jihatidan odatdagi so’z birikmalaridan farq qilmaydi. SHuning uchun xam kuli ko’kka sovurildi iborasi tarkibidagi gap bo’laklarini (egaQo’rin holiQkesim) ajratish mumkindek ko’rinsa-da, ammo ibora tarkibidagi so’zlar orasidagi sintaktik aloqa doimiy (o’zgarmas)dir, shu sababli u «butunlay emirildi», «yo’q qilindi» ma’nosini ifodalaydi.

Frazeologik qo’shimchalarda voqelik bevosita aks ettiriladi, shuning uchun uning tarkibidagi ayrim ko’zlar ko’chma ma’noda ishlatilgan bo’lsa xa, ibora butun holda ko’chma ma’noda bo’lmaydi.

Masalan, Tojiboy gapirsa, katta-kichik ixlos bilan uning og’ziga qaraydi. (P.T)


3. Frazeologik birlashmalar.

Frazeologizmlarnining bu turida ibora butun xolda ko’chma ma’noda qo’llaniladi, ammo iboraning umumiy ma’nosi uning tarkibidagi so’zlarning lug’aviy ma’nolari bilan ma’lum darajada bog’langan bo’ladi. Masalan, oralaridan qil o’tmaydi, tepa sochi tikka bo’ldi, og’zi qulog’iga etdi, pashshadan fil yasamoq va b.

Bunday iboralarda mubolag’a, o’xshatish kabi tasviriy vositalarning qo’llanishi uning obrazliligini, ta’sirchanligini oshiradi. Masalan, xamma ish xamirdan qil sug’urgandan imim-jimida hal bo’ldi. (SH.R)

Bu turdagi iboralarda so’zlar orasidagi grammatik aloqa sezilib tursa-da, ular gap bo’laklariga ajralmaydi, balki butun xolda bitta sintaktik vazifa bajaradi. Masalan. YUlduzni benarvon uradigan yigitlar – o’shalar (O.) gapidagi yulduzni benarvon uradigan iborasi to’ldiruvchi, hol va kesimga ajralmaydi, balki butun holda bitta birikmali aniqlovchi vazifasini bajaradi.

Frazeologik birlashmalar tarkibidagi so’zlar orasiga, ba’zan so’z kiritish, tarkibidagi so’zlar o’rnini o’zgartirish, so’zlardan birini boshqa ma’nodagi so’z bilan almashtirish mumkin. Masalan, YUragida kiri yo’q q ko’nglida kiri yo’q, qildan qiyiq axtarmoq - qildan qiyiq qidirmoq.


4. Frazeologik chatishmalar.

Frazeologizmlarning bu turida ham ibora butun xolda ko’chma ma’noda qo’llaniladi, ammo uning ma’no tarkibidagi so’zlarning ma’nosi bilan o’zaro bog’lanmaydi. Masalan, o’takasi yorildi iborasi butun holda ko’chma ma’noni - qattiq qo’rqdi ma’nosini ifodalaydi, ammo bu ma’no ibora tarkibidagi o’taka(si), yorildi so’zlarning na real, na ko’chma ma’nolari bilan bog’liq emas. Xuddi shu singari, yuzi shuvut bo’ldi iborasi butun holda «uyaldi» ma’nosini ifodalaydi, ammo bu ma’no ham iboralar tarkibidagi yuzi shuvut so’zlarining ma’nolari bilan xech qanday umumiylikka ega emas.

Frazeologik chatishma tarkibidagi ba’zi so’zlarning ma’nosi eskirgan (yoki unutilgan) bo’lishi mumkin. Masalan, Gulnor doqiyunusdan qolgan kavushini kiyib, chirik paranjiga o’ralib, Yo’lchi bilan jo’nadi. (O.). ushbu misolda qo’llangan frazeologik ibora tarkibidagi doqiyunus so’zining ma’nosi eskirgan bo’lib, u qanday ma’noda ishlatilishi iboraning umumiy ma’nosidan anglashiladi.
Download 14.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling