Referat mavzu: Bajardi
Markaziy Qozog'iston okruglari
Download 1.55 Mb.
|
Referat-Markaziy-Qozog\'iston
Qozog’iston past tog’lari okrugi. Qozog’iston past tog’lari okrugi provintsiyaning sharqida bolib, unga Qozog’iston past tog’lari kiradi. U G’arbiy Sibir bilan Balxash ko’li o’rtasidagi burma, peneplenlashgan tog’li o’lka. Sharqda Oltoyga va Torbog’atoy tizmasiga, g’arbda esa To’rg’ay supasimon o’lkasiga borib taqaladi. Qozog’iston past tog’lari Balxash ko’li va Orol dengizi havzalari bilan Irtish daryosi havzasi orasidagi suv ayirg’ich balandlik bo’lib, shimol, g’arb va janub tomonga pasayib boradi va asta - sekin pasttekisliklarga qo’shilib ketadi. Bu tog’larning janubiy chekkasi Balxash ko’lidan ancha tik ko’tarilgan qoyali baland qirg’oqlar bilan tugaydi. Qozog’iston burmali tog’lari g’arbdan sharqqa deyarli 1500 km. ga, shimoldan janubga okrug g’arbida 950 km. ga, sharqida esa 350 - 400 km. ga cho’zilgan bo’lib, maydoni 700 ming km2 ni tashkil etadi. Asosiy qismi 400 - 1000 m mutlaq balanlikka ega. Relefi esa sidirg’a tekis bo’lmay, o’r-qirlardan va qoldiq massiv tog’lardan iborat. Bular Qozog’iston past tog’larining markaziy qismida ko’proq kenglik bo’ylab cho’zilgan Karqarali (1403 m), Kent (1469), Qizilray (1559) kabi massivlari va Ulug’toq (1135), Chingiztog’ (1305) va Kokchaqatoq (887 m) kabi alohida ko’tarilgan tog’lardir. Qozog’iston past tog’lari yemirilib, tekislanib ketgan, tepalari uncha baland emas. Ularning nisbiy balandligi bir necha metrdan bir necha o’nlab metrga yetadi xolos. Tog’lar asosan gumbazsimon yoki cho’ziq shaklda. Tog’lar orasida kichik - kichik pastliklar va berk botiqlar bor, ular tubida ko’pincha sho’r va sayoz ko’llar, sho’rxoklar, onda - sonda keng tekisliklar ham uchraydi. Bunday pastliklar qo’shilishidan merdian bo’ylab 400 - 500 km. gacha cho’zilgan keng va yassi vodiylar vujudga kelgan [2]. Qozog’iston past tog’lari Ural - Sibir platformasining qalqoni qisoblanadi. U o’rta proterozoy va quyi paleozoyda g’oyat ulkan Ural - Tyanshan geosinklinal oblastining bir qismi bo’lgan. Kaledon burmalanishi natijasida past tog’larning g’arbiy qismi palaxsali tog’lar o’rtasida ko’tarilgan. Qolgan sharqiy qismi esa yuqori paleozoyning gertsin burmalanishida ko’tarilgan. Alp orogenezida esa qaytadan biroz ko’tarilib, hozirgi relef shaklini olgan. Qozog’iston past tog’lari okrugining iqlimi qurqoqchil, juda kontinental, qish sovuq yanvarning o’rtacha harorati shimolida - 19°, janubida-11°, yoz issiq-iyulning o’rtacha harorati shimolida +22°, janubida + 26°, eng yuqori harorat +42+44 ga etadi, eng past harorat esa - 45, -49° gacha boradi. Sovuq bolmaydigan davr shimolida 120, janubida 160 kun davom etadi. Yillik yog’in miqdori hamma yerida bir xil emas. Shimolida 400 - 300 mm, o’rta qismida 150 mm, janubida 100 mm dir. Yalpi quyosh radiatsiyasi 110-140 k sm2, quyosh nur sochib turadigan vaqt 2000 - 3000 soatni tashkil etadi. Iqlimi quruq va yog’in miqdori kam bolganligi sababli daryolari kam. Ular asosan qor suvlaridan to’yinadi, shuning uchun qor eriganda to’lib oqadi, boshqa paytlarda ko’lmaklarga aylanib qoladi [4]. Ko’pgina daryolar o’z suvlarini turg’un ko’llarga quyadi. Qishda barcha daryolar muzlaydi. Ko’llar ko’p, lekin ularning soni shimoldan janubga keskin kamayib boradi, ko’lning ko’pchiligi oqmas, sho’r ko’llardir. Ulardan eng kattasi Tengiz ko’lidir. Barcha ko’llar qishda muzlaydi. Eng katta koʻl - Balxash ko’li, maydoni 17-19 ming km², uzunligi 605 km, eng keng qismi 74 km, oʻrtacha chuqurligi 6 m, eng chuqur qismi 26,5 m tektonik botiqda joylashgan, qirg’oqlari egri-bugri, shinoliy qirg’og’i baland, janubiy qirg’og’i past, gʻarbiy qismi keng va sayoz. Ili daryosi chuchuk suv keltirgani uchun suvi chuchukroq. Sharqiy qismi cho’ziq va suvi sho’r. Ko’lning sathi bahorda biroz ko’tariladi. Qozogʻistonning past togʻlarida tuproq va oʻsimlik qoplami kenglik bo’yicha shimoldan janubga qarab almashinadi. Okrug hududi katta bo’lganidan bu erda quruq dasht, chala chol, kenglik landshaft zonalari bor. Past tog’liklar, ayniqsa okrugning markaziy qismida kenglik landshaft zonalarini biroz o’zgartirgan, ularda balandlik mintaqalari yaqqol ko’rinadi. Okrugning shimolini egallagan quruq dashtda qora, (chirindisi 6 - 7%) to’q tusli kashtan (3-5 %) tuproqlari chalov, betaga, shuvoq keng tarqalgan, lekin tog’ yon bag’irlarida qora tuproqlar va chalov, betaga, shuvoq keng tarqalgan. Namlanish koeffitsenti (NK) 0,8-0,4. Yillik yoqin 450-350 mm. Chala cho’llar och tusli kashtan tuproqlari (2-3%) va betaga shuvoqzorlari bilan ajralib turadi. Lekin janubida qong’ir va sur qo’ng’ir tuproqlar paydo boladi. Provinsiyaning katta hududi tufayli bu erda quruq dasht mavjud. Provinsiyaning landshaft zonalari mavjud. Pastki tog’lar, ayniqsa markaziy qism, kenglikdagi landshaft zonalarini biroz o’zgartirdi, ularda baland tog’li hududlar aniq ko’rinadi [1]. Qozogʻistonning past togʻlari foydali qazilmalarga, ayniqsa rudalarga juda boy. Oʻtgan asrning oʻrtalarida Qaragʻanda koʻmir va mis konlari ochildi. Qaragʻanda, Ekibastuz, Maykuben koʻmir havzalari, Arkalik va Maybaralik boksit konlari, Jezqazgʻon, Qoʻngʻirot va Sayoq mis konlari. Otasuv va Korsakboy temir konlari, Judi va Oqsuv marganets konlari uzoq vaqtdan beri ishlab chiqargan. Qozogʻistonning past togʻlarida polimetall rudalari, volfram, molibden, oltin, kumush, qoʻrgʻoshin konlari topilgan. Bu okrug ham maysaga boy, shuning uchun bu yerda yaylov yaxshi rivojlangan. Sugʻoriladigan oʻtloqlarning hosildorligi gektariga 15-30 sentnerga, tabiiy dasht yaylovlarida 8-10 sentnerga, oʻrtacha hosildorligi 3-6 sentnerga yetadi. Okrugda suv resurslarining etishmasligi boshqa tabiiy resurslardan foydalanishni cheklaydi. Nura daryosida (Temirtov yaqinida) sanoat ob’ektlari va qishloq xo’jaligini suv bilan ta’minlash uchun. Ishimda (Ostona tepasida), Sarisuvada suv omborlari qurilgan. Provinsiyaning kata gidrotexnik inshootlaridan biri Irtish-Qarag’anda kanalidir. Uning uzunligi 458 km. Pavlodardan 30 km janubda Irtishning chap qirgʻogʻidan boshlanib, Qaragʻanda sanoat markaziga boradi. 1971-yilda qurib bitkazilgan ushbu kanalda bir nechta suv omborlari qurilgan. Kanal suvlaridan sanoat va sugʻorma dehqonchilikda foydalaniladi. Gidrotexnika inshootlarining qurilishi, togʻ-kon sanoatining rivojlanishi, yerlarning oʻzlashtirilishi mintaqaning koʻpgina joylarida tabiiy landshaftlarning antropogen landshaftlar bilan almashinishiga olib keladi. Irtish-Qarag’anda suvning oqishi natijasida botqoqlarga aylandi [2]. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling