Referat mavzu: davlat ta’lim standartlari mazmuni
Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablar (magistratura kesimida)
Download 90.91 Kb.
|
dts
Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablar (magistratura kesimida)
Magistratura mutaxassisliklarining o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari mazmuni oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashning birlamchi va boshlang‘ich bosqichi sifatida mutaxassislik bo‘yicha chuqur fundamental va amaliy bilimlar berishni nazarda tutgan holda shakllantiriladi. Oliy ta’lim magistratura mutaxassisliklarining o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari bilan uzviylik va uzluksizligini ta’minlagan holda oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari, magistratura mutaxassisliklarining malaka talablari asosida ishlab chiqiladi. O‘quv rejalar tarkibiga o‘zlashtirilishi majburiy bo‘lgan fanlar (majburiy fanlar) bloki, tanlab o‘zlashtiriladigan fanlar (tanlov fanlari) bloki va ilmiy faoliyat bloki kiradi. Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari hamda tegishli sohalarning o‘ziga xos xususiyatlariga muvofiq o‘quv rejalaridagi bloklar tarkibi o‘zgartirilishi mumkin. Magistratura mutaxassisliklarining o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini o‘zlashtirishda ta’lim oluvchilar auditoriya mashg‘ulotlari bilan bir qatorda o‘quv fanlari bo‘yicha mustaqil mashg‘ulotlarni bajarishi va mustaqil bilim olishi nazarda tutilishi lozim. Magistratura mutaxassisliklarining o‘quv jarayoni o‘quv rejalariga muvofiq yakuniy davlat attestatsiyasi (magistrlik dissertatsiyasining himoyasi) bilan tugallanadi. O‘quv rejaning o‘quv fanlari bloklari mazmuniga qo‘yiladigan minimal talablar: majburiy fanlar bloki ilmiy tadqiqot metodologiyasi, ilmiy izlanish va tahlil, empirik va nazariy tadqiqot usullari, maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi, pedagogik texnologiyalar, ta’limning zamonaviy usullari, mutaxassislikka doir dolzarb va chuqur ilmiy, metodologik, ilmiy-texnik, texnologik bilim, uquv, ko‘nikma va kompetensiyalarni ta’lim oluvchilarda shakllantirishi hamda muayyan doktorantura mutaxassisligi bo‘yicha kelgusida ta’limni davom ettirishga zamin yaratishi lozim. tanlov fanlari bloki mutaxassislik bo‘yicha ta’lim oluvchilar qo‘shimcha chuqur nazariy va amaliy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishini, innovatsion usullar va sohaning hududiy omillarini hisobga olgan holda ilmiy, pedagogik va kasbiy kompetensiyalarini kengayishini ta’minlashi, ta’lim trayektoriyalariga muvofiq magistr darajasidagi kasbiy bilim va malakalarni o‘zlashtirishga imkon yaratishi lozim. ilmiy faoliyat bloki ilmiy-tadqiqotlar nazariyasi va amaliyoti o‘zlashtirilishini, ta’lim oluvchilar tomonidan ixtisoslashgan ilmiy va ta’lim muassasalarida muayyan ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlar bajarilishini nazarda tutishi lozim. Bunda: ilmiy-tadqiqot amaliyoti ta’lim oluvchilar mustaqil tadqiqotchilik faoliyatining amaliy ko‘nikmalarini hosil qilishi, ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish, ularning natijalarini tahlil qilish va aks ettirish, zamonaviy axborot bazalarini qo‘llash, ilmiy maqolalar va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlashga doir bilim, uquv va ko‘nikmalarni shakllantirishi lozim; ilmiy-pedagogik amaliyoti zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan, o‘quv-tarbiya ishlarining interaktiv usullaridan foydalangan holda pedagogik faoliyat mahorati va ko‘nikmalarini shakllantirishi, o‘quv jarayonini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlashni tashkil etishga doir kompetensiya va ko‘nikmalarni hosil qilishi lozim. Ilmiy-tadqiqot amaliyoti taqozo etganda yakka tartibda ilmiy izlanish va tajriba-sinovlarni o‘tkazish maqsadida tajriba orttirish jarayoni tashkil etiladi. Bunda tajriba orttirish jarayoniga yo‘llangan ta’lim oluvchi o‘quv jarayoni jadvalini yakka tartibdagi ish rejasi asosida bajarishi ko‘zda tutiladi. tajriba orttirish ta’lim oluvchilarning ilmiy-tadqiqot olib borishi, nazariy va amaliy bilimlarini chuqurlashtirish, muayyan soha va tarmoqdagi zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan tanishishi, amaliy kasbiy va ilmiy-tadqiqot kompetensiyalarini shakllanishi, kasbga samarali moslashuvini ta’minlashi lozim. Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv rejalar ta’lim davrining to‘liq me’yoriy muddati uchun (birinchi kursdan yakuniy kursgacha) ishlab chiqiladi va bu davrda ularga o‘zgartirish kiritish, ularni bekor qilish, o‘rniga boshqa o‘quv reja ishlab chiqib tatbiq etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Xulosa Davlat ta’lim standarti quyidagi maqsadlarni amalga oshirishni ko’zda tutishi lozim: -ta’lim berishning sifati masalalarida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish va kadrlar tayyorlash, ta’limiy xizmatlarni tavsiya etish mehnat bozorini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash; -shaxs, davlat va jamiyat ehtiyojlariga mos kadrlar tayyorlash va ta’lim berish sifatini oshirish, xalqaro tajribalar asosida fan va texnikani rivojlantirish; -kadrlar tayyorlash va ta’lim jarayonida muvofiqlik va uzluksizlikni ta’minlash; -ta’limning barcha shakl va bo’g’inlarida o’quv tarbiya jarayonini mukammallashtirishga ko’mak berish; -ta’limiy xizmat ko’rsatishda raqobat bo’lishini ta’minlash; Ta’limni standartlashtirishning vazifalari: Ta’lim berish va kadrlar tayyorlash, tavsiya etiluvchi ta’limiy xizmatlar ro’yxati va sifatiga yuqori talablar belgilash. Davlat shaxs ehtiyoji uchun zarur bo’lgan ta’lim berish va uning oqibat natijasining muayyan talablarni o’rnatuvchi me’yoriy hujjatlar tizimini ishlab chiqish, shuningdek mazkur xujjatdan to’g’ri foydalanishni nazorat qilish. Milliy standart talablarini xalqaro mezonlar bilan uyg’unligini ta’minlash. Ta’lim to’g’risidagi milliy hujjatlarning shu turdagi hujjatlarga mos kelishini ta’minlash. Uzluksiz ta’lim jarayoning tarkibiy qismlari va tarkibiy unsurlariaro bog’liqlik va muvofiqlik bo’lishiga erishish. Ta’lim berish va kadrlar tayyorlashda yuqori natijalarga erishuvda moddiy boyliklar, vaqt va boshqa sarf-xarajatlarni kamaytirish. O’quv-tarbiya jarayoni va umuman, ta’lim uchun me’yor, qoida, ko’rsatma va talablar belgilash. Standartlash buyicha xalqaro tajribalarni bevosita qo„llash amaliyotini kengaytirish, agar ulardagi talablar O’zbekiston Respublikasining ta’limi fani, madaniyati, texnikasi va texnologiyasi uchun mos tushsa chet el davlatlari milliy standarlari yo’riqidan foydalanish. Pedagogik texnologiyalar (o’quv-o’qituv va tarbiya metodikasi o’qitishning texnik vositalari va b.)ga muayyan talablar belgilash. Ta’lim darajasini, ta’lim olayotganlar va bitiruvchilar malakasini baholash va nazorat qilishninig me’yoriy-texnik va metodik ta’minotini yuzaga keltirish. Ta’lim standartlari turli mamlakatlarda turlicha amalga oshiriladi. Lekin ta’limga nisbatan “standart” atamasidan foydalanish yaqindan ishlatila boshlandi. Bizning mamlakatimizda ta’limni sandartlashga asosan 1993-yildan kirishildi. Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va uni hozirgi bosqichda amaliyotga tatbiq etishning imkoniyati yuzaga keldi. Standartni ishlab chiqish “Ta’lim to’g’risida” gi qonunning 7-moddasi va muayyan bandlarida, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da ta’limning mazmuni haqida bayon etilgan umumiy talablarga ko’ra amalga oshiriladi. Standart vositasida ta’limning talab etilgan darajasinibir me’yorda saqlash, uni jamiyat taraqqiyoti istiqboliga ko’ra takomillashtirish amalga oshiriladi. Standart oldiga quyidagi talablar qo’yiladi: 1.Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji ehtiyojlari va xalqaro tajribalarni tahlil qilish asosida ta’lim jarayonidagi barcha manfaatdor tomonlarning imkoniyatlarini hisobga olish. 2.Standartda, avvalo, oqibat natijalarni me’yorlashtirish ko’zda tutiladi. 3.Standartlarda ta’limning shakli, bosqichi va sohalari bo’yicha muvofiqlik tajribalarini saqlash talab etiladi. 4.Standart mazmuni va ichki tuzilishiga ko’ra, shaxs kamolotini ta’minlash nuqtai nazarida to’laqonli bo’lishi lozim. 5.Standartlardagi har bir band bayoni uning yaxlitligini ta’minlaydigan izchil va ta’limning maqsadlarini to’la qamrab olganligi nuqtai nazaridan iloji bor qadar mukammal bo’lishi kerak. 6.O’zining ichki tuzilishi, mazmun-mundarijasiga ko’ra standart davlatning, mintaqaning va ta’lim muassasining manfaatlari mutanosibligini, huquqini aks ettirishi lozim. 7.Mazmunan standart o’quv yuklamalarini me’yorlashtirishi lozim. 8.Standartning mazmun-mundarijasiga undan foydalanuvchilarning barcha toifalarini hisobga olmog’i darkor. 9.Standart texnik vositalari bilan tekshirish ehtimoliga mo’ljallangan, ya’ni texnik jihatdan qulay bo’lishi lozim. Yuqoridagi tallablardan kelib chiqib ta’lim standartlari bir necha bosqichda olib boriladi. Davlat ta’lim standartlar shunday me’yorlarni belgilaydiki, unga amal qilish O’zbekiston miqyosidagi yagona pedagogik muhitni saqlab turishni ta’minlaydi, jahon madaniyati tizimida, fan, texnika va texnologiya yangiliklari ta’sirida shaxsning uyg’unligini ta’minlaydi. Ta’lim standartini amaliyotga kiritish har bir ta’lim oluvchining muayyan va oldindan belgilab qo’yilgan ma’lumotni olish uchun kafolat berishga imkoniyat yaratadi, oqibatda kadrlar tayyorlash sifati va samaradorligi oshadi. Download 90.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling