Karrali nisbatlar qonuni. 1804-yilda ingliz olimi D.D alton m odda tuzilishi to‘g‘risidagi atomistik tasavvurlarga asoslanib, karrali nisbatlar qonunini ta ’rifladi:
«Agar ikki elem ent bir-biri bilan bir necha birikma hosil qilsa, elem entlardan birining shu birikmalardagi ikkinchi elementning b ir xil massa miqdoriga to ‘g‘ri keladigan massa miqdorlari o ‘zaro kichik va butun sonlar kabi nisbatda bo‘ladi»
Ekvivalent. Ekvivalentlar qonuni. M oddaning ekvivalenti deb uning 1 m ol vodorod atom lari bilan birikadigan yoki kimyoviy raksiyalarda shuncha vodorod atom larining o ‘rnini oladigan miqdoriga aytiladi.Bir ekvivalent m oddaning massasi ekvivalent massa, normal sharoitdagi hajmi esa ekvivalent hajm deyiladi. V odorodning ekvivalent massasi 1 g, ekvivalent hajmi 11,2 1. Kislorod uchun bu qiym atlar mos ravishda 8 g va 5,61 bo‘ladi.Reaksiyaga kirishuvchi m oddalar massalari ularning ekvivalent massalariga tog‘ri proportsionaldir.
Hajiniy nisbatlar qonuni. Fransuz olimi Gey-Lyussak gaz m oddalarning ta ’sirlashuvini tekshirib, o ‘zining hajmiy nisbatlar qonunini kashf etdi. Bu qonun quyidagicha ta ’riflanadi:
«0 ‘zgarmas haroratda va bosimda reaksiyaga kirishgan gazlar hajmlarining o'zaro nisbati ham da reaksiya natijasida hosil bo'lgan gazlar hajmlariga nisbati butun kichik sonlar kabi bo‘ladi».
Avogadro qonuni. H arorat 0°C, bosim 101,325 kPa (760 mm simob ustuni, yoki 1 atmosfera) bo‘lgan sharoit normal sharoit (n.sh.) deyiladi.Hajmiy nisbatlar qonunini tushuntirish uchun italiya olimi Avogadro 1811-yilda quyidagi gipotezani oldinga surdi:
«Bir xil sharoitda (bir xil harorat va bir xil bosimda) va teng hajmda olingan gazlarning molekulalari soni o ‘zaro teng bo‘ladi»
Bundan ikkita xulosa kelib chiqadi:
1) normal sharoitda 1 mol har qanday gazning hajmi 22,4 1 ga teng;
2) bir xil sharoitda teng hajmli gazlar massalarining nisbati ular m olekular m assalarining nisbatiga teng bo‘lib, bu nisbat birinchi gazning ikkinchi gazga nisbatan zichligi deyiladi:
Foydalanilgan adabiyotlar :
Anorganik Kimyo H.R.To'xtayev Toshkent 2011
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
O'zME. Birinchi jild Toshkent 2005-yil
Anarganik Kimyo To'xtayev H. R 2011- yil
Do'stlaringiz bilan baham: |