Referat mavzu: Ekologiyaga yetkazilgan zararlar Tekshirdi: Guruh: Bajardi
Download 132.39 Kb.
|
gavxar 1
Ekologik-huquqiy mexanizm
Ekologik-huquqiy mexanizm Ekologik qonun hujjatlari qabul qilindi va tegishli me’yoriy hujjatlar yuzaga keldi, degan so‘z, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishdagi barcha ijtimoiy munosabatlar tartibga solindi va oqibatda, ekologik xavf sizlik yaratildi, degani emas. Uning uchun juda keng qamrovli va o‘ta serxarajat masalani hal qilish kerak bo‘ladi, ya’ni ekologikhuquqiy mexanizmni yaratish talab etiladi. Mexanizm – grekchada «mechane» – qurol, qurilma degan ma’noni anglatib, u biron-bir harakatni bajarish uchun zarur bo‘lgan uzviy bog‘langan qismlar tizimidir. Ekologik-huquqiy mexanizm – ekologik munosabatlarning huquqiy jihatdan tartibga solinishini ta’minlovchi qismlar (zvenolar) tizimi. Ekologik-huquqiy mexanizm ekologik-huquqiy munosabatlarni tartibga solinishini ta’minlovchi qismlar yoki zvenolar tizimi. Qismlar yig‘indisi emas, aynan qism lar tizimidir. Masalan, avtomobilni normal holdagi harakatini ta’minlash uchun uning elektr, yog‘lash, yonish, yurish kabi bir qator qismlarini bir me’yorda va bir paytning o‘zida ishlashini ta’minlash talab etiladi. Aks holda avtomobil «xavfli mashina» yoki «quruq temir»ga aylanadi. Ekologiya huquqida ham ekologik-huquqiy normalar «tishsiz qonunlar»ga aylanmasligi va kishilar tomonidan inkor etilmasligi («huquqiy negilizm») uchun ekologik-huquqiy mexanizm yaratiladi. Ekologik-huquqiy mexanizm muayyan davlatning ekologik siyosatiga, konsepsiyasiga, tabiatga nisbatan munosabat hamda qurilish va boshqarish shakllariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir. «Bizning pirovard maqsadimiz, – degan edi Prezidentimiz I. Karimov, – ijtimoiy yo‘naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo‘lgan kuchli demokratik davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iboratdir» Ekologik munosabatlarni huquqiy tartibga solish mexanizmi O‘zbekistonda aynan ana shu tamoyillarni inobatga olgan tarzda tuzilishi va unga monand ravishda harakat qilishi maqsadga muvo fi q deb hisoblaymiz. Ekologik munosabatlarni huquqiy tartibga solish unga huquqiy ta’sir etish, uni amalga oshirish, takomillashtirish va rivojlantirish orqaligina olib boriladi. Chunki zamon o‘zgargan sari insonlar ham o‘zgarib boradilar, atrof tabiiy muhit ham o‘z «o‘zgaruvchanlik» xususiyatini yo‘qotib qo‘ymaydi. Ekologik-huquqiy mexanizm zanjirining qismlari quyidagilardan iborat: 1) ekologik xavfsizlikni ta’minlovchi konstitutsiyaviy me’yorlarni o‘rnatish va ekologiyalashtirilgan qonunlarni qabul qilish; 2) ekologik qonunlar ijrosini ta’minlovchi qonun osti me’yoriy huj jatlarni tezkor ravishda ishlab chiqish; 3) kafi llik normalarini yaratish; 4) ekologik-huquqiy munosabatlarni tashkillashtirish; Ekologik xavfsizlikni ta’minlovchi konstitutsiyaviy me’yorlar – qat’iy (imperativ) normalardan iborat bo‘lib, Konstitutsiyamizning 50, 54, 55, 100-moddalarida aks ettirilgan. Ular bozor iqtisodiyotiga o‘tib borayotgan mamlakatimizning ekologik siyosatini mujassamlashtirgan tarzda ifodalaydi.[ 1.И.А.Каримов. Кучли давлатдан кучли жамият сари. – Т.: «Шарқ», 1998. – 49-б.] Ekologik xavfsizlik esa kishilarning hayotiy ehtiyojlarini qondira oladigan toza, sog‘lom va qulay atrof tabiiy muhit holatidir. Ekologiyalashtirilgan qonunlarni qabul qilish Konstitutsiyada belgilangan imperativ normalarni kengaytirilgan tarzda ekologik qonunlarda ifodalash. Ushbu me’yor va qoidalar «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunda yaqqol ifoda etilgan bo‘lib, ular to‘rt ko‘rinishdagi normalardan iborat: prinsip, birlamchi, imperativ, kafi llik. Download 132.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling