Referat mavzu: amir temur va temuriylar davrida dinlararo muloqot


Download 156.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana14.10.2023
Hajmi156.25 Kb.
#1703703
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Dinshunoslik

Dinlararo muloqot. 
Movarounnahrda mo`g`ullar istilosi va hukmronligi davrida barcha diniy 
e’tiqodlarga nisbatan tolerantlik nuqtai-nazaridan olib borilgan siyosat mintaqada 
Amir Temur hokimiyati o`rnatilgandan keyin ham davom ettirildi. Ko`pgina tarixchi 
olimlar Amir Temur mafkuraviy jihatdan Chingizxon saltanatining davomchisi 
bo`lib, parchalanib ketgan mo`g`ul uluslarini birlashtiruvchi shaxs sifatida nom 
qozonganligini ta’kidlaydilar. Bu davrda har xil dinlar erkin faoliyat olib borib, 
ularning yaxshi sifatlari o`zaro aralashib borgan. Bu jihatdan islom diniga O`rta 
Osiyodagi turli qadimiy e’tiqod an’analarining ham singib borganligini kuzatish 
mumkin. Fanda ibtidoiy diniy qarashlarning turlaridan biri bo`lgan jonzotlar, 


19 
ayniqsa, erda ham, suvda ham, osmonda ham yashashiga ishoniladigan afsonaviy 
maxluqotlarga sig`inish kulti “Senmurv” deb atalib, temuriylar davrida unga e’tiqod 
qilinmasa-da, ba’zida Senmurvning tasviriy san’atdagi ta’siri ko`zga tashlanadi.
Amir Temur hukmronligi davrida Movarounnahr aholisining katta qismi islom 
diniga e’tiqod qilganligi, shubhasiz. Hatto, Amir Temur tuzuklarida ham “Har erda 
va har joyda islomni qo`llab-quvvatladim”, degan jumlalarni o`qish mumkinki, bu 
Amir Temurning chin musulmon hukmdor bo`lganligidan dalolat beradi. Ammo, 
Sohibqiron diniy erkinlik yaratish nuqtai-nazaridan boshqa dinlar an’analarining 
jamiyatdagi ta’siriga xalaqit bermagan. 
Ma’lumki, zardushtiylik dini mamlakatimiz xalqlari orasida islom dini kirib 
kelgunga qadar keng tarqalgan va ustun mavqega ega bo`lgan. Amir Temur 
hukmronligi davrida bu din vakillari Markaziy Osiyoda deyarli qolmagan bo`lsa-da, 
uning hukmronligi ostidagi boshqa hududlar, jumladan, hozirgi Pokiston, Eron, 
Hindiston erlarida zardushtiylikka e’tiqod qiluvchilarning soni anchagina salmoqqa 
ega edi. Jan-Pol Ru o`zining “Tamerlan” asarida ayrim G`arb olimlarining, Amir 
Temur diniy mutaassib hukmdor bo`lgan, degan qarashlariga qarshi o`z fikrlarni 
bayon etadi. Uning fikricha, Eronning Kir va Yazd shaharlari mazdakchilar
manixeylar (moniylikka e’tiqod qiluvchilar) hamda zardushtiylar yashaydigan 
asosiy markazlar bo`lib, Amir Temur bu shaharlarda qirg`inlar tashkil etmagan edi. 
Yazd shahri istilosi davrida Temur ushbu shaharning askarlar tomonidan talanishiga 
ruxsat bermagan.
Buddaviylik dini ham mo`g`ullar istilosi va Amir Temur hukmronligi davrida 
boshqa dinlar bilan bir qatorda o`zining erkin taraqqiyotiga erishdi. Buning sababi 
shuki, dastlabki davrlarda mo`g`ul hukmdorlarining ko`pchiligi buddaviylikka 
e’tiqod qilardilar. Masalan, Elxoniylardan Xulaguxon, Abaqaxon va Arg`unxonlar 
xristian diniga e’tiqod qilgan ayollarga uylangan bo`lsalar-da, ularning o`zlari 
buddaviylik diniga e’tiqod qilishni lozim topganlar. Ko`rinib turibdiki, din 
masalasidagi nomuvofiqlik mo`g`ul hukmdorlarining oila qurishiga xalal beruvchi 
vosita hisoblanmas edi.
Amir Temur qo`shinida ham buddaviylar mavjud 
bo`lganligini tarixiy manbalardagi ma’lumotlar tasdiqlaydi. Chunki, Amir Temur 


20 
qo`shinining asosini 
ham turk-mo`g`ul askarlari tashkil etardi. Zero, 
buddaviylikning ta’qiqlanishi ularning diniy jihatdan kamsitilishi hisoblanib,
kamsitilgan qo`shinlar raqib tomonga o`tib ketishi, kuchsizlangan tomon esa 
engilishi tabiiy hol edi. Shu sababli ham Amir Temur o`z saltanatida diniy 
bag`rikenglik siyosatini yuritgan. Ibn Arabshoh Amir Temur qo`shinida 
butparastlarning ko`p bo`lganligi, ular bo`yniga but va sanamlarini osib yurishi, dam 
olish vaqtida ularga sig`inishi haqida yozib qoldirgan edi. Bu o`rinda Ibn 
Arabshohning buddaviy va xristianlarni nazarda tutganligini anglab olish qiyin 
emas.
Xulosa qilib aytganda, mo`g`ullar hukmronligi va Amir Temur saltanati 
mavjud bo`lib turgan davrda e’tiqod qiluvchilarni soni ko`pchilikni tashkil etmagan 
bo`lsa-da, buddaviylik, zardushtiylik, yahudiylik va boshqa din vakillarining 
yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida o`ziga xos mavqega ega 
bo`lganliklari, Chingizxon boshlab bergan diniy bag`rikenglik siyosatini dastlab 
mo`g`ul hukmdorlari, so`ngra Amir Temur va temuriylar davom ettirganliklari 
hamda Amir Temurning diniy mutaassib hukmdor sifatida baholanishi tarixga 
noxolis baho berishdan boshqa narsa emasligini tarixiy manba va adabiyotlardagi 
fikrlar orqali isbotlash mumkin. Mo`g`ullar va temuriylar davrida ushbu dinlar erkin 
rivojlanish, e’tiqod vakillarini o`ziga jalb qilish imkoniga ega edi.

Download 156.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling