Referat Mavzu: «Analizatorlar. Teri analizatorlari. Ko’rish analizatori. Eshitish analizatori. Hid bilish, ta’m bilish analizatorlari.»


Download 392.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/14
Sana05.05.2023
Hajmi392.35 Kb.
#1429737
TuriReferat
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
analizatorlar.-teri-analizatorlari.-ko0rish-analizatori.-eshitish-analizatori.-hid-bilish-tam-bilish-analizatorlari

8-rasm. Hid bilish a'zos; 
A- buron shilliq pardasidagi hid bilish 
retseptorlari; B- hid bilish 
analizatorlarining qismlari: 1- hid bilish 
retseptorlari; 2- hid bilish nervi; 3- bosh 
miyada joylashgan hid bilish 
markazi. 
bu hidga o'rganib, unga e'tibor bermaydigan bo'lib qoladi. Hid bilish analizatori 
upaelik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona xodimlarida, oshpazlarda yaxshi 
rivojlangan bo'ladi. Burun shilliq pardasining tez-tez yallig'lanishi (tumov bo'lish) va 
uni o'z vaqtida davolatmaslik hid bilishning buzilishiga sabab bo'ladi. 
8. Ta'm bilish a'zosi (ta'm bilish analizatori) 


Ta'm bilish retseptorlari til so'rg'ichlarida, yumshoq tanglay va tomoq shilliq 
pardasida hamda tomoqdagi bodomsimon bezlarning ustki qavatida joylashgan. 
Ayniqsa, til uchida, uning yon va orqa qismida retseptorlar ko'p bo'ladi. Retseptorlar 
ovqat tarkibidagi kimyoviy moddalar ta'sirida qo'zg'aladi. Ularning qo'zg'alishi til-
halqum nerv tolalariga o'tib, ular orqali uzunchoq miyaga boradi. Undan oraliq 
miyadagi ko'rish do'mbog'i, so'ngra bosh miya yarim sharlari po'stlog'i chakka 
qismining yuqori sohasidagi ta'm bilish markaziga boradi. Bu markazda ta'sir analiz 
va sintez qilinib, uning tabiati ta'm sifatida aniqlanadi (9-rasm). 
Odam to'rt xil ta'mni: sho'r, nordon, shirin va achchiqni bilish qobiliyatiga ega. Til 
uchidagi retseptorlar shirinni, yon tomondagilari sho'r va nordonni, orqa qismidagi 
retseptorlar achchiqni sezadi. Oshpazlarda ta'm bilish analizatori yaxshi rivojlangan 
bo'ladi. 
9-rasm. Tildagi ta'm bilish 
retseptoriarining joylashishi 
Ichki a'zolaming sezuvchanlik xususiyati (ichki analizator) 
Ichki a'zolarda, ya'ni o'pka, yurak, oshqozon, ichak, jigar, taloq, buyrak, siydik pufagi 
hamda qon tomirlari devorida retseptorlar joylashgan bo'lib" ular vistseroretseptorlar 
deb ataladi. Bu retseptorlar mazkur a'zolarda sodir bo'ladigan mexanik, kimyoviy, 
harorat va bosim o'zgarishlari ta'sirida qo'zg'aladi.Qo'zg'alish sezuvchi nerv I.olalari 
(vegetativ nerv sistemasi) orqali orqa va bosh miyadagi nerv markazlariga boradi. 
Markazlardagi nerv hujayralarida analiz va sintez qilinib, ta'siming tabiati 
aniqlanadi. Buning natijasida mazkur tomirlar kengayib yoki torayib qon 
bosimining oshishi va pasayishi, ichki a'zolarning sezish va harakatlanish faoliyati 
amalga oshadi.Shuni alohida qayd qilish kerakki, vistseroretseptorlar boshqa sezgi 
a'zolari retseptorJaridan farq qilib, ularning hamma qo'zg'alishi odamga 
sezilavermaydi. Balki bu retseptorlarning ba'zilarining qo'zg'alishi.ni odam sezadi. 
Masalan, och qolish, chanqash, siydik, najas ajratishga taalluqli retseptorlar 
qo'zg'alishini odam sezadi va shunga ko'ra chora-tadbir ko'radi. Ammo ko'pchilik 
vistseroretseptorlarning qo'zg'alishini odamsezmaydi. Masalan, yurak, o'pka, taloq, 
jigar, buyrak kabi a'zolar hamda qon tomirlari devoridagi retseptorlarning 
qo'zg'algani va ularning ishi o'zgargani odamga ko'pineha bilinmaydi. Biroq ichki 
a'zolar kasallanganda ularda sodir bo'ladigan o'zgarishlar retseptorlarning kuchli 
qo'zg'alishi natijasida odamda kasallikning noxush belgilari seziladi. Masalan, 
kasallangan a'zo sohasida og'riq, achishish, ichaklarda gaz to'planishi tufayli qorin 
sohasida g'uldurash eshitilishi kabilar shular jumlasidandir. 

Download 392.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling