Referat mavzu: Bajardi
Download 1.55 Mb.
|
Referat-Markaziy-Qozog\'iston
- Bu sahifa navigatsiya:
- ___” kurs talabasi__________________________________ning “______________________________________________”fanidan REFERAT
- Nukus – 2023
- 1. Markaziy Qozog’iston provinsiyasi haqida ma’lumot
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI _______________________________________fakulteti ______________________________________________kafedrasi ___________________________________________yo’nalishining “___” kurs talabasi__________________________________ning “______________________________________________”fanidan REFERAT Mavzu:________________________________________________________ Bajardi: __________________________ Qabul qildi: __________________________ Nukus – 2023 Mavzu: Markaziy Qozog’iston provinsiyasi Reja: 1. Markaziy Qozog’iston provinsiyasi haqida ma’lumot 2. Markaziy Qozog’istonning ichki suvlari 3. Markaziy Qozog’istonning tabiiy-geografik okruglarga bo’linishi 1. Markaziy Qozog’iston provinsiyasi haqida ma’lumot Provinsiya Oʻrta Osiyoning shimolida joylashganligi va yer yuzasi tekislikdan iborat bo’lganligi uchun tabiatining oʻziga xos xususiyatlari bilan Turon, Jungoriya - Tyanshan provinsiyalaridan ajralib turadi. Provinsiya yoshi va kelib chiqishiga ko’ra har xil boʻlgan hududlarni – Mangʻishloq past tog’lari va platosini, Ustyurt platosini, Sirdaryoning allyuvial tekisliklarini, Orolbo’yi Qoraqumini, Irgiz-Chelkar va Toʻrgʻay supasimon qoldiq tekisliklarini, Markaziy Qozogʻistonning past togʻlarini o’z ichiga oladi. Bu o’lka hududi yilning sovuq davrida Sibir antisikloni ta’sirida bo’ladi. Shuning uchun bu yerda qish Turon provinsiyasiga qaraganda qish uzoq davom etib, qattiqroq bo’ladi. Yoz ancha qisqa va juda jazirama issiqlar bo’lmaydi. Provinsiya iqlimining oʻta kontinentalligi va quruqligi uning yer usti suvlarining shakllanishida ham namoyon boʻladi. Markaziy Qozogʻiston bir qancha aniq oqim havzalaridan iborat bo’lib, ularning shoʻrlanish rejimlari har xildir. Provinsiyaning eng yirik daryolari Toʻrgʻay, Irgiz, Sarisuv, Nura boʻlib, yer osti suvlari ancha boy. Provinsiya uchun o’ziga xos kenglik zonalari va ko’zga tashlanadigan balandlik mintaqalari mavjud: bular mo’tadil quruq va qurg’oqchil dasht, mo’tadil mintaqaning chala cho’l va cho’l zonalaridir. Provinsiya landshafti atrofidagi o’lkalarnikiga o’xshab ketadi. Xususan, sharqiy va janubi-sharqiy qismlari Sibir va Markaziy Osiyo landshaftlariga o’xshash, gʻarb va shimoli-g’arbida esa Rossiya tekisligining tabiiy sharoiti ta’sirida paydo bo’lgan landshaftlar ham mavjud. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling