Referat mavzu: amir temur va temuriylar davrida dinlararo muloqot
Download 156.25 Kb. Pdf ko'rish
|
Dinshunoslik
Dinlararo muloqot.
Movarounnahrda mo`g`ullar istilosi va hukmronligi davrida barcha diniy e’tiqodlarga nisbatan tolerantlik nuqtai-nazaridan olib borilgan siyosat mintaqada Amir Temur hokimiyati o`rnatilgandan keyin ham davom ettirildi. Ko`pgina tarixchi olimlar Amir Temur mafkuraviy jihatdan Chingizxon saltanatining davomchisi bo`lib, parchalanib ketgan mo`g`ul uluslarini birlashtiruvchi shaxs sifatida nom qozonganligini ta’kidlaydilar. Bu davrda har xil dinlar erkin faoliyat olib borib, ularning yaxshi sifatlari o`zaro aralashib borgan. Bu jihatdan islom diniga O`rta Osiyodagi turli qadimiy e’tiqod an’analarining ham singib borganligini kuzatish mumkin. Fanda ibtidoiy diniy qarashlarning turlaridan biri bo`lgan jonzotlar, 19 ayniqsa, erda ham, suvda ham, osmonda ham yashashiga ishoniladigan afsonaviy maxluqotlarga sig`inish kulti “Senmurv” deb atalib, temuriylar davrida unga e’tiqod qilinmasa-da, ba’zida Senmurvning tasviriy san’atdagi ta’siri ko`zga tashlanadi. Amir Temur hukmronligi davrida Movarounnahr aholisining katta qismi islom diniga e’tiqod qilganligi, shubhasiz. Hatto, Amir Temur tuzuklarida ham “Har erda va har joyda islomni qo`llab-quvvatladim”, degan jumlalarni o`qish mumkinki, bu Amir Temurning chin musulmon hukmdor bo`lganligidan dalolat beradi. Ammo, Sohibqiron diniy erkinlik yaratish nuqtai-nazaridan boshqa dinlar an’analarining jamiyatdagi ta’siriga xalaqit bermagan. Ma’lumki, zardushtiylik dini mamlakatimiz xalqlari orasida islom dini kirib kelgunga qadar keng tarqalgan va ustun mavqega ega bo`lgan. Amir Temur hukmronligi davrida bu din vakillari Markaziy Osiyoda deyarli qolmagan bo`lsa-da, uning hukmronligi ostidagi boshqa hududlar, jumladan, hozirgi Pokiston, Eron, Hindiston erlarida zardushtiylikka e’tiqod qiluvchilarning soni anchagina salmoqqa ega edi. Jan-Pol Ru o`zining “Tamerlan” asarida ayrim G`arb olimlarining, Amir Temur diniy mutaassib hukmdor bo`lgan, degan qarashlariga qarshi o`z fikrlarni bayon etadi. Uning fikricha, Eronning Kir va Yazd shaharlari mazdakchilar, manixeylar (moniylikka e’tiqod qiluvchilar) hamda zardushtiylar yashaydigan asosiy markazlar bo`lib, Amir Temur bu shaharlarda qirg`inlar tashkil etmagan edi. Yazd shahri istilosi davrida Temur ushbu shaharning askarlar tomonidan talanishiga ruxsat bermagan. Buddaviylik dini ham mo`g`ullar istilosi va Amir Temur hukmronligi davrida boshqa dinlar bilan bir qatorda o`zining erkin taraqqiyotiga erishdi. Buning sababi shuki, dastlabki davrlarda mo`g`ul hukmdorlarining ko`pchiligi buddaviylikka e’tiqod qilardilar. Masalan, Elxoniylardan Xulaguxon, Abaqaxon va Arg`unxonlar xristian diniga e’tiqod qilgan ayollarga uylangan bo`lsalar-da, ularning o`zlari buddaviylik diniga e’tiqod qilishni lozim topganlar. Ko`rinib turibdiki, din masalasidagi nomuvofiqlik mo`g`ul hukmdorlarining oila qurishiga xalal beruvchi vosita hisoblanmas edi. Amir Temur qo`shinida ham buddaviylar mavjud bo`lganligini tarixiy manbalardagi ma’lumotlar tasdiqlaydi. Chunki, Amir Temur 20 qo`shinining asosini ham turk-mo`g`ul askarlari tashkil etardi. Zero, buddaviylikning ta’qiqlanishi ularning diniy jihatdan kamsitilishi hisoblanib, kamsitilgan qo`shinlar raqib tomonga o`tib ketishi, kuchsizlangan tomon esa engilishi tabiiy hol edi. Shu sababli ham Amir Temur o`z saltanatida diniy bag`rikenglik siyosatini yuritgan. Ibn Arabshoh Amir Temur qo`shinida butparastlarning ko`p bo`lganligi, ular bo`yniga but va sanamlarini osib yurishi, dam olish vaqtida ularga sig`inishi haqida yozib qoldirgan edi. Bu o`rinda Ibn Arabshohning buddaviy va xristianlarni nazarda tutganligini anglab olish qiyin emas. Xulosa qilib aytganda, mo`g`ullar hukmronligi va Amir Temur saltanati mavjud bo`lib turgan davrda e’tiqod qiluvchilarni soni ko`pchilikni tashkil etmagan bo`lsa-da, buddaviylik, zardushtiylik, yahudiylik va boshqa din vakillarining yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida o`ziga xos mavqega ega bo`lganliklari, Chingizxon boshlab bergan diniy bag`rikenglik siyosatini dastlab mo`g`ul hukmdorlari, so`ngra Amir Temur va temuriylar davom ettirganliklari hamda Amir Temurning diniy mutaassib hukmdor sifatida baholanishi tarixga noxolis baho berishdan boshqa narsa emasligini tarixiy manba va adabiyotlardagi fikrlar orqali isbotlash mumkin. Mo`g`ullar va temuriylar davrida ushbu dinlar erkin rivojlanish, e’tiqod vakillarini o`ziga jalb qilish imkoniga ega edi. Download 156.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling