Referat mavzu : tijorat banklarining tõlovga layoqatlikigi va likvidligi
Download 49.4 Kb.
|
PUL VA BANKLAR mustaqil ish 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Tijorat banklari likvidliligini boshqarish
Asosiy depozitlar
L4= -----------------------------------*100 foiz Umumiy depozitlar Bu ko’rsatkich banklarga qo’yilgan depozit qay darajada barqaror ekanligini aniqlab, bank faoliyatiga baho berishda yordam beradi. L4 koeffitsiyent 75 foiz yuqori bo’lishi lozim. Bazel 3 talablarini joriy qilish bo’yicha 2016-yil 1-yanvardan likvidlilikni qoplash me‘yori koeffitsiyenti yuqori sifatli likvid aktivlarning kun davomida to’lanishi lozim bo’lgan pul mablag’lariga nisbati sifatida aniqlanadi. Ko’pgina mamlakatlarda likvidlilik ko’rsatkichlari tijorat banklari balansining aktiv va passiv qismini tahlil qilish asosida baholanadi. Frantsiyada tijorat banklarining likvidliligini baholashda ishlatiladigan koeffitsiyentlari umumiy talab qilib olingunga qadar muddatli depozitlarning (3 oygacha bo’lgani) va boshqa resurslarning aktivlarga nisbati bilan aniqlanadi. U yerda bu koeffitsiyentning hisoboti nazorat organlariga har chorakda taqdim etiladi. Bu koeffitsiyent 60 foizdan kam bo’lmasligi kerak. 3. Tijorat banklari likvidliligini boshqarish Yuqorida aytilganidek, likvidlikni boshqarishni bajarish masalasi, talab etiladigan darajasi ushlab turilishi uchun tijorat banki mustaqil ravishda o’zining faoliyati va talablariga amal qilishi hamma tarmoqlardagi iqtisodiy asoslangan siyosatni o’tkazishi lozim. Bu maqsadlarda tijorat banki doimo o’z kapitalini oshirib borishi boshqa korxonalar va tashkilotlardan jalb etilgan mablag’ va o’z mablag’lari o’rtasidan optimal nisbatni ta‘minlashi, bankning oborotida bo’lgan uzoq muddatli «ishonchli» va «arzon» kredit resurslarini shakllantirishga intilishi kerak. Kredit siyosatini to’g’ri ishlab chiqish, kredit resurslarini foyda keltiradigan sohalarga qo’yishi, resurslarini jalb etishda kredit qo’yilmalar hajmi va ularning muddatiga etibor berish, likvid aktivlarning hajmini oshirish bilan bank aktivlarining optimal strukturani shakllantirishiga erishish lozim. Shuningdek, hissadorlarning qonuniy talablarini bajarishga tayyor bo’lishi uchun shu mablag’larning keragidan ortiqcha xarajat qilishiga yo’l qo’ymasligi orqali bankning daromad va foydasini oshirishiga intilish zarur. Bank likvidliligini boshqarish nazariyalari tijorat banklarini tashkil etilishi bilan bir vaqtda paydo bo’ldi. Hozirgi kunda to’rtta asosiy nazariya farqlanadi: 1. Tijorat ssudalari nazariyasi. 2. Joydan-joyga (aktivlarni) ko’chirish nazariyasi. 3. Kutiladigan daromad nazariyasi. 4. Passivlarni boshqarish nazariyasi. Birinchi uchta nazariya bevosita aktivlarni boshqarish nazariyasi bilan bog’liq. Bank amaliyotida yuqoridagi nazariyalarning barchasi qo’llaniladi, lekin har xil banklarda ularning qaysigadir ko’proq e ‘tibor qaratiladi. Likvidlik holatini boshqarishda 2 ta yo’nalishni ajratishimiz mumkin: Birinchisi, zaxiralarni doimiy nazorat qilish siyosati. Bu shuni anglatadiki, bankda daromad keltirmaydigan aktivlarni oshishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Ikkinchisi, zaxiralarni bir darajada saqlab turishni qo’llabquvvatlash siyosati, ya‘ni majburiy zaxira normalari, jalb qilingan depozitlarga zaxiralar va h.k. Likvid mablag’larga bo’lgan talabni rejalashtirishda naqd pullarni boshqarish, ya‘ni mijozlarning talabini qondirish maqsadida majburiy zaxiralarni bir maromda saqlash lozimdir. Shularni inobatga olgan holda bank kassasidagi pullar kun davomida, ya‘ni pul tushum va chiqim bitimlarini amalga oshirish natijasida o’zgarib boradi. Bank amaliyoti shuni ko’rsatadiki, likvidlilikning yetarli darajasini ta‘minlanmasligi bank faoliyatidagi jiddiy kamchiliklarni keltirib chiqaradi. Bunday holatning yuzaga kelishi odatda bankdagi depozitlarning yo’qotilishiga, bu esa naqd pul mablag’larining kamayishiga va bank aktivlaridaga o’ta likvid qimmatli qog’ozlarning sotilishiga sabab bo’ladi. Bank likvidliligini boshqa banklardan olingan kreditlar hisobiga ham qondirish mumkin. Ammo boshqa banklar yuqori foiz stavkada kreditlar taqdim etadi yoki berilayotgan kreditlarga qo’shimcha ta‘minot qo’yishni talab etishadi. Bu esa bank oladigan daromadning kamayishiga olib keladi. Banklarning likvidlilik muammosini hal qilish uchun likvidlilikni boshqarishning bir qancha strategiyalari mavjuddir. Bular: 1. Aktivlar hisobiga likvidlilikni ta‘minlash strategiyasi (aktivlarni boshqarish orqali likvidlilikni boshqarish). Bu strategiyaga muvofiq bank aktivlarni tez sotiladigan qimmatli qog’ozlarga joylashtirishni nazarda tutadi. Agar likvid mablag’larga talab yuzaga keladigan bo’lsa, bank naqd pullarga bo’lgan talabni qondirguncha o’z aktivlarini sotadi. Odatda likvidlilikni boshqarishning ushbu strategiyasi aktivlarning transformatsiyasi deb ataladi, chunki pul ko’rinishida bo’lmagan aktivlar naqd pulga aylanishi hisobiga likvid mablag’lar yuzaga keladi. Likvid aktivlar uchta xususiyatga ega bo’lishi lozim: -tez pulga aylanishi uchun o’z bozoriga ega bo’lishi; -bozorlarda barqaror bahoga ega bo’lishi ; -sotuvchi minimal risk orqali birlamchi investitsiyani qoplay olish imkoniyatining bo’lishi lozim. Aktivlarni boshqarish orqali likvidlilikni boshqarish strategiyasi odatda mayda banklar faoliyatida qo’llaniladi, chunki ushbu likvidlilikni boshqarish metodi qarz likvid mablag’lari orqali aktivlarni transformatsiyalash strategiyasi likvidlilikni boshqarishning arzon yo’li hisoblanmaydi. Aktivlarning sotilishi bankning kelgusi daromadlarining yo’qolishiga sabab bo’ladi. Shuningdek, ko’p aktivlarning sotilishi qimmatli qog’ozlar bilan bo’ladigan operatsiyalarda brokerlarga to’lanadigan komission xarajatlar bilan bog’liqdir. Bundan tashqari, naqd pul mablag’lariga ega bo’lish maqsadida aktivlarning sotilishi bank balansining yomonlashuviga olib keladi, ammo bu aktivlar (misol uchun davlat qisqa muddatli obligatsiyalari)ning mavjud bo’lishi bankning moliyaviy faoliyati barqarorligidan dalolat beradi. Aktivlarning sotilishi lozim bo’lgan paytda bozorda qimmatli qog’ozlarning bahosi tushayotgan davrga to’g’ri kelishi bank kapitalining yo’qolishiga sabab bo’lishi mumkin. Bank boshqaruvchilari kelgusi davr daromadlarini muqobil qiymatini minimallashtirish uchun, birinchi navbatda, minimal foyda potentsialiga ega bo’lgan aktivlar sotilishini ta‘minlab berishi kerak. Xullas, likvid aktivlarning salmog’i oshib borgan sari bank daromadlarining qisqarishiga olib keladi. 2. Pul mablag’lariga talabni qondirish uchun likvid qarz mablag’laridan foydalanish strategiyasi (passivlarni boshqarish). Ko’pgina yirik banklar likvid mablag’larning manbasi sifatida ko’proq pul bozoridagi qarz mablag’laridan foydalanishadi. Odatda bu strategiyani passivlarni boshqarish deb ataladi. Bunda tijorat banklari o’zlarining likvid mablag’larga bo’lgan talablarini yirik miqdordagi depozit sertifikatlarini va boshqa banklardan olingan kredit mablag’lari orqali ta‘minlashadi. Passivlarni boshqarish strategiyasi orqali ma‘lum bir muddat uchun qarz mablag’lari hisobiga likvidlilik ta‘minlanadi. Bu strategiyani yirik banklar amalga oshirishining asosiy sababi shundaki, banklarning o’z mablag’lariga nisbatan majburiyatlarining ortishi va bank balansida tez pulga aylana oladigan aktivlarning yetarli darajada bo’lmasligi, bankning to’lovga layoqatsiz bo’lish riski yuzaga kelishi mumkin hamda bank likvid mablag’larga bo’lgan talabini qondira olmay qolishi mumkin. 3. Aktiv va passivlarni boshqarish qarz likvid mablag’larini boshqarish strategiyasining riskligini va aktivlarda likvid mablag’larning yuqori bahosini hisobga olgan holda, banklar likvidlilikni boshqarishning aktiv va passivlarini boshqarish strategiyasini tanlaydilar. Bu strategiyaga muvofiq likvid mablag’larga kutilayotgan talabning bir qismi tez sotiladigan qimmatli qog’ozlar va boshqa banklardagi depozit ko’rinishlarida saqlanadi, shu paytda likvid mablag’larga bo’lgan boshqa talablar bank korrespondentlari bilan ochilgan kredit liniyalari va boshqa mablag’lar orqali qondiriladi. Kutilmaganda yuzaga keladigan likvid mablag’larga talablar qisqa muddatli kreditlar orqali qoplanadi. 4.Tijorat banklari likvidliligini samarali boshqarishda bank va uning atrofidagi muhitning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchi, aniq ifodalangan va hujjatlashtirilgan likvidlikni boshqarish siyosatining mavjudligi. 5. Bankning turli bo’linmalarining muvofiqlashtirilganligi. 6. Bank likvidlik holatining monitoringi vazifalari yuklangan bo’linmaning mavjudligi. 7. Ma‘lumotlar bazasini shakllantirish hamda bankning aktiv va passiv holatlarini tahlil qilish uchun axborot tizimining mavjudligi yetakchi omillaridan hisoblanadi. Likvidlilikni boshqarishda bank likvidlilikni boshqarish siyosatini ishlab chiqish va likvidlikni boshqarish bo’yicha qarorlar bank kengashida doimo muhokama qilib borilishi va zarur chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi lozim. Tijorat banklarining tarkibiy bo’linmalari: - bank likvidlik holatining har kunlik kuzatuvi; - rahbariyatga bankning likvidlikka munosabati to’g’risida kundalik hisobotlarni tayyorlash, bunda likvidlikni qisqa muddatli rejalashtirish ham hisobga olinishi kerak; - barcha bank bo’limlaridan kerakli bo’lgan axborotlarni olish vakolatiga ega bo’lishi lozim. Kundalik hisobotlar yetti kunlik davr ichida likvidlikning qisqa muddatli kamayishini yoki ortiqchaligini aks yettirish uchun yetarli darajada batafsil bo’lishi hamda mablag’larni jalb etish va investitsiyalash bo’yicha talab qilingan tavsiyanomalar bilan ta‘minlashi lozim. Ushbu bo’linma ma‘lum davr ichida (oy, chorak, yil yakunlari bo’yicha) bank boshqaruvi kengashiga bankning likvidlik pozitsiyasi holati to’g’risida umumlashgan hisobotlar taqdim etishi kerak. Tijorat banklari likvidliligini baholashda bankning joriy likvidlilik holati va mablag’larga kelajakda bo’ladigan ehtiyojini yetarli darajada baholash uchun: - moliyaviy resurslarning eng yirik manbalari, tarmoq va geografik hudud bo’yicha resurslar manbalarining jamlanganligi; - asosiy nomuvofiqliklarni aniqlash uchun aktivlar va passivlarni to’lash jadvali; - likvid aktivlar va depozitlarning oldingi trendlari (dinamikasini aks ettiruvchi jadvallar); - balansdan tashqari majburiyatlar; - berilishi kutilayotgan kreditlar; - aktivlarning daromadliligi va jalb qilingan resurslarning qiymati; - iqtisodiyotning ahvoli, shu jumladan, asosiy iqtisodiy indikatorlar va foiz stavkalarining o’zgarishi taxminlari. To’liq axborot va ma‘lumotlar berilishi lozim. Download 49.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling