Referat mavzu: Bajardi
Orolbo’yi qumli choʻllar okrugi
Download 1.55 Mb.
|
Referat-Markaziy-Qozog\'iston
Orolbo’yi qumli choʻllar okrugi. Orolbo’yi qumli choʻllar okrugi hududiga Katta va Kichik Bo’rsik hamda Orolbo’yi Qoraqumi kiradi. Orolbo’yi qumlari asosan choʻkindi jinslardan tashkil topgan, chunki ular uzoq vaqt suv ostida boʻlgan va yer yuzasi toʻrtlamchi davrda hosil boʻlgan qumlar bilan qoplangan.
Orolbo’yi Qoraqumi Orol dengizining shimoli-sharqida joylashgan boʻlib, janubda Sirdaryoning quyi oqimidan shimolda Chalqar-tengiz sho’rxokigacha choʻzilgan. Choʻlning oʻrtacha balandligi 100—200 m, Chalqar Tengiz shoʻrxoʻgi va Orolboʻyida 50—70 m. Yer yuzasi Qozogʻiston past togʻlari tomon ko’tarilib boradi. Orolbo’yi Qoraqumi qumli choʻl boʻlib, undagi qumlar asosan qadimgi allyuvial yotqiziqlardan hosil boʻlgan, hozirda bu qumlar mustahkamlangan, do’ng qumlarga aylangan. Cho’lda grunt suvlarining ko‘pligi va pastqam yerlarda quduq o’tqazish oson bo’lganligi uchun chorvachilik uchun yaxshi imkoniyatlar mavjud. Orolbo’yi Qarakumi g’arbda bir-biriga, yondosh ravishda Katta va Kichik Bo’rsiq qumlari meridional yoʻnalishda joylashgan. Ular Orol dengiziga tushib ketgan, o’rtacha balandligi 100-200 m. Relyefining asosiy shakllari qumtepalari, barxanlar va qoldiq tepalaridan iborat. Qoldiq tepalar meridian bo’ylab yo’naltirilgan, bir-biridan botiqlar bilan ajralgan. Sharqda yer yuzasi to’lqinsimon tekisliklar joylashgan. Yer yuzasi Orolbo’yi tomon asta-sekin pasayib boradi. Okrug iqlimi asosan Sibir antisiklonining shimoliy va g’arbiy tarmog’idan kelayotgan sovuq havo massalari ta’sirida shakllangan. Qishda sovuq, yanvarning oʻrtacha harorati shimolda -15°S, janubda -10°S. Bahor juda qisqa, ba’zan qishdan issiq yozga to’satdan o’zgaradi. Iyulning oʻrtacha harorati 25—26°. Yillik yogʻin asosan qish va bahorda tushadi. Yog’ingarchilik 100-150 mm, Doimiy oqar suvlari yo’q, vaqtincha oqar suvlar uchrab turadi. Er osti suvlari ko’p, chuchuk, ichishga yaroqli, grunt suvlari hamma joyda yer yuzasiga yaqin (2-15 m). Shimoliy qismidagi qumloqlarda och tusli sho’rxok kashtan tuproqlar, qoldiq qirlarda sho’rxok qo’ng’ir tuproqlar, pastqam joylarda shoʻr tuproqlar tarqalgan. Qumli joylarda oq shuvoq, qum shuvog’i, chalov, Sibir omliknotlari bor. Oʻlkaning markaziy qismida qumloqlarda boyalichlar, juzg’unlar, janubida saksovullar oʻsadi. Adirli choʻllarda qamishzor, shoʻr poʻstlogʻi, sarsaazan, shoqiloq koʻkpek shoʻr botqoqlarda tarqalgan. Bu hududning o’ziga xos o’simliklari – Burgan, oq shuvoq, ayg’irqiyoq o’simliklaridir. Ular Qizilqum va Qoraqumda uchramaydi. Bu yerlardan yaylov sifatida foydalaniladi [2]. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling