Referat mavzu: Bajardi: serjant


O‘z navbatida xar bir boskich 3 ta davrga bo‘linadi


Download 0.87 Mb.
bet2/7
Sana25.04.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1398178
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
YURAK 2

O‘z navbatida xar bir boskich 3 ta davrga bo‘linadi.
I boskich – xayotni elementar ushlab turish tezkor oksigenatsiya o‘tkazishni o‘zida mujassamlashtiradi va kuyidagi davrlardan iborat:
A-airways (xavo) – nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligini tiklash.
V-breathing (nafas berish) – o‘pkani shoshilinch sun’iy nafas oldirish va oksigenatsiya.
S-circulation (aylanish) – kon aylanishni ushlab turish, ya’ni kon aylanishi to‘xtashini diagnostikasi va shok xolatidagi bemorni o‘ziga xos xolatda saklash, kon ketishni to‘xtatish va yurakni tashki massaj kilish yo‘li bilan sun’iy kon aylanishini xosil kilish.
II boskich – xayotni keyinchalik ushlab turish, ya’ni sun’iy kon aylanishni tiklash va to‘kimaga kislorodning adekvat transporti va gemodinamikani normallashtirgan xolda nafas olish va kon aylanish kursatkichlarini stabillashni o‘z ichiga oladi. U kuyidagi davrlardan iborat:
D-drugs (dori-darmon) – medikamentoz vositalar va suyukliklarni vena ichiga kiritish.
E-EKG – elektrokardiografiya.
F-fibrillation (fibrillyatsiya) – yurak korinchalari fibrillyatsiyasini yo‘kotish, odatda elektrik kontrshok yordamida amalga oshiriladi.
III boskich – xayotni davomli ushlab turish – miya faoliyatini tiklashga karatilgan postreanimatsion intensiv terapiyani o‘zida mujassamlashtiradi va kuyidagi davrlarni o‘z ichiga oladi:
J-jug – bemorning axvolini, ya’ni yurak to‘xtashining sababini aniklash va uni bartaraf etish xamda xayotini saklab kolish extimolligini baxolash.
H-hypothermia - miya faoliyatini tiklash maksadida yangi chora-tadbirlar yordamida normal fikrlashni tiklash.
I-intensiv therapia-postreanimatsion davrda boshka a’zo va tizimlarning faoliyatini tiklashga yo‘naltirilgan intensiv terapiya.
Endi xar bir boskich va davrlarni aloxida ko‘rib chikamiz:
I -boskich.
A-davr, nafas yo‘llarini nazorat kilish.
Nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligini tezkor usulda tiklash borgan sari zamonaviylashmokda. Nafas yo‘llarini tiklash chora-tadbirlari avvalambor xushsiz bo‘lgan bemorlarga mo‘ljallangan, kaysiki ularni davolash tezkor ketma-ketlikda obturatsiya bartaraf bo‘lguncha olib boriladi.
1963 yil koronar kafe-sindrom aniklangan: ovkat vaktida ko‘p gapiradigan kishilarda to‘satdan o‘lim «vnezapnaya smert» aniklangan, ularning ko‘pchiligining murdasini yorib ko‘rilganda yukori nafas yo‘llarini ovkat koldiklari bilan obstruksiyasi aniklangan. H. J. Heimlich ma’lumotlariga ko‘ra, uning usulidagi diafragmani keskin kranial siljishi, o‘rtacha o‘pka ichi bosimi 4,13 kPa ( 31 mm sim. ust.) ni xosil kiladi. Agar bu usul nafas chikarishning oxirida kilinsa, nafas yo‘llaridan ko‘shimcha 0,35 l, agar nafas chikarishning boshida bo‘lsa 0,94 l xavo, shuningdek yot jism,avtorning aytishicha, shampan idishidan kopkogi otilgandek chikadi.
I. S. Redding (1979) fikricha, bu usulning effektivligi bo‘rttirilgan va statistik jixatdan isbotlanmagan. Yot jismlarni barmok va asbob-uskunalar yordamida so‘rish yoki olib tashlashning effektivligi xam kam emas.
Nafas yo‘llari uchlik uslubi (boshni orkaga egish, ogizni ochish, pastki jagni oldinga siljitish). Yukori nafas yo‘llarini ko‘l bilan tozalash. Yot jism bilan obturatsiya bo‘lganda yelkadan urish, korinni kompressiyasi. Yukori nafas yo‘llarini so‘rgich - «otsos» yordamida tozalash. Xavo o‘tkazgichlar «vozduxovod» ni kirgizish. Kizilo‘ngach obturatori - xavo o‘tkazgichini kiritish. Traxeyani intubatsiya kilish. Intubatsiyani boshka usullar bilan almashtirish mumkin, ularga krikotirotomiya, xalkum orkali kislorodni injeksion insufflyatsiya kilish. Shuningdek shoshilinch xolatlarda yukori nafas yo‘llari-traxeotomiya, bronxoskopiya, bronxodilatatsiya va plevra bo‘shligini drenajlash kerak.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling