Referat mavzu: davlat ta’lim standartlari mazmuni


OLIY TA’LIMDA DAVLAT TA’LIM STANDARTLARI


Download 51.88 Kb.
bet3/4
Sana08.11.2023
Hajmi51.88 Kb.
#1754843
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
MFOM. dts. Referat. Shahnoza1

3. OLIY TA’LIMDA DAVLAT TA’LIM STANDARTLARI
Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablar (magistratura kesimida):

  • Magistratura mutaxassisliklarining o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari mazmuni oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashning birlamchi va boshlang‘ich bosqichi sifatida mutaxassislik bo‘yicha chuqur fundamental va amaliy bilimlar berishni nazarda tutgan holda shakllantiriladi.

  • Oliy ta’lim magistratura mutaxassisliklarining o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari bilan uzviylik va uzluksizligini ta’minlagan holda oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari, magistratura mutaxassisliklarining malaka talablari asosida ishlab chiqiladi. O‘quv rejalar tarkibiga o‘zlashtirilishi majburiy bo‘lgan fanlar (majburiy fanlar) bloki, tanlab o‘zlashtiriladigan fanlar (tanlov fanlari) bloki va ilmiy faoliyat bloki kiradi.

  • Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari hamda tegishli sohalarning o‘ziga xos xususiyatlariga muvofiq o‘quv rejalaridagi bloklar tarkibi o‘zgartirilishi mumkin.

  • Magistratura mutaxassisliklarining o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini o‘zlashtirishda ta’lim oluvchilar auditoriya mashg‘ulotlari bilan bir qatorda o‘quv fanlari bo‘yicha mustaqil mashg‘ulotlarni bajarishi va mustaqil bilim olishi nazarda tutilishi lozim.

  • Magistratura mutaxassisliklarining o‘quv jarayoni o‘quv rejalariga muvofiq yakuniy davlat attestatsiyasi (magistrlik dissertatsiyasining himoyasi) bilan tugallanadi.

O‘quv rejaning o‘quv fanlari bloklari mazmuniga qo‘yiladigan minimal talablar:

  • majburiy fanlar bloki ilmiy tadqiqot metodologiyasi, ilmiy izlanish va tahlil, empirik va nazariy tadqiqot usullari, maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi, pedagogik texnologiyalar, ta’limning zamonaviy usullari, mutaxassislikka doir dolzarb va chuqur ilmiy, metodologik, ilmiy-texnik, texnologik bilim, uquv, ko‘nikma va kompetensiyalarni ta’lim oluvchilarda shakllantirishi hamda muayyan doktorantura mutaxassisligi bo‘yicha kelgusida ta’limni davom ettirishga zamin yaratishi lozim.

  • tanlov fanlari bloki mutaxassislik bo‘yicha ta’lim oluvchilar qo‘shimcha chuqur nazariy va amaliy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishini, innovatsion usullar va sohaning hududiy omillarini hisobga olgan holda ilmiy, pedagogik va kasbiy kompetensiyalarini kengayishini ta’minlashi, ta’lim trayektoriyalariga muvofiq magistr darajasidagi kasbiy bilim va malakalarni o‘zlashtirishga imkon yaratishi lozim.

  • ilmiy faoliyat bloki ilmiy-tadqiqotlar nazariyasi va amaliyoti o‘zlashtirilishini, ta’lim oluvchilar tomonidan ixtisoslashgan ilmiy va ta’lim muassasalarida muayyan ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlar bajarilishini nazarda tutishi lozim.

  • ilmiy-tadqiqot amaliyoti ta’lim oluvchilar mustaqil tadqiqotchilik faoliyatining amaliy ko‘nikmalarini hosil qilishi, ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish, ularning natijalarini tahlil qilish va aks ettirish, zamonaviy axborot bazalarini qo‘llash, ilmiy maqolalar va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlashga doir bilim, uquv va ko‘nikmalarni shakllantirishi lozim;

  • ilmiy-pedagogik amaliyoti zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan, o‘quv-tarbiya ishlarining interaktiv usullaridan foydalangan holda pedagogik faoliyat mahorati va ko‘nikmalarini shakllantirishi, o‘quv jarayonini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlashni tashkil etishga doir kompetensiya va ko‘nikmalarni hosil qilishi lozim.

  • Ilmiy-tadqiqot amaliyoti taqozo etganda yakka tartibda ilmiy izlanish va tajriba-sinovlarni o‘tkazish maqsadida tajriba orttirish jarayoni tashkil etiladi. Bunda tajriba orttirish jarayoniga yo‘llangan ta’lim oluvchi o‘quv jarayoni jadvalini yakka tartibdagi ish rejasi asosida bajarishi ko‘zda tutiladi.

  • tajriba orttirish ta’lim oluvchilarning ilmiy-tadqiqot olib borishi, nazariy va amaliy bilimlarini chuqurlashtirish, muayyan soha va tarmoqdagi zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan tanishishi, amaliy kasbiy va ilmiy-tadqiqot kompetensiyalarini shakllanishi, kasbga samarali moslashuvini ta’minlashi lozim.

Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv rejalar ta’lim davrining to‘liq me’yoriy muddati uchun (birinchi kursdan yakuniy kursgacha) ishlab chiqiladi va bu davrda ularga o‘zgartirish kiritish, ularni bekor qilish, o‘rniga boshqa o‘quv reja ishlab chiqib tatbiq etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘quv rejasi, fan va ishchi dasturlarga qo‘yiladigan talablar.
Oliy ta’limning о‘quv-meyoriy xujjatlariga о‘quv rejasi, о‘quv dasturi va darsliklar kiradi. О‘quv rejalari quyidagilardan iborat: tayanch, namunaviy va ishchi о‘quv rejasi.
Tayanch о‘quv rejasi - davlat ta’lim standartining tashkiliy qismi hisoblangan asosiy meyoriy hujjat bо‘lib, u namunaviy va amaliy о‘quv rejalarini ishlab chiqish uchun asos bо‘lib xizmat qiladi. Tayanch о‘quv rejasi davlat ta’lim standarti tarkibiy qismi sifatida О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Namunaviy о‘quv reja - tayanch о‘quv rejasi asosida tuziladi va О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Bu reja uzoq muddatga mо‘ljallab tuziladi va uning asosida mavjud sharoitlarni hisobga olib ishchi о‘quv rejalari ishlab chiqiladi.
О‘quv rejasi-meyoriy hujjat hisoblanib (ta’lim muassasasi sertifikati) quyidagilarni belgilaydi:

  • о‘quv yili, semestrlar va ta’tillarning davomiyligi;

  • ushbu ta’lim muassasasida о‘rganiladigan о‘quv fanlari tartibi;

  • о‘qish yillari bо‘yicha fanlarni taqsimlash;

  • har bir fan bо‘yicha yaxlit ta’lim davri va har bir kursda fanlarni о‘rganishga ajratilgan soatlar hajmi;

  • har bir fanni о‘rganishga ajratilgan haftalik soatlar hajmi;

  • praktikumlar, ishlab chiqarish va pedagogik amaliyotlar hamda shu kabilarning davomiyligi.

О‘quv dasturi-muayyan о‘quv fani bо‘yicha bilim, kо‘nikma va malakalar mazmuni, umumiy vaqtni muhim bilimlarni о‘rganilishi bо‘yicha taqsimlash, mavzularning ketma-ketligini belgilash hamda ularning о‘rganilish darajasini yorituvchi meyoriy hujjat.
О‘quv dasturlari namunaviy, ishchi va mualliflik bо‘lishi mumkin. Namunaviy о‘quv dasturi u yoki bu ta’lim sohasiga nisbatan davlat ta’lim standartlari talablari asosida ishlab chiqiladi.
О‘quv dasturlari quyidagilardan iborat bо‘ladi:

  • ushbu fanni о‘rganish maqsadlari, о‘quvchilarning bilim va malakalariga asosiy talablar, о‘qitish tavsiya etiladigan shakl va metodlari haqidagi tushuntirish xati;

  • о‘rganilayotgan materialning tematik mazmuni;

  • kursning alohida savollarini о‘rganishga о‘qituvchi sarflaydigan taxminiy soatlari hajmi;

  • dunyoqarashni shakllantiruvchi asosiy savollari rо‘yxati;

  • fanlararo va kurslararo bog‘liqlikni amalga oshirish bо‘yicha kо‘rsatmalar;

  • о‘quv uskunalari va kо‘rgazmali qо‘llanmalar rо‘yxati;

  • tavsiya etiladigan adabiyotlar.

Mualliflik о‘quv dasturlari davlat standarti talablarini hisobga olgan holda о‘quv fanini qurilishi boshqacha mantiqidan iborat bо‘lishi, u yoki bu nazariyalarni о‘rganishga mualliflik yondashuvi, о‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarga nisbatan mualliflik nuqtai nazarini aks ettirishi lozim. Mualliflik о‘quv dasturlari о‘quvchilarning erkin tanlovi bо‘yicha (majburiy va fakultativ) kurslar tashkil etishda keng foydalaniladi. Ta’lim mazmuni va о‘quv dasturlari о‘quv adabiyotlarida loyihalashtiriladi. Bunday adabiyotlar sirasiga darsliklar va о‘quv qо‘llanmalari kiradi. Namunaviy о‘quv dasturlari Oliy va о‘rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlanadi, tavsiyanoma xususiyatiga ega bо‘ladi. Namunaviy dastur asosida maktab, oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishchi о‘quv dasturlari ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Namunaviy dasturdan farqli ravishda ishchi dasturda regional komponenti ta’riflanadi, о‘quv jarayoni-ni metodik, informatsion, texnik ta’minlash imkoniyati, о‘quvchilarning tayyorgarligi darajasi hisobga olinadi.
О‘quv rejasi – barcha ta’lim muassasalarida sо‘zsiz amal qilinishi lozim bо‘lgan davlat hujjatidir Ta’lim muassasalari uchun mо‘ljallangan о‘quv rejasi ishlab chiqiladi va tegishli vazirlik tomonidan tasdiqlanadi (Respublika xalq ta’limi yoki oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan). О‘quv rejasi ta’lim muassasasi ma’muriyatig ayuboriladi hamda mazkur reja asosida о‘quv jadvali tuziladi. О‘quv jadvalida hafta davomida о‘qitiladigan о‘quv predmetlarining nomi va ularga ajratilgan soatlar miqdori kо‘rsatilib, о‘quv yurti direktorining о‘quv ishlari bо‘yicha о‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi. Alohida aniq bir fanning о‘quv rejasi shu fanni о‘qitish uchun ajratilgan soatlar va о‘quv yilining tuzilishini belgilab beruvchi davlat hujjatidir.
О‘quv rejasini tuzishda quyidagi omillarga asoslanadi:

  • О‘quv tarbiya ishining maqsadi, talabalarga aniq ilmiy bilim berish, olgan bilimlarini kо‘nikmaga aylantirib, uni hayotga qо‘llay olishga о‘rgatish.

  • О‘quv dasturi ham xuddi о‘quv rejasi muhim davlat hujjati bо‘lib, unda muayyan о‘quv predmetifanning mazmuni ochib beriladi va о‘quv yili davomida о‘quvchilar tomonidan о‘zlashtirilishi zarur bо‘lgan bilim, kо‘nikma va malakalar hajmi kо‘rsatiladi.

  • О‘quv dasturlari tegishli ta’lim (umumiy о‘rta, kasb-hunar yoki oliy ta’lim) turidagi barcha ta’lim muassasalari uchun yagona, uning talablari tо‘la ravishda bajarilishi majburiydir.

  • Dastur tushuntirish xati, bо‘lim va mavzular bо‘yicha ajratilgan soatlar hajmi, dastur materiali mazmuni hamda tavsiya etiladigan adabiyotlar rо‘yxatidan iborat bо‘ladi.



XULOSA
Standart oldiga quyidagi talablar qo’yiladi:
1. Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji ehtiyojlari va xalqaro tajribalarni tahlil qilish asosida ta’lim jarayonidagi barcha manfaatdor tomonlarning imkoniyatlarini hisobga olish.
2. Standartda, avvalo, oqibat natijalarni me’yorlashtirish ko’zda tutiladi.
3. Standartlarda ta’limning shakli, bosqichi va sohalari bo’yicha muvofiqlik tajribalarini saqlash talab etiladi.
4. Standart mazmuni va ichki tuzilishiga ko’ra, shaxs kamolotini ta’minlash nuqtai nazarida to’laqonli bo’lishi lozim.
5. Standartlardagi har bir band bayoni uning yaxlitligini ta’minlaydigan izchil va ta’limning maqsadlarini to’la qamrab olganligi nuqtai nazaridan iloji bor qadar mukammal bo’lishi kerak.
6. O’zining ichki tuzilishi, mazmun-mundarijasiga ko’ra standart davlatning, mintaqaning va ta’lim muassasining manfaatlari mutanosibligini, huquqini aks ettirishi lozim.
7. Mazmunan standart o’quv yuklamalarini me’yorlashtirishi lozim.
8. Standartning mazmun-mundarijasiga undan foydalanuvchilarning barcha toifalarini hisobga olmog’i darkor.
9. Standart texnik vositalari bilan tekshirish ehtimoliga mo’ljallangan, ya’ni texnik jihatdan qulay bo’lishi lozim.
Davlat ta’lim standarti quyidagi maqsadlarni amalga oshirishni ko’zda tutishi lozim:

  • ta’lim berishning sifati masalalarida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish va kadrlar tayyorlash, ta’limiy xizmatlarni tavsiya etish mehnat bozorini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash;

  • shaxs, davlat va jamiyat ehtiyojlariga mos kadrlar tayyorlash va ta’lim berish sifatini oshirish, xalqaro tajribalar asosida fan va texnikani rivojlantirish;

  • kadrlar tayyorlash va ta’lim jarayonida muvofiqlik va uzluksizlikni ta’minlash;

  • ta’limning barcha shakl va bo’g’inlarida o’quv tarbiya jarayonini mukammallashtirishga ko’mak berish;

ta’limiy xizmat ko’rsatishda raqobat bo’lishini ta’minlash. Ta’limni standartlashtirishning vazifalari:

  • Ta’lim berish va kadrlar tayyorlash, tavsiya etiluvchi ta’limiy xizmatlar ro’yxati va sifatiga yuqori talablar belgilash.

  • Davlat shaxs ehtiyoji uchun zarur bo’lgan ta’lim berish va uning oqibat natijasining muayyan talablarni o’rnatuvchi me’yoriy hujjatlar tizimini ishlab chiqish, shuningdek mazkur xujjatdan to’g’ri foydalanishni nazorat qilish. Milliy standart talablarini xalqaro mezonlar bilan uyg’unligini ta’minlash.

  • Ta’lim to’g’risidagi milliy hujjatlarning shu turdagi hujjatlarga mos kelishini ta’minlash.

  • Uzluksiz ta’lim jarayoning tarkibiy qismlari va tarkibiy unsurlariaro bog’liqlik va muvofiqlik bo’lishiga erishish.

  • Ta’lim berish va kadrlar tayyorlashda yuqori natijalarga erishuvda moddiy boyliklar, vaqt va boshqa sarf-xarajatlarni kamaytirish.

  • O’quv-tarbiya jarayoni va umuman, ta’lim uchun me’yor, qoida, ko’rsatma va talablar belgilash.

  • Standartlash buyicha xalqaro tajribalarni bevosita qo„llash amaliyotini kengaytirish, agar ulardagi talablar O’zbekiston Respublikasining ta’limi fani, madaniyati, texnikasi va texnologiyasi uchun mos tushsa chet el davlatlari milliy standarlari yo’riqidan foydalanish.

  • Pedagogik texnologiyalar (o’quv-o’qituv va tarbiya metodikasi o’qitishning texnik vositalari va b.)ga muayyan talablar belgilash.

  • Ta’lim darajasini, ta’lim olayotganlar va bitiruvchilar malakasini baholash va nazorat qilishninig me’yoriy-texnik va metodik ta’minotini yuzaga keltirish.

Yuqoridagi talablardan kelib chiqib ta’lim standartlari bir necha bosqichda olib boriladi. Davlat ta’lim standartlar shunday me’yorlarni belgilaydiki, unga amal qilish O’zbekiston miqyosidagi yagona pedagogik muhitni saqlab turishni ta’minlaydi, jahon madaniyati tizimida, fan, texnika va texnologiya yangiliklari ta’sirida shaxsning uyg’unligini ta’minlaydi.
Ta’lim standartini amaliyotga kiritish har bir ta’lim oluvchining muayyan va oldindan belgilab qo’yilgan ma’lumotni olish uchun kafolat berishga imkoniyat yaratadi, oqibatda kadrlar tayyorlash sifati va samaradorligi oshadi.



Download 51.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling