Referat mavzu: Elektron tijorat mazmuni, iqtisodiy ahamiyati va tarkibi. 2-oliy ta`lim (sirtqi) 3-kurs


O’zbekistonda elektron tijoratning rivojlanish istiqbollari


Download 0.7 Mb.
bet9/9
Sana01.03.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1239350
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mingturayev Abduvali raqamli iqtisodiyoti

O’zbekistonda elektron tijoratning rivojlanish istiqbollari
Shuni bemalol ta’kidlash mumkinki, O’zbekiston o’zining yuqori darajali intellektual imkoniyatlari bilan axborot texnologiyalari tamaddunining qirg’og’ida qolib ketmasligi zarur.
Elektrontijoratni rivojlantirish jamiyatimiz uchun qanday natijalar beradi?

  • Elektron tijoratning rivojlanishi O’zbeksiton mehnat bozori strukturasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Yuqori axborot texnologiyalarini sanoatlashtirish minglab yangi ish o’rinlarini yaratadi.

  • O’zbekiston iqtisodiyotining barqarorlashishi, tovar va xizmatlarning raqobatbardoshligi kuchayishi va elektron tijorat rivojlanishining bir paytda sodir bo’lishi eksport imkoniyatlarimizning oshishiga olib keladi.

  • Elektron tijorat aholi turmush darajasining yaxshilanishini, marketing, menejment kabi sohalarning rivojlanishini ta’minlaydi.

Shunday qilib, O’zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish imkoniyatlari yildan yilga o’sib borayotganligini alohida ta’kidlab o’tish lozim. Uning rivojlanishi milliy ishlab chiqaruvchilarimizga yangi bozorlar ochish, yangi mijozlar topish imkoniyatlarini yaratadi. Elektron tijoratni rivojlantirish bo’yicha tanlangan va amaldagi yo’ldan to’g’ri borish, kelajakda O’zbekiston iqtisodiyotini jahon bozorining yetakchi vakillaridan biriga aylantiradi. O’zbekistonda elektron tijorat bo’yicha mavjud muammolarni hal qilishning to’g’ri yo’li tanlanganligi xalq farovonligida, jamiyatimizning taraqqiy topishida, iqtisodiy rivojlanishimizda o’z aksini topadi.
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlashtirishda, shu jumladan elektron tijoratni rivojlantirishda muayyan natijalarga erishish imkonini berdi.
Shunga qaramay, mamlakatda elektron tijoratning to‘laqonli bozorini yaratishga, tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarning tashqi bozorlarga chiqishiga to‘siq bo‘layotgan qator muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda. Xususan:
birinchidan, elektron tijorat sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishning amaldagi tizimi soha taraqqiyotining jadal sur’atlardagi o‘zgarishlariga mos kelmaydi va o‘z navbatida aholi keng qatlami va tadbirkorlik subyektlari uchun elektron tijoratdan foydalanish imkonini ta’minlamaydi;
ikkinchidan, mahalliy tadbirkorlik subyektlariga tashqi bozorlarda to‘liq raqobatlashish, shuningdek, xarajatlarni optimallashtirish imkonini bermayotgan elektron tijorat orqali tovarlar (xizmatlar)ni eksport qilishning eskirgan byurokratik to‘siqlari saqlanib qolmoqda;
uchinchidan, elektron tijoratni rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish jarayoni lozim darajada yo‘lga qo‘yilmagan, bu esa iqtisodiyotni raqamlashtirish va tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining to‘xtab turishiga olib kelmoqda;
to‘rtinchidan, mahalliy to‘lov tizimlarining mashhur xorijiy analoglari bilan integratsiyasi yo‘qligi, mamlakat tadbirkorlik subyektlarining elektron tijorat sohasidagi yetakchi xorijiy tashkilotlar bilan to‘liq xalqaro hamkorlikda ishlashlariga, shuningdek, mahalliy bozorning eksport salohiyati va raqobatbardoshligiga ta’sir qilmoqda;
beshinchidan, elektron tijorat imkoniyatlari va afzalliklarini, jumladan, tovarlar (xizmatlar) uchun, ayniqsa, joylarda naqd pulsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish darajasi pastligicha qolmoqda, bu esa xufyona iqtisodiyot hajmining oshishiga va davlat budjetiga soliq tushumlarining kamayishiga olib kelmoqda;
oltinchidan, amaldagi soliqqa tortish tizimi elektron tijorat sohasidagi tadbirkorlik subyektlari, jumladan, axborot vositachilari faoliyatini kengaytirishni rag‘batlantirmaydi, bu esa Internet tarmog‘i orqali mahsulotlarni xufyona ayirboshlash hajmi oshishiga olib kelmoqda, shuningdek, ushbu sohaga investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilishni cheklamoqda.

Adabiyotlar ro’yxati

  1. G‘.M. Porsaev, B.Sh. Safarov, D.Q. Usmanova. Raqamli iqtisodiyot asoslari. (Darslik) –T.: «Fan va texnologiyalar nashriyot-matbaa uyi», 2020. 372 b.

  2. Obraщenie Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoeva k Oliy Majlisu (28.12.2018) Tashkent «Uzbekistan»-2019. – 80 b.

  3. Ukaze Prezidenta Respubliki Uzbekistan№ UP-60 «O strategii razvitiya Novogo Uzbekistana na 2022 — 2026 godы».

  4. R.H. Ayupov. Raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar. O’quv qo’llanma. Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2020, 554 bet.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling