Referat mavzu: Huquqiy munosabatlar Bajardi: 101-guruh talabasi Olloyorova S. Qabul qildi: Akaeva N. Toshkent-2021


Download 33.13 Kb.
bet2/3
Sana05.01.2022
Hajmi33.13 Kb.
#230723
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
huquqiy munosabatlar

Xuquqiy munosabat - o`zaro sub’ektiv huquq va majburiyatlar bilan bog’liq
shaxslar (ya’ni, fuqarolar va yuridik shaxslar) o`rtasidagi huquq normalari va 
muayyan yuridik faktlar asosidagi aloqadir. 
Huquqiy munosabat ta’rifidagi asosiy narsa, avvalo, bu tomonlar o`rtasidagi 
aloqadorlikni aks ettirishdir. Bunday munosabatlarda kamida ikki tomon - huquq 
sohiblari ishtirok etib, o`zaro muloqotga kirishadilar. 

Huquq sohiblari bir-birlari oldida tegishli sub’ektiv huquq va majburiyatlarni 


o`taydilar. Huquqiy munosabat ishtirokchilarining hukuq va majburiyatlari bir-biri bilan o`zaro mutanosib tarzda bog’liq; bir tomonning huquqiga ikkinchi tomonning 
majburiyati muvofiq keladi; har doim huquq sub’ekti bo`lgan shaxs qarshisida 
majburiyat o`tovchi shaxs gavdalanadi. Masalan, ishga kirish bilan bog’liq huquqiy 
munosabatni olaylik. Bunda, ishga qabul qilingan xodim zimmasida muayyan mehnat 
faoliyatini amalga oshirish majburiyati, korxona ma’muriyatida esa ehnat intizomiga 
rioya qilishni talab etish huquqi va bajarilgan ish uchun tegishli ish haqi to`lash 
majburiyati (bu ayni vaqtda huquq hamdir) paydo bo`ladi. Ayni paytda, ikkala sub’ekt
ham qonunda belgilangan qator huquqlardan foydalanadilar. 
Yuridik adabiyotda huquqiy munosabatlarning tabiati masalasi ancha 
munozarali. Bir guruh olimlar huquqiy munosabatlarni ijtimoiy munosabatlarning 
alohida bir turi, deb hisoblaydilar (L.S.Yavich va 
boshqalar) Boshqa mutaxassislarning ta’kidlashicha: «Huquqiy munosabatlar 
ijtimoiy munosabatlarning alohida turi emas, ya’ni ular mulkiy, mehnat, oilaviy, 
boshqaruv munosabatlari silsilasida mustaqil o`rin tutmaydi: huquqiy munosabatlar 
faqat ularning yuridik shakli, tashqi ifodasi sifatida namoyon bo`ladi... Ijtimoiy 
munosabatlar huquqiy shaklga ega bo`lishi mumkin, bunda ular huquqiy 
munosabatlar, deb ataladi»
To`g’ri,  ijtimoiy munosabatlarning hammasi ham huquqiy normalar vositasida tartibga solinmaydi. Odatda, davlat va jamiyat 
manfaatlari nuqtai nazaridan eng muhim ijtimoiy munosabatlar huquq bilan tartibga 
solinadi. Ijtimoiy munosabatlarning qolgan qismi axloq normalari, siyosiy 
normalar, jamoat birlashmalari normalari, odat qoidalari, diniy normalar va 
hokazolar bilan tartibga solinadi. 
Huquqiy munosabatlar quyidagi xususiyat va maxsus belgilar bilan tavsiflanadi: 

Download 33.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling