Referat kimyo mavzu: «Kalsiyning tabiatda uchrashi, olininshi, fizik-kimyoviy xossalari va ishlatilishi. Kalsiyning birikmalari.» 2021 y. Mavzu: «Kalsiyning tabiatda uchrashi, olininshi, fizik-kimyoviy xossalari va ishlatilishi


Download 33.68 Kb.
bet4/7
Sana05.01.2022
Hajmi33.68 Kb.
#229895
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2- Mavzu boyicha mustaqil ish

Ishlatilishi: Rangli metallurgiyada, Qurilishda, Silikat sanoatida, Meditsinada
Fosforit zahiralari esa Markaziy Qizilqumdagi Qoraqat konida va Shimoliy
Jetitov konlarida jamlangan

Ishlatilishi. Magniy va kalsiy hamda ularning  birikmalari amaliyotda ko`p sohalarda qo`llanadi. Metall holida magniy va kalsiylar yengil, pishiq qotishmalar


tayyorlashda  ishlatiladi.  Yorituvchi  raketalar,  olov  signallari,  mayoqlari, fotografiyada magniy keng qo`llanadi. Ular asosiy qurilish materiallari: asbest,
alebastr, gips, ohak, marmar, oddiy va silikat g`isht, sementlarning asosini tashkil
qiladi.  Magniy  va  kalsiy  tuzlari  tibbiyotda  juda  keng  qo`llanadi:  magnezit,
kuydirilgan  magneziya,  kalsiy  xlorid,  kalsiy  glyukonat,  talk  kabilar  shular

jumlasidandir.  Shisha,  po`lat,  cho`yan  ishlab  chiqarishda  ohak,  tuproqning


kislotaliligini pasaytirishda kalsiy karbonat va so`ndirilgan ohak, rezina, bo`yoqlar,
tish pastalari (kalsiy karbonat), optik asboblar (islandiya shpati) tayyorlashda,
qishloq xo`jaligi zararkunandalari bilan kurashishda so`ndirilgan ohak kabi kalsiy
birikmalari keng ishlatiladi.
Kalsiy gidroksidning tiniq eritmasi ohak suvi, suvdagi  oq tindirmasi ohak
suti deb ataladi. So`ndirilgan ohak qurilishda keng ishlatiladi. Ohak suti qand
ishlab chiqarishda qand lavlagisi sokini tozalashda qo`llanadi.
Biologik ahamiyati. Magniy va kalsiy biologik jihatdan muhim elementlar
qatoriga kiradi:
•••••
Magniy va kalsiy hayotning barcha shakllari uchun muhim ahamiyatga
ega kimyoviy elementlardir
•••••
O`simliklardagi muhim hayotiy funksiyani bajaruvchi xlorofill asosida
magniy joylashgan
•••••
Hayvonlar suyaklari tarkibining 80 % kalsiy fosfatdan iborat bo`ladi.
Ma`lumki, sayyoramizdagi hayot kislorod asosiga qurilgan va kislorodni havoga
asosan,  o`simliklar  yetkazib  beradi.  Undan  tashqari  sayyoramizdagi  ozuqaviy
zanjirda o`simliklar eng muhim o`rin tutadi. Ular havodagi karbonat angidridni
quyosh nuri ishtirokida organik molekulalar ozuqaviy zahiralarga aylantiradi. Bu
jarayonni o`simlik xujayralarida markaziy atom sifatida magniy tutgan kompleks
xloroplast, xlorofill donachalari amalga oshiradi. Kalsiy birikmalari tirik tabiatda
hayvonlar harakat-tayanch sistemasining asosini tashkil etadi, himoya funksiyasiga
ega.  Organizmda  kalsiy  disbalansi  allergik  kasalliklar  kelib  chiqishiga,  suyak
kasalliklariga olib keladi. Qonning ivishi, ba`zi fermentlar faolligi ham kalsiy
bilan bevosita bog`liq omillardir.
Magniy muskul to`qimasida 0,09 %, ilikda 0,07` 0,18 %, qonda 37,8 mg/l
miqdorda bo`ladi. Har kuni ovqat bilan 250, 380   mg iste`mol qilinishi kerak.
Inson organizmida (70 kg) o`rtacha 19 g miqdorda bo`ladi.
Kalsiy muskul to`qimasida 0,14-0,7 %, ilikda 17 %, qonda 60,5 mg/l miqdorda
bo`ladi. Har kuni ovqat bilan 0,6-1,4 g iste`mol qilinishi kerak. Inson organizmida
(70 kg) o`rtacha 1 kg miqdorda bo`ladi. Odam organizmidagi barcha kalsiyning
tahminan 99% suyakda 1% esa qon va limfada bo`ladi.
Professor  I.R.Asqarov  tomonidan  ishlab  chiqilib  O`zbekiston  Respublikasi
Sog`liqni saqlash vazirligi ruhsati bilan amaliyotga joriy etilgan  Askalsiy  birikmsi
tarkibiga,  asosan,  kalsiy  va  magniy  hamda  20  dan  ortiq  mikroelementlarni o`zichiga oldi.  Askalsiy  birikmasi organizmning himoya vositasini kuchaytirish evazigasuyak, qon, havfli o`sma, poliomiyelit kabi kasalliklarni davolashda  qo`l-laniladi

Vodorod bilan bevosita birikib, Kalsiy gidrid CaH2, azot bilan Kalsiy nitrid (Ca3N2), uglerod bilan Kalsiy karbid-CaC2 hosil qiladi, galogenlar bilan shiddatli reaksiyaga kirishadi. Birikmalarda II-valentli. Kuchli qaytaruvchi, metallarning oksidlari, sulfidlari va galogenidlaridan tegishli metallarni siqib chiqaradi. K, Al, Ag, Cu, Li, Mg, Pb, Sn va boshqa metallar bilan intermetall birikmalar hosil qiladi. Sanoatda Kalsiy CaCl2 (75-85%) + KC1 (15-25%) aralashmasini elektroliz qilib, shuningdek, kalsiy oksidi (CaO)ni alyuminiy kukuni ishtirokida termik qaytarish usuli bilan olinadi:bCaO + 2A1 -> ZCaO • A12O3 + ZCaK. metallurgiyada U, Th, Ti, Zr, Cs, Rb va baʼzi lantanoidlarni ularning birikmalaridan ajratib olishda, poʻlat, bronza va boshqa qotishmalarni tarkibidagi kislorod, azot, oltingugurt, fosfor kabi qoʻshimchalardan tozalashda, organik suyukliklarni suvsizlantirishda, vakuum qurilmalarida getter sifatida, alyuminiy va magniyning qotishmalariga qoʻshimcha sifatida qoʻllaniladi.




Download 33.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling