Referat mavzu: Hosil qiluvchi to’qima toshkent 2023 reja: Hsil qiluvchi to’qima (meristema)
Apikal ( lot. apeks – uchki) meristema nova va ildizlarning uchki qismida bo’ladi. O’sish nuqtalarida initsial
Download 1.51 Mb.
|
Referat
Apikal ( lot. apeks – uchki) meristema nova va ildizlarning uchki qismida bo’ladi. O’sish nuqtalarida initsial ( lot.inisialis-boshlang’ich) hujayralar bo’lib, ularni bo’linishi natijasida meristema to’qimasi hosil bo’ladi. Apikal yoki birlamchi meristema o’simlik organlarida joylashishi bo’yicha uchki meristema hisoblanadi. Bu meristemaning bo’linishi natijasida novda va ildiz uzunasiga o’sishini ta’minlaydi.
Apikal meristema butunlay ixtisoslashmagan hujayralar to’plamidan iborat bo’lib, uning ikki turi farqlanadi. Poyaning apikal meristemasi (PAM) va ildizning apikal meristemasi (IAM). PAM va IAM hujayralari cheksiz bo’linish xususiyatiga ega bo’lib, bu xususiyati bilan hayvonlarning asos hujayralariga o’xshab ketadi. Hujayralarning necha qavat bo’lib joylashishi o’simlik turiga bog’liq. Poya va ildiz meristemaning joylashish sxemasi: 1-apikal meristema; 2-interkalyar meristema; 3-yon (lateral) merisema. Poyaning apikal meristemasi o’simlikning barcha yer ustki qismlarining (barg, gullar) hosil bo’lishiga javobgar hisoblanadi. Poyaning uchidagi meristema hujayrasi asos hujayra vazifasini o’tab boshlang’ich barg va gulni hosil qiladi. Ildizning apikal meristemasi PAMdan farqli ravishda ikki xil o’lchamdagi hujayralarni hosil qiladi. O’sish nuqtasining markazidagi sokin markaz (SK) deb nomlanuvchi hujayralar (bu markaz hujayralari juda sekinlik bilan bo’linadi) va ildizning hosil bo’lishida faol ishtirok etuvchi hujayralar. Interkalyar meristema yopiq urug’li o’simliklardan faqat bir urug’pallalilarda uchraydi. Ushbu meristema to’qimasi bir urug’ pallalilarning o’tsimon vakillarida, barg qini hamda poyadagi bo’g’imlarda joylashadi. Shu bilan birga yo’sinlarda ham interkalyar o’sish kuzatiladi. Interkalyar meristemaning asosiy vazifasi o’t formasidagi o’simlikning tezlikda o’sishini ta’minlashdan iboratdir. Masalan, bambuk poyasining bo’g’imlarida joylashgan interkalyar meristema poyaning tezlikda cho’zilishini ta’minlaydi. Shu bilan birga o’tsimon o’simliklarda jarohatlangan barglarni tezda qayta tiklanishiga ham javobgar hisoblanadi. Apikal meristema Yon (lateral) meristemalar, apikal meristemasidan bir oz pastroqda joylashgan bо‘lib, uning faoliyati natijasida halqasimon qatlam yuzaga keladi hujayralarning bо‘linishidan birlamchi kambiy, perisikl hosil bо‘ladi. Boshqa yon meristemalar (kambiy fellogen) keyinroq yuzaga keladi, shuning uchun ham ularni shartli ravishda ikkilamchi meristema deb ataladi. Latereal meristema o’simliklarning yon tomonga o’sishini ta’minlaydi. Ushbu hujayralar o’simlikning o’q organlari atrofida joylashadi. Ularga kambiy, qo’shimcha kambiy va fellogen kiradi. 3.Birlamchi yon (lateral) meristema - prokambiydan birlamchi о‘tkazuvchi tо‘qimalar (protoksilema, metaksilema, protofloema, metafloema) hosil bo’ladi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling