Referat ishi. Mavzu: Zilzila va vulqon. Reja


Vulqonlarning geografik tarqalishi


Download 240.34 Kb.
bet3/4
Sana28.03.2023
Hajmi240.34 Kb.
#1302347
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
Uteniyozov A -11 tema

Vulqonlarning geografik tarqalishi. Hozirgi vaqtda ma’lum bo‘lgan harakatdagi Vulqonlar 800 dan ortiqdir. 1974-yillarda okeanlarni tekshirishlar natijasida vulqonlarni quruqlik va okean ostida ma’lum bir yo‘nalishda joylashganligi aniqlandi. Ular asosan ikki yo‘nalishda bo‘lib, birinchisi Tinch okean halqasi deb ataladi, bu yerda ma’lum bo‘lgan barcha harakatdagi Vulqonlarning 60% joylashgan. Tinch okeanning g‘arbidan Kamchatka yarim orolidan boshlangan bu vulqon halqasi Kuril orollari orqali janubi-g‘arbga davom etadi. Yaponiya, Fillipin, Yangi Gvineyadan o‘tib, Yangi Zellandiyagacha cho‘zilib boradi. Tinch okeanning sharqidan Amerika materigining janubidagi Olovli Yer orolidan shimol tomonga And, Kordilera tog‘larining yonidan o‘tadi va shimolda Aleut orollari va Alyaska orqali yana Kamchatka yarim oroliga tutashadi.
Ikkinchi yirik vulqon halqasi yosh tog‘lar o‘lkasida joylashgan, ya’ni g‘arbda O‘rta dengizdagi Apennin yarim oroli orqali Kavkaz va Kichik Osiyoga o‘tib boradi va O‘rta Italiyadagi Vezuviy, Etna Vulqonlari, Lipari orollaridagi va Egey dengizidagi Vulqonlar (Santorin) va Kavkaz tog‘laridagi supgan Elbrus, Kazbek, Ararat, Yerondagi Demavenit Vulqonlar kiradi.
O‘rta dengiz xalqasi sharqqa tomon davom etib, Tibet tog‘i, Hindikush tog‘ tizmalari orqali Malayya arxipelagiga borib tutashadi. Malayya arxipelagi va undan janubdagi harakatlanuvchi Vulqonlarga Sumatrada II ta, Yavada 15 ta, Kichik Zond orollarida 3 ta vulqon kiradi, ular Tinch okean halqasiga borib qo‘shiladi.
Balchiqli vulqonlar. Bizga ma’lum bo‘lgan vulqonlar ichida balchiq vulqonlar ham bor. Ularning mahsuloti suyuq balchiq aralash suv va gazdan iborat bo‘ladi. Balchiq vulqonlar Sitsiliya, Yangi Zellandiya orollarida, Markaziy Amerikada, Apsheron Taman va Kerch yarim orollarida va boshqa yerlarda uchraydi. Balchiq vulqonlar yer qatlamlari ichidagi gaz va bug‘larning turli g‘ovak qatlamlardan o‘tib, ular orasidagi gilli jinslarni yumshatib, yopishqoq balchiqqa aylantirishi natijasida vujudga keladi.
Vulqon bombasi - vulqondan plastik yoki suyuq holatda otilib chiqib, havoda uchib ketayotgan paytda turli ; shakllarda (noksimon, duksimon, tuxumsimon, sharsimon, lentasimon va h. k.) qotgan lava parchasi. Vulqon bombasi uzunligi bir necha sm.dan 5-7 metrgacha yetadi. Vulqon bombasi maydalanib vulqon qumlari yoki kukunlariga aylanadi. O‘zbekistonda Tomdi. Qurama, Chotqol tog‘larida paleozoy erasining silur, devon davridagi vulqon tog‘ jinslarida kattaligi 15 sm.dan 1,5 m.gacha vulqon bombalari uchraydi.

Download 240.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling