Referat mavzu: Davlat va huquqning rivojlanish tarixi Bajardi: 101-guruh talabasi Olloyorova S. Qabul qildi: Akaeva N


Jamiyat tushunchasi. Jamiyat mavjud bo’lishi shakllarining xilma-xilligi


Download 28.68 Kb.
bet2/2
Sana05.01.2022
Hajmi28.68 Kb.
#230724
TuriReferat
1   2
Bog'liq
mustaqil ish -1

Jamiyat tushunchasi. Jamiyat mavjud bo’lishi shakllarining xilma-xilligi.

Yer yuzida odamlar paydo bo‘lib, ular jamiyat tarzida birlashgunlarigacha juda uzoq tarixiy davrlar o‘tgan. Ilmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Yer sayyorasi bundan to‘rt milliard yetti yuz million yil muqaddam Quyosh prototizimida paydo bo‘lgan. Materiyaning qonuniyatli o‘zgarishi va rivojlanishi natijasida 3-3,5 mlrd. yillar muqaddam Yer yuzida hayot paydo bo‘lib, biosfera rivojlana boshlagan.Uzoq tarixiy-tadrijiy rivojlanish oqibatida bundan 2 mln. yilcha avval inson (homo habilis) paydo bo‘ldi; Dastlabki odam tipi – neoandertal odam edi. Bugungi kundan qariyb 250 ming yillar muqaddam odamzotning karamanyon (kromanon) – yovvoyi odam tipi kelib chiqdi va u hozirdan 35-40 ming avval yillargacha mavjud bo‘ldi. 40 ming yillarcha muqaddam hozirgi ko‘rinishdagi, fikrlovchi, ya’ni aql ato etilgan inson (homo sapiens) paydo bo‘lgan. Insonlar birgalashib turmush kechiradigan, jamiyatni hosil qilgan vaziyat (muhit) tarixan ancha keyin yuzaga kelgan. Sayyoramizdagi dastlabki davlat tuzilmalari, ilk davlatlar (masalan, Misopotamiyada Shumerlar davlati 7-8 ming, Qadimgi Misrda – 5-6 ming, Qadimgi Xitoy va Hindistonda 4,5-5 ming yillar avval) 5-8 ming yil ilgari vujudga kelganligini dalillovchi arxeologiya ma’lumotlari mavjud. Jamiyat mohiyatini ilmiy anglash, uning yaxlit ilmiy manzarasini yaratish insoniyat ma’naviy taraqqiyotining mislsiz yutug‘i hisoblanadi. Abu Ali ibn Sino jamiyatning paydo bo‘lishi kishilarning birdamlikka bo‘lgan tabiiy ehtiyojidan kelib chiqqanligini, ijtimoiy tengsizlik, tabiiy holat, mehnatning ijtimoiy taqsimlanishi jamiyat taraqqiyotining manbayi ekanligini ta’kidladi. Abu Nasr Forobiy ma’rifatli, mas’uliyatli, fozil jamiyat siymosini targ‘ib qilgan. Abu Rayhon Beruniy jamiyat hayotida oila, mahalla, til va madaniyatning ahamiyatini ko‘rsatdi. Keyinchalik G‘arbiy Yevropalik G. Spenser, E. Dyurkgeym, M. Veber, V. Perato singarilar jamiyatni tabiiy – tarixiy jarayon, murakkab ijtimoiy tizim (sistema) sifatida tadqiq etdilar. Jamiyat haqidagi turli tarixiy davrlarda yaratilgan ta’limotlarda davr ruhi, jamiyatning madaniy-ma’naviy salohiyati, rivojlanish qonuniyatlari o‘z aksini topadi.



Jamiyat o‘z hayotini turli-tuman ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy institutlar faoliyatisiz tashkil etolmaydi. Bunday tashkilot (institut) va uyushmalarning mavjudligi ijtimoiy munosabatlar turiga va umuman tizimiga barqarorlik baxsh etadi. Masalan, davlat jamiyatning muhim siyosiy instituti bo‘lib, asosan, siyosiy-huquqiy munosabatlarni tartibga soladi, zarur vaziyatlarda iqtisodiy munosabatlar ishtirokchisi sifatida ham maydonga chiqadi. Davlat paydo bo‘lgunga qadar, ya’ni ibtidoiy jamiyatda ham o‘ziga xos institutlar, tashkiliy tuzilmalar bo‘lgan. Xususan, urug‘, qabila; ular tarkibida boshqaruv funksiyasini bajaruvchi ijtimoiy hokimiyat institutlari bo‘lgan (urug‘ yoki qabila oqsoqoli, jamoaning umumiy yig‘ini va h.k.). Jamiyat muayyan hokimiyatsiz boshqarilishi mumkin emas. Ijtimoiy hokimiyat shunday uyushgan (tashkillashgan) kuchki, u o‘z irodasiga o‘zgalarning, ya’ni urug‘, ijtimoiy guruh, jamoa ahlining irodasini bo‘ysundiradi. Iroda har qanday ijtimoiy hokimiyatning mag‘zini, markaziy elementini tashkil etadi. Hokimiyat munosabatlarida bir tomonda – hukmron, ustun iroda, ikkinchi tomonda – bo‘ysunuvchi, tobe iroda mavjud bo‘ladi.

Jamiyatni faqat iroda kuchi bilan birlashtirib, yo‘naltirib bo‘lmaydi. Kishilarni bir jamoaga, guruhga, qolaversa, yaxlit bir butun jamiyatga birlashishiga sabab bo‘luvchi omil – bu yagona maqsad va manfaatdir. Aynan manfaatlar umumiyligi, ehtiyojlar mushtarakligi kishilarni bir jamiyat bo‘lib maydonga chiqishini va birgalikda turmush kechirishini ta’minlaydi . Davlat va huquqning tarixiyligi shundaki, ular jamiyat evolyutsiyasining muayyan tarixiy bosqichida, ya’ni tegishli shart-sharoitlar yetilgan vaziyatda vujudga keladi. Insoniyat tarixida shunday davrlar bo‘lganki, unda davlat ham, huquq ham bo‘lmagan. Demak, bundan quyidagi metodologik ahamiyatga molik xulosa chiqariladi: davlat va huquq jamiyatning doimiy mavjud bo‘lish hamda yashash sharti emas. Kishilar bir qancha minglab yillar mobaynida davlat hokimiyatisiz va huquqiy tartibotsiz yashab kelganlar. Bu davr ibtijoiy jamoa tuzumi davri bo‘lgan. Qadimgi odamlar jamoa bo‘lib, birgalikda yashashga moyil va majbur bo‘lganlar. Ularning turmush tarzi va o‘zaro munosabatlarini tasvirlab, Aflotun o‘zining «Qonunlar» asarida qadimgi odamlarning hayotni Afinalik suhbatdosh nomidan shunday izohlaydi: «Avvalo, u zamon odamlari bir-birlarini yaxshi ko‘rganlar va ayriliqlar tufayli bir-birlariga xayrixoh munosabatda bo‘lganlar; ovqatni ham bir-birlaridan qizg‘anmaganlar, chunki yaylovlar ko‘p bo‘lgan – ba’zilarida avvaliga kam bo‘lishi ehtimol, ularning ko‘pchiligi shu (chorvachilik) bilan kun ko‘rganlar. Ularda sut va go‘sht ham yetarli bo‘lgan; bundan tashqari ular ov bilan o‘zlariga yegulik topganlar. Ularda kiyim, yotish o‘rinlari (choyshab, to‘shak), uy-joy, kuydirilgan (kulolchilik buyumlari) va oddiy buyumlar bisyor bo‘lgan; …Juda kambag‘allar ham bo‘lmagani uchun kambag‘allik odamlarni bir-birlariga dushman bo‘lishlariga majbur qilmagan. Boshqa tomondan ular boy bo‘lib ham ketolmasdilar, chunki u vaqtlarda ularda oltin ham, kumush ham yo‘q edi»1 . Ibtidoiy tuzum davri minglab yillar davom etgan. U davrlarda hali ishlab chiqarish, iqtisodiyot rivoji juda sekin va past darajada borishi bilan tavsiflanadi. Ibtidoiy jamiyatning iqtisodiy holati, xo‘jalik yuritish xususiyatlari uning ijtimoiy tuzilishiga (sotsial boshqariluv strukturasiga) va ma’naviy hayotiga, ijtimoiy hokimiyatning tabiatiga va sotsial normalarning mohiyatiga o‘z ta’sirini o‘tkazmasligining aslo iloji yo‘q edi. Jamiyatning dastlabki quyi bo‘g‘ini, boshlang‘ich yacheykasi, uni boshqarishning birlamchi shakli urug‘ hisoblangan. Urug‘ – o‘zaro qon-qarindoshlik rishtalari bilan bog‘langan yaqin kishilarning shaxsiy ittifoqidir. Urug‘ kishilarining bir-biriga qon jihatdan yaqin jamoasi bo‘lib, ular birlashgan tarzda turmush kechirib, hamjihatlikda ov qilganlar, xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanganlar. Ijtimoiy hokimiyat organlari va vakillarida jamoat fikridan boshqa hech qanday majburlash usuli bo‘lmagan. Kishilar jamiyatda amal qiladigan xulqatvor buva yurish-turish qoidalariga so‘zsiz rioya qilganlar. Bordi-yu urf-odat, axloq va din qoidalari buzilsa, bu holatni butun urug‘, uning yig‘ilishi muhokama qilardi. Qoidalarni buzgan kishini izza qilish, unga tanbeh berish, ogohlantirish, urug‘dan quvib yuborish kabi jamoat ta’sir choralari qo‘llanilgan. Adabiyotlarda ko‘pchilik qabilalar ichida tabu – taqiqlov qoidalari bo‘lganligi e’tirof etiladi. Bu ibtidoiy tuzum uchun alohida ahamiyatli normalar tizimi hisoblangan. Tabu aksariyat holda diniy asosdagi taqiq bo‘lib, ma’lum xatti-harakatga, predmetga, so‘zlarga va boshqalarga qo‘yilgan. Uni buzish ruhlar va xudolarning qahrini qo‘zg‘atadi, deb ayovsiz jazo qo‘llanishini nazarda tutgan. Yuqorida keltirilgan fikrlar, ijtimoiy hokimiyatning xususiyatlari ibtidoiy jamoa tuzumi davrida hokimiyat klassik shaklda bo‘lganligini, o‘z-o‘zini boshqarish va ibtidoiy demokratiya ko‘rinishida bo‘lganligini ko‘rsatadi. Ibtidoiy tuzumda amal qilgan xulq-atvor va yurish-turish qoidalari yig‘indisi sotsial normalarni tashkil qilgan. Sotsial normalar turmushdagi, mehnatdagi va oiladagi munosabatlarni tartibga solgan, barcha urug‘ a’zolarining irodasini ifodalagan. Sotsial normalarga amal qilish odat bo‘lgan, ular ixtiyoriy bajarilgan. F. Engels insoniyatning «go‘daklik» davriga shunday tavsif bergan: «Bu urug‘doshlik tuzumi g‘oyat sodda bo‘lganligiga qaramasdan, qanday g‘aroyib tashkilot! Soldatlar, jandarmlar va politsiyalar, dvoryanlar, qirollar, noiblar, hokimlar yoki sudyalar, turmalar, protsesslar yo‘q bo‘lsa-da – hamma ishlar belgilangan tartibda boradi. Har qanday janjal va anglashmovchiliklar kimlarga taalluqli bo‘lsa – o‘shalarning kollektivi tomonidan, ya’ni urug‘ va qabila tomonidan, yoki ayrim urug‘larning o‘zi o‘rtasida hal qilinadi; kambag‘al va muhtoj kishilar bo‘lishi mumkin emas, kommunistik xo‘jalik va urug‘ qariganlar, kasallar va urushda mayib bo‘lganlarga nisbatan ado qiladigan vazifalarini yaxshi biladi. Hamma shu jumladan, xotin-qizlar ham teng va erkindirlar»1

Shunday qilib, ibtidoiy tuzum sharoitidagi ijtimoiy hokimiyat quyidagi o‘ziga xususiyatlar bilan ifodalangan:

birinchidan, urug‘ning butun jamoasi hokimiyatning birdan-bir manbayi

hisoblangan. Barcha jamoa a’zolari hokimiyatni amalga oshirishda ishtirok etganlar, uning to‘laqonli sohibi sanalganlar. Urug‘, qabila jamoasining o‘zi o‘zi uchun xulq-atvor qoidalarini o‘rnatganlar va ularga ixtiyoriy rioya qilganlar;

ikkinchidan, urug‘ning barcha katta yoshdagi a’zolari ishtirokidagi majlis (kengash)lar ijtimoiy hokimiyatning yuqori, oliy organi bo‘lgan. Umumiy majlis (kengash) urug‘ jamoasi hayotining, xo‘jalik faoliyatining barcha masalalarini hal etgan;

uchinchidan, urug‘ jamoasining kundalik hayot-faoliyatini boshqarish umumiy majlisda saylab qo‘yiladigan oqsoqol zimmasiga yuklatilgan. Boshqaruv ishlari hammaning manfaatini inobatga olib amalga oshirilgan. Oqsoqol o‘z shaxsiy manfaatini jamoa a’zolarining umumiy manfaatidan ustun qo‘yaolmagan. Muhimi, oqsoqol ham, harbiy yo‘lboshchilar ham yalpi ishlab chiqarish faoliyatida boshqalar bilan bab-baravar ishtirok qilganlar;

to‘rtinchidan, ibtidoiy tuzumdagi ijtimoiy hokimiyat kuchga emas, balki obro‘ga, hurmatga, e’tirofga va odat qoidalariga, diniy talablarga tayangan. Qoidabuzarlar qattiq jazolangan. Majburlov, jazo choralarini qo‘llash butun urug‘ jamoasining amri bilan amalga oshirgan. birinchidan, davlat fuqarolarning hududiy bo‘linishiga qarab ajralishidan iborat bo‘lib, urug‘doshlik tuzumida qon-qardoshlik aloqalari tufayli hududga bog‘liq bo‘lmagan urug‘doshlik ittifoqlari bo‘lgan. Bu urug‘doshlik ittifoqlari buzilgan, grajdanlar o‘zlarining ijtimoiy huquq va burchlarini qaysi urug‘ va qabilaga mansub ekanliklaridan qat’i nazar, yashagan joylariga qarab amalga oshira boshlaydilar; ikkinchidan, davlat urug‘chilik tashkilotidan endi aholi bilan sig‘isha olmaydigan ijtimoiy-siyosiy hokimiyatni ta’sis etish bilan farq qiladi, u aholidan ajralgan bo‘lib, iqtisodiy va siyosiy jihatdan faqat hukmron sinfga xizmat qiladi.

Ijtimoiy hokimiyat qurollangan kishilarning maxsus otryadi, armiya, politsiyadan, turma va har xil majbur etish muassasalari singari zo‘rlash apparatidan iborat. Bularning hammasi urug‘doshlik tuzumiga begona va noma’lum edi. Davlat amaldorlari ijtimoiy hokimiyatga va soliqlar undirish huquqiga ega bo‘lib, jamiyat organlari sifatida jamiyat ustidan turadilar. Ularning hokimiyati endi obro‘-e’tiborga, jamiyat a’zolarining izzat-hurmatiga emas, balki kuchga tayanadi. Maxsus qonunlar ularning manfaatlarini qo‘riqlab, muqaddas va daxlsiz darajaga ko‘taradi. Davlatning kelib chiqish umumiy prinsiplari aniq tarixiy sharoitlarda har xil bo‘lgan. Davlat qisman urug‘doshlik tuzumini o‘zgartirib, qisman u tuzumga yangi organlar kirib, eskisini surib chiqarish, davlat hokimiyatining chinakam organlari bilan to‘la almashtirish yo‘li bilan vujudga kelgan. Davlatning paydo bo‘lishi bilan bir vaqtda huquq ham vujudga keladi. U davlat singari ekspluatatorlarning manfaatlarini himoya qilish uchun, sotsial tengsizlikni mustahkamlash uchun, ekspluatatsiya qilinuvchilarni «tartib» doirasida ushlab turish uchun paydo bo‘ldi. Kuchli ziddiyatlar sharoitidagi munosabatlarni tartibga solish uchun ibtidoiy odat normalari yaroqsiz bo‘lib qoldi. Yangi tarixiy sharoitda faqat hukmron guruh irodasini ifodalovchi normalar zarur edi. Huquq xuddi ana shunday normalar yig‘indisi edi. Ko‘pgina odat qoidalari hukmron sinf irodasiga moslashtirildi. Masalan, qadimgi Rimdagi XII jadval qonuni, qadimgi Bobildagi «Xammurapi qonunlari» buning misoli bo‘la oladi. Davlat organlari va boshliqlarining aktlari, adliya va sud organlarining qarorlari huquq sistemasini yaratishning manbayi edi. Bu huquqiy hujjatlarda xususiy mulk mustahkamlanadi, qullar mehnatidan foydalanish va qullarning huquqsizlik holatini mustahkamlovchi, ularni rasman «gapiruvchi mehnat qurollari» deb hisoblovchi qonun-qoidalar yaratiladi. Davlat kelib chiqishining shakllari. Yer kurrasida davlatning paydo bo‘lishi, shakllanishi va rivojlanishi bir qator umumiy qonuniyatlarga bo‘ysunish asosida yuz bersa-da, davlat turli mintaqalarda, turli xalqlarda har xil shakllarda vujudga kelgan. Qadimgi Sharqda davlatning kelib chiqishiga murakkab tabiiy shart-sharoitlar, ayniqsa suv tanqisligi ta’sir o‘tkazgan.

Masalan, qadimgi Misr, Bobil, Xitoy va Hindistonda sug‘oriladigan dehqonchilik bilan shug‘ullanish ehtiyoji katta va murakkab irrigatsiya tizimlarini yaratishni taqozo etgan. Bunday qurilish ishlarini tashkil etish, unga aholini safarbar etish zaruriyati o‘ziga xos uyushtiruvchi, tashkilotchilik qiluvchi, nazorat va majburlovni amalga oshiruvchi tuzulmalar shakllanishiga turtki bergan. L. Gumplovichning ta’biricha, basharti davlat tushunchasi, ko‘pincha siyosiy tendensiyalarni ifodalash, siyosiy dasturlarni tasvirlash va siyosiy maqsadga erishish uchun bayroq sifatida xizmat qilgan bo‘lsa, davlatning vujudga kelishi to‘g‘risidagi tarixiy masalada ham xuddi shunday buzilishlarga yo‘l qo‘yilgan. Ko‘p hollarda «oliy g‘oya»lar yo‘lida u buzilgan tarzda talqin etilgan. Davlatning vujudga kelishi to‘g‘risidagi sof masala muayyan g‘oya ustida qurildi, ma’lum ehtiyojlardan kelib chiqib izohlandi, boshqacha aytganda, muayyan amaliy va axloqiy motivlardan kelib chiqib tushuntirildi.

Ularning talqinicha, axloq va inson qadr-qimmatini saqlab turish uchun davlatning haqiqiy, tabiiy kelib chiqishini yashirish, buning o‘rniga ko‘pchilikka ma’qul bo‘lgan biron-bir ochiq-oshkora va gumanitar ta’limotni taqdim etish Teologiya – Xudo haqidagi ta’limotdir. Bu ta’limotga ko‘ra barcha narsaning, shuningdek davlat va huquqning ibtidosi xudo demakdir. Nazariyotchilar davlat va huquq xudoning amri-irodasi bilan paydo bo‘lgan, ularning yaratilishini insonlarning ruhiyatiga «taqdiri azal»ning o‘zi jo etgan deb da’vo qiladilar. Bu bilan davlat va huquq muqaddaslashtiriladi. Davlat va huquqning ilohiylashtirilishi hamda daxlsizlashtirilishi hamda ekspluatatorlarning, shu jumladan, burjuaziyaning manfaatlariga mos tushadi. Davlat hokimiyati hamisha mavjud bo‘lgan va hamisha mavjud bo‘ladi, uning irodasiga so‘zsiz itoat etish, lozim deb targ‘ib qilinadi. Bu ta’limotda Oliy hokimiyat egasi Alloh ekanligi ham sunniy va ham shialik mazhabida yakdillik bilan tan olingan. Insonlar orasida hokimiyat kimga topshirilishi to‘g‘risida mazhablar turlicha yondashadilar. Sunniylik mazhabiga ko‘ra, islom davlatida hokimiyat jamoaga berilgan. Yerda Alloh nomidan oliy hokimiyat jamoa tomonidan amalga oshiriladi va u Allohning Oliy va tanho hukmronligi ifodasi sifatida ro‘yobga chiqadi. Jamoaning suveren huquqlari hukmdorni saylab qo‘yishida namoyon bo‘ladi va hukmdor jamoa nomidan hokimiyatni amalga oshiradi. Shialik mazhabi ta’limotida esa, suverenitet faqat Allohga tegishli ekanligi va uning nomidan imom yakkaboshchilik asosida davlat hokimiyatini amalga oshirishi hamda jamoa irodasi bilan hech qanday bog‘liq emasligi ta’kidlanadi. Imom mutloq, ilohiy hokimiyatga ega bo‘lib, u jamoadan ustun turadi. Uning shaxsi muqaddas hisoblanadi Zo‘ravonlik (bosqinchilik) nazariyasi. Davlat va huquqning kelib chiqishi haqidagi bu nazariyaning namoyandalari K. Kautskiy, L. Gumplovich, Е. Dyuring va boshqalardir. Bu nazariyaning asosiy g‘oyasi shunday: davlat va huquq va sinflar bir qabilaning ikkinchi qabila tomonidan urushib, zo‘rlik Ishlatib, bosib olishi natijasida vujudga keladi. Davlat mag‘lub bo‘lgan qabilani bostirish, majburlash apparatidir. Kuchsizlarni kuchlilarning bosib olishi va bo‘ysundirishi tabiat qonuni emish. Jamiyat rivojlanib borgan sari qabila davlat, sinf davlatga o‘sib o‘tgan.



Sinf davlatning asosi bo‘lib, mulk egalarining iqtisodiy hukmronligi bo‘lgan. L. Gumplovich fikricha, qabilalarning sinf va tabaqalarga aylanish jarayoni bilan shuningdek, davlatning evolyutsiyasi bilan ongning rivojlanishi jarayoni amalga oshadi. «Davlat shakllanishi bilan qabilaviy ongning ma’lum qismi yo‘qolib borib, qolgan qismi qabilalarning sinf va tabaqalarga aylanib borishi orqali, sinf va tabaqa ongiga aylanib boradi». Zo‘rlik va bosqinchilik davlatning vujudga kelish jarayonini to‘xtatish yoki jadallashtirishi mumkin, lekin aslo asosiy va tub sabab bo‘lolmaydi. Fan davlat va huquqni keltirib chiqaruvchi bosh sabab ishlab chiqarish munosabatlari, jamiyatning iqtisodiy taraqqiyoti va bazisi ekanligini rad etib bo‘lmas darajada isbotlab berdi.Huquqning paydo bo‘lishiga oid nazariyalar. Bu boradagi nazariyalarning o‘ziga xos alohida xususiyatlari bo‘lsa-da, ular davlatning kelib chiqishi to‘g‘risidagi konsepsiyalar bilan uzviy bog‘liq. Aksariyat hollarda huquqning yaratilishi huquqning tabiati, mohiyati, ijtimoiy vazifasi va huquqiy tartibga solish muammolari bilan bog‘liq holda tahlil etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Odilqoriyev H.T. “Davlat va huquq nazariyasi”

  2. www.ziyonet.uz

  3. www.referat.uz

  4. www.arxiv.uz

Download 28.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling