Referat mavzu: amir temur va temuriylar davrida dinlararo muloqot


Download 156.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana14.10.2023
Hajmi156.25 Kb.
#1703703
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Dinshunoslik

 
 
 
 
 
 


10 
2. Amir Temur va Islomiy hukm. 
Shubhasiz, Amir Temur qurgan davlat sof islomiy davlat bo‘lgan emas. Sof 
islomiy davlat to‘rt xalifalar davrida va yuzinchi hijriy yillarda qisqa muddat xalifa 
bo‘lgan Umar ibn Abdulazizning davrida bo‘lganligi Islom olamida ma’lum. Undan 
keyin bu davlatning sof islomiyligi buzilib, oilaviy mulkka, merosxo‘rlikka 
aylangan. Vaqt o‘tishi bilan ko‘proq buzilib boravergan. O‘z zamonasining odami 
sifatida Amir Temur ham o‘zi qurgan davlatda o‘sha zamonning uslublaridan 
foydalanadi. Shu bilan birga, o‘sha davr taomuli va o‘z ilmiga binoan islomiy 
omillardan ham foydalanadi. Uning saltanatining muvaffaqiyatlarida aynan ushbu 
islomiy omillar asosiy rol o‘ynagan bo‘lsa, ajab ermas. 
Amir Temur Islomning hamma dinlar va tuzumlardan ustun ekanligiga to‘la 
ishongan muxlis inson edi. U bu ma’noda, hamma mazhablar-dinlar ham bir, degan 
Jaloliddin Rumiyni tanqid qiladi. Taassub jihatidan emas, ilmga va tajribaga 
suyangan holda Islomning ustun ekanligini ta’kidlaydi. Sohibqironning fikricha, 
Iysoviy mazhab - ya’ni xiristian dini faqat oxiratga e’tibor beradi. Musoviy mazhab 
- ya’ni yahudiy dini, esa faqat bu dunyoga e’tibor beradi. Islom esa, ham bu dunyoni, 
ham u dunyoni o‘z ichiga olgandir. Shuning uchun ham u kishi Islomga qo‘lidan 
kelganicha amal qilishga harakat qiladi. 
Avvalo, Amir Temur e’tiqod masalasida mahkam turadi. Ahli sunnat va 
jamoat aqiydasini mahkam tutar, turli buzg‘unchi fikrlarni qattiq qoralar edi. 
Sohibqiron o‘z yurishlari davomida duch kelgan turli dinlarga e’timod qiluvchilar 
bilan gaplashar, ularning e’tiqodlari haqida so‘rar va xatolarini bayon qilar edi. Turli 
buzuq mazhablarga nisbatan ham shunday yo‘l tutar edi. U kishi e’tiqodni sof 
bo‘lishi, turli bidat-xurofotlar bo‘lmasligi tarafdori edi. Bunga bir misol 
keltirishimiz yaxshidir. 
Amir Temur Sherozga yurish qilganda u yerning amri Sulton Shoh Mansur 
Muzaffariy, shahardagi eski masjidga kirib olib Amir Temur ustidan g‘olib 
bo‘lishini tilab o‘tiraveradi. Sohibqiron esa uning yurtini egallab oladi va bu 
tasarrufini tanqid qiladi. Amir Temurning fikricha faqat duo bilan ish bitmaydi. Agar 
faqat duo bilan ish bitadigan bo‘lsa, Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam duo 


11 
bilan ish bitirar edilar. Ammo, U zot sallollohu alayhi vasallam duo qilish bilan birga 
askar to‘plab, sovut kiyib, qilich-qalqon olib jangga kirganlar. 
Amir Temur o‘z tasarruflarini Qur’oni Karim oyatlari va Payg‘ambarimiz 
sallollohu alayhi vasallamning sunnatlariga to‘g‘ri kelgan joylarini eslatish bilan 
Qur’on va sunnatga muvofiq ish ko‘rishga harakat qilganini bayon qiladi. Amir 
Temur urushlardan birida, kim shayx Hisomiddin Sabzavoriyning uyiga kirib olsa, 
omon qoladi, degan amrni chiqardi. Mazkur shayx Hisomiddin Sazavoriy shiya 
bo‘lgan. Sohibqironning uning uyiga kirganlar omon bo‘ladi, deyishi esa shayx 
uchun katta obro‘ edi. Tabiiyki, o‘sha davr o‘lchoviga ko‘ra, bir shiya odamga nima 
uchun shunchalik hurmat, degan savol paydo bo‘ladi. Amir Temur buni 
Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallamning qilgan ishlariga moslab qilganligini 
bayon qiladi. Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam Makkai Mukarramani fath 
qilgan kunlari, kim Abu Sufyonning uyiga kirsa omon qoladi, deb e’lon qiladilar. 
Abu Sufyon o‘sha paytda mushrik - kofir edi. Shunday bo‘lsa ham Payg‘ambarimiz 
sallollohu alayhi vasallam uning uyini omonlik joyi deb e’lon qildilar. Men, bir shiya 
odamning uyini omonlik joyi desam nima bo‘libdi, deydi. 
Shuningdek, Amir Temur Islom hukmiga amal qiluvchilarni ko‘rsa ham juda 
mamnun bo‘lar edi. Bu narsa ayniqsa Xuroson janubidagi Bishraveyh shahriga 
bo‘lgan munosabatida yaqqol ko‘rinadi. Sohibqiron u shaharga yaqinlashganda uni 
yo‘l chetida sodda kiyingan bir necha odam kutib oladi. Amir Temur ulardan 
«Shaharning amiri kim?», deb so‘raydi. Ular, amirimiz yo‘q, o‘zimiz qo‘limizdan 
kelganicha Qur’onu sunnatga amal qilib yashamoqdamiz, deyishadi. Bu gap 
Sohibqironni qiziqtirib qoladi-da, shahar bilan yaqindan tanishishga qaror qiladi. U 
yerning Imomi Husayn ibn Is’hoq bilan birgalikda hamma narsa bilan yaqindan 
tanishib chiqadi. Aholining barchasi yoshu qari, erkagu ayol ilmi bo‘lib, o‘qish-
yozishni biladigan, bo‘sh vaqtini ilmga sarflaydigan bo‘ladi. Hamma halol mehnat 
bilan mashg‘ul bo‘ladi. Amir Temur ularga oltin bersa, hurmat qilganinggiz uchun 
rahmat, ammo bu tillolarga hojatimiz yo‘q, o‘zimiz ishlab topganimiz yetadi, 
deyishadi. Aholining rahbari, imom Husayn ibn Is’hoq ham qo‘liga ketmon olib 
dehqonchilik qiladigan bo‘ladi. Unga Amir Temur bir ot sovg‘a qilsa uzr aytib 


12 
olmaydi, ot mina olmayman, eshak minib o‘rganib qolganman deydi. Bu narsalardan 
xursand bo‘lgan Amir Temur sharoit bilan yanada yaqinroq tanishadi. Sohibqiron 
bir do‘kondorning ayol xaridorga narsa tortib berayotib «Voy lullil mutaffifin» - 
«Torozudan urib qoluvchilarga voy bo‘lsin» oyatini o‘qiganini eshitadi. Ayol 
ketganidan keyin borib do‘kondordan, «o‘zing o‘qigan oyatning ma’nosini 
bilasanmi?», deb so‘raydi. U, bilaman, deb, oyat ma’nosini aytib beradi. Bir oz 
savol-javobdan so‘ng, do‘kondor, torozu tortishda xiyonat qilib qo‘ymay, deb har 
kimga bir narsa tortganimda shu oyatni o‘qib turaman, deydi. Shuningdek, Amir 
Temur bir attorning oldidan o‘tib ketayotib uning «Vazinuu bil qistosil mustaqiym» 
ya’ni, «Va adolat tarozusi ila vazn o‘lchanglar» oyatini o‘qiganini eshitib qoladi va 
o‘sha attor bilan ham yuqoridagi o‘xshash suhbat va savol-javoblardan so‘ng Amir 
Temurga ko‘pgina o‘zini xursand qiladigan narsalar ayon bo‘ladi. 
Bishraveyhda qulf va qarovul yo‘q ekan. Odamlarni Islomga amal qilib 
yashaganlari uchun bunga ehtiyoj yo‘q ekan. Shuningdek, qozi ham yo‘q ekan. 
Yoshi ulug‘ bo‘lib qolgan Husayn ibn Is’hoq birovning so‘kishganini yoki 
urishganini eslay olmasligini aytadi. Bu yerda oila buzilishi - taloq ham, birovning 
haqqini tortib olish ham yo‘q ekan. Bu haqiqatlarni bilib Amir Temur nihoyatda 
xursand bo‘ladi. Qur’on va sunnatga amal qilib yashayotgan bu muxlis - musulmon 
aholini taqdirlashga qaror qiladi. Amaldorlarini to‘plab majlis o‘tkazadi. 
Bishraveyhni «Dorul ilmi val omon» deb e’lon qiladi. Modomiki, Temur 
xonadoniga mansub hokimlar bor ekan, bu shahardan xiroj olinmaydi, hech kim
hech qanday bahona bilan bu yerga hujum qilmaydi, deb farmon chiqaradi. Mana 
shuning o‘zi ham Amir Temurning Islomga, Qur’on va sunnatga amal qilib 
yashashni qanchalik ulug‘lashini ko‘rsatib turadi. Amir Temurning mazkur farmoni 
o‘sha shahar aholisining Qur’on va sunnatga amal qilib yashayotganlarini munosib 
taqdirlash bo‘lishi bilan birga, boshqa shahar va qishloqlar aholisini ham shunday 
yashashga targ‘ib qilish hamdir. Mazkur tahlillardan ko‘rinib turibdiki, buyuk 
vatandoshimiz, ulug‘ Movarounnahr saltanatining quruvchisi, Sohibqiron Amir 
Temurni o‘zi rahmatiga olgan bo‘lsin, qolganlarni hidoyat qilsin! 


13 

Download 156.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling