Referat mavzu : iqtisodiy o’sishning j. Mid va a. Lyuis modellari
Iqtisodiy o’sishning mazmuni va mohiyati
Download 37.07 Kb.
|
Referat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy o‘sish
- Barqaror iqtisodiy o‘sish
Iqtisodiy o’sishning mazmuni va mohiyati
Iqtisodiy o‘sish - ishlab chiqarishni takomillashtirish, iqtisodiyotda progressiv o‘zgarishlar va qayta qurishlarning muhim shart-sharoitidir. U taraqqiyotning ajralmas qismi, ijtimoiy rivojlanishning asosini tashkil qiladi. Iqtisodiy o‘sish aholining moddiy faravonligini oshirish vositasi hisoblanadi. Shu sababli u davlat iqtisodiy siyosatining negizi bo‘lib qoladi. Iqtisodiy o‘sish nafaqat ishlab chiqarish, balki taqsimot munosabatlarini takomillashtirish, mehnat resurslarining bandligini ta’minlash, investitsion faollikni oshirish va pirovard natijada davlat budjeti daromadlarining ko‘payib borishini ta’minlash manbai hisoblanadi. U ko‘pgina ichki va xalqaro darajadagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolami muvaffaqiyatli hal etish imkonini beradi. Iqtisodiy o‘sish mamlakat aholisining turmush darajasini oshirishga, ekologiya, mudofaa muammolarini hal etishga imkoniyat tug‘diradi. Iqtisodiy o‘sish - to‘liq bandlik bilan mujassamlashgan ishlab chiqarish real hajmining uzoq muddat mobaynida o‘sishidir. Iqtisodiy o‘sish YAIM, davlat iqtisodiy qudrati va insonlar farovonligining o‘sishida o‘z ifodasini topadi. Shuningdek, iqtisodiy o‘sish bevosita yalpi milliy mahsulot miqdorining mutlaq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko‘payishi hamda sifatning yaxshilanishida va tarkibining takomillashuvida ham ifodalanadi. Hozirgi kunda iqtisodiy o‘sish nazariyasida iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ma’lum muddat oralig‘ida erishishgina emas, balki uni uzoq muddat davomida o‘sish sur’atlarida saqlash ko‘zda tutilmoqda. Ya’ni o‘sishni barqarorligini ta’minlovchi omillarni aniqlab ulami takomillashtirish ustida ish olib borish zamonaviy iqtisodiyot nazariyasini oldida turgan asosiy vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Barqaror iqtisodiy o‘sish - bu uzoq vaqt davomida iqtisodiyotni yuqori sur’atlar bilan o‘sib borishidir. Makroiqtisodiyot nazariyasi va jahon amaliyoti ko‘rsatishicha mamlakatlami yillik YAIMni o‘sish sur’ati 7% dan kam boMmasa YAIMning hajmi 30 yilda 2 marta ko‘payadi. Aksincha YAIMning yillik o‘sish sur’ati 10% dan kam bo‘lmasa, mamlakat YAIM hajmi 7 yilda 2 marta ko‘payadi. Iqtisodiy o‘sish zamiridagi zamonaviy iqtisodiy nazariyada odatda tabiiy ahamiyatga ega ishlab chiqarish hajmining real tushib ketishi va qisqa muddatli ravnaqi emas, balki uzoq muddatli vaqt oralig‘idagi ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishiga bogiiq ishlab chiqarish real hajmi tabiiy darajasining uzoq muddatli o‘zgarishi tushuniladi. Bunday hollarda o‘qitish predmeti bir uzoq muddatli muvozanat holati boshqasi tomon harakatlanishi bilan izohlanadigan ishlab chiqarish potensial hajmining o‘sishi hisoblanadi. Iqtisodiyotda iqtisodiy o‘sishning yuzaga kelishi shakllari izohida ikki asosiy yondashuv mavjud. Ulardan keng tarqalgani iqtisodiy o‘sishni YAIM (MD) real hajmi o‘sish sur’ati yoki bu ko‘rsatkichlami aholi ehtiyoji hisobida oshirish sur’ati bilan o‘lchanadigan aniq vaqtda milliy iqtisodiyot rivojlanishining jami tavsifi bilan tushunish hisoblanadi. Iqtisodiy o‘sishni hisoblashning u yoki bu uslubini qo‘llash zarurati, odatda tadqiqot masalalari bilan bog‘liq. Iqtisodiy o‘sishni hisoblashning birinchi usuli, odatda, mamlakatning iqtisodiy salohiyati kengayish sur’atlarini baholashda qo‘llaniladi, ikkinchisidan esa aholining qulay sharoiti dinamikasi tahlilida yoki turli hududlar va mamlakatlarning hayotiylik darajasini solishtirishda foydalaniladi. Hozirgi vaqtda o‘sish nazariyasida ikkinchi hisoblash usuli afzal deb qaraladi. Iqtisodiy o‘sishni aniqlash va asoslab berish paytida quyidagilarga ahamiyat berish kerak berish kerak: 1) Iqtisodiy o‘sishni baholash; 2) O‘sish omillari; 3) Iqtisodiy o‘sish modellari. Bularga qo‘shimcha ravishda,iqtisodiy o‘sish bir nechta omillarga bog’liq: - Tabiiy resurslar hajmi va sifati; - Mehnat resurslari hajmi va sifati; - Asosiy kapital hajmi; - Texnologiyalar va innovatsiyalar; So‘ngi yillardagi dunyo mamlakatlaridagi orasida globallashuv kuchayishi natijasida ko‘pgina davlatlar iqtisodiy pasayishga yoki tashqi qarzi YaIM ga nisbatan bir necha yuz barobarlab ko‘payib ketadigan davlatlar soni ortib bormoqda. Ammo, ushbu davlatlar orasidan Xitoy eng yuqori iqtisodiy o‘sishga va tashqi qarzi eng kamligi bo‘yicha (13.7 % YaIM ga nisbatan) dunyo mamlakatlari orasida yetakchilik qilmoqda. Shu sababli , Xitoy xalq demoktarik respublikasi iqtisodiy o‘sish dastaklariga to‘xtalib o‘tamiz. Deyarli 45 yil oldingi iqtisodiy reformatsiyalar va savdo erkinlashuvidan oldin, Xitoy iqtisodiyoti juda nochor, o‘zgarishsiz, markazdan boshqariladigan, keng miqiyosida samarasiz va global iqtisodiyotdan haddan tashqari ajratib turadigan siyosat olib borgan. 1979-yilda tashqi savdo va investitsiyalarga chiqish va erkin savdo o‘zgarishlarini qilganidan beri, hozirgi kungacha Xitoy dunyoning eng tez o‘sadigan iqtisodiyotiga ega davlat hisoblanadi, yillik o‘rtacha YaIM( GDP) o‘sish ko‘rsatkichi 2018 yilgacha 9.5% ni tashkil qilgan. Download 37.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling