Referat mavzu: Biznesni tashkil etish Reja: Biznesni tashkil etish tartibi
Tadbirkorlik, biznes faoliyatilarini barpo etish va uni ro‘yxatdan o‘tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi
Download 226 Kb.
|
Referat mavzu Biznesni tashkil etish Reja Biznesni tashkil eti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biznes faoliyati tegishli mahalliy hokimiyat va boshqaruv idorasiga zarur xujjatlar ilova qilinib ariza topshirilgan paytdan boshlab o‘zog‘i bilan 30 kunda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi;
Tadbirkorlik, biznes faoliyatilarini barpo etish va uni ro‘yxatdan o‘tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Biznes faoliyatini barpo etishning umumiy shart-sharoitlari: a)biznes faoliyati mol-mulk egasi yoki u vakil qilgan idora, tashkilot qaroriga muvofiq, yo bo‘lmasa ta’sis etuvchilar guruhi va ayrim ta’sis etuvchi shaxslar qarori bilan ushbu hamda O‘zbekiston Respublikasi boshqa qonun xujjatlarida kuzda tutilgan tartibda barpo etiladi; b)biznesda ishlab turgan biznes faoliyatilar tarkibidan bitta yoki bir nechta tarkibiy bo‘linmaning shu bo‘linma mexnat jamoasi tashabbusi bilan ajralib chiqishi natijasida, agar bunday ajralib chiqish uchun biznes faoliyati mol-mulk egasining (u vakil qilgan idora, biznes faoliyati va tashkilotning) roziligi bo‘lsa va biznes faoliyati ilgari o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarning bajarilishi ta’minlansa tuziladi; v) biznes faoliyatini barpo etish va uning faoliyati uchun er uchastkasi, boshqa tabiat resurslari talab qilinadigan xollarda ulardan foydalanishga ruxsatnomani hokimiyat idorasi, tegishli qonun xujjatlarida kuzda tutilgan xollarda esa ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasi bo‘lgan taqdirda tabiatdan foydalanuvchi tegishli boshlangich tashkilot tomonidan ham beriladi. Er uchastkasi va boshqa tabiat resurslarini berish rad etilganida O‘zbekiston Respublikasi qonun xujjatlarida kuzda tutilgan tartibda shikoyat qilinishi mumkin; g) biznes faoliyati davlat ro‘yxatidan o‘tgan kundan boshlab barpo etilgan deb hisoblanadi va xuquqiy shaxs huquqini oladi. Biznes faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi: a) biznes faoliyati agar O‘zbekiston Respublikasi qonun xujjatlarida o‘zgacha tartib kuzda tutilgan bo‘lmasa, biznes faoliyati joylashgan erdagi mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Biznes faoliyati davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi yagona davlat reestriga kiritish uchun 10 kun muddat ichida Moliya vazirligiga xabar qilinadi; b) biznes faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun tegishli mahalliy hokimiyat va boshqaruv idorasi bu biznes faoliyatini barpo etish to‘g‘risidagi qaror, ustav hamda me’yoriy xujjatlarda belgilab qo‘yilgandek ro‘yxat bo‘yicha boshqa xujjatlar taqdim etiladi; Biznes faoliyati tegishli mahalliy hokimiyat va boshqaruv idorasiga zarur xujjatlar ilova qilinib ariza topshirilgan paytdan boshlab o‘zog‘i bilan 30 kunda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi; v) biznes faoliyatini barpo etishning O‘zbekiston Respublikasi qonun xujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibi bo‘zilganligi, shuningdek ta’sis xujjatlari qonun talablariga mos kelmasligi sabablariga ko‘ra biznes faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilishi mumkin. Biznes faoliyatilar zarur xujjatlarni taqdim etgan taqdirda, mahalliy davlat hokimiyati organlari ularni ro‘yxatga olishni rad etishga yoki ro‘yxatga olish uchun qo‘shimcha shartlar belgilashga haqli emaslar. Agar biznes faoliyati belgilangan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lmasa yoki ta’sis etuvchi biznes faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilganligi sabablarini asossiz deb hisoblasa, u sudga murojaat qilishi mumkin. Sud biznes faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilganligini asossiz deb topsa, bu xol biznes faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazmagan mahalliy hokimiyat va boshqaruv idorasining moddiy javobgarligi (sud chiqimlaridan tashqari) sabab bo‘ladi. Moddiy javobgarlikning miqdori sud tomonidan aniqlanadi va qonunda belgilangan tartibda undirib olinadi. g) biznes faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun undan O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qo‘yiladigan miqdorida haq olinadi. Olingan mablag‘ mahalliy hokimiyat va boshqaruv idorasi tomonidan biznes faoliyati ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi tuman, shaxar, shaxardagi tuman byudjetiga o‘tkaziladi. Download 226 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling