Referat mavzu: jamiyat va inson falsafasi bajardi : kompyuter injinering 22/2 guruh talabasi Muhamedov Dilmurod
Download 0.92 Mb. Pdf ko'rish
|
Jamiyat va inson falsafasi
vа pоzitiv yo‘nаlishlаrgа bo‘lishgа dоir tаsniflаsh kеng
tаrqаlgаn. Mаzkur huquqlаrning bu kаbi bo‘linishi erkinlikni nеgаtiv vа pоzitiv jihаtlаrini ifоdаlаshgа аsоslаnаdi. Mа’lumki, erkinlikning nеgаtiv аhаmiyati nuqtаi nаzаrigа binоаn shахsgа nisbаtаn mаjburlаsh vа chеklаshlаrning yo‘qligi tushunilаdi. Pоzitiv nuqtаi nаzаrdаn esа tаnlаsh erkinligi, аsоsаn, insоnning o‘z mаqsаdlаrigа erishish qоbiliyati, uning individuаl rivоjlаnishi vа umumаn, uning qоbiliyatlаrining pаydо bo‘lishi tushunilаdi. Erkinliklаrning mаzkur bo‘linishidаn kеlib chiqib, nеgаtiv huquqlаr dеgаndа, dаvlаt vа bоshqа insоnlаrning individgа nisbаtаn u yoki bu hаrаkаtlаrdаn o‘zini tiyib turishi tushunilаdi. Bu huquqlаr shахsni nохush tа’sirlаrdаn, uning erkinligini buzishi mumkin bo‘lgаn аrаlаshish yoki chеklаshlаrdаn himоya qilаdi. Bu huquqlаr аsоs bo‘luvchi, muhim vа mutlаq huquqlаr sirаsigа kirаdi. Mаzkur huquqlаrni tа’minlаsh dаvlаt rеsurslаri yoki mаmlаkаtning ijtimоiy-iqtisоdiy rivоjlаnish dаrаjаlаrigа bоg‘liq emаs. Nеgаtiv huquqlаr esа shахs erkinligining аsоsidir. Erkin shaxs postindustrial jamiyatga o‘tish jarayonida shakllana boshladi. Bu jamiyatda bilim, axborot, kasbiy mahorat ustuvor hisoblanadi, xizmat ko‘rsatish sohalari jadal rivojlana boshlaydi. Qudratli moddiy-texnik baza, taraqqiy etgan ishlab chiqaruvchi kuchlari bo‘lgan bilan bunday jamiyat shaxs taraqqiyotining moddiy va ma’naviy omillari yetilgan bo‘ladi. Ochiq, erkin jamiyat erkin shaxsning shakllanishi uchun bo‘lgan zaruriy shart-sharoitlarni yaratadi. Shaxs faqat ochiq, erkin jamiyatdagina erkin bo‘la olishi mumkin. Shuning uchun ham mustaqillikka erishgan, demokratik taraqqiyot yo‘lini tanlab olgan davlat va jamiyatda inson eng oliy qadriyatga aylanadi. Jamiyat va shaxslar orasidagi o‘zaro aloqa va munosabatlar taxlili shundan dalolat beradiki, jamiyatning sivilizatsiyali taraqqiyoti shaxs rolining tobora o‘sib boruviga olib keladi. Bu hol shaxs erkinligi bilan ma’suliyati masalasini dolzarb masalaga aylantiradi. Shu munosabat bilan erkinlikning o‘zi nima? Erkin shaxs qanday shaxs? Kabi savollarga javob topish lozim bo‘ladi. Avvalo Erkin shaxs deganda mustaqil shaxs nazarda tutiladi. Mustaqil shaxs mustaqil fikrlash, ishlash, yashash malakasiga ega bo‘lgan odam.Shaxs mustaqilligini ta’minlovchi eng muxim kafolatlaridan biri – insondagi erkinlik va ma’suliyat tuyg‘ularining uyg‘unlashganidir. Erkinlik muammosiga faylasuflar o‘z munosabatlarini bildirganlar. Rus faylasufi N.Berdyayevning fikricha, erkinlik tufayli inson tanlash, saralash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Lekin faqat tanlashning o‘zigina erkinlikni ta’minlab bera olmaydi. Xaqiqiy erkinlik ifodkorlikni taqazo etadi. Inson erkinligini ijodkorlikdan, bunyodkorlikdan ajratish mumkin emas. Deterministik konsepsiya tarafdorlari erkinlik insonning obyektiv zaruriyatni anglab olish qobiliyati, deb tushunadilar. Erkinlik tanlash uchun imkoniyat mavjud bo‘lgan joyda vujudga keladi. Erkinlik insonning o‘z maqsadlariga erishishining muxim omili, uning uchun berilgan imkoniyatdir. Erkinlik tushunchasining lug‘aviy ma’nosi kishining o‘z istagi bo‘yicha ish ko‘rishdir.Erkinlik, shaxs erkinligi volyuntarizm va fatalizm falsafiy yo‘nalishlarining bosh masalasidir. Fatalizm lotincha fatalis – taqdirga oid, degan ma’noni anglatadi. Pifagorchilar, Demokrit, Nitsshe fatalizm namoyondalari xisoblanadi. Fatalizm kalom falsafasining eng muxim aqidalaridan biridir. Fatalizm xar bir xodisa va insonning barcha xatti-harakatlari taqdiri – azalga bog‘liq, deb hisoblaydi. Fatalizm inson xech narsani o‘zgartira olmaydi, barcha narsa, xodisa, jarayonlar mazmuni, yo‘nalishi, okibatlari oldindan belgilangan, degan g‘oyani ilgari suradi va bu bilan insonni xech qanday faoliyat ko‘rsatmaslikka, passivlikda, qismatga buysundirishga chaqiradi.Siyosiy erkinlik xayot kechirish uchun zarur xuquq va erkinliklarning mavjudligi bilan xarakterlanadi. Taraqqiy etgan jamiyatda davlat insonning xaq-xuquqlarini kafolatlaydi. Saylash – saylanish xuquqi, adolatli davlat tizimi, xalqning davlat ahamiyatiga molik masalalarni xal qilishdagi ishtiroki, ya’ni demokratik xuquq va erkinliklardan foydalanish siyosiy erkinlik tushunchasida ifodalanadi. Ma’naviy erkinlik deganda, avvalo, vijdon erkinligi, jamiyat ma’naviy xayotida ishtirok etish, ma’naviy boyliklardan baxramand bo‘lish, ijodning u yoki bu turi bilan shug‘ullanish, so‘z erkinligi kabilar nazarda tutiladi. Erkinlik ma’suliyat, javobgarlik bilan bevosita boglik. Erkinlik va ma’suliyat inson faoliyatinnig o‘zaro uzviy bog‘liі ikki tomonini tashkil etadi. Ma’suliyat avvalo, javobgarlik ma’nosini ifodalaydi. ma’suliyat ijtimoiy ahamiyatli burch va vazifalarning bajarilishi, muayyan axloqiy tamoyillarga rioya qilish bo‘yicha shaxsning jamiyat a’zolari oldidagi javobgarligi. Erkinlik kabi ma’suliyat ham xilma-xil ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi mumkin. Siyosiy, xuquqiy, axloqiy ma’suliyat, shaxs ma’suliyati, jamoa ma’suliyati va x.k. shular jumlasidandir. Ma’suliyat jamiyat, jamoa, ijtimoiy gurux tomonidan shaxsga qo‘yiladigan talablar asosida shakllanadi. Bu talablarning shaxs tomonidan o‘zlashtirilishi uning xatto-harakatlari, faoliyatida namoyon bo‘ladi. Shaxsning shakllanishida ma’suliyat xissini tarbiyalash muxim o‘rin tutadi. Ma’suliyat shaxsining jamiyat manfaatlarini qay darajada chuqur anglay olishni nazarda tutadi. Erkin shaxs avvalo jamiyat manfaatlarini anglagan, jamiyat oldidagi o‘z ma’suliyatini chuqur xis eta oladigan inson. Jamiyat xayot iva taraqqiyoti inson faoliyatining maxsuli va ko‘rinishi ekan, inson qanchalik ma’suliyatni chukur xis eta olsa, shunchalik u ongli faoliyat ko‘rsata oladi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling