Referat mavzu: jamiyat va inson falsafasi bajardi : kompyuter injinering 22/2 guruh talabasi Muhamedov Dilmurod


Download 0.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana21.06.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1637888
TuriReferat
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Jamiyat va inson falsafasi

Har xil tushlar, gallyusinatsiyalar, xayoldan ketmaydigan g‘oyalar, intuitsiya va shu 
kabilar ongsizlikning namoyon bo‘lish shakllariga misol bo‘lishi mumkin. Ular odamlar ruhiyati 
va xulq-atvoriga kuchli ta'sir ko‘rsatadi, lekin ayni vaqtda bu jarayonlarni boshqarish nuqtai 
nazaridan ularga bo‘ysunmaydi. Shu sababli ongsizlik ongning muayyan lahzada ong bilan 
boshqarishga qodir bo‘lmagan parchasi, deyish mumkin
3

Ongsizlik strukturasiga ong sohasida vujudga kelishi va vaqt o‘tishi bilan ongsizlik 
sohasiga kirishi mumkin bo‘lgan intuitsiya va avtomatizmlarni ham kiradi. Intuitsiya – bu olish 
yo‘llari va shartlarini anglamasdan, bevosita hissiy kuzatish yoki mushohada yuritish yo‘li bilan 
olinadigan bilim. Avtomatizmlar – bu avval ong nazorati ostida paydo bo‘lib, uzoq mashq qilish 
va ko‘p karra takrorlash natijasida ongsiz harakatlar xususiyatini kasb etuvchi insonning murakkab 
harakatlari. Tush, gipnoz holati, somnambulizm hodisalari, hushsizlik holatlari ham ongsiz 
harakatlar hisoblanadi.
Ruhiy faoliyatga ongsiz harakatlarning qo‘shilishi natijasida ongga tushuvchi yuk 
kamayadi, bu esa, o‘z navbatida, insonning ijodiy imkoniyatlari maydonini kengaytiradi. Hozirgi 
zamon fani ong osti sohasi tushunchasi bilan ham ish ko‘radi. Bu ongsizlik sohasining alohida 
qatlami yoki darajasidir. Unga faoliyat amallarining ong darajasidan avtomatizm darajasiga o‘tishi 
bilan bog‘liq ruhiy hodisalar kiritiladi.
Ongning strukturasi va funksiyalari. Ong qanday strukturaga ega? Ong strukturasi ko‘p 
jihatdan shartlidir. Gap shundaki, ong elementlari bir-biri bilan uzviy bog‘langan. Ammo, shunga 
qaramay, ongda quyidagi elementlarni ajratish mumkin: 
Ongning birinchi elementi – bilim. Bu ongning bosh tarkibiy elementi, uning o‘zagi, 
mavjudlik vositasi. Bilim – bu insonning voqyelik haqidagi tushunchasi. Inson ongida bilim anglab 
yetilgan hissiy va mavxum mantiqiy obrazlar sifatida aks etadi. Bilimlar yordamida inson o‘zini 
qurshagan dunyoni va bilishning predmetini to‘laligicha qamrab olishi va anglab yetishi mumkin. 
Bilim ongning moddiy faoliyat vositasida dunyoni izchillik bilan yaratish imkoniyati, voqyealar 
rivojini nazarda tutish, ijodiy faollik ko‘rsatish kabi xossalarini belgilaydi. Boshqacha qilib 
aytganda, ong – bu bilimlar shaklidagi voqyelikka inson ehtiyojlarini hisobga olgan holda 
yondashishdir.
Ong strukturasining ikkinchi muhim elementi emotsiyalardir. Inson o‘zini qurshagan 
dunyoni sovuqqonlik va befarqlik bilan emas, balki qoniqish, nafrat yoki hamdardlik hissi bilan 
anglab yetadi. U o‘z ongida aks etgan hamma narsani his qiladi. Emotsiyalar borliqning real 
hodisalarini individ anglab yetishini yo rag‘batlantiradi, yo bunga to‘sqinlik qiladi. Ko‘zni 
quvontiradigan narsalar xotiraga osonroq o‘rnashadi. Ammo ba'zan dunyoning «ko‘zni 
quvontiradigan» manzarasi o‘ziga mahliyo qilishi, illyuziyalar tug‘ilishiga sabab bo‘lishi ham 
mumkin. Ayrim, ayniqsa salbiy emotsiyalar aqlning teranlik darajasiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. 
Masalan, qo‘rquv hissi inson yuz berayotgan hodisalarni anglab yetishi yo‘lida to‘siqqa aylanishi 
mumkin. Shaxsning eng muhim ijtimoiy va ekzistensial qadriyatlar bilan aloqalari anglab yetilishi 
natijasida shakllanadigan ma'naviy tuyg‘ular (masalan, muhabbat tuyg‘usi) emotsiyalarning oliy 
darajasi hisoblanadi. Tuyg‘ular moddiy mazmunga egalik, turg‘unlik, real vaziyatga bog‘liq 
emaslik bilan tavsiflanadi. Emotsiyalar sohasi inson ongining barcha harakatlariga sezilarli 
darajada ta'sir ko‘rsatadi, uning faoliyati uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ongning uchinchi tarkibiy elementi iroda. Iroda inson o‘z faoliyatini ongli ravishda
izchillik bilan boshqarishini o‘zida ifodalaydi. Bu insonning o‘z faoliyatida yuzaga keladigan, 
sub'ektiv va ob'ektiv qiyinchiliklar va to‘siqlardan ongli ravishda oshib o‘tishni talab etadigan 
vazifalarni hal qilishga o‘z ruhiy va jismoniy kuchlarini safarbar etish va yo‘naltirish qobiliyatidir. 
Inson mehnat qurollarini yaratishi – bu irodani shakllantirishning birinchi va eng muhim 
maktabidir. Iroda va maqsad bir-birini to‘ldiradi. Irodasiz maqsadga erishish mumkin emas; 
maqsadga muvofiq faoliyatsiz iroda ham bo‘lmaydi. Iroda – bu ongli intilish va harakatga mayl 
uyg‘otishdir. Ammo insonga ongsiz mayllar ham xos. Ba'zan inson qaergadir intiladi, lekin qaerga 


va nima uchun intilayotganini uning o‘zi ham bilmaydi. Bunday ong osti harakati insonga 
hayvonlardan o‘tgan.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling