Referat mavzu : jstga a’zo bo’lishning O’zbekistonda rekrutment sohasiga ta’siri


Download 21.24 Kb.
bet1/3
Sana04.02.2023
Hajmi21.24 Kb.
#1161892
TuriReferat
  1   2   3
Bog'liq
rekrutmentdan referatag


O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligi

Andijon Davlat Universiteti


“ Ijtimoiy – iqtisodiyot ’’ fakulteti

“ Inson resurslarini boshqarish ’’ yo’nalishi


Rekrutment fanidan


REFERAT
Mavzu : JSTga a’zo bo’lishning O’zbekistonda rekrutment sohasiga ta’siri

Bajardi: IRB yo’nalishi talabalari Qayumov Maxmudjon, Odilov Abduvohid, Odilova Gulyora, Qilichbekov Iminjon, O'rinboyeva Kumushoy

JSTga a’zo bo’lishning O’zbekistonda
rekrutment sohasiga ta’siri

REJA


  1. Jahon Savdo Tashkiloti haqida.




  1. Davlatlar iqtisodiyotining JST ga a’zoligidan keyingi o’zgarishlar.




  1. JSTga a’zolik O’zbekistonga nima beradi?




  1. JSTga a’zo davlatlardagi rekrutment.




  1. JSTga a’zo bo’lishning O’zbekistonda rekrutment sohasiga ta’siri.

Jahon Savdo Tashkiloti haqida.


Jahon Savdo Tashkiloti ( WTO ) ( inglizcha : World Trade Organization, fransuzcha : Organisation Mondiale du Commerce, ispancha : Organizacion Mundial del Comercio ) – 1995 – yilda a’zo davlatlar o’rtasidagi xalqaro savdoni liberallashtirish, savdo va siyosiy munosabatlarini tartibga solish maqsadida tashkil etilgan. JST 1947 - yil tuzilgan xalqaro bitim - GATT ( ing. General Agreement on Traiffs and Trade ) ning davomchisi hisoblanadi.


Xalqaro savdoda tashkilotga a’zo va ishtirokchi mamlakatlar uchun majburiy bo’lgan tamoyillar va qoidalar belgilangan xukumatlararo ko’p tamonlama shartnomalar asosida faoliyat olib boradi. 199 – yilda 1948-94 yillarda ish olib borgan tariflar va savdo bo’yicha bosh kelishuv ( General Agreement on Traiffs and Trade – GATT ) negizida tashkil qilingan. BMT tizimiga kiradi. Idorasi Shvesariya Jenevada. JST jahon savdosi qoidalarini ishlab chiqish yo’li bilan davlatlarlar savdo siyosatiga ta’sir ko’rsatish, savdo munosabatlarini erkinlashtiradigan va qat’iy tartib – qoidaga soladigan muzokaralar uchun yig’ilishlar o’tkazish, davlatlararo savdoda yuzaga keladigan nizolarni hal qilish va boshqa shu kabi vazifalarni bajaradi. JSTning oliy organi – barcha a’zo mamlakatlar Vazirlar Konferensiyasi bo’lib, kamida 2 yilda bir marta o’tkaziladi. Joriy ishlarga bosh kengash ( tovarlar savdosi bo’yicha kengash, xizmatlar savdosi bo’yicha kengash, intellektual mulk masalalari bo’yicha kengash ) sekretariat, doimiy qo’mitalar rahbarlik qiladi. JST faoliyati a’zo mamlakatlarning o’zaro manfaatlarini turli tadbirlar ( asosan boj imtiyozlari, to’siqlari va boshqalar ) ni qo’llash bilan himoya qilishga qaratilgan. A’zo mamlakatlar JST talablarini bajarish bilan birga tashkilotning boshqa a’zolariga savdoda mumkin qadar qulaylik berish rejimini ( birinchi navbatda boj ta’riflarini pasaytirish ) qo’llaydi, o’z ichki bozorini chet el korporatsiyalari uchun ochiq qilish majburiyatini oladi. 133 mamlakat to’la xuquqli a’zo, 30 mamlakat, shu jumladan Rossiya O’zbekiston, Qozog’iston JST da kuzatuvchi maqomiga ega va 1992 – 1993 yillarda tashkilotga a’zo bo'lish uchun a’riza bergan.
2021 – yil fevral oyida JST bosh direktori etib tayinlangan. Ngozi Okonjo – Iveala tashkilot tarixidagi ilk ayol direktor hisoblanadi.
Xalqaro savdoni liberallashtirish, bozor to’siqlari bataraf etish, qulay savdo siyosiy muhit yaratishdan manfaatdor bo’lgan ishtirokchi davlatlar uyushmasi. Jahon Savdo Tashkiloti jahon savdosini liberallashtirish maqsadini ko’zlaydi, mavjud to’siqlarni, cheklovlarni import bojlarini kamaytirish orqali uni ta’rif usullari bilan tartibga soladi. JST tashkilot a’zolari o’rtasidagi savdo kelishuvlarining bajarilishini nazorat qiladi, ular o’rtasida muzokaralar olib borilishini ta’minlaydi, yuzaga keladigan nizolarni hal qiladi, xalqaro bozordagi vaziyatni nazorat qiladi. Mavzuni kengroq ochib berishda mazkur tashkilotning tarixi va tarkibiy tuzilishiga alohida toʻxtalib oʻtish joiz. JSTga 1995-yil yanvarda asos solingan. 1994-yil 15-apreldagi Marokash deklaratsiyasida «uning natijalari jahon iqtisodiyotini mustahkamlaydi va butun dunyoda savdoni, investitsiyalarni kengaytirib, ishchi kuchi bandligi, daromadlarning oʻsishiga olib keladi. Shuningdek, u jamoaviy bahslar, muzokaralar va taqdimlash orqali mamlakatlar orasidagi savdo aloqalarini rivojlantiruvchi platforma hisoblanadi», deb yozib qoʻyilgan.1994-yildagi mahsulotlar savdosi haqidagi bitim, xizmatlar savdosi haqidagi bosh bitim, intellektual mulk haqidagi bitim Jahon savdo tashkilotining tarkibiy qismlariga kiradi. Mazkur hujjatlar aʼzo mamlakatlarning parlamentlari tomonidan tasdiqlangan.
1995-yildan faoliyatini boshlagan bu tashkilotga ayni vaqtda aʼzo boʻlgan 164 davlat uchun yangi bozorlar ochiq hisoblanadi. Oʻndan ziyod turli yoʻnalishdagi bitimlar uning normativ-huquqiy bazasini tashkil etyapti. Mazkur hujjatlar talabini bajarish tashkilotning barcha aʼzolari uchun majburiy sanaladi. Aʼzo boʻlishni istagan davlatlar oʻz milliy qonunchiligini ularga muvofiqlashtirishi kerak.
Tashkilotda qarorlar ishtirokchi mamlakatlar yordamida konsensus — umumiy ovoz berish orqali qabul qilinadi. Nizomda qaror koʻpchilik ovozlar evaziga qabul qilinishi belgilab berilgan boʻlsa-da, hozir bunday voqea tashkilot tarixida yuz bermadi. Qarorlar qoidaga koʻra,ikki yilda bir marta chaqiriladigan Vazirlar konferensiyasi tomonidan qabul qilinadi. Borayotgan ishlar borasida javobgar boʻlgan Bosh kengash yigʻinlarini tashkilotning maʼmuriy qarorgohi joylashgan Jeneva shahrida bir yilda bir marta oʻtkazadi. Yigʻilishlarda tashkilotga aʼzo mamlakatlar vakillari, elchilar ishtirok etadi. Bosh kengash qoshida nizolarni hal etish va savdo siyosati tahlillari bilan shugʻullanadigan organlar bor (jami 650 xodim ishlaydi). Bundan tashqari, uning tarkibida savdo va rivojlanish boʻyicha qoʻmita, savdo balansi borasida cheklovlar oʻrnatuvchi qoʻmita hamda byudjet, moliya va maʼmuriy masalalar bilan shugʻullanadigan qoʻmita faoliyat yuritadi. Bosh kengashdan quyi pogʻonada yana uchta kengash: tovarlar savdosi boʻyicha kengash, xizmatlar savdosi boʻyicha kengash va intellektual mulk huquqi boʻyicha kengash faoliyat yuritadi.
2. Davlatlar iqtisodiyotining JSTga a’zoligidan keyingi o’garishlar.
BMTga aʼzo aksar davlatlar JSTga ham aʼzo boʻlib kirgan. Masalan, Rossiya Federatsiyasi 19 yillik kutishlardan keyin 2012-yilda, Qirgʻiziston 1998-yilda, Tojikiston 2012-yilda, Qozogʻiston 2015-yilda aʼzolikka qabul qilindi. Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon JSTga aʼzolikni “energetika mustaqilligiga erishish va aholini oziq-ovqat bilan taʼminlash” sari tashlangan muhim qadam, deb baholagan. Ammo bu jarayon silliq kechadi, degani emas. Demak, hukumat birinchi navbatda mahalliy shirkatlarni himoya qilishga qaratilgan jiddiy tadbirlarni ishlab chiqishi kerak boʻladi.
Bu oʻrinda tashkilotga aʼzolikning afzalliklarini Xitoy davlati misolida koʻrib chiqish ayni muddaodir. -Xitoy 15 yillik murakkab muzokaralar olib borgandan soʻng, ushbu kelishuvlar asosida 2001-yil 11-dekabrda tashkilotga 143-aʼzo boʻldi. Biroq hukumatga bu borada qator ogʻir va mashaqqatli talablarni ilgari surishdi. Tarifni pasaytirish, AQSH kompaniyalari uchun zarur boʻlgan sanoat mahsulotlari tariflarini 25 foizdan 7 foizgacha qisqartirish, Amerika fermerlari uchun zarur boʻlgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari narxini 31 foizdan 14 foizgacha arzonlashtirish, bank sektori, sugʻurta, telekommunikatsiya va kasbiy xizmatlar kabi muhim sohalardagi qator tarmoqlarni keng miqyosda ochish, tizimli islohotlar olib borish, oshkoralik masalasida chuqur islohotlarni oʻtkazish, Xitoyda faoliyat yuritayotgan xorijiy kompaniyalarga toʻsiqlarni bartaraf etish shular jumlasidandir.
Koʻrinib turibdiki, Xitoyning JSTga aʼzo boʻlishi bilan bogʻliq asosiy muammo bozorga kirish imkoniyati emas, balki iqtisodiy rejimning shaffofligi, huquqiy, maʼmuriy va institutsional tizimni shakllantirish majburiyatlarini bajarish mexanizmi boʻlgandi.
Muzokaralarning yakuniy bosqichida XXRgayana ushbu vazifalar ham qoʻyildi: eksportni rejalashtirish va eksport-import rejalarini amalga oshirish siyosatini rejalashtirish tizimini bekor qilish; tashqi savdo rejimining shaffofligi, litsenziyalash va kvota tizimi, davlat xaridlari bozori, xorijiy ishbilarmonlarga ichki bozor xizmatlaridan foydalanishni erkinlashtirish;eksport subsidiyalarini olib tashlash; davlat korxonalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashdan voz kechish va qishloq xoʻjaligini himoya qilish.
Mazkur tahlildan xulosa shuki, Oʻzbekiston zimmasiga ham JST tomonidan siyosat va iqtisodda ochiqlikni taʼminlash, eksport-import va boshqa iqtisodiy tizimlarda rejalashtirishdan voz kechish, qishloq xoʻjaligi va sanoat mahsulotlarini import qilish boʻyicha davlat monopoliyasini bekor qilish yuklanadi. Ammo Xitoy bu shartlarni qabul qilishni davr zarurati, jahon iqtisodi qoidasini hurmat qilish, deb tushundi. Shunchalik murakkablik boʻlishiga qaramasdan, Xitoy hukumati JSTga aʼzo boʻlishning qiyinchiliklaridan koʻra, imkoniyatlari koʻproq boʻlishiga qattiq ishondi.
Tarixiy qarorga kelganidan soʻng, mamlakat ikki masalada yutdi: JSTga aʼzolik tufayli 2008-yilda boshlanib, hozirga qadar davom etayotgan jahon moliyaviy inqirozi sharoitida arzon boʻlgan Xitoy mollari uchun cheklovli kvotalar olib tashlandi, xalqaro mehnat taqsimotidagi eng foydali jihati — arzon ishchi kuchini eksport qilishga erishildi. Hozirgi kunda xorijda ishlayotgan 70 million muhojir (Gonkong va Tayvandan tashqari) yiliga taxminan 70 milliard dollar mablagʻni Xitoyga yuborib turadi.
Shu oʻrinda mamlakatimiz uchun bu borada qanday muammolar yuzaga keladi, degan haqli savol tugʻiladi. Birinchidan, Oʻzbekistonning JSTga aʼzoligi bojxona soliqlarini 8 — 10 foizgacha qisqartirishga olib keladi. Bundan esa Davlat byudjeti zarar koʻradi. Biroq, oʻz navbatida, bojxona tariflarining keskin qisqarishi Oʻzbekiston bozorlarida mahsulotlarning arzonlashuviga xizmat qiladi.

Download 21.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling