Referat mavzu: Buxgalteriya xodimining huquq va majburiyatlari Qabul qildi: Umarov Z. A bajardi: Toshev Ibrohim


Buxgalteriya xodimining huquqlari


Download 3.12 Mb.
bet2/4
Sana18.11.2023
Hajmi3.12 Mb.
#1783704
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
8M-OLyTlAiwHsFXNj4kaTjuYnmi3vTVo

Buxgalteriya xodimining huquqlari.

Buxgalteriya hisobini tashkil qilishda quyidagi huquqiy va me’yoriy hujjatlar asos qilib olinadi:
1. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni.
2. O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni.
3. O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonuni.
4. “O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomasi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining boshqa me’yoriy hujjatlari.

O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi
qonunining 7-moddasida Buxgalteriya hisobini tashkil etish to’g’risida yoritilgan.
Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni korxona, muassasa va tashkilot rahbari amalga oshiradi.
Rahbar quyidagi huquqlarga ega:
Bosh buxgalter rahbarligida buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalter xizmatidan foydalanish;
buxgalteriya hisobi yuritishni shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan buxgalteriya firmasiga yoki tarkibiga buxgalteriya subyekti ham kiradigan xo‘jalik birlashmasining markazlashtirilgan hisobga olish bo‘limiga yuklash;
Buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish.
Rahbar quyidagilarni ta’minlashi shart:
Ichki hisob va hisobot tizimi ishlab chiqilishini;
Xo‘jalik operatsiyalarini nazorat qilish tartibini;
Buxgalteriya hisobi to‘liq va aniq yuritilishini;
Hisob-kitob hujjatlarining saqlanishini;
Tashqi foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobot tayyorlanishini;
Soliq hisobotlari va boshqa moliyaviy hujjatlar tayyorlanishini;
Hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilishini.
O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi
qonunining 10-moddasi. Buxgalteriya hisobi registrlari
Buxgalteriya hisobi registrlari ikki yoqlama yozuv qoidalariga muvofiq yuritiladigan jurnallar, qaydnomalar, daftarlar, tasdiqlangan blankalar (shakllar)dir.
Registrlar texnika vositalaridan foydalanishda olingan mashinogramma ko‘rinishidagi yozuvlar yo‘li bilan, shuningdek magnit tasmalari, disklar, disketlar va boshqa mashinalarda bajarilishi mumkin. Registrlarni shakllantirish tartibi buxgalteriya hisobi standartlari bilan belgilanadi.
Buxgalteriya hisobi registrlariga tasdiqlanmagan tuzatishlarning kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Download 3.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling