Fizik xossalari. Kalsiy — kumushsimon-oq va qattiq metall, yengil (zichligi. 1,55 g/sm3). Suyuqlanish va qaynash temperaturalari ishqoriy metallarnikidan yuqori. Tabiiy kalsiy massa sonlari 40 (asosiy izotop) 42, 43, 44, 46 va 48 bo'lgan oltita izotopi aralashmasidan tarkib topgan. Ilmiy tadqiqotlarda sun’iy izotop ^ Ca ishlatiladi.
Kimyoviy xossalari. Kalsiyning tashqi energetik pog'onasida 2 ta elektron bo'lganligi sababli barcha birikmalarida uning oksidlanish darajasi +2 ga teng. Havoda kalsiy oksidlanadi, shu sababli berk idishlarda, odatda kerosinda saqlanadi. Odatdagi sharoitda kalsiy galogenlar bilan birikadi, oltingugurt, azot va ko'mir bilan esa qizdirilganda reaksiyaga kirishadi:
Ca+Cl2=CaCl2 3Ca+N2=Ca3N2
Ca+S=CaS Ca+2C=CaC2
Ca aktiv metall sifatida suvdan vodorodni siqib chiqaradi:
Ca + 2H20 = Ca(OH)2 + H2 T
Havoda qizdirilganda yonib, kalsiy oksid hosil qiladi:
2Са+Ог=2СаО
Kalsiy uglerod bilan kalsiy karbid CaC2 hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |