Referat mavzu: Bank aktivlari bilan bog’liq risklar tahlili va ularni boshqarish tahlili
Download 177.27 Kb.
|
on referat aktivlar riski
- Bu sahifa navigatsiya:
- II daraja. 20% risk
- III daraja. 50%
I daraja. 0% risk darajasiga ega boʻlgan aktivlarga, yaʻni risksiz aktivlarga quyidagilar kiradi:
1) tijorat bankining kassalaridagi naqd pullar; 2) bankning Markaziy bankdagi «Nostro» vakillik hisob raqamidagi pul mablagʻlari; 3) Markaziy bankda qayta hisobga olinadigan trattalar; 4) tijorat banki tomonidan hukumatning 90 kungacha muddatga chiqarilgan qimmatli qogʻozlariga qilingan investitsiyalar (Oʻzbekiston Respublikasida tijorat banklari tomonidan hukumatning qimmatli qogʻozlariga qilingan investitsiyalar, ularning muddatidan qatʻi nazar, risksiz aktiv hisoblanadi); 5) hukumat va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga toʻgʻridan-toʻgʻri talablar va bu emitentlar tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar; 6) Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga (IHTT) kiruvchi mamlakatlar hukumatlari va markaziy banklari tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar, shuningdek, bu mamlakatlar hukumatlari va markaziy banklariga qoʻyiladigan boshqa talablar; 7) aktivlar yoki ularning IHTTga kiruvchi mamlakatlar milliy valyutalariga denominasiya qilinib, naqd pul bilan taʻminlangan hamda bankda alohida cheklab qoʻyilgan depozit hisobraqamda saqlanayotgan qismi. II daraja. 20% risk darajasiga ega boʻlgan aktivlar tarkibiga quyidagilar kiradi: – tijorat bankining boshqa banklardagi «Nostro» vakillik hisobraqamlaridagi pul mablagʻlari; – hukumatning 90 kundan ortiq muddatga chiqarilgan qimmatli qogʻozlariga qilingan investitsiyalar; – flout (inkassasiya jarayonidagi pul mablagʻlari); – IHTT mamlakatlarida roʻyxatdan oʻtgan banklar va boshqa depozitar institutlarning kreditlari, kafolatlari bilan taʻminlangan kreditlar va boshqa aktivlar yoki ularning qismi; – bankning xalqaro kredit tashkilotlariga bergan kreditlari va boshqa talablari, shuningdek, ushbu tashkilotlarning qimmatli qogʻozlari bilan taʻminlangan talablar. III daraja. 50% risk darajasiga ega boʻlgan aktivlarga quyidagilar kiradi: – ipoteka kreditlari; – IHTT davlatlarida roʻyxatga olingan depozitar institutlarga nisbatan talablar, shu jumladan, qarzlar va pul bozori vositalari; – IHTT davlatlarida roʻyxatga olingan depozitar institutlarning kreditlari bilan taʻminlangan boshqa barcha aktivlar; – bankning IHTT davlatlari mahalliy hokimiyat organlariga nisbatan talablari, shuningdek, ular tomonidan kafolatlangan bank aktivlari. Bu talablar va kafolatlar boʻyicha toʻlovlar alohida loyihalar boʻyicha tushumlardan emas, balki yuqorida koʻrsatilgan tashkilotlar budjeti hisobidan amalga oshiriladi. – bankning xalqaro kredit tashkilotlariga nisbatan talablari, shuningdek, bu tashkilotlar tomonidan kafolatlangan bank aktivlari; – joriy bozor qiymatida baholangan va xalqaro kredit tashkilotlari tomonidan muomalaga chiqarilgan qimmatli qogʻozlar bilan taʻminlangan aktivlar va ularning qismlari; – bankning IHTTga aʻzo boʻlmagan mamlakatlarning milliy valyutalariga denominatsiya qilingan va milliy valyutadagi majburiyatlar bilan qoplangan, IHTTga aʻzo boʻlmagan davlatlar Markaziy hukumatlari va markaziy banklariga nisbatan talablari. IV daraja. Tijorat banklarining 100% risk darajasiga ega boʻlgan aktivlariga quyidagilar kiradi: – korporativ qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar; – mijozlarga berilgan kreditlar; – asosiy vositalar; – boshqa aktivlar. Quyidagi balansdan tashqari aktivlar yuqori riskli, yaʻni risk darajasi 100 foizga teng boʻlgan aktivlar hisoblanadi: – bank tomonidan mijozlarning foydasiga ochilgan taʻminlanmagan akkreditivlar; – bank tomonidan berilgan kafolatlar; – forvard transaksiyalari; – bank tomonidan berilgan opsionlar va fyucherslar. Download 177.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling