Referat mavzu: amir temur va temuriylar davrida dinlararo muloqot


Download 156.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana14.10.2023
Hajmi156.25 Kb.
#1703703
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Dinshunoslik




O‘ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI 
“ISLOM IQTISODIYOTI VA MOLIYASI, 
ZIYORAT TURIZMI” KAFEDRASI 
“TURIZM (ZIYORAT TURIZMI)” YO‘NALISHI 
DINSHUNOSLIK” FANIDAN 
REFERAT 
MAVZU: AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR 
DAVRIDA DINLARARO MULOQOT 
Bajardi: 2-kurs talabasi K. F. Kanoliddinova. 
Tekshirdi: o‘qituvchi N. Turambetov. 
Toshkent – 2023



Reja:
1. 
Amir Temurning Islomga bog‘lanishi va shaxsiyati…………..3 
2. 
Amir Temur va Islomiy hukm…………………………………10 
3. 
Din-u shariat tuzuki. Dinlararo muloqot……………………...13
 
4. 
Xulosa……………………………………………………………21
 
5. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…………22
 
 



1. Amir Temurning Islomga bog‘lanishi va shaxsiyati. 
Sohibqiron Amir Temurning hayoti va faoliyatini to‘laligicha o‘rganish, tahlil 
qilish yurtimiz tarixidagi, eng muhim bosqichlardan birini o‘rganish va tahlil qilish 
demakdir. Chunki, Amir Temur yurtimizning asl farzandi o‘laroq eng katta shuhrat 
qozongan podshoh hisoblanadi. U qurgan davlat Movarounnahr yeridagi eng katta, 
eng quvvatli va markazlashgan hamda rivojlangan davlat hisoblanadi. Albatta, 
bunday shaxs va davlatning tajribasini o‘rganish foydadan holi bo‘lmaydi. O‘z-
o‘zidan «Amir Temurga qaysi omillarga suyangan holda bunday saltanat qurish 
nasib etdi, ekan?» degan savol paydo bo‘ladi. Ma’lumki, har qanday davlatning 
asosini hokim bilan mahkum, ya’ni, podshoh bilan fuqaro orasidagi aloqa tashkil 
qiladi. O‘z fuqarolarining mehru-muhabbatini qozongan, ularning hurmat va 
ezoziga sazovor bo‘lgan podshohgina muhtasham va har taraflama rivojlangan 
saltanat qurishi mumkin.
Albatta fuqarolarning mehru-muhabbatini faqat ularga zulm o‘tkazish, ularni 
doimiy qo‘rqinchda ushlab turish yoki askariy kuch hamda mirshabu jallodlar 
yordamida qozonib bo‘lmaydi. Bunga zamon va makonlardagi kishilar ittifoq 
qilganlar. Fuqarolarni rozi qiladigan podshoh bo‘lish uchun ularning ruhiy holatiga, 
dunyo qarashiga, e’tiqodiga, insonlarni, xususan hokimlarni baholashdagi 
qo‘yadigan talablariga javob bera oladigan shaxs bo‘lishi lozim. Sohibqiron Amir 
Temurning Movarounnahrdek qadimdan Islom yurti bo‘lib kelgan zaminda, uning 
o‘z dini bilan faxrlanib kelgan musulmon aholisi bilan hamkorlikda, o‘sha davrning 
tabiri bilan aytganda, yetti asosiy omillardan biri Islom omili edi, desak mubolag‘a 
bo‘lmas. Bu fikrni haqiqatga yaqin yoki undan yiroq ekanini bilish uchun Amir 
Temurning hayotida Islomning tutgan o‘rniga muxtasar nazar tashlab chiqaylik. 
Amir Temurni otasi mahalladagi boshlang‘ich madrasaga berganda u eng 
yosh talaba edi. Lekin, yoshligiga qaramay aql zakavoti va o‘tkir zehni bilan 
hammadan ajrab turar edi. U berilgan vazifalarni zudlik bilan yodlab olar, 
mudarrislar tomonidan berilgan savollarga hammadan ko‘ra puxtaroq va aqlliroq 
javoblar berar edi. Mudarrislar uning aqliga, o‘tkir zehniga qoyil qolishar edilar. 
Ular Temurning otasiga, o‘g‘lingiz bizda bor ilmni olib bo‘ldi, endi uni bizdan ko‘ra 



peshqadamroq ustozga bering, deb maslahat berishadi. Amir Temur juda yosh 
chog‘ida, uch yilda Qur’oni Karimni to‘liq va puxta yod oldi. U Allohning kitobini 
shu darajada yod oldiki, hozirgacha Amir Temur qilgan tajribani boshqa odam qila 
olgan emas. Amir Temur har bir surani avvalidan oxirigacha bexato o‘qiganidek, 
oxiridan avvaligacha ham, ya’ni teskarisiga ham bexato o‘qir edi. Bu ish hech kim 
tomonidan rag‘batlantirilmasa ham, Sohibqironning qanchalik puxta qori ekanini 
ko‘rsatib turuvchi dalildir. Qadimdan qorilar musulmonlar ommasi tomonidan 
qanchalik e’zozlanishi hammaga ma’lum. Endi o‘sha e’zozga sazovor qori, davlat 
boshlig‘i bo‘lsa, xalqning unga bo‘lgan hurmati qanchalik bo‘lishini bilib olaverish 
mumkin. 
Amir Temur faqat Qur’oni Karimni yodlabgina qolmay, balki uning 
ma’nosini ham juda yaxshi bilar, boshqa ilmlarni ham puxta egallagan edi. Ayniqsa, 
fiqh ilmida shuhrat qozongan edi. Bu esa, o‘z navbatida uning obro‘siga obro‘ 
qo‘shar, xalq ommasining u kishiga bo‘lgan izzat, ehtiromini yana ham orttirardi. 
Eng muhimi, Amir Temur og‘zida emas, haqiqatda, gapda emas, amalda chin 
musulmon edi. Uning o‘zi mustahkam islomiy aqiyda sohibi bo‘lishi bilan birga, 
boshqalarning ham bu aqiydaga putur yetkazishga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilardi. 
Amir Temur mashhur shoir Hofiz Sheroziyni ko‘pchilik ichida, ilmiy majlisda, ba’zi 
baytlarini o‘qib, aqiydaga zararli ekanini aytib, tanqid qilgani ma’lum va mashhur. 
Bu esa, Amir Temurga musulmon shaxs, olim sifatida vazifa bo‘lsa, podshoh 
sifatida ham vazifa, ham obro’ keltirar, xalq ommasining unga bo‘lgan muhabbati, 
ehtiromi va itoatini orttirar edi. 
Avval aytganimizdek, Sohibqiron og‘zida emas, amalda musulmon edi. U 
musulmon shaxs sifatida diniy takliflarni to‘liq ado etardi. Amir Temurning olim 
ekanini, diniy talablarini o‘z shaxsida amalga oshirishini uning ashaddiy 
dushmanlari va tanqidchilari ham tan oladilar. Ularning ta’kidlashlaricha, 
Sohibqiron vaqtida namozini o‘qib, ro‘zasini tutar, yolg‘on so‘zlamas, harom 
ichkilik ichmas, harom yurmas, ahdini buzmas edi. Amir Temur o‘z hayotining eng 
tanbanlik bilan o‘tgan davrida, ayshu ishratga berilgan, deb vasf qilingan paytida 
ham shariatga xilof ish qilmagan. Albatta, Islom dinining hukmlariga amal qilish ila 



Amir Temur, avvalo o‘zining bandalik burchini ado etar, Alloh taolo tomonidan 
shoh bo‘lsin, gado bo‘lsin har bir bandaga farz - vojib etilgan amrlarni bajarar edi. 
Shu bilan birga, bu islomiy sifatlar uning xalq o‘rtasida obro‘sini orttirar, hukmini 
mustahkamlashga omil bo‘lardi. Misol uchun namozni olib ko‘raylik. Musulmon 
jamiyatida benamoz amaldorlar musulmonlar ommasi tomonidan hech qanday izzat 
ehtirom topa olmagan. Ro‘za ham xuddi shunday. Ro‘za tutmaydigan shaxs 
musulmonlarning e’tiborini qozonishi mumkin bo‘lmagan. 
Yolg‘on gapirish esa, nafaqat musulmonlar, balki barcha boshqa xalqlarga 
ham yoqmagan. Yolg‘onchilik hamma zamonlarda, hamma makonlarda, hamma 
xalqlar tomonidan yomon ko‘rilgan sifatdir. Bu sifat o‘z sohibi shoh bo‘lsin, gado 
bo‘lsin obro‘sini tushirgan. Ayniqsa, el-yurt ichida martabaga, obro‘ga ega bo‘lgan 
kishilarning yolg‘on gapirishlari alohida noqulaylik tug‘dirgan. Yolg‘onchilik sifati, 
ayniqsa musulmonlar orasida, qattiq qoralangan.
Musulmonlar ichida «Yolg‘onchi - Xudoning dushmani», degan gap 
qadimdan bo‘lib kelgan. Yolg‘onchilik Sohibqiron yod olgan Allohning kalomi 
Qur’oni Karimda qayta-qayta tanqid qilingan. Payg‘ambarimiz tomonidan qattiq 
qoralangan. Shuning uchun ham Amir Temur musulmon shaxs sifatida yolg‘on 
gapirmagan. Bu unga gunohni chetlashda yordam berishi bilan, xalq ommasi ichida 
obro‘sini ortdirgan, do‘stu-dushmanning unga bo‘lgan e’tirofini kuchaytirgan. 
Harom ichkilik ichish va harom yurish, ya’ni zino ham shunga o‘xshash, 
hamma tomondan qoralanadi. Hatto, bu narsalar harom hisoblanmagan xalqlar 
ichida ham, davlat boshliqlarining bu ishlarga qo‘l urishi qattiq qoralagan. Shuning 
uchun ham mazkur ishlarni qilganlarning xalq o‘rtasida obro‘si to‘kilgan. Islom 
shariatning bu ikki ishni qat’iyan harom qilgani hammaga ma’lum va mashhur. 
Shundan kelib chiqib, qadimdan musulmonlar ichida mayxo‘r va zinokorlarga 
tahqirlash nazari bilan qaralgan. Ularga obro‘-e’tiborga emas, jazoga sazovor 
shaxslar sifatida munosabatda bo‘lingan. Ahdga vafo qilmaslik ham hech kimga, 
hech qachon obro‘ keltirmagan. Bu yomon sifat ayniqsa musulmonlar orasida, qattiq 
qoralanadi. Chunki, Qur’oni Karimning, Payg‘ambar sallollohu alayhi vasallam 
sunnati mutahharalarining hukmi shu. Albatta, harom ichimliklar ichmaslik, harom 



yurmaslik va ahdga vafo qilish sifatlari Amir Temurning o‘z fuqarolari oldida 
obro‘sini haddan ziyoda oshirar edi. Biz Sohibqironning ko‘pchilik tarixchilar 
tomonidan e’tirof qilingan ba’zi islomiy sifatlari haqida to‘xtaldik. Bu boshqalar 
qatori Amir Temurdagi yaxshilik sifatlar ham uning dini Islom tufayli ekanini 
ko‘rsatadi. Bu bilan biz Amir Temur aybsiz edi, uning shaxsiyati faqat barkamol 
sifatlardan iborat edi, demoqchi emasmiz. Lekin, u kishining do‘stu dushmanlari 
e’tirof qilgan sifatlarini Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallamning: «Vafot 
etganlaringizning yaxshi sifatlarini eslang», degan hadislariga amal qilib 
eslamoqdamiz. Shu bilan birga Sohibqironning hukmdagi muvaffaqiyatlarida ushbu 
sifatlar asosiy omil bo‘lganligini ta’kidlab o‘tmoqchimiz. Chunki shaxsiy sifatlar har 
bir narsada ta’sirli ekani hammamizga ma’lum. 
Amir Temur va uning jamiyatdagi islomiy aloqalari Sohibqiron Amir Temur 
Islomni faqat shaxs bilan Alloh orasidagi yashirin aloqa deb qaramagan. Balki, u 
Islom ijtimoiy aloqalarida hamma narsadan ustun turish lozim ekanligini yaxshi 
tushingan. Shuning uchun u kishi, o‘z yaqinlarini, fuqarolarini doimo Islomni 
o‘rganishga, unga amal qilishga chaqirar edi. Bu ma’noda Amir Temur o‘ziga 
yarasha, podshoh-davatchi edi. Sohibqironning farzandlariga, yaqin kishilariga 
Islom dinini tinmay o‘rganish, unga amal qilib yashash zarurligi haqidagi 
nasihatlarini tarixchilar ko‘plab keltiradilar. Shuningdek, u kishi o‘z amaldorlari, 
askarlari va fuqarolarini ham shunga da’vat qilar edi. Birgina misol keltiraylik. Bir 
kuni, sahroda harbiy mashq o‘tkazilayotganida qor yog‘ib qoladi. Mashqlarni 
to‘xtatishga to‘g‘ri keladi. Shunda, Amir Temur o‘z odamlarini chodirga to‘plab 
turib, kim Qur’oni Karimdan qor haqidagi oyatni topib bersa, bir miqdor oltin 
mukofot berishini e’lon qiladi. Odamlar chodirlarga tarqalib, kun bo‘yi Qur’on 
o‘qish bilan ovora bo‘ladilar. So‘ng Sohibqiron ularni qayta to‘playdi va Qur’oni 
Karimga alohida e’tibor ila yondashmaslikda tanqid qiladi. Qur’oni Karim issiq, qor 
yog‘maydigan o‘lkada nozil bo‘lgani uchun unda qor haqida oyat bo‘lishi mumkin 
emasligiga e’tibor bermaganlarini eslatadi. Ularni Qur’oni Karimga, Islom diniga 
ixlosini kuchaytirishga chaqiradi va turli diniy savollariga javob beradi. Amir 
Temurning jamiyatdagi islomiy aloqalari haqida gapirar ekanmiz, Islom dinida 



aynan shu aloqalarni rivoji uchun joriy qilingan jamoat va juma namozlariga bo‘lgan 
munosabatini aytib o‘tishimiz lozim. Sohibqiron doimo jamoat namozidan 
qolmaslikka harakat qilar edi. Xuddi shu maqsadda doimo o‘z yurishlarida ko‘chma 
masjid olib yurar edi. Qayerga borib tursalar, maxsus kishilar darhol o‘sha ko‘chma 
masjidni o‘rnatishar va hamma birga Amir Temur boshchiligida jamoat bilan namoz 
o‘qishar edilar. Sohibqiron o‘z safarlaridan birida Bishraveyh nomli shahar bilan 
tanishish uchun o‘sha yerning rahbari Husayn ibn Is’hoq bilan yurgan paytida 
namozga azon aytiladi. Husayn ibn Is’hoq borib jamoat bilan namoz o‘qib kelishga 
izn so‘raydi. Shunda Amir Temur men ham jamoat bilan namoz o‘qiyman, deb birga 
jo‘nadi. Boshqa bir joyga juma kuni boriladi. Juma namozi yaqinlashishiga qaramay 
odamlar ko‘rinmayotganini sezgan Sohibqiron taajjubga tushib, o‘sha yerning diniy 
rahnomasini olib kelishga amr qiladi. Salla kiygan bir kishini olib keladilar. Amir 
Temur undan, aholi qaysi dinga etiqod va amal qilishini so‘raydi. U odam 
musulmonchilikka, deb javob beradi. Amir Temur, «namoz o‘qiysizlarmi?», deb 
so‘raydi. U, «ha o‘qiymiz» deydi. Amir Temur, «bugun juma, ammo hech kim 
ko‘rinmaydi, nima, juma namozi o‘qimaysizlarmi?», deydi. Haligi odam «har kim 
o‘z uyida o‘qiydi», deb javob beradi. Shunda Sohibqiron gap nimada ekanligini 
tushunib yetadi-da, haligi odamni din orqali qorin to‘yg‘izishni odat qilib olganlikda 
ayblab, ancha koyiydi. Alloh juma namozini jamoat bilan o‘qishga amr qilganini 
aytib, Qur’oni Karimdan bu haqidagi oyatni o‘qib tushuntiradi va azon ayttirib, o‘zi 
odamlarga juma o‘qib beradi. Albatta, bunga o‘xshash ishlar va tasarruflar Jahongir 
sultonning obro‘, hurmatiga hurmat qo‘shar va musulmon xalqning ishonchini yana 
ham ko‘proq qozonishiga sabab bo‘lar edi. 
Amir Temurning jamiyat va fuqarolar bilan aloqasining asosiy qismi ulamolar 
orqali bo‘lar edi. U kishi ulamolarni haddan ziyod hurmatlar edi. Nomi ulamo bo‘lsa, 
o‘ziga yarasha taqdirlar edi. Bu borada amirning o‘zlari amal qilgan ahli sunna va 
jamoa mazhabi ulamolari bo‘lishi shart emas edi. Shiya, rofiziy mazhablari hatto 
nasroniy yoki boshqa dinlarning ulamolarini ham taqdirlar edi. U kishi Sultoniya 
nasoralari bosh rohibini o‘z huzuriga chorlab mehmon qilgani, rohib unga qattiq gap 
so‘zlar aytib ko‘pchilik orasida beodoblik qilsa ham hurmatini joyiga qo‘ygani 



ma’lum va mashhurdir. Amir Temur ulamolarni ziyoratini kanda qilmas, ularga 
saxiylik bilan mukofot va hadyalar berar edi. Qayerga borsa, mashhur va o‘zi 
kitobini o‘qigan ulamolarning vafot etganlari bo‘lsa, qabrini ham ziyorat qilar edi. 
Sohibqiron tomonidan ulamolarning ehtirom qilishining yana bir ko‘rinishi, urush 
bo‘lgan joylarda yashaydigan ulamolarning uyiga kirganlarga omonlik berar, ularga 
tegmas edi. Amir Temur olim kishi sifatida o‘z davridagi kitoblarni o‘qib va tahlil 
qilib borardi. Ana o‘sha o‘zi kitobini o‘qigan ulamolarni tirik bo‘lsalar ham, o‘lik 
bo‘lsalar ham hurmatlarini joyiga qo‘yardi. Bir vaqtlar shayx Muhammad 
Shabistoniyning kitobini o‘qigani uchun, aybdor bo‘lsalar ham uning yurtdoshlariga 
tegmadi va yurtini vayron qildirmadi.
Sohibqiron Firdavsiyning «Shohnoma»sini ham o‘qigan edi. Uning yurtiga 
borganda qarovsiz qolib ketgan qabrni izlab topib ziyorat qiladi. Buyuk jahongir 
Amir Temurning ulamolarga bo‘lgan bunday munosabatlari u kishi olim bo‘lgani 
uchun, zar qadrini zargar biladi, ma’nosidagi tasarrufigina emas edi. Musulmonlar 
ommasi ichida ulamolarning obro‘ e’tibori hammaga ma’lum. Oddiy musulmonlar 
hamma narsadan kechib bo‘lsa ham, ulamolarning hurmatini qiladi. Doimo ularning 
fatvosi va gapi ila ish ko‘radi. Shu ma’noda ulamolar e’tiborini qozongan hokim 
uchun xalqning izzat-ehtiromiga sazovor bo‘lish osondir. Amir Temur ana shu 
omildan unumli foydalanardi. Sohibqiron qayerga borsa, albatta o‘sha yerning 
ulamolarini to‘plab, ilmiy majlis o‘tkazardi. Ularga turli savollar berib, ilmiy 
saviyalarini sinab ko‘rar, dolzarb masalalarini muhokama qilar edi. Deyarli har bir 
majlisidan ulamolar Amir Temurning ilmiga, aql-zakovatiga, odobiga va 
ulamolarning ta’siri bor hamma joylarda Sohibqironning obro‘sini yanada oshishiga, 
o‘sha yerdagi xalqlarning u kishiga muhabbatini mustahkam bo‘lishiga olib kelar 
edi. Buyuk Jahongir, ulkan imperiya sohibi, katta olim Amir Temur kamtarin inson 
ham edi. U ilmiy muzokaralarda o‘zi bilmaydigan masala chiqib qolsa yoki fikrning 
noto‘g‘riligi ayon bo‘lsa, darhol qabul qilar, haq yo‘lni tanlar edi. Xurosonning 
Bishraveyh degan joyida namozga azon aytilganda odamlar kiyimlarini almashtirib, 
yaxshisini kiyib masjidga ketayotganini ko‘rib, bir do‘kondordan, «nima uchun 
bunday qilayapsizlar?», deb so‘raydi. Shunda u kishi: «Ey Amir, biz Allohning 



«A’rof»surasidagi (31-oyati)ga amal qilayapmiz», deydi. Sohibqiron imtihon 
qilmoqchi bo‘lib u kishidan oyatning ma’nosini so‘raydi. Do‘kondor oyat ma’nosini 
to‘g‘ri aytib beradi va Alloh ushbu oyatda, bizlarga «har masjid huzurida 
ziynatingizni oling», demoqda bu namozni go‘zal holatda o‘qing, degani, biz shunga 
binoan kiyimlarimizni almashtirmoqdamiz», deydi. Amir Temur, men hofizi Qur’on 
bo‘lsam ham, faqih bo‘lsam ham buni mulohaza qilmagan ekanman, endi 
qarorgohga borib kiyimlarimni almashtirib kelay, deydi. 
Amir Temur Damashqda o‘sha vaqtning mashhur ulamolariga taklif yuborib, 
katta yig‘ilish o‘tkazdi. Bu yig‘ilishda o‘sha davrning atoqli olimlaridan, Imodiddin 
Mag‘ribiy, Siroj Iskandariy, Bahouddin Halabiy, Ibn Xaldun, Nizomiddin Shomiy 
va Arabshoh kabilar qatnashadilar. Amir Temur yig‘ilish avvalida ulamolarni 
qutlab, ularning har biriga alohida savollar berib sinab ko‘radi. So‘ngra asosiy 
masalaga ko‘chib, Qur’oni Karim oyatlarini nozil bo‘lish tartibiga ko‘ra qayta yozib 
chiqishni taklif qiladi. Ulamolar bu masalani bir necha kun bahs qilishib, oxiri 
hozirgi tartibni o‘zgartirib bo‘lmaydi, degan qarorga kelishadi va buni oxirgi 
yig‘ilishda Amir Temurga yetkazishadi. Sohibqiron o‘z fikrini quvvatlab ulamolar 
bilan tortishadi. Keyin esa ulamolarning gaplaridan qoniqish hosil qilib, o‘z fikridan 
qaytadi va Qur’on oyatlari tartibi doimo o‘z holida qolajagini hammaga e’lon qiladi. 
Bunday tasarruflar albatta, Amir Temurning obro‘siga obro‘ qo‘shar, musulmonlar 
ommasining unga bo‘lgan muhabbatini ziyoda qilar edi. Shubhasizki, yuqorida zikr 
etilgan narsalar Amir Temurning davlatchilik borasidagi ulkan yutuqlariga asosiy 
omil bo‘lgandir. 

Download 156.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling