6-mavzu. Yer,uning shakli va harakati
Download 137 Kb.
|
TOM slayd-6
- Bu sahifa navigatsiya:
- Planeta sifatida yerning umumiy xarakateriskasi.
6-mavzu.Yer,uning shakli va harakati.
Planeta sifatida yerning umumiy xarakateriskasi.Yer Quyosh sistemasidagi organik hayot mavjud bo‘lgan yagona sayyoradir. U Quyoshdan o‘rta hisobda 149,6 mln.km. uzoqda joy -lashgan sharsimon jismdir.Yer shari uzoq davom etgan evolutsion jarayon natijasida shakllangan bo‘lib, uning geosferalari vujudga kelgan. Bu geosferalarga uning havo qatlami - atmosfera, suv qatlami - gidrosfera, qattiq qatlami - litosfera kiradi.Yer sharining bu sferalari bir- biridan ajralgan holda emas, balki o‘zaro uzviy aloqada va bir-biriga ta’sir etgan holda rivojlanib, taraqqiy etgan. Oqibatda geografik qobiq (biosfera) yoki hayot qobig‘i vujudga kelgan.Yer yuzasining hozirgi qiyofasini vujudga kelishida o‘sha geosferalaming o‘zaro modda va energiya almashinuvidan tashqari yana Yer bilan kosmos o‘rtasidagi aloqaning ham ahamiyati katta. Yer Quyosh atrofida aylanayotganda yolida uchragan mayda zarrachalami ilashtirib oladi, so‘ngra ular Yerga cho‘kadi, natijada Yer massasi orta boradi. Yer shari vujudga kelgan davrdan buy on kosmosdan tushgan zarrachalar Yer po‘sti massasining 1/500 qismini tashkil etdi. Agar kosmosdan tushgan moddalar Yer yuzasidagi jismlar bilan aralashib ketmaganda edi, Yer yuzasidagi qalinligi 2-3 sm li qatlam hosil bo‘lur edi. Yer geosferalarida modda va energiya almashinuvida ayniqsa, geografik qobiq taraqqiyotida Quyosh energiyasining ahamiyati juda katta. Quyoshdan kelayotgan energiya tufayli geosferalardan modda almashinuvi sodir bo‘lib, suv parlanib, atmosferaga ko‘tariladi. Atmosferadagi suv yong‘in tariqasida yana Yer yuzasiga tushadi va uning bir qismi Yer po‘stiga singib ketsa, bir qismi organizm tomonidan o‘zlashtiriladi, Quyoshning nuri ta’sirida va suvning ishtirokida yashil o‘simliklarda fotosintez jarayoni sodir bo‘ladi, oqibatda atmosferadagi gaz balansini tartibga solib turadi. . Bu jarayonlar tufayli Yer po‘stini nuraydi, yemiriladi, natijada Yer yuzasining ustki qismi (relyefi) o‘zgaradi.
Download 137 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling