Referat mavzu : Bozor va uning amal qilish vazifalari Guruh : S22-25mk tayyorladi : Isroilov J


Download 68.07 Kb.
bet1/10
Sana10.11.2023
Hajmi68.07 Kb.
#1764636
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
REFERAT Bozor




TOSHKENT KIMYO TEXNOLOGIYA INSTITUTI
MENEJMENT VA KASB TA’LIMI FAKULTETI

REFERAT


Mavzu: Bozor va uning amal qilish vazifalari




Guruh: S22-25MK
Tayyorladi: Isroilov J.
Tekshirdi: Xasanov R.

Reja:

1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari.


2. Bozor iqtisodiyotida doimiy va asosiy muammolarning hal qilinishi.
3. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari.
4. Bozor tushunchasi va bozorning vazifalari.
5. Bozorning turlari va tuzilishi.
1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari.
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko’pchilik mamlakatlari uchun xos bo’lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o’ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko’plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko’pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning barqarorligishu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyustiya davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo’jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud bo’lishi o’z-o’zidan pul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste’molning bozorga oid xususiyatini ko’zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi.
Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishi uchun muhim shartlardan biri, ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi, resurslarning erkin almashinuvidan iborat. Ishlab chiqaruvchi qanchalik mustaqil bo’lsa, bozor ham shu darajada yaxshi rivojlanadi. Erkin ayirboshlash ishlab chiqaruvchiga ular faoliyatining nisbatan samarali yo’nalishlarini ko’rsatib beruvchi erkin narxlarning shakllanishiga imkon yaratadi.

Download 68.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling