Referat ishi. Mavzu: Zilzila va vulqon. Reja
Download 240.34 Kb.
|
Uteniyozov A -11 tema
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat universitetining Geografiya fakultetining 1-B guruh talabasi Uteniyozov Azizning Geografiya fanidan referat ishi. Mavzu: Zilzila va vulqon. Reja: 1.Zilzila haqida tushuncha,zilzila sodir boladigan mintaqalar. 2.Vulqonlarning geografik tarqalishi. 3. Vulqonlar sabab bo'lgan zilzilalar. ZILZILA- Yer qimirlash yer poʻstida yoki mantiyaning yuqori qismida toʻsatdan siljish, sinish yoki oʻpirilish roʻyberishi oqibatida vujudga keladigan va toʻlqinsimon tebranishlar tarzida uzoklarga tarqaladigan yer osti silkinishlari va tebranishlari. Sabablariga koʻra, tektonik, vulqoniy va oʻpirilish Zilzilalariga boʻlinadi. Yer poʻstining qar xil chuqurligida tabiiy kuchlar taʼsirida sodir boʻladigan silkinishlar tektonik Zilzilalar deyiladi. Ular yer qaʼridagi harakat va jarayonlarning mahsuli boʻlib, bu jarayonlarning kinetik quvvat tarzida birdan (1 min. da) sarflanishi oqibatidir. Vulqoniy va oʻpirilish Zilzila lari tabiatda juda kam sodir boʻladi; ular kuchi jixatidan tektonik Zilzilalarning eng kuchsizi bilan tenglashadi. Yer sharida sodir boʻladigan Zilzilalar soni yi davomida bir necha yuz mingga yetishi mumkin. Shulardan aksariyat koʻpchilik kismi seysmograflargina sezadigan kuchsiz Zilzilalar boʻlib, odamlar sezadiganlari bir necha mingga yetadi. Xalq xoʻjaligiga zarar yetkazadigan Zilzilalar esa bir necha oʻndan bir necha yuztagacha boʻlishi mumkin. Bir yil davomida sodir boʻlgan hamma Zilzilalar natijasida taxm. 0,510» J kinetik quvvat ajralib chiqadi. Bu quvvat miqdori juda katta boʻlishiga qaramay, Yer qaʼrida sodir boʻladigan jarayonlardan ajralib chiqadigan umumiy quvvatning 0,5% inigina tashkil etadi. Zilzilalar yer sharining tektonik jihatdan eng faol boʻlgan togʻ tizmalari joylashgan hududlarda koʻproq boʻladi. Bu joylar geologik iborada yer yuzining belbogʻli (mintaqali) buzilish joylari deb yuritiladi.Yer sharining kuchli zilzilalar sodir boʻladigan mintaqalarini seysmik jihatdan faolligiga qarab ikkita asosiy hududga boʻlish mumkin; birinchisi, geografik kenglik yoʻnalishida Alp, Karpat, Kavkaz, Kopetdogʻ, Tyanshan, Pomir, Himolay, ikkinchisi, meridional yoʻnalishda — Tinch okeanining ikki qirgʻogʻi boʻyicha va qisman quruqlik mintaqasida joylashgan. Bunday seysmik faollashgan joylarga Jan. Amerikadan Antarktidagacha, Yevropa va Osiyo qitʼasining shimoliy qismi, Markaziy va Gʻarbiy Afrika, Avstraliya va b. hududlar kiradi. Demak, Markaziy Osiyo uning seysmik jihatdan faol boʻlgan Kopetdogʻ, Tyanshan, Pomir togʻlari tufayli seysmik faol mintaqaga kiradi.Yer pusti yoki yuqori mantiya qatlamidagi 3. paydo boʻlgan maʼlum bir hajm 3. oʻchogʻi, uning markazi deb hisoblangan nuqta esa gipotsentr, gipotsentrning yer yuzasidagi proyeksiyasi 3. epitsentri deyiladi. Epitsentr va gipotsentr oraligʻidagi masofa Z. ning yer yuzidan chuqurligini koʻrsatadi. Zilzila oʻchogʻi Oʻrta Osiyo hududida, aksariyat hollarda, Yer sathidan 5—50 km chuqurlikda joylashgan boʻladi. Yer sharining maʼlum hududlarida Zilzilalar oʻchogʻi 200 — 300, hatto 700 km gacha chuqurlikda boʻlishi ham mumkin. 3. tufayli yer yuzidagi silkinishlar ballarda oʻlchanadi. Silkinishlar epitsentrda eng kuchli boʻlib, undan uzoqlashgan sari kuchi pasaya boradi. Epitsentr atrofidagi eng kuchli silkinishlarni belgilab, ular tutashgan chiziq ichidagi maydon (sath) pleystoseys hudud deyiladi. 3. sodir boʻlganda uning oʻchogʻidan boʻylama va koʻndalang seysmik toʻlqinlar tarqaladi. Boʻylam toʻlqinlar R harfi (birinchi toʻlqin), koʻndalang toʻlqinlar S harfi (ikkinchi toʻlqin) bilan belgilanadi. Bulardan tashqari, yer yuzasida paydo boʻladigan yuza toʻlqinlar (L) mavjud. Mazkur toʻlqinlar asosiy hisoblansada, koʻndalang va boʻylama toʻlqinlar yer yuzasi hamda ichki qatlamalarida sinish va qaytarilish xususiyatiga egaligi sababli murakkab toʻlqinlar hosil boʻladi. Toʻlqinlar har xil tezlik bilan tarqaladi. Eng tez tarqaluvchi toʻlqin boʻylama toʻlqin boʻlib, muhitda taxm. Bino ichidagi odamlarning koʻpchiligi sezadi. Uydagi jihozlar harakatga keladi. Bino va mebel tebranadi. Uyqudagilar uygʻonib ketadi. Hamma sezadi. Koʻpchilik tashqariga chiqishga oshiqadi, baʼzi buyumlar turgan yeridan tushib ketadi. Baʼzi uylarda suvoklar koʻchib tushadi. Imoratlar shikastlanadi, gʻishtli devorlar yoriladi. Xom gʻisht va paxsadan qurilgan baʼzi uylar buziladi, togʻlarda baʼzan qoyalar koʻchadi. Imoratlar kuchli shikastlanadi, togʻlarda surilmalar yuz beradi. Gʻisht, betondan ishlangan uylar butunlay yoki qisman buziladi, yer osti quvurlari uziladi. Qoyalar qulab, tepaliklar suriladi, yerdagi yoriqlarning eni 10 sm gacha boradi. Yer yuzida katta (eni 1 m gacha) yoriklar paydo boʻladi. Toʻgʻon va qirgʻoq dambalari ishdan chiqadi, temir yoʻllar bukiladi. Yangi koʻllar paydo boʻladi. Yer yuzida keng va chuqur jarliklar hosil boʻladi, yer vertikal va gorizontal yoʻnalishda silkinadi. Togʻlarda qoyalar agʻdariladi, koʻprik, toʻgʻon, temir yoʻllari butunlay buziladi. Yer qiyofasi, relyefi oʻzgaradi. Yer yuzi burmalanadi,baland qoyalar agʻdariladi, daryolar oʻzanini oʻzgartiradi. Koʻndalang toʻlqin esa oʻrtacha 5 km/s tezlikda, yuza toʻlqinlar esa eng sekin tezlikda tarqaladi. 3. toʻlqinlarini qayd qiladigan seysmik stya 3. epitsentridan qanchalik uzoqboʻlsa, styaga yetgan toʻlqinlarning vaqt boʻyicha farqi ham shunchalik katta boʻladi. Bu holat qayd qilingan toʻlqinlarningyozuviga qarab 3. epitsentridan styagacha boʻlgan masofani aniqlash imkonini beradi. Shu maqsadda koʻndalang va boʻylama toʻlqinlar orasidagi vaqtning epitsentr uzoqligiga bogʻliqligi har xil hudud uchun oʻrganiladi. Bu bogʻliqlik chizma koʻrinishida boʻlib, u godograf deb yuritiladi va 3. maʼlumotlarini ishlash va oʻrganishda muhim ahamiyatga ega boʻladi. 3. toʻlqinlarining umumiy quvvati magnituda (M) bilan belgilanadi. U shartli son boʻlib, yer sathidagi muhit zarralarining siljish amplitudasiga moye keladi. Bu qiymat seysmik styalar qayd qilgan yozuvlar — seysmogrammalardan aniklanadi. A»harfi bilan belgilangan kattalik K = lgЈ Z. ning quvvatlilik sinfi deb ataladi. Mac, magnitudasi 5 ga teng (M =5) boʻlgan 3. oʻchogʻidan 1012 J quvvat ajraladi, yaʼni K = 12. 3. kuchini ifodalash uchun turli seysmik shkalalar taklif etilgan. Ulardan biri — 1917-y. da Xalqaro seysmik assotsiatsiya tomonidan qabul qilingan 12 balli Merkalli — Kankani — Ziberg shkalasi boʻlib, u xrzirgacha bir qancha Yevropa mamlakatlarida qoʻllaniladi. Ikkinchisi — AQSH da Vud va Nyumanlar tomonidan 1931-y. da Merkalli shkalasini bir oz mukammallashtirilgan 12 balli MM shkalasi qisoblanadi. Uchinchisi — Rossiyada S. V. Medvedev tomonidan ishlab chiqilgan 12 balli shkaladir. Parijda YUNESKO ning seysmologiya va seysmobardosh qurilish boʻyicha oʻtkazilgan davlatlararo yigʻilishida tavsiya etilgan MSHK=1964 12balli shkala S. V. Medvedev (Moskva), V. Shponxoyer (Iena, Germaniya) va V. Karniklar (Praga) tomonidan tuzilgan. 3. kuchini aniqlashning juda koʻp usullari va belgilari bor. Pekin Z. ning yer yuzida namoyon boʻlishi ballarda aniqlanganligi b-n Z. ning anik, quvvatini ballar ifodalamaydi. Shuning uchun Zilzilaning haqiqiy kuchini koʻrsatuvchi oʻlcham — magnituda hisoblanadi. Magnituda 1940y. lar boshlarida amerikalik tadqiqotchilar Ch. Rixter va B. Gutenberglar t omonidan kiritilgan va quyidagicha ifodalanadi: M = \gA, mkm + 1,32 lgX, km. Bu yerda: A — seysmik toʻlqin amplitudasi yoki mkm surilishi, X— seysmograf joylashgan yerdan 3. epitsentrigacha boʻlgan masofa. Xalqaro maʼlumotlarda 3. kuchi magnituda orqali Rixter shkalasish beriladi. Eng kuchli Zilzilaning magnitudasi 9 gacha yetishi mumkin. Zilzila quvvati (Ye) Joulda oʻlchanadi. 3. quvvati bilan magnitudasi oʻrtasida bogʻlanish quyidagicha ifodalanadi: \gE — aM + V. Bu yerda: kucheiz Zilzilalar uchun a = 1,8; V = 11; kuchli Zilzilalar uchun a = 1,5; V= 12. Z. ning yer yuzida bir xil kuch b-n namoyon boʻlgan nuqtalarini tutashtiruvchi chiziqqa izoseysta chizigʻi, 3. kuchining hududda tarqalishini koʻrsatuvchi izoseystalar toʻplamiga izoseystalar xaritasi deyiladi. Yer qaʼridagi tektonik, harakatlar faollashgan qismi va uning tevarak atrofida fizikaviy va kimyoviy jarayonlar xam faollashadi. Jumladan, togʻ jinslarining zichligi, elektr oʻtkazuvchanligi, magnitik xossalari, elektromagnit toʻlqinlar tarqatish xususiyati, yer sathining vertikal va gorizontal holati kabilar oʻzgarishi mumkin. Mazkur hududlarda mavjud boʻlgan burgʻi quduqlari orqali olinayotgan neft, gaz, suv miqsori keskin oʻzgarishi, yer osti suvlarining kimyoviy tarkibi, mikroelementlar, gazlar miqdori ham oʻzgaradi. Ushbu sanab oʻtilganlar 3. sodir boʻlishi arafasida keskin va koʻp miqdorda oʻzgarib, Zilzilaning darakchilari sifatida qaralishi mumkin. Ular Zilzilalarni oldindan aytib berish muammosini hal qilishda juda muhim ahamiyatga ega. Bu borada Yer sharining seysmik jihatdan faol boʻlgan barcha hududlarida koʻp yillik xalqaro va milliy dasturlar asosida toʻxtovsiz izlanishlar olib borilayapti. 1966-y. 26-aprelda Toshkentda yuz bergan Zilziladan soʻng sobiq Ittifoqda birinchi boʻlib Oʻzbekiston FA tarkibida 1966-y. okt. oyida Seysmologiya instituti tashkil qilindi. Intning asosiy ilmiy yoʻnalishlaridan biri Zilzila larning tabiatini, u sodir boʻladigan muhit xususiyatlarini, Zilzila larning darakchilarini oʻrganish va uni bashorat (prognoz) qilish usullarining nazariy asoslarini yaratish deb belgilanadi. Zilzilani bashorat qilish borasida Oʻzbekistonda muhim natijalarga erishildi. Jumladan, kuchli Zilzilalarni bashorat qilish boʻyicha ishonchli va istiqbolli yangi usullar yaratildi, ularning nazariy va amaliy asoslari ishlab chiqildi. Bu usullar majmuini qoʻllash asosida Oʻzbekiston hududi va yonatrofdagi hududlarda boʻlib oʻtgan bir necha kuchli Zilzilalarni oldindan aytishga muvaffaq boʻlindi. Mac, 1976-y. 17-maydagi Gazli, 1978-y. 1-noyabrdagi Olay, 1984-y. 18 fev. dagi Pop Z. lari oldindan aytilgan. Yer yuzida roʻy bergan kuchli zilzilalar jumlasiga Lissabon (1755), Kaliforniya (1906), Ashxobod (1948), Chili (1960), Tokio (1923), Xitoy (1976), Spitak (Armaniston, 1988), Zaysan (Qozogʻiston, 1990), Suusamir (Qirgʻiziston, 1922) lar va Oʻzbekiston qududida esa — 838—839-y. larda Fargʻonada, 942-y. da Buxoroda, 1208—1209-y. larda Urganchda, 1490-y. da Samarqandda, 1494-y. da Namanganda, 1620-y. da Axsikentda, 1902-y. da Andijonda, 1921 — 1922-y. larda Buxoro va Samarqand yaqinida, 1927-y. da Namanganda, 1868, 1924, 1938, 1966-y. larda Toshkentda, 1976, 1984-y. larda Gazlida boʻlgan zilzilalarni kiritish mumkin. Vulqon-Yer po‘stidagi yoriqlar, kanallar orqali lava, issiq gaz, suv bug‘lari va jins bo‘laklarini chiqarib turadigan geologik tuzilmaga vulqon deyiladi. Sayyoramizning 50 dan 350 km.gacha yetadigan chuqurliklarida suyuq modda - magma hosil bo‘ladi. Yer po‘stining yoriq zonalari bo‘ylab magma ko‘tarilib chiqib, Yer yuzasiga lava shaklida quyiladi. Vulqonlar uch turkumga: maydonli, yoriqli va markaziy vulqonlarga ajratiladi. Download 240.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling