Referat mavzu: Bank aktivlari bilan bog’liq risklar tahlili va ularni boshqarish tahlili


Download 177.27 Kb.
bet3/10
Sana28.10.2023
Hajmi177.27 Kb.
#1730793
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
on referat aktivlar riski

Bazel-1 tizimiga binoan risk darajasini oʻlchash standart koeffisientlari aktivlarning keng toifalariga, chunonchi: davlat (suveren), bank va korporativ aktivlarga beriladi. Masalan, korporativ riskni qoplash uchun qarz oluvchining kredit sifatidan qatʻi nazar kapitalga 8% (yaʻni, riskni oʻlchash koeffisientining 100% degan holda) miqdorida ajratmalar (zahira) qilish nazarda tutiladi.
Bazel-II standartiga koʻra 150% risk darajasiga ega boʻlgan aktivlar paydo boʻldi:
sud jarayonidagi aktivlar;
– bankning balansiga olingan, ammo 2 yil ichida sotilmagan aktivlar;
– VV - dan (toʻlov qobiliyati past boʻlgan daraja) past reyting darajasiga ega boʻlgan mijozlarga berilgan kreditlar.
Tijorat banklari aktivlari va majburiyatlari muddatiga koʻra quyidagicha turkumlanadi: 1) Muddatsiz;
2) 1 kundan 30 kungacha muddatdagi;
Tijorat banklari aktivlarining risk darajalariga koʻra turkumlanishi Bazel standartida xalqaro bank amaliyotida birinchi boʻlib, tijorat banklarining aktivlari toʻrt risk darajasi boʻyicha riskka tortildi.
0% risk darajasiga ega boʻlgan aktivlarga, yaʻni risksiz aktivlarga quyidagilar kiradi:
- tijorat bankining kassalaridagi naqd pullar;
- bankning Markaziy bankdagi «Nostro» vakillik hisobraqamidagi pul mablagʻlari;
- Markaziy bankda qayta hisobga olinadigan trattalar;
- Tijorat banki tomonidan hukumatning 90 kungacha muddatga chiqarilgan qimmatli qogʻozlariga qilingan investitsiyalar (Oʻzbekiston Respublikasida tijorat banklari tomonidan hukumatning qimmatli qogʻozlariga qilingan investitsiyalar, ularning muddatidan qatʻi nazar, risksiz aktiv hisoblanadi);
- Hukumat va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga toʻgʻridan toʻgʻri talablar va bu emitentlar tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar;
- Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga (IHTT) kiruvchi mamlakatlar hukumatlari va markaziy banklari tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar, shuningdek, bu mamlakatlar hukumatlari va markaziy banklariga qoʻyiladigan boshqa talablar;
- Aktivlar yoki ularning IHTTga kiruvchi mamlakatlar milliy valyutalariga denominatsiya qilinib, naqd pul bilan taʻminlangan hamda bankda alohida cheklab qoʻyilgan depozit hisobraqamda saqlanayotgan qismi

Download 177.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling