Referat kafedra nomi: Tarixni o’qitish metodikasi Mavzu: O’zbekistonda so’nggi paleolit davri yodgorliklari
Download 32.34 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tekshirdi
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Jizzax davlat pedagogika universiteti Tarix fakulteti O’zbekiston tarixi fanidan REFERAT Kafedra nomi:Tarixni o’qitish metodikasi Mavzu: O’zbekistonda so’nggi paleolit davri yodgorliklari Bajardi: Mamarahimov Nurmuhammad Tekshirdi: Jizzax-2022 Mavzu: O’zbekistonda so’nggi paleolit davri yodgorliklari Reja:
2.O’zbekistondagi so’nggi paleolit davri yodgorliklari 2.Songgi paleolit davri va uning o’rganilishi Ilmiy adabiyotlarda yuqori paleolit so‘nggi paleolit tushunchasi bilan ham ishlatiladi. U 40-12 ming yilliklarni o‘z ichiga oladi. So‘nggi paleolit davrida ajdodlarimiz hayotida bir qator o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Asosiysi ajdodlarimiz hayotida urug‘chilik tuzumi boshlandi. Endilikda to‘da-to‘da bo‘lib yashamasdan urug‘, qarindoshlik aloqalari ularni birlashtira boshladi. Urug‘da hukmronlik ayollar qo‘lida bo‘lgan, chunki erkaklar doimo ovda bo‘lganlar, ayollar esa doimo uy yumushi bilan band bo‘lganlar. Bunday davr tarixda matriarxat, ya’ni onalar hukmronligi deb ataladi. Ijtimoiy hayotdagi bu o‘zgarish asosan insonning jismoniy va aqliy o‘zgarishi sababli ham sodir bo‘lgan. So‘nggi paleolit davrida hozirgi zamon odami qiyofasi o‘xshash-kromanon odami yashagan. Kromanon odami suyak qoldiqlari dastlab Fransiyaning Kromanon makonidan topilgani uchun shunday nom olgan. Olimlar bu davr odamini homo sapiens-aql-idrokli odam deb ham ataydilar. Yuqori paleolit davri yodgorliklari O‘zbekiston hududida o‘rta paleolitga nisbatan kam topilgan. Bunga asosiy sabab, ajdodlarimiz turmush tarzida yuz bergan o‘zgarishlardir. Shuningdek, ajdodlarimiz tabiiy sharoitga moslashib, ijtimoiy hayotda bir qator yutuqlarni qo‘lga kirganlar. Havo yumshab, muzliklar erigach, ular g‘orlardan chiqib, vodiy va daryo bo‘ylarida chayla, erto‘la va yarim erto‘la qurib yashay boshlaganlar. Yashash joylarining yon tomonlari va ustiga hayvon suyaklarini tergach, hayvon terisi yoki qamish bilan yopganlar. Mazkur chayla va yarim erto‘lalar vaqt o‘tishi bilan shamol va yomg‘ir ta’sirida yoki keyingi davrlarda insonlar tomonidan u erlarning o‘zlashtirilishi natijasida yo‘q qilingan. Erto‘lalar esa er ostida bo‘lganligi sababli topish qiyin. Shu sababli so‘nggi paleolit davri joy makonlarning ko‘pchiligi tasodifiy ravishda kashf qilingan. Yuqori paleolit davri odamlari xo‘jaligining asosini ovchilik tashkil etgan. Asosan bug‘u, yovvoyi ot, sirtlon, arxar, kulon, tuya kabi yirik hayvonlar ovlangan. Daraxt mevalari, don va ildiz mevali o‘simliklarni ham terib terib ovqat sifatida ishlatganlar. Baliqchilikning ham dastlabki kurtaklari paydo bo‘lgan. Bu davrda ov va mehnat qurollarining turi ko‘paygan. Tosh qurollari ishlash uslubi o‘zgargan. Bunga esa tosh qurollarini yasash texnikasidagi yangilik sabab bo‘lgan. Yorma texnika usuli ilk bosqichda keng qo‘llanilgan bo‘lsa, keyingi bosqichlarda retushlash usuli ixtiro qilingan. Bu qurollar turini ko‘paytiribgina qolmay, ularning mayda, ya’ni ixchamlashtirishga olib kelgan. Retushlash deganda chaqmoqtosh qurolni suyakdan yasalgan ingichka va uzun tayoq bilan bir necha ming marta urib yupqa tosh paraqalar uchirib, kerakli formaga keltirish tuchuniladi. Bu usul juda murakkab bo‘lib, salgina ehtiyotsizlik qilinsa, qurol sinib ketgan. Retushlangan nukleuslar to‘g‘ri pichoqsimon shaklga kirgan va yupqalashgan. Pichoqlar paydo bo‘lgan. Bu davrda eng muhim mehnat qurollari tosh kesgich va tosh qirg‘ich bo‘lgan. Tosh kesgich qattiq materiallarni ishlashda foydalanilgan. Tosh qirg‘ich uzunchoq parrakcha bo‘lib, bir uchi yoysimon tig‘ bo‘lgan, muste davridagi qirg‘ichdan ancha farq qilgan, undan yumshoq materiallarni ishlashda foydalanganlar. Asosiy ov quroli chaqmoqtoshdan yasalgan nayza bo‘lgan. Ajdodlarimiz yog‘och va hayvon suyakdanlaridan ham ko‘plab qurollar yasaganlar. Suyakdan garpunlar, nayzalar, nayza otqichlar, shuningdek terini tikish uchun ignalar va bigizlar yasashgan. Bu bosqich jahon arxeologiyasida Madlen bosqichi deb, (20 ming-13 ming yil oldin) ajratiladi. Madlen bosqichida muzlik hududi kengayib, sovuq eng yuqori darajaga etgan. Mamontlar kamayib ketgan, shimol bug‘usi va hozirgi tundra hayvonlari ko‘pchilikni tashkil etgan. Bug‘u ko‘chmanchi hayvon bo‘lganligi sababli odamlar ularning ketidan ko‘chib yurganlar. Ovchilar yana ko‘chmanchi hayotga o‘tganlar. Yuqori paleolit davri odamlarining xo‘jaligi o‘zlashtiruvchi xo‘jalik bo‘lib, uning asosini ovchilik tashkil etgan. Asosan bug‘u, yovvoyi ot, sirtlon, arxar, qulon, tuya kabi yirik hayonlar ovlangan. Daraxt mevalarini, don va ildizmevali o‘simliklarni terib, ovqat sifatida ishlatish ham keng tarqalgan. Shuningdek, baliqchilikning dastlabki kurtaklari paydo bo‘lgan. Arxeologlar yuqori paleolit davri makonlarini tadqiq qilib, ularda urug‘chilik tuzumi mavjud bo‘lganligini asoslovchi dalillar topishgan. Birinchidan, chayla va manzilgohlarni qurilishi kishilarning urug‘ bo‘lib yashaganligini ko‘rsatadi. O‘zbekiston xududida ilk paleolit davriga oid, asosan ashel bosqichi oid makonlar XX asrning ikkinchi yarmida ko‘plab topildi va bu davrning ko‘plab noma’lum tomonlarini ochishga imkoniyati vujudga keldi. Toshkent viloyatida Bolttag‘or, Ko‘lbuloq, Qizilmolma, Toshsoy, Buxoro viloyatida Uchtut, Farg‘ona vodiysida Selungur, Chashma va So‘x makonlar topib o‘rganilgan. Farg‘ona vodiysida topilgan Chashma va So‘x makonlari O‘rta Osiyo xududida topilgan eng qadimiy makonlar deb topildi. Seleng‘ur g‘orida sinantrop turiga mansub odam suyaklari topilib, jahonda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. XX asrning so‘ngi choragida O‘zbekistonda ilk paleolit davriga oid yodgorliklar soni ko‘payibgina qolmadi, balki ilmiy tadqiqot uslublari ham takomillashdi. Keyingi davrlarda olib borilgan tadqiqotlar natijasida, asosan Selungur makonining tarixiy geografiya, paleobotanika, paleozoologiya va boshqa fanlar sohasida qo‘lga kiritilgan yangi tadqiqot uslublari bilan tekshirilishi natijasida o‘sha davrning tabiati va hayvonot olamini xam aniqlandi. Selug‘ur makonining madaniy qatlamlaridan 32 turdagi sut emizuvchi hayvonlarga tegishli 5 mingdan ortiq suyak qoldiqlari aniqlanib tadqiq etildi. Xayvonlarning qoldiqlari orasida yirik tuyoqli va kemiruvchi hayvonlarning turlari ko‘pchilikni tashkil qiladi. G‘or ayig‘i, bo‘ri, g‘or arsloni, sirtlon, karkidon, bug‘i, ot, eshak, to‘ng‘iz va turli kemiruvchi hayvonlarning borligi issiq va quruq iqlim bo‘lganligidan darak beradi. Download 32.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling