Referat mavzu: Biznesni tashkil etish Reja: Biznesni tashkil etish tartibi
Biznes faoliyati faoliyatini nazorat qilish tartibi
Download 226 Kb.
|
Referat mavzu Biznesni tashkil etish Reja Biznesni tashkil eti
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. Biznesni davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab quvvatlash.
Biznes faoliyati faoliyatini nazorat qilish tartibi.
Biznes faoliyatining moliyaviy-xo‘jalik faoliyati mulkdorning tashabbusi bilan va bir yilda ko‘pi bilan bir marta taftish kilinishi mumkin. Me’yoriy (qonun) xujjatlari bilan Biznes faoliyatilar faoliyatining ayrim jixatlarini tekshirish vazifasi yuklangan solik va boshqa davlat idoralari bunday tekshiruvlarni zarurat tug‘ilganida va kat’iyan uz vakolatlari doirasida amalga oshirishlari mumkin. Biznes faoliyati uz navbatida, ana shu idoralarning vakolatiga kirmaydigan masalalar yuzasidan mazkur idoralarning talablarini bajarmaslikka va nazorat soxasiga kirmagan materiallar bilan ularni tanishtirmaslikka haqlidirlar. Barcha turdagi tekshiruvlar va taftishlar Biznes faoliyatining normal faoliyat yuritishlariga, ishlashlariga xalakit bermasligi kerak. Taftishlar va tekshiruvlarning natijalari uz vaqtida Biznes faoliyatiga xabar qilinadi. III. Biznesni davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab quvvatlash. Davlat kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari xamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishini kafolatlaydi, erkin raqobat uchun shart-sharoit yaratadi, moddiy, moliyaviy, mexnatga oid va boshqa resurslardan foydalanishda teng imkoniyatlarni ta’minlaydi. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining kichik va xususiy tadbirkorlik masalalariga oid, hamma uchun majburiy bo‘lgan normativ xujjatlari tegishlicha Adliya vazirligida, uning mahalliy organlarida xuquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi, davlat ro‘yxatiga olinishi zarur, bu xujjatlar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. Kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatining xizmat yoki tijorat siri bo‘lgan axborotlarning himoya qilinishi kafolatlanadi. Davlat organlari va boshqa organlarning, ulardagi mansabdor shaxslar va xodimlarning, me’yoriy xujjatlarida nazarda tutilgan xollarni istisno etganda, kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi. Davlat organlari yoki boshqa organlarning hamda ulardagi mansabdor shaxslarning kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini buzuvchi hatti harakatlari(qarorlari) ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi ham mumkin. SHuni ta’kidlash lozimki, davlat organlari yoki boshqa organlarning yoxud ulardagi mansabdor shaxslarning hatti-harakatlari (qarorlari) tufayli kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektiga etkazilgan zarar, boy berilgan foydani qo‘shgan xolda, shu organlar tomonidan qonuniy ravishda qoplanadi. Zararni qoplash to‘g‘risidagi nizolarni fakat sud organlari tomonidan belgilangan tartibda hal etiladi. Davlat tomonidan kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining mol-mulki olib qo‘yilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun xujjatlarida belgilangan hollar va tartibda olib qo‘yish bundan mustasnodir. Kichik va xususiy tadbirkorlikni shakllantirish, rivojlantirish jarayonlarini tartibga solish va rag‘batlantirish davlat tomonidan normativ-xuquqiy negizni takomillashtirish, infrastrukturani shakllantirish hamda kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati uchun shart-sharoit yaratish asosida iqtisodiy ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu borada mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida: Download 226 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling