qisqartirilgan ish kuni va ishlab topilgan xamda iste’molga sarflanadigan mablag‘lar doirasida boshqa ijtimoiy imtiyozlar belgilaydi.
Jamoa shartnomasi.
Jamoa shartnomasi hamma turdagi biznes faoliyatlarda tuzilishi mumkin va u amaldagi qonunlarga zid bo‘lmasligi lozim. Biznes faoliyatidagi ishlab chiqarish va mexnat munosabatlari, mexnatni muxofaza qilish, jamoaning ijtimoiy taraqqiyoti va jamoa a’zolarinig salomatligi masalalari jamoa shartnomasi (bitimi) bilan tartibga solinadi. Jamoa shartnomasi (bitimi) tuzish yoki uni bajarish chog‘ida kelishmovchilik chiqqan taqdirda bu kelishmovchilik qonun xujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Tadbirkorning huquqlari. U quyidagilardan iborat:
-mamlakat territoriyasida yashovchi va faoliyat yurituvchi har bir fuqaro xo‘jalik yurituvchi boshqa sub’ektlar bilan teng asoslarda qonunlarda belgilangan shartlarga rioya qilgan xolda biznes faoliyatlarni vujudga keltirish, ta’sis etish, sotib olish va qayta tuzish yo‘li bilan tadbirkorlik faoliyatini boshlash va davom ettirishi;
-bu faoliyatni bajarish uchun boshqa yuridik shaxslar va fuqarolarning mol- mulki hamda pul mablag‘larini ixtiyoriy asoslarda jalb etishi, xodimlarni mustaqil yollash va ishdan bo‘shatishi;
-tadbirkorlikdan qonunlarda belgilangan tartibda soliq solinadigan cheksiz miqdorda shaxsiy daromad orttirishi, ijtimoiy ta’minlanish va ijtimoiy sug‘urta qilinish huquqlariga egadirlar.
Tadbirkor yoki u vakil qilgan shaxslar xo‘jalik yurituvchi boshqa sub’ektlarning har qanday hatti-harakatlari va tadbirkorga kilayotgan da’volari hamda belgilangan tartibda beriladigan jazo choralari ususida baxslashishga haqli, qonunlarga muvofiq hech sussiz qo‘llanadiganlari bundan mustasnodir.
Tadbirkorning majburiyatlari. U quyidagilardan iborat:
-tadbirkor amaldagi qonunlardan hamda o‘zi tuzgan bitimlardan kelib chiqadigan barcha majburiyatlarni bajarishi;
-yollanib ishlayotgan xodimlar bilan qonunlarga muvofiq mexnat shartnomalari (bitimlar) tuzishi, yollanib ishlayotgan xodimlarni ijtimoiy va tibbiy sug‘urta qilishi;
Do'stlaringiz bilan baham: |