Referat mavzu: "Auditning xalqaro standartlari" reja: Xalqaro auditorlik standartlarining mohiyati


Auditorlar o’rtasidagi munosabatlar


Download 41.39 Kb.
bet11/11
Sana02.01.2022
Hajmi41.39 Kb.
#201398
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Xalqaro audit standartlari

Auditorlar o’rtasidagi munosabatlar. Auditorlar bir-birlariga nisbatan samimiy bo’lishi lozim. Hamkablari ustidan kasbiy mahorat bo’yicha tanqid qilishi mumkin emas.

Agar auditorlarning mijozi o’zaro almashsa, 1-auditor 2-auditorga yozma ravishda uning axborotini berishi lozim. Agar bir auditor 2-auditorga mijoz haqida axborot bermasa, u holda 2-auditor ijobiy javob olishga haqqi bor. Auditorlar boshqa auditorni yordamga chaqirsa, ular o’rtasidagi munosabat ish yuzasidan bo’lishi lozim.

11. Xodimlarning auditorlik tashkilotlari bilan munosabati. Auditorlik tashkiloti xodimlari auditorlik tashkiloti obro’sini ko’tarish va rivojlantirish bo’yicha harakat qilishi, boshqa xodimlar va rahbarlar bilan samimiy munosabatni qo’llab quvvatlashi lozim. Auditorlik tashkiloti professional faoliyat bo’yicha usullarni amalga joriy etish, o’zining xodimlari malakasi va bilimini oshirish bo’yicha doimo qayg’urish lozim.

Auditorlar doimo o’zining ishini sidqidildan bajarishi lozim. Auditorlarning o’z auditorlik firmalarini tez-tez o’zgartirib turishi axloq me’yorlariga zid holat hisoblanadi. Auditor auditorlik tashkilotini tark etayotganida auditorlik tashkilotiga tegishli barcha holatlarni to’liq hajmda va vijdonan topshirishi lozim.

12. Nashr qilinadigan axborot va reklama. Auditorlar haqidagi

ma’lumotni nashr qilish va auditorlik xizmatlarini reklama qilish ommaviy axborot vositalari, auditorlarning maxsus nashrlari va boshqalarda amalga oshirilishi mumkin. Auditorlik xizmatini reklama qilish to’g’ri, aniq va ishonchli bo’lishi lozim. Axloq kodeksiga zid bo’lgan quyidagi reklama va nashrlarga ruxsat berilmaydi:

– mijozlar to’g’risidagi maxfiy axborotni ochishi mumkini bo’lgan

ma’lumot;

– muayyan sohadagi biron-bir mutaxassisga asoslanmagan shikoyat.

13. Professional xizmatga aloqador bo’lmagan sohada auditorning harakati. Auditor auditorlik faoliyati davrida boshqa tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanmasligi lozim.

14. Xalqaro faoliyat. Axloqiy talablarni qo’llashda xalqaro amaliyotda bir qator vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. Auditor faqat bir davlatning kasbiy tashkiloti vakili hisoblanishi yoki o’zi xizmat ko’rsatayotgan davlatda kasbiy tashkilot vakili hisoblanishi holati har bir alohida vaziyatda ishni yuritish usuliga ta’sir etmasligi lozim.

Bir davlatda attestatsiyalangan auditor boshqa davlatda yashashi yoki xizmat ko’rsatishi maqsadida u erda vaqtincha bo’lishi mumkin. Har qanday holda ham auditor audit andozalari va axloqiy talablarga muvofiq ravishda kasbiy xizmatlar ko’rsatishi lozim. Agar auditor «A» davlatda xizmatlar ko’rsatsa va ushbu davlatning axloqiy talablari «V» davlatda qabul qilingan talablardan farqlansa, quyidagi qoidalar qo’llaniladi:

- xizmat taqdim etilayotgan «A» davlatning axloqiy talablari «V» davlat auditorlarining axloq kodeksida ko’zda tutilganlaridan ko’ra engilroq bo’lsa, bu holda «V» davlat auditorlarining axloq kodeksi qo’llanilishi lozim;

-xizmatlar taqdim etilayotgan «A» davlatning axloqiy talablari «V»

davlat auditorlarining axloq kodeksida ko’zda tutilganlaridan ko’ra qattiqroq bo’lsa, bu holda xizmatlar ko’rsatilayotgan «A» davlatdagi axloqiy talablar qo’llanilishi lozim.

-mamlakatning milliy (axloqiy) talablari mamlakat tashqarisida



xizmatlarni bajarishda majburiy hisoblansa va yuqorida bayon etilganlardan ko’ra qattiqroq bo’lsa, bu holda milliy talablar qo’llanilishi lozim.
Download 41.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling