Referat mavzu: Hayotning paydo bo’lishi. Topshirdi: Qabul qildi: Reja: Yerda hayotning paydo bo’lishi


Yulduz va quyoshda uchraydigan ximiyaviy moddalarning o’simlik va hayvon tanasida mavjud moddalar bilan taqqosi


Download 87.72 Kb.
bet3/10
Sana28.03.2023
Hajmi87.72 Kb.
#1305092
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
jasurkhan zoologiya 2

Yulduz va quyoshda uchraydigan ximiyaviy moddalarning o’simlik va hayvon tanasida mavjud moddalar bilan taqqosi

Ximiyaviy element

Nisbiy miqdori, foiz hisobida

Yulduzda

Quyoshda

O’simlikda

Hayvonda

Vodorod (Н)

81.76

87.0

10.0

10.0

Geliy (Ne)

18.17

12.9

-

-

Azot (N)

0.33

0.33

0.28

3.0

Uglerod (C)

0.33

0.33

3.0

18.0

Magniy (Mg)

0.33

0.33

0.08

0.053

Kislorod (O)

0.03

0.25

79.0

65.071

Kremniy (Si)

0.01

0.004

0.15

0.254

Oltingugurt (S)

0.01

0.004

0.15

0.254

Temir (Fe)

0.01

0.004

0.15

0.254

Boshqa elementlar

0.001

0.04

7.49

3.696

SHunday qilib, tirik organizmlar oddiy tuzilishi jihatidan koinotda keng tarqalish xususiyatiga ega atomlardan tarkib topgan. Hayot esa dastlab sodda, yengillik bilan birikishga mos atomlarni o’zida mujassamlashtirishga muvaffaq bo’lgan. Vodorod, uglerod, azot va kislorod Mendelevning elementlar davriy sistemasining birinchi va ikkinchi davrasida jamlangan. Bu elementlarning atomi nihoyatda kichik, turg’un va takroriy bog’lanish qobiliyatiga ega bo’lganligi tufayli markkab polimerlar hosil qilish imkoniga ega. Takroriy, qo’sh va uchtakroriy bog’lanishlar atomning reaktsiya qobiliyatini oshiradi.
Mendeleev davriy sistemasining uchinchi davrasidan o’rin olgan keyingi ximiyaviy element - fosfor va oltingugurt ham takroriy bog’lanishlar hosil qilish qobiliyatiga ega.
Nobel mukofoti laureati, Amerikalik bioximik Dis Uildning fikricha, (Uild, 1964) nomlari yuqorida keltirilgan elementlarning bu xususiyati ularning energiyani yig’ish va belgilangan miqdorlarda o’tkazish qobiliyatini oshiradi. Bundan tashqari oltingugurt oqsil tarkibiga kiradi, fosfor esa nuklein kislotaning ajralmas qismi, oliy nerv faoliyati ham fosfor almashinuvi bilan uzviy bog’liq.
Binobarin, hayot oziqasi uch toifadagi, xususan sodda tuzilishli, zarur va maxsus maqsad uchun xizmat qilish vazifasini o’taydigan atomlardan tarkib topgan. Kremniy yuqorida ta‘kidlangan tiriklikning asosini tashkil qilgan 21 ta element tarkibiga kirmaydi. Lekin u diatom suvo’tlari qobig’ida shakllanadigan kremnozyom tarkibiga kiradi.
SHu bilan birga bu modda yuksak taraqqiy etgan ayrim hayvonlarning skeleti va yuksak o’simliklarning mexanik to’qimalari tarkibiga kiradi. Oddiy umurtqali hayvonlarning qalqonsimon bezi ajratadigan modda almashinuvida faol ishtirok etadigan tiraksin garmoni tarkibiga kiradi.
Tirik organizm tarkibiga kiradigan, tabiatda keng tarqalgan, turli-tuman ximiyaviy elementlar hayotning asosini tashkil etibgina qolmay, balki tiriklik holati, uning o’sishi, rivojlanishi singari barcha jarayonlarni sodir bo’lishida faol ishtirok etadi. Bu ximiyaviy elementlar kerak bo’lganda boshqa o’ziga o’xshash material bilan almashtirish mumkin bo’lgan, mashina qismlari singari materialdan tubdan farq qiladi.
Masalan, turmushda tez-tez uchrab turadigan xo’jalik buyumlari yoki mashinaning bir qismi ishdan chiqsa, uni metal o’rnida ishlatiladigan plastmassadan yasalgan qism bilan almashtirish mumkin.
Hayot uchun esa ximiyaviy elementlarning o’zi emas, balki ular tarkibiga kiradigan har bir atomning ximiyaviy xossasi muhim hisoblanadi. Bu xossalar kvantlar qonuniyati bilan ifodalanadi. Shuning uchun ham ayrim olimlar tomonidan taklif qilinganidek, tiriklik sistemasini boshqa elementlar asosida modellashtirish mumkinligi to’g’risidagi g’oyaga bovar qilish qiyin.
Yerda hayotning shakllanishida ximiyaviy elementlar muhim ahamiyatga ega ekan, ular Yer qurrasining muhit sharoitlari bilan uzviy bog’liq ekanligi muqarrardir. Shu bilan bir qatorda yerda hayotning shakllanishida ximiyaviy birikmalar orasida suyuq moddalar va xususan suv alohida o’rin tutishini ta‘kidlab o’tmog’imiz lozim. Ximiyaviy suyuq modda hisoblanmish suvning tirik mavjudotlar tanasidagi nisbati organizmning hayot holati uchun naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi.
Balog’atga yetgan odam tanasidagi suvning miqdori uning umumiy tanasiga nisbatan 60% ni tashkil etsa, sichqon tanasining 73% ni tashkil etadi. Bakteriyalarda uning miqdori 80% ga qadar, tasma ichakli hayvonlarning ayrimlarida u 98% dan ortiq. Yuksak taraqqiy etgan hayvonlarning intensiv harakat qiladigan organlarida suvning miqdori ayniqsa ko’p. Agar odam skeletida 22% suv bo’lsa, muskulida 76,6%, yuragida esa suvning miqdori 79,3%ga qadar ko’tariladi, bosh miya yarim sharlari po’stlog’ida uning miqdori 83,3% ga teng. Yosh odam organizmida suvning miqdori 90%ga qadar bo’ladi, qarrigan sari uning miqdori kamayib 50% ga qadar tusha boradi.
Erituvchi sifatida ham suvning xossalari bag’oyat muhim ahamiyatga ega. Suvning faqat uning uchungina xos bo’lgan turli-tuman xossalari va doimo harakat holatida bo’lishi tufayli u tabiatda sodir bo’ladigan modda almashinuvining asosiy omillaridan hisoblanadi.
Organizmda ham suv xuddi yuqoridagi singari vazifani bajaradi. Suvda erigan anorganik va organik moddalar iste‘molchiga yetib boradi. Busiz tirik organizmlar, planktonlar, harakatsiz organizmlar va xususan yuksak o’simliklarning hayot faoliyati hozirdagi singari davom etmagan, balki umuman bo’lmagan ham bo’lur edi.
Erituvchi sifatida suv oziq moddalarni tashuvchi rolini o’ynaydi. Suv yordamida organizm ichida barcha moddalar uning bir qismidan ikkinchi qismiga o’tadi, organizm turli-tuman moddalarni qabul qiladi va keraksiz qismini ajratadi.
SHunday qilib, organizmda moddalar almashinuvi oziq moddalarni qabul qilishini, ularni qayta qurilishi va ajraladigan moddalar metobolizm bilan bog’liq bo’lib, bu hodisa suv yordamida amalga oshadi. Suvning ahamiyati faqat yuqorida ko’rsatilganlar bilangina chegaralanmaydi. Suv tortish kuchi yordamida tomchilari kapilyarlar orqali yuqoriga ko’tariladi, busiz quruqlikda hayot kechiruvchi o’simliklar uchun o’sish imkoni bo’lmas edi. Shuni eslash o’rinliki, yuksak o’simliklarning oziqlanishi, kapilyarlik qonuniyatiga asoslangandir.
Amerikalik fiziolog L.Rendersonning fikricha, tirik mavjudotlarning hayot holatida o’zining kerakligi jihatidan karbonat angidrid suvdan keyingi ikkinchi o’rinda turadi. Atmosfera tarkibidagi bu gazni hech qanday ximiyaviy jarayon okean suvidan tortib olishga qodir emas. Ammo tabiatda sodir bo’ladigan almashinuv jarayoni barcha yashil o’simliklar va umuman barcha tirik organizmlarning asosiy oziqa manbai hisoblangan murakkab organik moddalarning hosil bo’lishi, fotosintez jarayonida karbonat angidrid gazining ishtirokisiz o’tmasligi ko’pchilikka ma‘lum.
SHunday qilib, bundan 4-4.5 mlrd.yil muqaddam Yer qurrasida hayotning shakllanishi va uning evolyutsiyasi uchun muayyan kosmik planetar va ximiyaviy sharoit vujudga kelgan. Koinotda yulduz moddasining shakllanishi hayot uchun muhim ximiyaviy elementlarning vujudga kelishi, quyosh sistemasidagi planetalardan biri - Yer qurrasini shakllanishi va materiyaning taraqqiyoti uchun sharoit yaratish imkonini berdi.
Bu sharoitlardan eng muhimi quyosh nuri va yosh planeta - Yerning tektonik faoliyati ta‘sirida sodir bo’ladigan suv. Atmosfera havosi va mineral elementlarning planetar almashinuvi hisoblanadi. Moddalarning planetar abiogen almashinuvi hayot uchun muhim hisoblangan mineral elementlarning o’zaro almashinuvini taqozo qiladi. Bunday almashinuvchiz Yer qurrasida hayot tomon yo’nalishdagi planeta evolyutsiyasi sodir bo’lishi mumkin emas edi.

Download 87.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling