Referat mavzu: Bank aktivlari bilan bog’liq risklar tahlili va ularni boshqarish tahlili


Tijorat banklarining 100% risk darajasiga ega boʻlgan aktivlariga quyidagilar kiradi


Download 177.27 Kb.
bet5/10
Sana28.10.2023
Hajmi177.27 Kb.
#1730793
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
on referat aktivlar riski

Tijorat banklarining 100% risk darajasiga ega boʻlgan aktivlariga quyidagilar kiradi:
- Korporativ qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar;
- Mijozlarga berilgan kreditlar;
- Asosiy vositalar;
- Boshqa aktivlar. Quyidagi balansdan tashqari aktivlar yuqori riskli, yaʻni risk darajasi 100 foizga teng boʻlgan aktivlar hisoblanadi:
- Bank tomonidan mijozlarning foydasiga ochilgan taʻminlanmagan akkreditivlar;
- Bank tomonidan berilgan kafolatlar;
- Forvard transaktsiyalari;
- Bank tomonidan berilgan opsionlar va fyucherslar.
Bazel-1 tizimiga binoan risk darajasini oʻlchash standart koeffitsiyentlari aktivlarning keng toifalariga, chunonchi: davlat (suveren), bank va korporativ aktivlarga beriladi. Masalan, korporativ riskni qoplash uchun qarz oluvchining kredit sifatidan qatʻi nazar kapitalga 8% (yaʻni, riskni oʻlchash koeffitsiyentining 100% boʻlgan holda) miqdorida ajratmalar qilish nazarda tutiladi.


  1. Aktivlar risklarini boshqarish tahlili.

Tijorat banklari riskli aktivlarini boshqarish usullari. Tijorat banklari riskli aktivlari ichida asosiy oʻrinni kreditlar egallaydi. Shu sababli, kredit portfelini boshqarish riskli aktivlarni boshqarish tizimida muhim, oʻziga xos oʻrin egallaydi. Tijorat bankining kredit portfeli – bu bank tomonidan berilgan va hali qaytarilmagan barcha kreditlarning yigʻindisidir.
Kredit portfeliga muddati oʻtgan kreditlar ham, sharti qayta koʻrib chiqilgan kreditlar ham, sud jarayonidagi kreditlar ham kiradi.
Kredit portfelining sifat koʻrsatkichlari:

  1. Muddati oʻtgan kreditlarning normal darajasi:

(Muddati oʻtgan kreditlar: Brutto kreditlar) x100%
Agar ushbu koʻrsatkichning darajasi 3 foizdan oshmasa, u holda kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlikning darajasi normal hisoblanadi.

  1. Muddati oʻtgan kreditlarning yoʻl qoʻyish mumkin boʻlgan chegaraviy darajasi: (Muddati oʻtgan kreditlar:

Brutto kreditlar)x100%
Ushbu koʻrsatkichning meʻyoriy darajasi 5 foizni tashkil etadi. Agar bu koʻrsatkich 5 foizdan oshsa, bank kredit portfelining sifati qoniqarsiz deb hisoblanadi. Shu sababli, Germaniya va Fransiya banklarida ushbu koʻrsatkich 5 foizga yetishi bilan uning 2,0-2,5% bankning balansidan oʻchiriladi.

  1. Kreditlardan koʻrilgan zararlarni qoplashga moʻljallangan zahira ajratmalari darajasi:

(ZAS : BAOʻS) x 100%
Bu yerda: ZAS – zahira ajratmalari summasi BAOʻS – bank aktivlarining oʻrtacha summasi Ushbu koʻrsatkichning yuqori meʻyoriy darajasi 1,0 foizni tashkil etadi.

  1. 1 soʻmlik kredit qoʻyilmasiga toʻgʻri keladigan daromad darajasi:

(KOFDS : KQS) x 100%
Bu yerda: KOFDS – kreditlardan olingan foizli daromadlar summasi KQS – kredit qo‘yilmalari summasi. Xalqaro bank amaliyotida tijorat banklarining kredit emissiyasi darajasini baholashda kreditlarning yalpi ichki mahsulotga nisbatan darajasi koʻrsatkichidan keng foydalaniladi.
Shu oʻrinda qayd etish joizki, 2009-yilning sentabr oyidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining majburiy zahira stavkalarini tabaqalashtirilishi tijorat banklarining kreditlash salohiyatini oshirishda muhim rol oʻynadi. Ta‘kidlash joizki, respublikamiz tijorat banklarining kapitallashish darajasining oshib borayotganligi, depozitlari miqdorining koʻpayayotganligi ular tomonidan berilayotgan kreditlar hajmining oshirishga imkon bermoqda. Quyida tijorat banklar aktivlaridan biri bank tizimining kapital nonandligi borasida so`z yuritamiz.

Download 177.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling