Referat mavzu: davlat ta’lim standartlari mazmuni


Download 51.88 Kb.
bet1/4
Sana08.11.2023
Hajmi51.88 Kb.
#1754843
TuriReferat
  1   2   3   4
Bog'liq
MFOM. dts. Referat. Shahnoza1


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKАSI DIN ISHLАRI BO‘YICHA QO‘MITА


O‘ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI

70230101 – “LINGVISTIKA (SHARQ TILLARI)” MUTAXASSISLIGI BO‘YICHA

MAXSUS FANLARNI O‘QITISH METODIKASI” fanidan



REFERAT


MAVZU: DAVLAT TA’LIM STANDARTLARI MAZMUNI


Bajaruvchi: Lingvistika (sharq tillari)”
ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich magistratura
talabasi Omonova Shahnoza
Qabul qildi: filol. fan. dokt., prof. D.Lutfullayeva
Toshkent – 2023


MAVZU: DAVLAT TA’LIM STANDARTLARI MAZMUNI


Reja:

  1. Kirish………………………………………………………………………..3

  2. Asosiy qism………………………………………………………………….5

1. Davlat ta’lim standartlarining mohiyati …………………..…….….…5
2. Standartlashtirish turlari va me’yorlari……….……………......……11
3. Oliy ta`limning davlat ta’lim standartlari……….…………....……...16

  1. Xulosa……………………………………………………………….….….21

  2. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………….…..24

KIRISH
Davlat ta’lim standarti umumiy о‘rta ta’lim, kasb-hunar ta’limi hamda oliy ta’lim uchun alohida-alohida ishlab chiqariladi.
Umumiy о‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti о‘quvchilar umumta’lim tayyorgarligi saviyasiga qо‘yiladigan majburiy minimal darajani belgilab beradi. О‘z navbatida kasb-hunar ta’limi, davlat ta’lim standarti о‘quvchilar kasb-hunar tayyorgarligiga, saviyasiga qо‘yadigan (oliy ta’lim DTS talablar mutaxassislik tayyorgarligiga, saviyasiga qо‘yiladigan) majburiy minimal darajani belgilaydi.
DTS (davlat ta’lim standarti) ta’lim mazmuni shakllari vositalari, usullari va ularning sifatini baholash tartibini belgilaydi. Ta’lim mazmunining о‘zagi hisoblangan standart vositasida, mamlakat hududida faoliyat kо‘rsatayotgan turli ta’lim muassasalarida (davlat va nodavlat) ta’limning barqaror darajasini ta’minlash sharti amalga oshiriladi. DTS о‘z mohiyatiga kо‘ra о‘quv dasturlari, darsliklar, qо‘llanmalar, nizomlar о‘quv rejasi va boshqa mayoriy hujjatlarni yaratish uchun asos bо‘lib xizmat qiladi.
Umumiy о‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’limning DTS о‘zining tuzilishi va mazmuniga kо‘ra davlat, hudud ta’lim muassasalari manfaatlari va vositalari muvozanatini aks ettiradi hamda eng muhimi о‘quvchi shaxsi, uning intilishlari qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqadi.Davlat ta’lim standartlari ta’lim mazmuni shakllari, vositalari, usullari va ularning sifatini baholash tartibini belgilaydi. Ta’lim mazmunining o‘zagi hisoblangan standart vositasida, mamlakat hududida faoliyat ko‘rsatayotgan turli ta’lim muassasalarida (davlat va nodavlat) ta’limning barqaror darajasini ta’minlash sharti amalga oshiriladi. Davlat ta’lim standarti o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, nizomlar, o’quv rejasi va boshqa me’yoriy hujjatlarini yaratish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Davlat ta’lim standartini uning talablarini bajarish O’zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko’rsatayotgan mulkchilik shakli va idoraviy bo’ysinishdan qat’iy nazar barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir. Davlat ta’lim standarti ning tarkibiy qismi sifatida umumiy o’rta (kasb – hunar va oliy) ta’lim muassasalari uchun tayanch o’quv rejasi ishlab chiqiladi. Tayanch o’quv reja ta’lim sohalarini me’yorlash hamda ta’lim muassasalarini moliyaviy ta’minotini ta’minlashga asos bo’luvchi davlat hujjati sanaladi. Tayanch o’quv rejasi o’quv predmeti bo’yicha beriladigan ta’lim mazmunini ta’lim oluvchiga yetkazish uchun ajratilgan o’quv soatlarining minimum hajmidagi miqdorini belgilaydi.


  1. DAVLAT TALIM STANDARTLARINING MOHIYATI

Ta’lim mazmuni va о‘quv dasturlari о‘quv adabiyotlarida loyihalashtiriladi. Bunday adabiyotlar sirasiga darsliklar va о‘quv qо‘llanmalari kiradi.
Namunaviy о‘quv dasturlari Oliy va о‘rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlanadi, tavsiyanoma xususiyatiga ega bо‘ladi. Namunaviy dastur asosida maktab, oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishchi о‘quv dasturlari ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Namunaviy dasturdan farqli ravishda ishchi dasturda regional komponenti ta’riflanadi, о‘quv jarayoni-ni metodik, informatsion, texnik ta’minlash imkoniyati, о‘quvchilarning tayyorgarligi darajasi hisobga olinadi.
О‘quv rejasi – barcha ta’lim muassasalarida sо‘zsiz amal qilinishi lozim bо‘lgan davlat hujjatidirTa’lim muassasalari uchun mо‘ljallangan о‘quv rejasi ishlab chiqiladi va tegishli vazirlik tomonidan tasdiqlanadi (Respublika xalq ta’limi yoki oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan). О‘quv rejasi ta’lim muassasasi ma’muriyatig ayuboriladi hamda mazkur reja asosida о‘quv jadvali tuziladi. О‘quv jadvalida hafta davomida о‘qitiladigan о‘quv predmetlarining nomi va ularga ajratilgan soatlar miqdori kо‘rsatilib, о‘quv yurti direktorining о‘quv ishlari bо‘yicha о‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Alohida aniq bir fanning о‘quv rejasi shu fanni о‘qitish uchun ajratilgan soatlar va о‘quv yilining tuzilishini belgilab beruvchi davlat hujjatidir.
О‘quv rejasini tuzishda quyidagi omillarga asoslanadi:
О‘quv tarbiya ishining maqsadi, talabalarga aniq ilmiy bilim berish, olgan bilimlarini kо‘nikmaga aylantirib, uni hayotga qо‘llay olishga о‘rgatish.
О‘quv dasturi ham xuddi о‘quv rejasi muhim davlat hujjati bо‘lib, unda muayyan о‘quv predmetifanning mazmuni ochib beriladi va о‘quv yili davomida о‘quvchilar tomonidan о‘zlashtirilishi zarur bо‘lgan bilim, kо‘nikma va malakalar hajmi kо‘rsatiladi.
О‘quv dasturlari tegishli ta’lim (umumiy о‘rta, kasb-hunar yoki oliy ta’lim) turidagi barcha ta’lim muassasalari uchun yagona, uning talablari tо‘la ravishda bajarilishi majburiydir.
Dastur tushuntirish xati, bо‘lim va mavzular bо‘yicha ajratilgan soatlar hajmi, dastur materiali mazmuni hamda tavsiya etiladigan adabiyotlar rо‘yxatidan iborat bо‘ladi.
Tushuntirish xatida о‘quv predmetining ahamiyati, uning fanlar tizimida tutgan о‘rni, ular о‘rtasidagi aloqadorlik, materialni о‘rganish jarayonida hal etilishi lozim ayrim bо‘lim va mavzularni о‘rganish xususiyatlari kо‘rsatiladi. О‘qitish (ta’lim) metodlari va vositalarini qо‘llashga doir tavsiyalar beriladi.
Soatlar hisobini asosli о‘rinlarda о‘zgartirilishiga yо‘l quyiladi.
Dastur materiali bо‘limlar va mavzular bо‘yicha taqsimlangan bо‘lib, har bir mavzuni о‘rganish uchun о‘zlashtirishi majburiy bо‘lgan tushunchalar tizimini, shuningdek, kо‘nikma va malakalarning aniq kо‘rsatkichi beriladi, nihoyat, о‘quvchilarga qо‘yiladigan yakuniy talablar bayon etiladi.
Dasturdagi material ta’lim va tarbiya maqsadlari, didaktik tamoyillar uzviylik va izchillikka muvofiq ravishda tanlanadi va taqsimlanadi.О‘quv dasturlari quyidagi tamoyillar asosida tuziladi:
Dastur mazmunining ilmiy xususiyatga egaligi.
Dastur mazmunining ijtimoiy-g‘oyaviy xususiyatga egaligi.
Nazariy g‘oyalarning amaliyot bilan birligi.
Dastur mazmunining ijobiy-tarixiy xususiyatga egaligi va aniq bir g‘oyaga asoslanganligi.
Dastur mazmunining muayyan tizimga ega bо‘lishi.
О‘quv predmetlari о‘rtasidagi о‘zaro aloqadorlik, bog‘lanishning mavjudligi.
Dasturni tayyorlashda о‘kuvchilarning psixologik va ruhiy xususiyatlarini inobatga olish.
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha metodika fanlaridan o‘quv-metodik komplekslar tayyorlash.
Maktabgacha ta’limda metodika turkum fanlari о‘qituvchisi о‘quv-meyoriy xujjatlar asosida о‘zi о‘qitadigan fani bо‘yicha о‘quv-metodik kompleks yaratadi.О‘quv-metodik kompleks tushunchasi turli tadqiqotchilar tomonidan turlicha talqin etilgan bо‘lib, bu tushunchalarning mohiyatini tо‘laroq anglash uchun ular tomonidan о‘quv-metodik kompleksga berilgan ba’zi ta’riflarni keltirib о‘tamiz.
YE.Pichugina о‘zining tadqiqot ishlarida quyidagicha ta’rif beradi:
“О‘quv-metodik kompleks – bu fanning о‘quv maqsad va vazifalarini tо‘liq va samarali joriy etish uchun mо‘ljallangan о‘quv dasutrlari, darslik va о‘quv qо‘llanmalar, didaktik materiallar va о‘qituvchi uchun metodik kо‘rsatmalar majmuidir”.
Y.K.Babanskiy о‘quv-metodik kompleksni zamonaviy ta’limda о‘quv-tarbiya masalalarini yechishga qaratilgan о‘zaro organik bog‘langan о‘quv-metodik qо‘llanmalar tо‘plami deb ta’riflaydi.
Bugungi kunda о‘quv-metodik komplekslarida qо‘yidagilar bо‘lishi shart qilib qо‘yilgan:
о‘quv va ishchi dasturlar,
taqvim-mavzuiy reja,
ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlar hamda mustaqil ta’limning texnologik modeli va texnologik xaritasi,
ma’ruza matnlari,
seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari ishlanmalari,
mustaqil ta’lim topshiriqlari,
asosiy va qо‘shimcha adabiyotlar rо‘yxati, prezentatsiyalar, nazorat va baholash uchun topshiriqlar, sillabus, fanni о‘qitishga doir tashkiliy kо‘rsatmalarО‘quv-metodik komplekslarni ishlab chiqish vzifalari: О‘quv-metodik ta’minotni tayyorlash. Ishlab chiqarish , fan, texnika va ish beruvchilarning talablarini inobatga olgan xolda fan mazmunini tizimlashtirish. Sifatli mutaxassislarni tayyorlashni ta’minlovchi о‘quv-metodik va boshqa materiallar bilan о‘quv jarayonini ta’minlash. Ta’lim jarayoniga faol usul va innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish. Talabalarning mustaqil ishlarini va ularning bilimlarini nazorat qilishni tо‘g‘ri tashkillashtirish va rejalashtirish. Elektron darslik, о‘quv metodik qо‘llanmalarni ishlab chiqish uchun о‘quv metodik materiallar ishlab chiqish. О‘quv jarayonini sifatini tizimli nazorat qilish imkoniyatini yaratish. О‘quv-metodik komplekslar:talabalar tomonidan о‘quv materialini mustaqil о‘zlashtirishni; talabalar bilimini nazrorat qilishni; barcha turdagi mashg‘ulotlarni tashkillashtirish bо‘yicha metodik ta’minotni; qо‘shimcha axborot ta’minotni ta’minlashi kerak. О‘quv jarayonida о‘quv-metodik komplekslar: о‘quv materialini о‘zlashtirishda talabalarga amaliy va metodik yordam berish; fan bо‘yicha о‘quv jarayonini tashkillashtirishda va о‘tkazishda о‘qituvchilarga metodik yordam kо‘rsatish; о‘quv jarayonini metodik ta’minotini takomillashtirishda, uni baholash va rejalashtirishga asos uchun zarur Sillabus (lat. Syllabus Errorum - «ikkilanishlar rо‘yxati») - 1864 yilda Rim cherkovi tomonidan ishlab chiqilgan muhokama qilinadigan ta’limot va tamoyillar rо‘yxati. Qadimda mazkur atama (lat. syllabus – katalog) Rim cherkovi tomonidan papa tomonidan ishlab chiqilgan qonunlarni kodifikatsiyalash uchun qо‘llanilgan.Sillabus –о‘qitiladigan fanning manbalarini, uning qisqacha mazmunini, mavzusi va har bir mashg‘ulotning davomiyligini, mustaqil ta’lim topshiriqlarini, maslahat beradigan vaqtni, о‘qituvchining talablarini, baholash mezonlarini, oraliq nazorat jadvalini va adabiyotlar rо‘yxatini kо‘rsatib beradigan о‘quv dasturi. Sillabusning tarkibiy qismlari:
Professor-о‘qituvchi haqida ma’lumot. Murojaat uchun ma’lumotnoma. Prerekvizitlar (Prerequisite). Postrekvizitlar (Postrequisite) . Fanning qisqacha tavsifi. Fanning maqsadi va vazifalari. Fanni о‘rganishga qо‘yiladigan talablar. Taqvim-mavzuiy reja. Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar rejasi. Talabalarning mustaqil ishlarini о‘tkazish (konsultatsiya) rejasi. Mustaqil ishlarni bajarish va topshirish jadvali. Kurs ishi mavzulari banki. Asosiy va qо‘shimcha adabiyotlar rо‘yxati. Talabaning о‘quv ishlari natijalarini nazorat qilishga doir savollar. Talabalarning bilimini baholash tizimi. Talabaning reytingini belgilash shkalasi. Yakuniy baholash tartibi. Talabaning о‘quv natijalarining reyting-balli va an’anaviy baholash tizimi. Silabusda nafaqat talaba о‘zlashtirishi zarur bо‘lgan fanlar, imkoni boricha aniq mavzular, bilim va kо‘nikmalar rо‘yxati keltirilishi kerak.
Talabalarga о‘quv fanini mustaqil faoliyatda о‘rganish va bilimlar sifatini doimiy о‘zi tekshirishini tashkillashtirishda yordam berish uchun mо‘ljallangan. Sо‘z boshi. (О‘UM) bu qismida, berilgan о‘quv fanini о‘rganishga kirishishida о‘qituvchini talabaga murojaati, (О‘UM) tuzilishi va uning mazmuniga qisqacha tavsifi beriladi. I Bо‘lim. О‘quv faniga kirish. Quyidagi о‘quv ma’lumotli materiallardan iborat: 1) о‘quv fanini о‘rganishning dolzarbligi, maqsad va vazifalari; 2) Mutaxassislik bо‘yicha talabalar tomonidan fan mazmunini muhim о‘zlashtirish darajasiga davlat ta’lim standartlarining talablari.3) Fanning о‘quv dasturi: о‘quv vaqtining umumiy hajmi va uni mavzular va ish turlari bо‘yicha taqsimlanishi kо‘rsatiladi, о‘quv fanining mavzuviy mazmuni izchillikda bayon etiladi.4) Fan bо‘yicha nazorat shakli va reyting baholash. 5) Asosiy va qо‘shimcha adabiyotlar rо‘yxati. 6) Fan bо‘yicha bilmilarni yakuniy tekshirish savollari. II Bо‘lim.О‘quv fani bо‘yicha reja-topshiriq va о‘quv-metodik materiallar tо‘plami. Berilgan о‘quv mashg‘uloti tо‘g‘risida ma’lumotni, jumladan kо‘zlanayotgan о‘quv natijalar, mustaqil ish uchun topshiriqlar; ularni bajarishni ta’minlovchi о‘quv material va metodik tavsiyalar; о‘quv yutuqlarini о‘zi tekshirishi uchun test, topshiriq va savollardan iborat. Talabani о‘quv mashg‘ulotiga mustaqil tayyorlanishida va о‘quv jarayoni vaqtida uning mustaqil faoliyatini tashkiliy-didaktik ta’minlash vazifasini bajaradi. О‘quv yutuqlarini doimiy о‘zi nazorat qilishini ta’minlaydi. Fan bо‘yicha glossariy - asosiy toifa va atamalar lug‘ati. О‘quv fani bо‘yicha talabani о‘quv natijalarining yutuqlar varag‘i- talaba tomonidan reyting ballarni tо‘planishi tо‘g‘risida tezkor ma’lumotlarni olishni ta’minlaydi. О‘quv fani bо‘yicha talabaga mо‘ljallangan о‘quv-metodik kompleksni (О‘UM) ishlab chiqishning yо‘l va vositalari Talabaning О‘UM quyidagilardan kelib chiqib ishlab chiqilishi kerak: 1) о‘quv ma’lumotining maqsadi, tuzilishi, mazmuni va hajmi, 2) talabaga DTS tomonidan belgilangan, berilgan sharoitda va о‘quv rejasida belgilangan vaqtda ta’lim maqsadlariga erishishni kafolatlovchi fan bо‘yicha ta’lim texnologiyasi. О‘quv fani bо‘yicha talabalar mustaqil faoliyatini tashkillashtirish uchun О‘UM tuzilishi va mazmunli kо‘rsatkichlari:
1. Reja - topshiriq - har bir о‘quv mashg‘uloti uchun tuziladi. Jadval kо‘rinishida bajarilib, quyidagi ma’lumotlarni о‘z ichiga oladi: 1.1. Mavzuning nomi, о‘quv mashg‘uloti shakli va turi. 1.2. О‘quv mashg‘ulotining tuzilishi olib borish rejasi. 1.3. О‘quv mashg‘uloti maqsadi.1.4. Talabaning о‘quv faoliyati natijalari-ta’lim berish natijasida talaba bajarishi lozim bо‘lgan harakatlar. Ular aniq va fe’llarda (...aytadi, ....sanab beradi, .... tasniflaydi va h.k) ifodalanib, olingan natijalarni bir xil ma’noda va haqqoniy baholash, ularni belgilangan maqsadga mos kelishini aniqlash imkonini beradi. 1.5. Mustaqil tayyorgarlik uchun topshiriq. Ular qisqa maslahat va ularni bajarish bо‘yicha tavsiyanomalardan iborat bо‘lgan-aytib berishlar bilan berilishi mumkin.
1.6. Nazorat shakli: Kuzatuv, о‘quv topshiriqlarini bajarish, savol-javob shakli, test va boshq. 1.7. О‘quv fan bо‘yicha talaba olishi mumkin bо‘lgan, eng yuqori ball. О‘quv fan bо‘yicha talaba olishi mumkin bо‘lgan, haqiqiy ball.
2. О‘quv-metodik materiallar о‘quv mashg‘uloti maqsadi va mazmunidan tashqari, ta’lim berish texnologiyasiga muvofiq quyidagilarni о‘z ichiga oladi: 2.1. О‘quv materiallar: ma’ruzaning qisqa (tayanch) chizma va jadval kо‘rinishidagi yozmalari. 2.2. О‘quv guruhi uchun topshiriq, ularni bajarishning kо‘rsatkich va baholash mezonlari. 2.3.Talabalar о‘quv ish jarayonida amal qilishlari lozim bо‘lgan axborot beruvchi materiallar: (aqliy hujum, guruhlarda ishlash) qoidasi; (esse, referat yozishga) talablar; (keys va boshq.) materiallar. 2.4. О‘zini tekshirish uchun topshiriqlar (test, savol, topshiriq va mashqlar). Joriy pedagogik nazoratni va talaba tomonidan kо‘zlanayotgan ta’limiy maqsadlarga erishish darajasini doimiy о‘zi baholashni ta’minlaydi. Oraliq va yakuniy nazoratning savol va topshiriqlarni о‘z ichiga oladi.О‘quv-metodik materiallar hajmi chegaralanmaydi. Lekin ular katta hajmli, yaxshi tuzilmaga keltirilgan va grafikli ramsiylashtirilgan bо‘lishi kerak.



Download 51.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling