Referat mavzu : tijorat banklarining tõlovga layoqatlikigi va likvidligi
Qisqa muddatli likvidlilik koeffitsiyenti
Download 49.4 Kb.
|
PUL VA BANKLAR mustaqil ish 2023
Qisqa muddatli likvidlilik koeffitsiyenti to’lov muddati 30
kundan 1 yilgacha bo’lgan bank aktivlarining bankning muddati 30 kundan 1 yilgacha bo’lgan depozitlari va jalb qilingan mablag’lari va kapitaliga nisbati sifatida aniqlanadi, ya‘ni M5= A/D+K, Bunda: A - to’lash muddati 30 kundan 1 yilgacha bo’lgan bank aktivlari; D - muddati 30 kundan 1 yilgacha bo„lgan jalb qilingan depozitlar va jalb qilingan resurslar; K- bank kapitali. Bu ko’rsatkichning hajmi 1 ga teng bo’lishi zarur. Undan tashqari, tijorat banklari likvidliligini aniqlashda quyidagi ko’rsatkichlar tahlil qilinishi mumkin. Bular: -Likvid aktivlar (zaxiraning ortiqcha qismi, erkin ayirboshlanadigan valyuta, DQMO lari, boshqa banklardagi vakillik hisob varaqlari)ning /jami aktivlari. -Doimiy bo’lmagan majburiyatlar (yirik depozitlar, ma‘lum manbalardan olingan qarzlar) /Jami aktivlar. -Yuqorida keltirilgan barcha ko’rsatkichlarning pasayishi bankning resurslar barqaror bo’lmagan manbalarga tayanganligi yoki bank portfelidagi yuqori likvidli aktivlar ulushining kamayganligini anglatadi. -Kreditlar/Depozitlar — depozitlarning, ayniqsa, mayda omonatchilarga tegishli qismi odatda resurslarning barqaror manbayidir. Ko’rsatkichning juda yuqori qiymati (80 foizdan ortiq) va/yoki o’sishi dastlabki muammolar bankdan chiqib ketadigan resurslar (banklararo bozorlardan olingan qisqa muddatli qarzlar) manbalariga bo’lgan talabning pastligini bildiradi. -Garovga qo’yilgan qimmatli qog’ozlar /Jami qimmatli qog’ozlar — garovga qo’yilgan qimmatli qog’ozlar umumiy ko’rsatkichi bo’lib, u likvidlilikka tezkor talablarni qoplash uchun qo’llanilmaydi. AQSh da ham tijorat banklari likvidliligini baholashda bir qator ko’rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Bular quyida keltirilgan formulalardir: I-darajali zaxiralar (Kassa+MB dagi vakillik schyotlari) L1= --------------------------------------------------------------------------; Depozitlar I-darajali zaxiralar + II darajali zaxiralar (qimmatli qog‘ozlar) L2= --------------------------------------------------------------------------. Depozitlar L1 bank likvidligini ta‘minlashi uchun 5-10 foizdan yuqori bo’lishi kerak. L2 da esa banklar 15-25 foizdan yuqori zaxira lar yig’ishlari kerak. L3 da kreditlarning umumiy aktivlarga nisbatan salmog’ini topib bank faoliyatiga baho berish mumkin. Kreditlar L3= -------------------------*100 foiz Umumiy aktivlar L3 ko’rsatkichi 60-70 foiz oralig’ida bo’lishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Download 49.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling