Referat mavzu: Elektrokimyo asoslari Bajardi: Tekshirdi
Download 15.73 Kb.
|
Referat mavzu Elektrokimyo asoslari Bajardi Tekshirdi Elektro-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- ^ 12.3. Standart potencial haqida tushuncha
^ 12.2. Gazli elektrodlar
Gazli elektrodlar gaz va gaz ioni bo‘lgan eritma bilan to‘qnashib turadigan biror noaktiv metall o‘tkazgich (Rt) dan iboratdir. Metall o‘tkazgich elektronlar okimini hosil qiladi, uzi esa eritmaga ion bermaydi. Masalan, normal vodorod elektrodni kurib chikaylik. Platina plastinkasini aktiv vodorod ionlar koncentratsiyasi 1 mol/l bo‘lgan 2 n sulfat kislota eritmasiga tushirib, eritmadan 1 atmosfera bosim (25°S da) vodorod utkazsak, vodorod platina plastinka sirtiga yutilib, vodorod plyonkasini (parda) hosil qiladi. Buning natijasida elektrolit (H2SO4) eritma platina plastinka bilan tuknashmasdan vodorod plyonkasi bilan tuknashadi va vodorod elektrod hosil bo‘ladi. Vodorod elektrod metall elektrodlar kabi eritmaga uz ionini buradi: Natijada eritma bilan vodorod elektrodi orasida potenciallar ayirmasi hosil bo‘ladi va uni normal vodorod elektrod potenciali deyiladi. U shartli ravishda nolga teng deb qabul qilingan. Shunday qilib, eritmaga kation beruvchi gazli vodorod elektrod hosil bo‘ladi. Gaz elektrodlardagi reaksiyalarda gazlar ishtirok etgani uchun, bu elektrodlar potenciallari gazlarning parcial bosimiga bog‘liq bo‘ladi. Vodorod elektrod uchun Nernst tenglamasini 298K da quiydagicha yozish mumkin: 0,059 a2n+ EH+/H = ---------- lg ----------- 1 Pn2 Bu yerda : Pn2 –vodorod parcial bosimi, a2n+ -elektrolitdagi H+ ionning aktivligi. ^ 12.3. Standart potencial haqida tushuncha Aloxida olingan elektrodning potenciali absolyut potencial deyiladi. Lekin uni ulchash juda qiyin. Shuning uchun amalda nisbiy elektrod potenciali bilan ish kuriladi. Buning uchun solishtirilayotgan elektrodlarning birini absolyut potenciali nolga teng deb qabul kilngan. Elektrodning standart potenciali (Eº) deb , aktiv ionlar koncentrasiyasini 1 mol/l ga teng bo‘lgan, 25 0C da uz tuzi eritmasiga tushirilgan elektrod potenciali bilan standart vodorod elektrod potenciali orasidagi ayirmaga aytiladi. Standart elektrod potencial qiymatini aniqlash uchun Galvanik element tuziladi. Bu Galvanik elementda standart vodorod elektrod, ikkinchi elektrod sifatida potencial qiymati aniqlanishi kerak bo‘lgan metall plastinka olinadi masalan, ruxning normal potencialini aniqlashda aktiv rux ionlari koncentratsiyasi 1 mol/l ga teng bo‘lgan ZnS04 ning 1M eritmasiga tushirilgan ruxli elektrod standart vodorod elektrodi bilan tutashtiriladi. Hosil kilingan Galvanik elementning elektr yurituvchi kuchi ulchanib, E=E1-E2 formula asosida ruxning standart elektrod potenciali topiladi. Demak, Galvanik elementda rux elektrod potenciali bilan standart vodorod potenciallarining ayirmasi 0,766 V ga teng. Rux elektrod manfiy bo‘lgani uchun undagi elektronlar tashqi zanjir orqali vodorod elektrodga utadi. Metallarning standart elektrod potenciali ulardagi metall ioni bilan valent elektronlar orasidagi bog‘lanishning mustaxkamligini ifodalaydi. Standart elektrod potencial qiymati qancha kichik bo‘lsa, bu bog‘lanish shuncha kuchsiz bo‘lib, metall atomi uz elektronini shuncha oson yo‘qotadi , ya’ni uning kimyoviy aktivligi yuqori bo‘ladi. Kimyoviy aktivligiga karab metallar kuchlanish qatoriga joylashadi. ^ Ruh elekrod potencial qiymatini aniqlash uchun tuzilgan Galvanik element sxemasi Metallarning kuchlanishlar qatoridan quyidagi xulosalar kelib chiqadi. Xar bir metall aktivlik qatorida uzidan keyingi metallni uning tuzidan sikib chikaradi. Vodorodni kislotalardan standart elektrod potenciallari manfiy qiymatga ega bo‘lgan metallar sikib chikaradi. Metallarninng standart elektrod potencialini musbat qiymati qancha katta bo‘lsa, uning ioni shuncha kuchli oksidlovchilik xossasiga ega bo‘ladi. Download 15.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling