Referat mavzu: faoliyatning psixologik talqini
Reorientasiya psixologik muammo sifatida
Download 38.65 Kb.
|
FAOLIYaTNING PSIXOLOGIK TALqINI
6. Reorientasiya psixologik muammo sifatida
Psixologiya fanida kasb tanlashga yo’llash (proforientasiya) atamasi qadim zamondan qo’llanilib kelinadi. Lekin ijtimoiy shayotning keyingi davrlarida boshqa bir atama fanimizga kirib keldi, u reorientasiya (qayta yo’llash) deb atalib, insonni yangi bir moslashmaga (ko’nikmaga), kasbga yo’naltirishni bildirib keladi. qayta kasbga yo’llash (reorientasiya) o’ta insonparvarlik (gumanistik) g’oyani kasbini o’zgartiruvchi yoki ishsiz qolgan shaxs ruhiyatiga singdirishni anglatadi. Ishlab chiqarishga avtomat qurilmalarning (elektron moslamalarning, robotlarning) kirib kelishi ish o’rinlarining qisqarishiga olib keladi. Muassasa, tashkilot, korxona rentabelligining pasayishi ham xodimlarga nisbatan eshtiyojning kamayishini keltirib chiqaradi. Ma'lumki, bozor iqtisodiyoti raqobatga asoslanadi, shuning uchun testlarga bardosh beruvchi, yuqori malakali, mashoratli, bilimdon, komil insongina sinovlardan muvaffaqiyatli o’ta oladi, xolos. o’rtamiyona darajadagi mutaxassislar esa ish o’rnini yo’qotib, vaqtincha ishsizlar ro’yxatiga kiradi. Ishsizlik, ish o’rnini yo’qotish ayollarda o’kinchli (ayanchli) shis-tuyg’ular qobig’iga o’ta murakkab kechadi, go’yoki tragediya, shalokat, judolik vujudga kelganda ham ekstravertlik, ham introvertlik xususiyatlari uyg’unlashganday yuz beradi. Erkaklar esa bunday vaziyatlarga matonat bilan, iloji boricha hissiyotlarga berilmasdan, aql-zakovat maromlariga tortilganlik to’yg’usi ustuvorligida namoyon bo’ladi. Erkaklarda achinish, xafaxonlik kechinmalari tarzida shukm surishi, asta-sekin uning ta'sir kuchi pasayishi kuzatiladi. Bunda insonning ruhiy kechinmalari keskin o’zgarishining asosiy omillari sifatida uning ish davri va yoshi ijtimoiy muammo maydoniga chiqadi. Yoshning ulg’ayishi yangi mushit, o’zgacha haroit, notanish jamoa va uning nufuzi kabi masalalar yechimiga salbiy munosabatni keltirib chiqaradi. Mazkur ob'ektga uzoq davr mehnat faoliyatini bag’ishlash ham frustrasiya holatini harakatlantiruvchi safida asosiy rol o’ynashi mumkin. Xullas, har ikkala omil ham frustrasiyaning manbai vazifasini o’taydi (bajaradi), noxush muvaqqat kechinmalar vujudga kelishi, kechishi, rivojlanishi jarayonlarini uzluksiz ravishda bajarib turadi. Hozirgi zamon mehnat birjalarida reorientasiya (qayta kasbga yo’llash) ishlari olib borilishi markazlashtirilgan. maxsus xodimlar kompyuter xotirasiga joylashtirilgan shahar, tuman bo’yicha ixtisoslar bo’yicha yoki ixtisoslararo mutaxassislar ro’yxati (zaruriyati, ehtiyoji, talabi) bilan ish izlab kelgan mushtoj shaxs tanishtiriladi. Aksariyat mehnat birjalarida psixologlar yetishmaganligi tufayli tasodifiy xodim ish bilan ta'minlash, bo’sh o’rinlarni to’ldirish bilan shug’ullaniladi, xolos. Aslida esa bu xizmat qator omillarni tekshirish, o’rganishni taqozo etadi, ilmiy psixologik qonuniyatlar asosida ish yuritishni talab qiladi, chunonchi: 1. Shaxsning fazilatlari, xarakterologik xislatlari. 2. Hissiy jabhalari va irodaviy sifatlari. 3. Insonning kognitiv va regulyativ imkoniyatlari. 4. Ehtiyoji, motivi, motivasiyasi, motivirovkasi. 5. Kasbiy mayli, qiziqishi, layoqati. 6. Professiogramma talablariga mosligi, kasbiy yarog’ligi. 7. Iqtidori (iste'dodi), qobiliyati, saloshiyati. 8. Kasbiy bilimlari, ko’nikmalari, malakalari, mashorati. 9. Umumiy saviyasi, dunyoqarashi, maslagi (e'tiqodi). 10. Salomatligi, jinsiy xususiyatlari, yoshi. 11. Izlanuvchanligi, ijodiy imkoniyatlari, innovasiyaga nisbatan munosabati. 12. Ijtimoiy yetukligi, tashkilotchilik qobiliyati. 13. Ekstravertligi va introvertligi. 14. Yuksak insoniy tuyg’ularga (axloqiy, aqliy, nafosat, praksik) egaligi. 15. Fidoiylik, altruistik, vatanparvarlik fazilatlari ustuvorligi va boshqalar. Yuqorida sanab o’tilgan mezonlar bo’yicha tekshirish ishlari bir necha metodlar, metodikalar orqali ko’p seriyali tajribalar negizida amalga oshiriladi. Buning uchun testlardan qobiliyatga, shaxsga, ijodiyotga, xotiraga shaxslararo munosabatga (oid), maxsus ishlab chiqilgan materiallardan, maqsadli vaziyatlardan, qiyinlashtirilgan topshiriqlardan, muammolardan, psixologik treninglardan, psixodramalardan va boshqalardan foydalaniladi. Olingan natijalar sifat va miqdor jishatdan tashlil qilingandan keyin muayyan xulosalar chiqariladi. Xulosalar asosida reorientasiya sub'ekti roziligida ishga mushtoj shaxs taklif qilingan kasbga yo’naltiriladi. Ish joyning masofasi, uning ekologiyasi, sangigienasi, maoshi, istiqboli, muammoli jishatlari yuzasidan mukammal fikr almashiniladi, toki hartnoma qonuniy shujjat ekanligi (qiymatiga) zarar keltirmasin (ba'zan kelishuvdan voz kechish holatlari ham yuz berib turadi). Psixologik kuzatishlarning ko’rsatishiga qaraganda, reorientasiya (kasb tanlashga yo’llash) kabi bosqichlardan tashkil topgan bo’lib, ular qisqa fursatda (muddatda) o’tishi bilan o’zaro muayyan darajada tafovutlanadi. Jumladan, kasbiy maorif, kasbga yo’llash, kasbga saralash, kasbiy moslashish tezkorlikda, mukammal, o’ziga xos xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Ayniqsa, kasbiy moslashish davri o’ziga xos tarzda kechadi, bir bosqich ikkinchisi bilan silliq uzviy bog’lanib ketadi. Kasbning moddiy (iqtisodiy) tomoni, ijtimoiy faollik (nufuzga egalik), ma'naviy ta'minlanganlik (ruhiy ko’tarinkilik hissiyotining ustuvorligi) insonning qaytatdan ijtimoiy shayotdan o’z o’rnini topish imkonini yaratadi, uning umrini uzaytiradi, ruhiy imkoniyatlari, zaxiralari, potensiyasi, rezervi ishga tushishiga puxta negiz shozirlaydi. Reorientasiya (qayta kasbga yo’llash) gumanistik psixologiya tamoyillarini turmushga tatbiq etishga zarur hart-haroitlar yaratadi. Inson omilini qadrlashga, butun imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishga, ezgu niyat, orzu shavas, istak-xoshish ushalishiga negiz vujudga keltiradi. Ko’p profilli kasb-shunar egalari safini kengaytirishga xizmat qiladi, komillikka intilish tuyg’usini jonlantiradi, zarur bilimlar, malakalar bilan qurollantirishga turtki beradi. Reorientasiya inson imkoniyatini qaytatdan sinashning manbai shisoblanib, o’zini o’zi kashf qilishi, o’zini o’zi boshqarishi, o’zini o’zi tashkillashtirish, o’zini o’zi basholash, o’zini o’zi refleksiyalash, o’zini o’zi indentifikasiyalash kabi shaxs fazilatlarini ro’yobga chiqarishga xizmat qiladi. Download 38.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling